Konstruksiya elementlari va tuzilmalari


Siljish deformatsiyasini hosil bo‘lishi



Yüklə 35,84 Kb.
səhifə5/12
tarix07.01.2024
ölçüsü35,84 Kb.
#203929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Konstruksiya elementlari va tuzilmalari-www.hozir.org

Siljish deformatsiyasini hosil bo‘lishi
Cho‘zilish - siqilishdagi kuchlanganlik holatining tahlili shuni ko‘rsatdiki, sterjendan ajratilgan to‘rtburchak element tomonlarida normal va urinma kuchlanishlar ta’sir etadi. Bunda normal kuchlanishlarning qiymati va yo‘nalishlaridan qat’iy nazar urinma kuchlanishlar juftlik qonuniga bo‘ysunadilar.Bu sterjendan ajratilgan element tomonlariga faqat urinma kuchlanishlar ta’sir etsin (1,a-chizma).Tomonlariga faqat urinma kuchlanishlar ta’sir qiladigan elementning kuchlanganlik holati sof siljish deb ataladi. Element tomonlari sof siljish yuzachalari deb yuritiladi.


parchin mix, bolt va elektr-gaz payvand birikmalarini mustahkamlikka hisoblash
Amalda siljish deformatsiyasiga ishlaydigan birikmalar juda ko‘p uchraydi, bo‘larga eng oddiy misol qilib, parchin mixli (yoki boltli) va payvand birikmalarni olish mumkin.
Parchin mixli birikmalar ko‘pincha kesilish yoki yorilish kabi deformatsiyalar tarzida namoyon bo‘ladi va ikki elementni bir-biriga biriktiruvchi bolt materiallarida hosil bo‘ladi.
Parchin mix, bolt va hakozalar, ko‘pincha o‘z o‘qiga tik yo‘nalgan kuch ta’sirida bo‘lib, bunday kuchlar kesuvchi kuchlar deb ataladi.
Inshoot va mashina elementlarini bir-biriga biriktiruvchi detallar, masalan, parchin mix, bolt va hokazolarda tashqi kuchlar ko‘pincha, detal ko‘ndalang kesim yuzalariga nisbatan parallel yo‘nalgan bo‘ladi
Kesimning o‘qlarga nisbatan qutb va markazdan qochuvchi inersiya momentlari
Tekis kesim yuzasidan ajratilgan elementar yuzachalar yuzi bilan shu yuzachalardan o‘qlargacha bo‘lgan masofa kvadratlariga ko‘paytmasi yig‘indisiga o‘q yoki ekvatorial inersiya momenti deb ataladi (2-chizma).
Tekis kesimning va o‘qlariga nisbatan inersiya momentlari quyidagi formuladan aniqlanadi:
(3.1)
Tekis kesim yuzasidan ajratilgan barcha elementar yuzachalar yuzi bilan shu yuzachadan koordinata boshigacha bo‘lgan masofning kvadratlariga ko‘paytmalarining yig‘indisiga qutb inersiya momenti deb ataladi. Qutb inersiya momenti quyidagi formuladan aniqlanadi:
(3.2)
Tekis kesim yuzasining qutb va ekvatorial inersiya momentlari orasidagi bog‘lanishni aniqlaymiz. quyidagi bog‘lanishni aniqlash muammo tug‘dirmaydi:
. (3.3)
Unda qutb inersiya momentini quyidagicha ifodalash mumkin:
(3.4)
Yoki bu formulani quyidagi ko‘rinishda ham ifodalash mumkin:



Yüklə 35,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin