Konstruksiya elementlari va tuzilmalari


To‘g‘ri brusning tekis egilishi



Yüklə 35,84 Kb.
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü35,84 Kb.
#203929
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Konstruksiya elementlari va tuzilmalari-www.hozir.org

To‘g‘ri brusning tekis egilishi Tashqi yuklarning qo‘yilish va to‘sinlarning tayanchlarga mahkamlanish usullari bo‘yicha egilish quyidagi turlarga bo‘linadi:

-tekis ko‘ndalang egilish deb, to‘sinning o‘qiga tik yo‘nalgan va uning simmetriya tekisligida yotgan tashqi yuklar ta’siridan egilishiga aytiladi;

-sof egilish deb, to‘sinning ko‘ndalang kesimlarida ichki zo‘riqish kuch omili ko‘ndalang kuch nolga teng bo‘lgan va faqat o‘zgarmas miqdorli eguvchi moment hosil bo‘lgan egilishiga aytiladi.

- qiyshiq egilish deb, to‘sinning o‘qiga tik yo‘nalgan va uning birorta simmetriya tekisligida yotmagan tashqi yuklar ta’sirida egilishiga aytiladi;

- qiyshiq sof egilish deb, to‘sinning o‘qiga tik yo‘nalgan va uning birorta simmetriya tekisligida yotmagan tashqi yuklar ta’siridan barcha ko‘ndalang kesimlarida faqat o‘zgarmas miqdorli eguvchi moment hosil bo‘lgan egilishga aytiladi.

Balka kesimlaridagi ichki kuchlarni aniqlash
Qaralayotgan to‘sinlar uchun reaksiya kuchlari aniqlangandan keyin ixtiyoriy kesimda hosil bo‘lgan ichki kuchlarning (zo‘riqish kuchlarning) teng ta’sir etuvchilari kesish usulidan foydalanib aniqlanadi. Bu usul bilan ichki kuch omillarini aniqlash uchun to‘sin fikran bo‘ylama o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan birorta tekislik bilan kesib (chap va o‘ng) ikki qismga ajratiladi va bu qismlardan birining (chap yoki o‘ng) muvozanati tekshiriladi.
Ajratib olingan cheksiz kichik element muvozanat holatda bo‘lishi uchun unga ta’sir etayotgan barcha kuchlarning to‘sin o‘qiga tik o‘qqa nisbatan olingan proeksiyalarining algebraik yig‘indisi nolga teng bo‘lishi shart, ya’ni:
Bu tenglamadan quyidagi ifodani hosil qilamiz:
(1.1)
Demak, bundan ko‘rinadiki, ko‘ndalang kuchdan abssissa o‘qi bo‘yicha olingan birinchi hosila tekis taqsimlangan kuch intensivligiga teng. Bu tenglik Juravskiyning birinchi teoremasi deb ham yuritiladi.


Ichki kuchlarning epyuralarni qurish
Tashqi kuchlar ta’sirida bo‘lgan to‘sinni mustahkamlikka hisoblash uchun, uning uzunligi bo‘yicha kesimlarida hosil bo‘ladigan ichki kuchlarning o‘zgarish qonunni bilish lozim. Ichki kuchlarning o‘zgarish qonun ni analitik bog‘lanish ko‘rinishida ifodalash yoki uni epyura deb ataluvchi maxsus grafik ko‘rinishida tasvirlash ham mumkin.
Eguvchi momentning to‘sin uzunligi bo‘yicha o‘zgarish qonunini tasvirlovchi grafikka eguvchi moment epyurasi deb ataladi.
Ko‘ndalang kuchning yoki bo‘ylama kuchning to‘sin uzunligi bo‘yicha o‘zgarish qonunini tasvirlovchi grafikka ko‘ndalang kuch yoki bo‘ylama kuch epyurasi deb ataladi. Epyura ordinatalari tegishli kesimdagi eguvchi moment, ko‘ndalang kuch yoki bo‘ylama kuch qiymatlarini bildiradi.
Eguvchi moment, ko‘ndalang kuch va bo‘ylama kuchlarning epyuralarini qurishdan maqsad:
1. eng katta eguvchi moment, ko‘ndalang kuch va bo‘ylama kuchlar qiymatlarini xatosiz aniqlash;
2. eguvchi moment, ko‘ndalang kuch va bo‘ylama kuchlarni to‘sin uzunligi bo‘yicha o‘zgarish qonunini tahlil qilish.
To‘sin o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan sirtqi kuchlar yoki juft kuchlar ta’sirida bo‘lsa, uning ko‘ndalang kesimida bo‘ylama kuch nolga teng bo‘ladi. Unda to‘sin uchun eguvchi moment va ko‘ndalang kuch epyuralari quriladi.
Eguvchi moment, ko‘ndalang kuch epyuralarini qurishda Juravskiy teoremalaridan kelib chiqadigan xulosalardan foydalaniladi.

Yüklə 35,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin