Kompetentsiyaga asoslangan yondashuv asosida bo’lajak informatika o’qituvchilariga kompyuter grafikasini o’qitish metodikasi


METHODOLOGY OF TEACHING FUTURE IT-TEACHERS IN COMPUTER GRAPHICS ON THE BASIS OF COMPETENCE-BASED APPROACH



Yüklə 38,14 Kb.
səhifə2/4
tarix20.08.2023
ölçüsü38,14 Kb.
#139975
1   2   3   4
Кодирова Ф 6-сонга кабул килинди

METHODOLOGY OF TEACHING FUTURE IT-TEACHERS IN COMPUTER GRAPHICS ON THE BASIS OF COMPETENCE-BASED APPROACH
Abstract. For the effective use of new organizational forms in the process of higher education, the education system needs new professional teaching staff capable of qualitatively using new organizational forms.
The article considers a new type of teacher that meets these requirements - teaching computer graphics to future teachers of informatics based on a competency-based approach, teaching them to work in network teams in order to show activity and initiative in the educational process, to work in a team it is emphasized that it is necessary to engage in joint activities through telecommunications projects.
Keywords. Education, form, initiative, network, telecommunications, quality of education, knowledge, skills, qualifications.


Kirish. Zamonaviy ta’limda oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi. Natijada zamonaviy raqobatbardosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash jarayonining sifat bosqichi rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ilg‘or boshqaruv tajribasini milliy qadriyatlarga uyg‘unlashtirish, boshqaruv personallari kompetensiyalarini aniqlash, ularni kompetentlik sohalari bo‘yicha klasterlash, diferensiyalashtirish hamda o‘rta bo‘g‘in rahbari psixologik kompetentligini optimallashtirish sharoitlari rivojlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PF–5763-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [1], 2019 yil 8 oktyabrdagi PF–5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonlari [2], 2018 yil 30 maydagi PQ–3755-son “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [3], 2019 yil 11 iyuldagi PQ–4391-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari [4] ta`lim sifatini yanada takomllashtirmoqda.
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimi tez o‘sishi va talabaning texnikomda o‘qish paytida uni o‘zlashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi o‘rtasidagi mavjud qarama-qarshilik shaklida o‘zini namoyon qiladigan xususiyat bilan tavsiflanadi. Bu qarama-qarshilik ko‘plab asarlar mualliflarini talabalarning o‘z-o‘zini ta’lim olish qobiliyatini rivojlantirish, ilmiy faktlarni tahlil qilish va oqilona qarorlarni sintez qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishida universitet o‘quv jarayonini tashkil qilishni qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. An’anaviy pedagogik tizim bo‘yicha o‘qitilgan bitiruvchilar mutaxassisning shaxsiy resurslarining tez "qarishi" (taqchilligi) bilan tahdid qilinmoqda [5]. Bu hodisa, xususan, muhandislik faoliyatini avtomatlashtirilgan qo‘llab-quvvatlash vositalarini bilish sohasiga ham tegishli. Bundan kelib chiqqan holda, kompyuter grafikasi sohasidagi professional bilimlar va kompyuter grafikasi sohasidagi dasturlash asoslarini bilish hozirgi vaqtda zamonaviy mutaxassisning talab qilinadigan fazilatlari hisoblanadi [6].

Yüklə 38,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin