Kirish I bob. Tojikiston Respublikasining iqtisodiy geografik o’rni


Tojikiston Respublikalari iqtisodiyoti



Yüklə 343,5 Kb.
səhifə9/10
tarix26.04.2023
ölçüsü343,5 Kb.
#102929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tojikiston Respublikalari iqtisodi

2.1. Tojikiston Respublikalari iqtisodiyoti
Tojikiston xalq jo‘jaligi agrar–industrial xarakterga ega. Umuman unda hozirgi zamon iqtisodiyot, ayniqsa, sanoat tarmoqlari asosan so‘nggi chorak asr davomida tarkib topdi. Hozirga vaqtda Respublikada 90 dan ziyod sanoat tarmoqlari tashkil qilingan bo‘lib, ularning 400dan ortiq yirik korxonalari (bularga bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida tashkil qilingan korxonalar kirmaydi) respublika iqtisodiyotiga xizmat qilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Tojikistonda yuzaga kelgan siyosiy - ijtimoiy vaziyat, respublika iqtisodiyotining rivojlanishida katta qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Aytish lozimki, u ko‘p sohalar bo‘yicha oldingi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlaridan nihoyatda orqada qolib ketdi. Xorij investitsiyalari Respublikadagi notinchlik sababli ma’lum muddat kirib kela olmadi, yangi ishlab chiqarish munosabatlari kengroq tarqalmadi. Bularning barchasi respublika iqtisodiyotini ko‘p yillarga orqaga surib tashladi. Hozirgi paytda o‘zi yetishtirgan xom–ashyoni chetga chiqarmasdan, o‘z hududida qayta ishlaydigan yangi korxonalar qurilishiga katta e’tibor bera boshlandi.

3-rasm. Tojikiston Respublikasi import qiluvchi davlatlar ko`rsatgichlari8
Sanoati. 2000 yil ma’lumotiga ko‘ra respublika milliy daromadining 35 % dan ko‘prog‘ini sanoat tarmoqlari berdi. Sanoatining tarmoqlar tarkibi (ishlab chiqarilgan mahsulotlar qiymati, foiz hioobida) quyidagicha; yoqilg‘i-energetika - 16,2 %, metallurgiya-17,0 %, kimyo va neft - kimyo-3,0 %, qurilish materiallari, chinni va oynasozlik-2,6 %, yog‘ochni qayta ishlash za sellyuloza- qog‘oz-0,9 %, yengil sanoat-36,2 %, oziq-ovqat sanoati-12,5 %. Boshqacha aytganda, Tojikistonda boshqa respublikalarga nisbatan aholi iste’moli mahsulotlari ishlab beruvchi yengil va oziq-ovqat sanoatlarining hissasi ancha yuqori (48,7 %). Aksincha og‘ir sanoat tarmoqlari nisbatan sust rivojlangan.

4-rasm. Tojikiston Respublikasi eksport qiluvchi davlatlar ko`rsatgichlari9
Og‘ir sanoat tarmoqlari orasida yoqilg‘i - energetika, ayniqsa elektro-energetika tarmog‘ining ahamiyati juda katta. Respublikada yoqilg‘i sanoatida ko‘mir sanoati tarmog‘i yetakchilik qiladi. 30 dan ortiq ko‘mir konlari orasida qazib chiqarilayotgan ko‘mirning asosiy qismini (500ming t.) SHo‘rob koni beradi. Boshqa konlarning ulushi u qadar ko‘p emas. Eng muhimi uni qazib chiqarish yildan yilga kamayib bormoqda. Masalan, 90-yillar boshlarida 300 ming t. ko‘mir qazib chiqarilgan bo‘lsa, 1993 yilda atigi 40ming t.ni tashkil qildi. Majmuaning yetakchi tarmog‘i elektroenergetika sanoatidir. 1993 yilda respublikada 17,7 mlrd kVt/s, 2001 yilda 12 mlrd kVt/s elektr ishlab chiqarildi. Ana shu miqdorning 95 % ga yaqinini GESlar ishlab bermoqda. Asosiy GESlar Vaxsh daryosida (Norak GESi - 2,7 mln kVt), Baypazin, Golovnaya, Sentralnaya, Pripadnaya, Sirdaryoda (“Xalqlar do‘stligi”), Varzob GESlar kaskadi va boshqalar. Umuman kelgusida Tojikiston daryolarida quriladigan GESlar jami 286 mlrd kvt/s elektr energiyasi ishlab berishi mumkin.
Metallurgaya sanoati tarmoqlari orasida rangdor metallurgaya, ayniqsa alyuminiy sanoati yetakchilik qiladi. Tarmoq tarkibiga Shimoliy va Markaziy Tojikistondagi ruda qazib chiqarish (Qoramozor) va boyitish hamda Tursunzodadagi MDHning eng yirik alyuminiy korxonalaridan biri kiradi. Korxona arzon Vaxsh elektroenergetikasi bazasida Qozog‘iston, Keniya, Rossiyadan keltiriladigan glinozyom asosida metal beradi. Respublikada Buyuk Britaniya, Kanada, Rossiya davlatlari bilan hamkorlikda oltinni qayta ishlovchi qushma korxonalar mavjud.
Mashinasozlik va metalsozlik sanoati tarkibiga 70 dan ziyod korxonalar kiradi va ular to‘qimachilik dastgohlari, ro‘zg‘or sovutgichlari, kabellar transformatorlar, elektroapparaturalar, qishloq xo‘jalik texnikasiga ehtiyoj qismlar ishlab chiqaradi. Korxonalarning asosiy qismi Dushanbe, Xo‘jand, Qo‘rg‘ontepa, Konibodom shaharlarida joylashgan.
Kimyo sanoati ancha sust rivojlangan. Qo‘rg‘ontepa yaqinidagi Vaxsh azotli mineral o‘g‘itlari ishlab chiqaruvchi zavod tarmoqning asosini tashkil qilmoqda. Yavanda yirik elektrokimyo kombinati mavjud.
Qurilish materiallari sanoati nihoyatda boy xom ashyo bazasiga ega. Tarmoqning negizini Dushanbe sement-shifer kombinati tashkil qiladi.
Yengil sanoat. Yengil sanoat Tojikistonda ishlab chiqiladigan turli qishloq xo‘jalik xom ashyolarni qayta ishlashga ixtisoslashgan: uning hissasiga respublika sanoat mahsulotining 36,2 % i to‘g‘ri keladi.Paxta tozalash sanoati bu tarmoqning yirik yo‘nalishlaridan biridir. Uning tarkibida 20 ta korxona bo‘lib, respublikada tayyorlanayotgan paxtaning hammasini (860 ming t.) qayta ishlash quvvatiga ega.To‘qimachilik sanoati tarmoqning tayyor iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi eng yirik tarmog‘idir. Tarkibida ip-gazlama, shoyi gazlama sanoati tarmoqlari bor, Ip-gazlama sanoatining yirik markazlari Dushanbe va Konibodom shaharlaridir. Shoyi gazlamalar sanoatining yirik markazlari bo‘lib esa Xo‘jand va Dushanbe sanaladi. Jami shoyi gazlamalarning 80 % Xo‘jandda ishlab chiqariladi.Shuningdek, Dushanbe va O‘ratepada trikotaj, Qayroqum shahrida gilam va polos, yirik va o‘rta shaharlarda tikuvchilik, poyabzal, attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.
Oziq–ovqat sanoati. Oziq–ovqat sanoati respublika sanoat tarmoqlari orasida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmiga ko‘ra uchinchisidir. Uning meva–sabzavot- konserva, quritilgan mevachilik, vino, yog‘-moy tarmoqlari davlatlararo ahamiyatga ega. Boshqa tarmoqlari esa ichki bozorga xizmat qiladi. Umuman, oziq - ozqat sanoati respublikada yetishtiriladigan dehqonchilik va chorvachilik xom ashyolari asosida mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Eng yirik tarmog‘i yog‘–moy sanoatidir. Konibod, Qo‘rg‘ontepa, Ko‘lob, Dushanbe shaharlari tarmoqning asosiy markazlaridir.Meva–sabzavot konserva sanoati tarkibiga 22 korxona kiradi va ular konserva, sharbat, tomat, quritilgan mevalar kabi 100 xildan ortiq mahsulot ishlab chiqaradi. Yirik korxonalari Xo‘jand, Konibodom, O‘ratepa, Panjikent, Chipto‘ra va boshqalardir.
Vinochilik sanoati tarkibida 4 ta asosiy va 9 ta yordamchi korxonalar bo‘lib, xilma–xil sharob mahsulotlari ishlab chiqaradi. Asosiy markazlari Xo‘jand, O‘ratepa, Panjikent, Dushanbe, Shahrinov va boshqalar hisoblanadi. Shuningdek, tarmoq tarkibiga respublika aholisi ehtiyojini ta’minlashga xizmat qiluvchi go‘sht–sut, un–elevator, qandolatchilik, efir–moyli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ham kiradi.
Shunday qilib, Tojikiston iqtisodiyotning asosiy sanoat va qishloq xo‘jalik tarmoqlari rivojlanishida ma’lum yutuqlarga erishgan. Ammo ular sobiq ittifoq ehtiyojlari asosida, asosan tabiat resurslarini uzlashtiruvchi tarmoqlar majmuasi shaklida, tarkib topgan. Endi bozor iqtisodiyoti talablari asosida rivojlanishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mustaqil Tojikiston xalq xo‘jaligi o‘z yo‘lida bir qator muammolarning yechimini topishi talab qilinadi.
Tojikiston iqtisodiyotining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil qiladi. Milliy daromad yaratishda uning hissasi 25 % ga (2005 y.) teng. Respublika qishloq xo‘jaligining asosini yer fondi va ulardan foydalanish imkoniyatlardan iborat. Jami hududning 1/3 qismidangina qishloq xo‘jaligida foydalaniladi. Ekin maydonlari esa 827 ming ga ni tashkil qiladi. Haydaladigan yerlarning aholi jon boshiga to‘g‘ri kelishga ko‘ra Tojikiston Markaziy Osiyoda eng past ko‘rsatkichga ega, (0,14 ga).
Sanoat geografiyasi. Rivojlanishning tabiiy resurs omili, muhim tarmoqlararo komplekslari. Tojikiston sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun tabiiy resurslarga boy region. Ayniqsa u energetika va mineral resurslarga boy. Suv resursini olaylik. U suv resursining ko`pligi jihatidan Markaziy Osiyoda birinchi o`rinda turadi. Mamlakat daryolarining energetika quvvati 32,6 mln.kvt bo`lib, u Markaziy Osiyodagi bosha barcha davlatlar daryolari energetika quvvatining yarmiga teng. Tojikiston daryolari sho`x, tezoqar va qisqa masorada katta tezlikda oqib o`tishi natijasida ko`p energiya berish imkoniyatiga ega. Yirik daryolarning tor va muzliklardan to`yingani uchun suv rejimi birmuncha mo`tadil bo`lib, bu narsa gidravlik elektrostansiyalarning bir me`yorda ishlashini ta`minlaydi.
Tojikiston iqtisodiyotida elektro energetika sanoati muhim o`rin tutadi. Unda GESlarning hissasi katta. Birgina Vaxsh daryosida ikki millioner, Norak quvvati 2,7 mln. kvt va Rogun quvvati 3,6 mln kvt GESlari qurilgan. Natijada mamlakatning janubiy qismida Janubiy Tojikiston hududiy ishlab-chiqarish kompleksi ishga tushgan. U bir tomondan mamlakatda elektroenergiyani ko`p talab qiladigan sanoat tarmoqlarini va jumladan rangli metallurgiya va kimyo sanoatini rivojlantirishni ta`minlangan, ikkinchidan esa MODda yagona energosistemani barpo qilishga zamin hozirlanmoqda. Mamlakatda yiliga 14-15 mlrd kvt soat elektro energiya ishlab chiqarilmoqda. Bu Qirg`izistonnikidan 2,5,Tojikistonnikidan 4-5 mlrd kvt soat ko`pdir.
Mamlakat sanoatini rivojlantirishga bevosita ta`sir ko`rsatuvchi yana bir muhim tabiiy resurs omili - foydali gazilma birinchi navbatda mineral resurslardir. Uning hududi ayniqsa rengli metall xomashyolariga juda boy. Bu yerda rux, qo`rgoshin, mis, surma, qalayi, volfram, kobalt, oltin, kumushning katta konlari topilgan. Mazkur konlar bazasida Tojikiston RANGLI METALLURGIYA SANOATI tarkib topgan. Baland tog`li Ko`histonda topilgan surma konlari bazasida yirik tog` metallurgiya surma kombinati ishga tushgan. Xomashyo rayonlarida bir necha ruda saralash fabrikalari, zavodlar va kombinatlar ishlab turibdi. Tojikiston o`z rangli metallurgiya sanoatining mahsulotlarini Markaziy Osiyoning barcha davlatlariga va xorijga eksport qiladi. Jumladan u xorijiy mamlakatlarga ko`p miqdorda alyumin, rux, surma, qo`rg`oshin, volfram va bosqa nodir metallar eksport qiladi.
Mamlakat sanoat tarmoqlari orasida MASHINASOZLIKning alohida ahamiyati bor. U avvalo mamlakat agrosanoat majmuiga xizmat qiladi. Mashinasozlikning gigantlari: “Traktorodetal”, “Tojikto`qmash”, “Torgbitmash”, “Tojik- kabel” va boshqalar qishloq xo`jalik korxonalari, hamda aholining turmush ehtiyojlari uchun mashina, asbob-uskunalar, to`quv dastgohlari, uy-ro`zg`or buyumlari ishlab chiqaradi.
Shu narsani alohida ta`kidlash joizki, so`nggi 1990-1999 yillarda bu yerda yuz bergan nosog`lom vaziyat (taxt uchuv kurash maqsadida uzoq davom etgan qon to`kishlar mamlakat itisodiyotiga, uning o`sish darajasiga kuchli salbiy ta`sir yetkazdi. Oqibatda sanoatning muhim ko`rsatkichlari bo`yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmi kamayib ketdi.
Tojikistonda yengil va oziq-ovqat sanoati keng rivojlangan. Uning sanoat korxonalari mamlakat viloyatlari bo`ylab tarqalgan. Ip-gazlama, ipak-gazlama ishlab chiqarish, gilam to`qish, poyafzal tikish, vino, vino mahsulotlari, meva konservalar, mayiz, paxta va o`simlik zig`ir, kunjut yog`i tayyorlash, un, konditer, sut va go`sht mahsulotlari yetishtirish mazkur sanoat tarmoqlarining ixtisoslashgan sohalaridir. Biroq sanoatning bir tarmoqlarida ham ilpi maxsulot hajmi keskin kamaydi. Jumladan, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1990-1995 yillarda 22,7 mln milliy valyutadan 14,6 mln milliy valyutaga,oziq-ovqat sanoatniki esa 8,6 dan 5,8 mln milliy valyutaga tushib qoldi. Ayniqsa to`qimachilik va tikuvchilik sanoati, go`sht va sut mahsulotlari ishlab chiqiarish orqaga ketdi.
Mamlakatda barcha tur transport tarmoqlari: temir yo`l va avtomobil yo`li, quvur, suv va havo transporti mavjud.Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotida temir yo`l va avtomobil transportining ahamiyati belgilovchi rol o`ynaydl. Temir yo`l transporti Tojikistonning ichki rayonlararo Shimoliy va Janubiy Tojikiston o`rtasida hamda uning tashqi aloqasida muhim rol o`ynaydi. Mamlakat hududidan keng g`ildirakli temir yo`llarning uzunligi 255 km, uning rayonlararo o`tgan tor g`ildirak izli temir. yo`l uzunligi esa 470 km.ga teng. 1970 yillarda mamlakatnint janubiy-sharqiy qismida 265 km. masofadagi tor g`ildirakli Termiz-Qo`rg`ontepaYovon hamda Vaxsh bilan Ko`lob vodiylarini birlashtiruvchi yangi temir yo`l o`tkazilgan.
Tojikiston tog`li region bo`lgani hamda viloitlarining bir-birlaridan baland tog`lararo ajralib turgani uchun avtomobil transportining mamlakatda ahamiyati birlamchidir. Asosiy avtomobil yo`llari Dushanbe shahridan boshlanadi. Dastlabki 1925-1927 yillarda qurilgan: Dushanbe—Termiz, Dushanbe—Qo`rg`ontepa avtomagistrallari mamlakat poytaxtini O`zbekistonning janubiy port shaxarlari Termiz hamda Qo`rg`ontepa viloyatining markazi bilan bog`laydi. Bu yo`llar endilikda qayta qurilgan, kengaytirilgan, 1931-1932 yillarda Qirg`izistonning O`sh shahriga «Dunyo osmoni” deb nom olgan Pomir tog`ida joylashgan – Tog`li Badaxshon muxtor respublikasining markazi Xorogdan 732 km masorada avtomagistral qurilgan. 1940 yilda Dushaibe—Xorog (556 km yo`li ochilgan. Bu yo`llar, shuningdek Dushanbe O`ratepa-Xo`jand kabi avtomagistrallar mamlakat poytaxtini uning ichki iqtisodiy rayonlari va qo`shni davlatlar bilan bog`laydi.
Havo transporti orqali mamlakat poytaxti uning barcha yirik shaharlari bilan bog`langan. Tojikiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritgan dunyoning ko`pgina davlatlari bilan havo transporti orqali bevosita aloqa o`rnatgan. Mamlakatda suv transporti ham mavjud. U Panj va Amudaryo orqali Ma kaziy Osiyogning ayrim davlatlari, hamda Afg`oniston bilan iqtisodiy aloqa qiladi.
Tojikiston qadimdan Turkiston o`lkasidagi eng jahongashta davlatlardan biri bo`lgan. U ayniqsa o`z mustaqilligini qo`lga kiritgandan keyin ko`pgina xorijiy mamlakatlar bilan qadimiy aloqalarini boshlab yubordi. Ayniqsa uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar ko`p qirrali bo`lib, endilikda bu aloqalar yangicha yo`nalish, yangicha mazmun olmoqda. Bu aloqalar mazmunida MOD bir butunligi, mazkur davlatlarning hamda xalqlarning tarixan birligi, ravnaqi, hamdo`stligi, yaxlitligi gavdalanadi.
Tojikiston-O`zbekiston iqtisodiy, texnikaviy va madaniy aloqasi har jixatdan rivojlanib bormoqda. Markaziy Osiyo hududidagi bu ikki xalq bamisoli qo`lni-qo`lga berib yashamoqda, birga nafas olmoqda, xalq xo`jaligini, fani va madaniyatini hamkorlikda rivojlantirmoqda. Zamini bir-bir bilan tutash bo`lgan tojik va ozbek xalqi tabiat manbalari daryo suvi, qir-adir yaylovlari, yer osti boyliklaridan foydalanishda birga ish yuritishadi. Ular dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanishda bir-biriga ustozlik qilishadi, ish o`rgatishadi, tajriba almashishadi. Ikki qo`shni qishloq xo`jalik mashinalari ishlab chiqarishda, ularning mahsulotlaridan foydalanishda, elektroenergiya ishlab chiqarishda va uni iste`mol qilishda hamkorllk qilishadi. Markaziy Osiyoning bu ikki mustaqil davlati xalq xo`jaligining turll sohalari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishda bir-biriga beg`araz yordam beradi. Tojikistonda o`zbek, O`zbekistonda tojik tilida qator o`quv yurtlari ishlab turibdi.
Avtomobil transporti jami yuk tashish ko‘rsatkichiga ko‘ra eng ommaviy transport tarmog‘idir. Uning hissasiga yil davomida tashiladigan yuklarning 90 % to‘g‘ri keladi. Jami yuk aylanmasining esa uning hissasiga 48,6 % to‘g‘ri keladi. Respublika hududi tog‘lardan iborat bo‘lganligi uchun avtomobil transportining ahamiyati ichki, rayonlararo yuklarni tashishda ayniqsa katta. Hozirgi vaqtda jami avtomobil yo‘llarining uzunligi 28 ming km ni (shundan 13 ming km asfaltlangan) tashkil etadi. Asosiy magistral avtomobil yo‘llari: Dushanbe -Xo‘jand, Dushanbe - Xorog, O‘sh-Xorog, Dushanbe - Termiz, Dushanbe - Qo‘rg‘ontepa va boshqalar. Baland tog‘ yo‘llarida avtomobillar qatnovi faqat mavsumiy hususiyatga ega. Temir yo‘l transportining ahamiyati asosan tashqi va qisman ichki (Shimoliy va Janubiy Tojikiston o‘rtasida) iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda muhimdir. Temir yo‘llarining umumiy uzunligi 0,5 ming km dir. Shuning 1/3 qismiga yaqini Shimoliy va qolgan qismi Janubiy Tojikiston hududlariga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘llar: Xovos-Qo‘qon oralig‘ida 1896 yilda, Termiz - Dushanbe oralig‘ida 1926 - 1929 yillarda, Termiz - Qo‘rg‘ontepa oralig‘ida 1970 yillar boshlarida qurildi. Kelgusida Dushanbe-Fayzobod, Samarqand-Panjikent, Qo‘rg‘ontepa - Ko‘lob temir yo‘llari qurilishi ham ko‘zda tutiladi.
Havo transporti respublikaning tog‘li sharoitida alohida ahamiyatga ega. Chekka tog‘li rayonlarni markaziy rayonlar bilan bog‘lashda va tashqi aloqalarni tez va samarali tashkil qilishda bu transport tarmog‘i katta o‘rin tutadi. Boshqa transport tarmoqlari (daryo, quvur, elektron) ning roli yuk tashish va iqtisodiy aloqalarni tashkil qilishda ancha cheklangan.
MDH davlatlari orasida bu yunalish ko‘rsatkichlari Tojikistonda o‘ziga xosdir. Ittifoq davrida respublika jahonning 50 davlati bilan eksport - import aloqalariga ega edi. Asosan rangdor metal konsentratlari, alyuminiy, paxta tolasi, ayrim xildagi gazlamalar, meva va sabzavot konservalari va boshqalar tashqi bozorga chiqarib kelingan. Mustaqillik yillarida eksport mahsulotlari assortimenti u qadar o‘zgarmagan bo‘lsada, Tojikistondagi murakkab siyosiy - ijtimoiy vaziyat tufayli, tashqi iqtisodiy aloqalarda u qadar ijobiy o‘zgarishlarga erishilmadi. Hozirgi vaqtda respublika tashqi aloqalarining mutloq katta qismi Rossiya Federatsiyasi, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga to‘g‘ri kelmoqda. Temir yoʻl uzunligi 490 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 13 ming km. 1991-yilda tashkil etilgan "Tajikistan Airlines" va "Somon Air" aviatsiya kompaniyalari samolyotlari muntazam ravishda MDH mamlakatlarining Moskva, Samara, Novosibirsk, Olmaota, Bishkek, Ashxobod va boshqa shaharlarga hamda BAA Sharja), Pokiston (Karochi), Afgʻoniston (Qobul), Eron (Mashhad), shuningdek, Xoʻjand va Xorugʻga uchadi. Dushanbe va Xoʻjand shaharlarida xalqaro aeroport bor.
Eksport — 1,6 mlrd doll. (2008-yil). Tojikiston chetga alyuminiy, paxta, elektr energiyasi, noyob metall va toshlar, rangli rudalar, hoʻl meva va sabzavot, teri, jun chiqaradi. Asosiy eksport qiluvchi davlatlari — Niderlandlar 36,7 %, Turkiya 26,5 %, Rossiya 8,6 %, Eron 6,6 %, Xitoy 5,7 %.
Import — 3,7 mlrd doll. (2008-yil). Chetdan isteʼmol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Import qiluvchi asosiy davlatlari — Rossiya 32,3 %, Xitoy 11,9 %, Qozogʻiston 8,8 %, Oʻzbekiston 4,7 %. Pul birligi — somoniy.
4. Tojikiston respublikasida tabiiy sharoitiga, iqtisodiy rivojlanish darajasiga va ixtisoslashuviga ko‘ra Janubi–g‘arbiy, Shimoliy, Janubi–sharqiy iqtisodiy rayonlar ajralib turadi.


XULOSA
Markaziy Osiyo MDH davlatlari asosan xom ashyo va yarim xom ashyo mahsulotlari, qisman sanoat mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-ganligi bilan ajralib turadi. Markaziy osiyo davlatlari sanoatida undiruvchi sanoat tarmoqlarining ahamiyati katta. Bularga yoqilg‘a-energetika, metallurgiya, kimyo sanoatlari kiradi. Qurilish, yengil va oziq-ovqat sanoatlari ham rivojlanib kelmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Qozog‘iston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Milliy daromad aholi jon boshiga hisoblaganda boshqa davlatlarga nisbatan ancha yuqori 1999 yilda Qozog‘istonda 4790$, (O‘zbekistonda 2230$, .Tojikistonda 350$). Markaziy Osiyoda eng urbanizatsiya darajasi yuqori davlat ham Qozog‘iston bo‘lib, aholisining 56 %ni shaharlarda istiqomat qiladi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Tojikiston Respub-likasi xo‘jaligining kam rivojlanganligi bilan ajralib tugradi. Respublika hududining katta qismi tog‘lardan iborat bo‘lganligi sababli, hamda mamlakatdagi nosog‘lom vaziyatlar hozirgi kunda iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy ta’sir etmoqda. Umuman olganda bu ko‘rsatkichlar Tojikiston Respub-likasida nisbatan past.
Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgandan so‘ng xo‘jalik tizimida qator o‘zgarishlar yuz berdi. Markaziy Osiyo respublikalari murakkab rivojlanish jarayonini bosib o‘tdi. Ular ilk rivojlanish davrlari hisoblanadigan Buyuk Ipak yo‘li faoliyat ko‘rsatib kelgan eradan oldingi 2-asrlardan boshlab to XVI asr o‘rtalarigacha jahon sivilizatsiyasida yetuk darajada rivojlanishga erishdilar. Bu davrlarda Markaziy Osiyo mintaqasining G‘arb va Sharq, issiq janub va sovuq shimol mamlakatlari o‘rtasida o‘tadigan serqatnov karvon yo‘llari chorrahasida joylashganligi unda hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, shahar hayoti va ilm-fanning o‘z davrida yuksak rivojlanishiga olib kelgan edi. Bunda mintaqaning ancha qulay iqtisodiy–geografik o‘rni, agroiqlim va boshqa iqtisodiy geografik omillar ham katta ijobiy rol o‘ynagan.
Bu davrlarda Markaziy Osiyo hududi jahon sivilizatsiyasining markazlaridan biriga aylandi va jamiyat taraqqiyotiga ana shu davrlarda o‘z hissasini qo‘shdi.Ijtimoiy-iqtisodiy hayot haqiqatdan ham yuksak rivojlanish darajasiga erishgan edi. Darhaqiqat, hozirgacha ilmiy-ma’rifiy yo‘nalishda qoldirgan boy ilmiy meroslari va aql-zakovatlari bilan dunyoni lol qoldirib kelayotgan M..Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Farg‘oniy, Imom al-Buhoriy, Imom at-Termiziy, Ulug‘bek kabi o‘nlab buyuk allomalar aynan ana o‘sha buyuk Sharq Rennesansi deb nom olgan davrlarda yashab ijod etgan edilar. Aslida, iqtisodiyot va ijtimoiy hayot taraqqiyot darajasi bu davrlarda qanday bo‘lganligini yuqorida nomlari zikr qilingan buyuk zotlar ham isbotlaydi. Zero, ilmu-fan, ma’rifat, madaniyat iqtisodiy-ijtimoy taraqqiyot hosilasi hisoblanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar boshlanishi bilan Buyuk Ipak yo‘li faoliyati inqirozga yuz tuta boshladi. Iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotda katta salbiy oqibatlarga olib keladigan bu jarayon tufayli moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlanishi susaydi, ularning hududiy joylanishi va tarkibidagi chuqur turg‘unlik davri boshlandi. Oqibatda mintaqa qisqa vaqt ichida u Chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Markaziy Osiyo mamlakatlari xalq xo‘jaligida Chor Rossiyasi davrida chuqur hududiy va tarkibiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Ilgarilari asosan natural xo‘jalik shaklidagi mintaqa iqtisodiyoti asta-sekin kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ta’siri ostiga o‘ta boshladi. Birinchi navbatda Chor Rossiyasi uchun nihoyatda zarur qimmatli tovar mahsulot bo‘lib hisoblanadigan paxta yetishtirish imkoniyati katta bo‘lgan o‘lkalarga temir yo‘llar keltirishga kirishildi. Xali Sibir rayonlariga nisbatan ham ancha oldinroq XIX asr 80-yilllari davomida Kaspiy bo‘ylaridan (Krasnovodsk, hozirgi Turkmanboshi) Samarqandga, so‘ngra Farg‘ona vodiysi va Toshkentga olib kelingan temir yo‘llarni faqat paxta tufayligina deb tushunish lozim. Ittifoq davrida bu jarayon yana chuqurlashdi va oxiriga yetqazildi. Dastavval mintaqada totalitar Qizil imperiya–Sovet davlatining asl manfaatlariga xizmat qiladigan strategik mahsulotlar-paxta, pilla, sabzavot, meva, tog‘-kon mahsulotlari, yoqilg‘i, rangli, qimmatbaho va nodir metallarni yetishtiruvchi tarmoqlarni rivojlantirishga zo‘r berildi. Xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga (mashinasozlik, kimyo, qurilish materiallari, elektroenergetika, yengil, oziq-ovqat sanoatlari) esa yuqorida qayd qilingan strategik ahamiyatli mahsulotlarni yanada ko‘proq va arzonroq ishlab chiqarishga yordam beruvchi yo‘nalishlar sifatida qaraldi. Sobiq Ittifoq davrida Markaziy Osiyo hududidagi xo‘jalik tarmoqlarining ishlab chiqarishda qatnashuvchi va uning boshqa hududlardagi tarmoqlari bilan bog‘langan xolda olib borilganligi sababli, respublikalarda tarmoqlarni shakllantirish va rivojlantirishda ularga tobe’lik sezilar edi . Mustaqil davlatlar hozirgi kunga kelib siyosati, iqtisodiyoti va davlat qurilishini tuzishda o‘ziga xos yo‘nalish va tamoyillarini belgilab olishgan.


Yüklə 343,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin