Kirish kimyoviy elementlar er po’stida sof xolatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy tarkibga EGA bo’lgan kimyoviy birikmalar xosil qiladi



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə59/65
tarix16.06.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#131378
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65
амалиёт

FOYDALI QAZILMALAR XARITASI - foyda­li qazilmalarning yer yuzida tarqalishini, paydo bo'lish sharoitlarini ifodalaydi.
GЕOFIZIK XARITALAR. Yer yuzida tarqalgan tog' jinslari va foydali qazilmalarning fizik xossalarini (magnitligi, radioaktivligi, zichligi, qiyshiqligi, tok o'tkazuvchanligi) va ularda sodir bo'ladigan har xil jarayonlarni tasvirlaydi. Geofizik xarita o'rganilmoqchi bo'lgan rayonning geologik tuzilishini va foyda­li qazilma konlarini izlab topishga yordam beradi.
GЕOLOGIYA XARITALARINING SHARTLI BЕLGILARI
Geologiya xaritalarining eng muhim tarkibiy qismi ularning shartli belgilaridir. Geologik xarita, kesim, stratigrafik ustun tuzishda shartli belgilardan foydalaniladi. Chunki ularda tasvirlangan tog' jinslarining nomi, yoshi, tarkibi, paydo bo'lish sharoitlari, yotish elementlari, qatlam chegaralari, mos va mos emas yotishlari, burma va yoriqlar turlari, topografiya ma'lumotlari shartli belgilar bilan ifodalanadi.
Shartli belgilar asosan: rangli, shtrixli (ingichka chiziq), harf va raqamli bo'ladi.
Rangli belgilar - cho'kindi, vulqon, metamorflashgan jinslarning yoshi, intruziv jinslarning tarkibi ifodalanadi.
Shtrixli belgilar - tog' jinslarining tarkibi, ayrim holda yoshi tasvirlanadi.
Harfli va raqamli belgilar - tog' jinslarinig yoshi va paydo bo'lishi harf yoki raqam (indeks) bilan belgilanadi.
Tuziladigan xaritalarning tur va maqsadiga qarab, shartli belgilarni tanlash aniq tartib asosida bo'ladi.
Chiqariladigan geologiya xaritalariga o'tgan davr qatlamlari yoshiga qarab quyidagi ranglar belgilangan.
To'rtlamchi davr (Q) - nim sarg'ish;
Neogen davri (N) - och-sariq;
Paleogen davri ( )- zarg'aldoq rang (to'q-sariq);
Bo’r davri (K) - yashil;
Yura davri (I) - havorang, ko'k;
Trias davri (T) - och-binafsha;
Perm davri (P) - g'isht-qizil rang;
Toshko'mir davri (C) - kulrang;
Devon davri (D) - jigarrang;
Silur davri (S) - yashilrang;
Ordovik davri (O) - to'q-yashil;
Kembriy davri (Є) - binafsha rang;
Tokembriy davri (AR, PR, R) - pushti rang.
Ularda qari qatlamlar odatda to'q, yosh qatlamlar esa och ranglarda beriladi. Ayrim hollarda rangli va shtrixli belgilar birgalikda qo'llaniladi.
Rangli, shtrixli, harfli va raqamli belgilarning to'liq izohi odatda geologiya xaritalari shartli belgisida (legendasida) beriladi. Xarita shartli belgilarida magmatik jinslar odatda eng pastga joylashtiriladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin