Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarni taqsimlashda sof sotish qiymati usulining qo‘llanishi


Chizma. Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarning harakati



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix26.06.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#135090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlani (1) (1) (1)

Chizma. Kompleks ishlab chiqarishda xarajatlarning harakati
 
 
Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot ajralish nuqtasida tayyor 
hisoblansa, va yana qayta ishlashni talab qilmasa, kompleks xarajatlarni 
taqsimlashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 
1. 
Sotishga asoslangan usul 
2. 
Natural ko‘rsatkichlar usuli. 
1) Sotishga asoslangan usul 
Bu usul kompleks xarajatlarni ajralish nuqtasida mahsulotlarning bozor 
qiymati asosida taqsimlaydi, ya’ni bu usuldan foydalanilganda kompleks 
chiqimlar birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ularni sotish qiymatining 
baholariga mutanosib taqsimlanadi, bunda sotishning yuqori narxlariga ko‘p 
xarajatlar muvofiq kelishi nazarda tutiladi. 
Misol
 
Kompleks xarajatlar 1000 sh.b. 


Mahsulotlar 
Birliklar 
miqdori 
Birlikning ajralish 
nuqtasidagi bozor 
qiymati, sh.b. 
Sotishning 
jami qiymati, 
sh.b. 

Mahsulot 
100 
20 
2000 

Mahsulot 
400 
15 
6000 
Jami 
8000 
A mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (2000 sh.b. / 8000 sh.b.) = 250 sh.b. 
B mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (6000 sh.b. / 8000 sh.b.) = 750 sh.b. 
Taqsimlangan jami kompleks xarajatlar 
1000 sh.b. 
Sotish qiymatiga asoslangan usul natural ko‘rsatkichlar usuli 
kamchiliklaridan holi bo‘lsa-da, uning bitta nuqsoni bor: u oldingi xarajatlar 
sotishdan olingan daromadlar bilan aniqlanadi, degan tasavvurga asoslanadi. 
Masalan, sotishdan kam daromad tushadigan foydasiz mahsulotga kompleks 
xarajatlar-ning kam qismi tasdiqlanadi va shu bilan u foyda beradi, degan taassurot 
hosil qilinadi. 
2) Natura ko‘rsatkichlar usuli. Bu usulda kompleks xarajatlarni ajralish 
nuqtasida ularning o‘zaro nisbati asosida taqsimlashda mahsulotning vazni yoki 
hajmi kabi haqiqiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. 
Kompleks xarajatlar 1000 sh.b. 
Mahsulotlar 
Birliklar Miqdori 
A Mahsulot 
100 
B Mahsulot 
400 
Jami 
500 
A mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (100 b. / 500 b.) = 200 sh.b. 
B mahsulotga 1000 sh.b. taqsimlangan x (400 b. / 500 b.) = 800 sh.b. 
Jami taqsimlangan kompleks xarajat 
1000 sh.b. 
Natural ko‘rsatkichlar usulidan foydalanilganda har turdagi mahsulot 
birligining tannarxi bir xil bo‘ladi. 
Birgalikda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sotish narxi har xil bo‘lsa, 
mahsulot har bir turi birligi tannarxi bir xil bo‘lishini nazarda tutish shunga olib 
keladiki, qandaydir mahsulotga katta foyda, boshqalariga zarar ko‘rsatiladi. Agar 
kompleks ishlab chiqarishning natijasi suyuq va qattiq mahsulot bo‘lsa, natural 
ko‘rsatkichlardan foydalanish usuli shartli natural birlikni joriy etishni talab 
qiladi. 
Natural ko‘rsatkichlar usulidan foydalanishning asosiy afzalligi uning 


qulayligidir, biroq bu qulaylik usulning ko‘p sonli kamchiliklari oldida yo‘qqa 
chiqadi. 
Agar mahsulot yana qayta ishlanadigan bo‘lsa, bu holatda kompleks 
chiqimlarni taqsimlashning quyidagi usullari qo‘llaniladi. 
3. 
Mumkin bo‘lgan sof sotish qiymati usuli 
4. 
Yalpi foydadan doimiy ulush usuli 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin