Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə56/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

Tayanch iboralar:
Seminarlar, ma’ruzalar, o’yinli darslar, radikal va ionli reaksiyalar, mexanizm. Etan va xlor, stirol, polimerizatsiya, buten-2 va vodorod bromis, kataliz, katalizator.
Tekshiruv savollari:
1. Organik kimyoning anorganik kimyodan farqli tomonlari.
2. qonuniyatlar, reaksiyalar va mexanizmlar haqida gapiring.
3. Radikal va ionli mexanizmli reaksiyalarga misollar keltiring.


Adabiyotlar:
1. I.N.Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966 y.
2. Yosh ximik ensiklopedic lugat. N. 1990 y.
3. M.F.Nishonov, A.Rustamova, R.N.Nishonova. Kimyodan test sinovlari. F.1992 y.
4. V.M.Potapov, I.N.Chertkov. Organik ximiyadan o’z bilimini tekshirish. T. 1969 y.
5. Yu.V.Pletner, V.S.Polosin. Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum. N. 1981 y.


18- MAVZU. atomlar tuzilishi qonuniyatlariga asosan d. i. mendeleyev davriy qonuni va kimyoviy elementlar davriy jadvali

Bu mavzu o'n birinchi sinf dasturida besh dars davomida o'tqazilishi kerak, ularni quyidagi mavzu darslariga bo'lish mumkin:


1. Energetik pog'onalar bo'yicha elektronlar taqsimlanishi. Atomlardagi elektronlar holati tavsifi.
2. Elektron qavatlar va qavatchalarda s-, p- va d-elektronlar taqsimlanishi.
3. Vodorod, lantanoidlar, aktinoidlar va sun'iy olingan elementlarning davriy jadvaldagi o'rni.
4. Valentlik. elementlar va ularning birikmalarining xossalarining davriy o'zgarishi.
5. Tabiat qonunlarini tushunishda, fan rivojlanishida davriy qonunning ahamiyati.
Mavzuni boshlashdan oldin o'quvchilarga "D. I. Mendeleyev davriy qonuni" kinofil'mi yoki diafil'mini ko'rsatish foydalidir. Suhbat o'tqazib davriy qonun va atom tuzilishi qonunlari orasidagi bog'lanishlarni ko'rsatish kerak. Kodoskop yordamida ekranda orbitallar, atomdagi elektron holatlari: a) bosh kvant sonlari; b) orbital' kvant sonlari; v) magnit kvant sonlari; g) spin kvant sonlari ko'rsatilib, o'qituvchi mavzuni ma'ruza uslubida o'tqazishi kerak.
O'quvchilarga orbitallar (Hund katakchasi) tushunchalari berayotganda elektronlar o'ta kichik o'lchamli bo'lishi uchun uning tez harakati va o'rnini faqat matematik hisoblar bilan aniqlash mumkindir. Elektron orbitalda ayrim elektronlar harakati bir biridan farq qilmaydi, lekin energiya zapas bo'yicha farqlanadi, buni kvant sonlari orqali bilish mumkin. Bosh kvant soni p harfi bilan belgilanadi. Bunda elektron energiyasining umumiy zapasi yoki uning energetik pog'onasi harakterlanadi. Qancha elektron energiya zapasi ko'p bo'lsa, shuncha uning orbitali ham katta bo'ladi. Olingan element atomi elektron qavati energetik pog'onalar soni davr nomeriga tengdir va elektronlar maksimal soni 2n2 formula orqali aniqlanadi. Shu vaqtda bilimni mustahkamlash uchun har xil davrlardan elementlar tanlab, bosh kvant soni, undagi maksimal elektronlar soni topishni o'rgatish kerakdir. Orbital kvant soni l harfi bilan belgilanadi bunda shu elektron pog'onadagi yoki pog'onachadagi elektronlarni har xil zahira energiyasi harakterlaydi va orbital shaklini belgilaydi. Birinchi energetik pog'onada bitta yarim pog'ona mavjud va u s harfi bilan belgilanadi. Bunda s elektron sharsimon orbital shaklida harakat qiladi. Ikkinchi energetik pog'onada ikkita yarim pog'onalar s va p-mavjuddir, p-yarimpog'onadagi elektronlar harakat orbitali hajmli sakkiz (gantel) shakliga egadir. Uchinchi energetik pog'onada uchta yarim pog'onalar s-, p-, d- va f-mavjuddir va xokazo. d- va f- va keyingilari murakkab shaklga egadirlar.
Magnit kvant soni m orqali 1 ko'rsatiladi. Maydon ichida harakat qiluvchi elektronlar magnit maydonini hosil qiladi o'zaro ta'sir fazodagi orbitallar yo'nalishlarini belgilaydi, s-orbital s-yarimpog'onada bitta orbitaga ega p-orbitallar o'zaro perpendikulyar uchta orbitalni p-yarim pog'onada egallaydi, d-orbitallar fazoda besh xil joylanishi mumkin (d-yarim pog'onada besh orbitallar). f-yarimpog'onada yettita orbitallar mavjud va xokazo arifmetik progressiya bo'yicha. Buni grafik holatda yozish mumkin:
s p d f


























































Spin kvant soni m orqali belgilanadi, elektronning o'z o'qi atrofi s da aylanish yo'nalishini belgilaydi. Bitta orbitasida faqat ikkita elektron har xil spin kvant soniga ega bo'lganda harakat qilishi mumkin. Demak s-yarim pog'onada ikkita qarama- qarshi yo'nalgan strelkalar orqali yoziladi. p-yarim pog'onadan boshlab avval bittadan har bir orbitalda joylashadi, bo'sh orbital bo'lmagan juft elektronlar joylasha boshlaydi. Masalan p-yarimpog'onada ikkita elektron harakat qilsa u yarimpog'ona


orbital quyidagicha to'ldiriladi:

­

­




Agar shu yarimpog'onada beshta elektron harakat qilsa unda quyidagi holat bo'ladi:

­¯

­¯

­

Agar d yarimpog'onada 5 elektron harakat qilsa unda orbitallar yarimpog'onada quyidagicha to'ladi:

­

­

­

­

­

umuman bu yarim pog'onada elektronlar eng ko'pi o'nta joylashadi

­¯

­¯

­¯

­¯

­¯

f-yarimpog'onada esa o'n to'rtta joylashadi

­¯

­¯

­¯

­¯

­¯

­¯

­¯

O'qituvchi mumkin qadar yuqoridagi orbitallar to'lishini yangi-yangi misollar bilan tushuntirishi kerak. Shu birinchi dars oxirida o'quvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish mumkin, uning uchun kodoskop orqali quyidagi vazifalar taklif etish mumkin.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin