Kirish I bob. Tojikiston Respublikasining iqtisodiy geografik o’rni


I BOB. Tojikiston Respublikasining iqtisodiy geografik o’rni



Yüklə 343,5 Kb.
səhifə2/10
tarix26.04.2023
ölçüsü343,5 Kb.
#102929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tojikiston Respublikalari iqtisodi

I BOB. Tojikiston Respublikasining iqtisodiy geografik o’rni
Tojik xalqining tarixi Markaziy Osiyolik xalqlar: o‘zbeklar. qirg‘izlar, turkmanlar tarixi bilan muhim bog‘lanib ketgan. Ularning qadimgi avlodlari: baqtriyalik, sug‘dlar, saklar, massagetlar- hozirgi Markaziy Osiyo, qisman Xuroson va xatto Xindikush hududlarida yashashgan.
Amudaryoning yuqori qismida barpo bo‘lgan Baqtriya va Sug‘diyona davlatlari eramizdan oldingi VI-IV asrlarda Axomaniylar imperiyasi tarkibiga kirgan. Bu imperiya meloddan oldingi 320-yilda Aleksandr (Iskandar Zulqarnay) qo‘shinlari tomonidan parchalanib ketgan va uning bir qismi Salavkiylar, katta qismi Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan. V asrda Baqtriya va Sug‘duyona xududlari xamda boshqa oblastlarni Eftalitlar (oq g‘unnlar) egallab olishgan.
VI asrning ikkinchi yarmida Tojikiston hududi Turk xoqonligi, VII-VIII-asrlarda arablar tomonidan egallandi va bu hududda islom dini joriy qilina boshlandi.
IX – X asrlarda Tojikiston hududining ma’lum qismi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, 9-13 asrlarda G‘aznaviylar, Qoraxoniylar, Huriylar, Qoraxitoylar, Xorazimshohlar davlatlari tarkibida bo‘lgan. IX asrning oxirida (874-y) Bog‘dod xalifaligiga qaram bo‘lmagan hududda tojik feodal davlati–Somoniylar davlati barpo etildi. Somoniylar davrida tojik halqining shakillanish jarayoni to‘gallandi, uning tili hukumron tilga aylandi.
Somoniylar davlatining 100 yildan ortiq hukumronlik davrida shaharlar qurildi, madaniyat, xunarmandchilik rivojlandi. Fors-tojik she’riyatining asoschisi Rudaki, “Shoxnoma” asarining yaratuvchisi Firdavsiylar shu davrda yashagan va ijod qilgan. Biroq, feodal hukumronlarning o‘zaro urushlari natijasida davlat parchalanib ketdi. Oqibatda 999-yilda bu hududni turkiy tilda so‘zlashuvchilar egallab olishdi. XII asrda bu hududda Saljuqiylar ( turk tilida so‘zlashuvchi) davlat barpo etildi.
1219–1221 yillarda mo‘g‘illar istilosi tufayli bu hududda madaniy, ijtimoiy–iqtisodiy hayotga jiddiy zarar yetkazildi.
XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab bu hudud Amir Temur va Temuriylar tomonidan boshqarildi. Shaharlar qurildi, obodonchilik ishlari rivojlandi, dehqonchilik tiklandi, fan va madaniyat o‘sdi.
XVI asr davomida Markaziy Osiyo ko‘chmanchi qabila boshlig‘i Muhammad Shayboniyxon, Abdullaxonlar (1557-1598 yy.) tomonidan boshqarildi. 1958 yilda Abdullaxon P Ashtarxoniylar tomonidan o‘ldirildi va ular Markaziy Osiyoning katta qismini va Balx oblastiga 17-asrgacha hukumronlik qilishdi. O‘zaro urushlar kuchaydi, natijada Xiva xonligi tashkil topdi. 18-asrda Markaziy Osiyoda xonliklar soni ko‘paydi, mustaqil ish yuritildi, o‘zaro urushlar olib borildi. Hozirgi hududda Hisor, Qo‘lob, Qorategin, Darviz, Vaxan, Shug‘non knyazliklari vujudga keldi. Bu asrda tojiklarning ko‘p qismi Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi hududlarida istiqomat qildilar.
X1X asrning 2-yarmida Markaziy Osiyo chor Rossiyasi tomonidan bosib olindi. Turkiston general-gubernatorligi vujudga keldi. Unga Tojikistonning Pomir va Shimoliy rayonlari qaradi. Tojikistonning markaziy va janubiy rayonlari Buxoro amirligiga qaradi. Rossiyada Oktabr to‘ntarishidan so‘ng 1917 noyabr 1918 fevralda Shimoliy Tojikistonda sho‘ro hokimiyati o‘rnatildi va Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. Qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida bo‘ldi. 1920 yil Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tashkil topdi.
1924 yil Oktabr oyida Sovet hokimiyati tomonidan o‘gkazilgan milliy chegaralash tufayli Tojikiston ASSR tashkil bo‘ldi va O‘zbekiston respublikasi tarkibida faoliyat ko‘rsata boshladi. Uning tarkibida 1925 yil yanvar oyidan boshlab Tog‘li Badahshon avtonom oblasti tashkil topdi. 1929 yil 5 dekabridan u Tojikiston SSR maqomini oldi. 1991 yil 9 sentabr Tojikiston respublikasining mustaqillik kuni hisoblanadi. Shu kundan boshlab Tojiqiston respublikasi jahon siyosiy xaritasida mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. U BMTning ko‘plab siyosiy, iqtisodiy-moliyaviy, ijtimoiy tashkilot va jamiyatlarning a’zosidir.
Tojikiston respublikasining iqtisodiy geografik o‘rni (IGO‘) o‘ziga xosdir. Uning IGO‘si bir qator omillar asosida ma’lum noqulayliklarga ega. Bular hozirgi vaqtda quyidagilardir:
U Markaziy Osiyoning chekka janubi-sharqida joylashgan, Sobiq ittifoq davrida shu sababli bu respublikagacha olib kelingan, transport yo‘llari u orqali boshqa rayonlar, respublikalarga o‘tib ketmaydi. Hozirgi mustaqillik yillarida bu Respublikaning jahon davlatlari bilan bir tomonlama aloqa qila olishi unga iqtisodiy-siyosiy jihatdan katta qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.

Tojikiston va uni o‘rab turgan davlatlar relyefining baland tog‘likdan iboratligi o‘z ichki rayonlari va qo‘shni mamlakatlar bilan ko‘p qirrali aloqalarni olib borishda ham katta qiyinchiliklarii tug‘diradi. Jumladan, u jahon mamlakatlari bilan faqat bitta O‘zbekiston orqali o‘tadigan yo‘llar orqaligina bog‘lana olishi mumkin. Bu yo‘l Shimoliy va Janubiy Tojikiston hududlarini ham bir-birlari bilan bog‘lab turadi va hatto, yon qo‘shinlar hisoblanadigan Qirg‘iziston, Xitoy va Afg‘oniston bilan hozirgacha zamonaviy temir va avtomobil yo‘llari orqali bog‘lana olish imkoniyati yo‘q; O‘zbeklarning «Qo‘shning tinch – sen tinch» maqoli Tojikistondagi siyosiy tanglik sabablarida o‘z isbotini topgan ko‘rinadi. Mana, 20 yildan ham ko‘p bo‘ldiki, qo‘shnisi Afg‘oniston xalqaro notinchlik, terrorizm, diniy ekstremizm va Islom fundamentamizning uyasi bo‘lib kelmoqda. Bu holatlar Tojikistoining IGO‘ning ancha noqulayligini ko‘rsatadi. Tabiiyki, IGO‘ning bu xususiyatlari respublika iqtisodiyotining rivojlanishida qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqardi.
Tojikistonning ma’muriy-siyosiy tarkibida Tog‘li Badahshon avtonom respublikasi, So‘g‘d, Xatlon oblastlari va respublika markaziga bo‘ysunadigan Hissor vodiysi tumanlari bor. Tojikistoning siyosiy ijtimoiy markazi Dushanbe shahri bo‘lib, unda 600 000 aholi yashaydi.
Respublikaning umumiy maydoni 143,1 ming km2 bo‘lib, u Markaziy Osiyoda eng kichik, MDHda 8 chi va jahonda 91chi o‘rinda. Aholisn 7,3 mln kishi (2006 y.), bu ko‘rsatkich bo‘yicha mintaqada 3 chi, MDHda 6 chi va jahonda 95 o‘rinda turadi.
Tabiiy sharoitining xususiyatlari asosan uning relyefi bilai uzviy bog‘langan. U qo‘shnilari Qirg‘iziston, Xitoy va Afg‘oniston bilan baland tog‘lar va yon bag‘irlari juda tik daralar hamda daryolar bilan chegaradoshki, shu tufayli ana shu qo‘shinlari bilan hozirgi vaqtda Tojikistonning iqtisodiy aloqalari to‘g‘ridan to‘g‘ri deyarli olib borilmaydi. Uning jahonga chiqish imkoniyatlari faqat O‘zbekiston orqalignna olib borilmoqda. Ana shu holat Tojikistonning asosan relyefi bilan bog‘liq. Respublikaning relyefi qanday xususiyatlarga egaligini mashhur iqtisodiy geograf A. N. Rakitnikov juda aniq ifodalaydi. Uning ta’rifi quyidagicha mazmunga ega: “O‘z xududlarida agar qirg‘izlar ot-ulovda yura olsalar, tojiklar yayov yurishlariga to‘g‘ri keladi” Boshqacha ayttanda, Tojikistonigng tog‘lari shu qadar tik, yonbag‘rlari keskinki, ular bo‘ylab yurishda hatto ot-ulov ham ish berishi qiyin. Umuman, respublika hududini asosan Pomir va Oloy tog‘ tizimlariga qarashli Markaziy Osiyodagi eng baland tog‘lar egallab yotadi. Balandligi tufayli «Dunyo tomi» nomini olgan Pomir tog‘lari bular orasida eng ulkani (7495 m) hisoblanadi. Faqat Janubiy va Shimoliy Tojikistondagina balandligi 350-800 mm gacha bo‘lgan nisbatan tekis tog‘ oldi adirliklari va tog‘ oralig‘i vodiylari uchraydi. Aholi asosiy faoliyat ko‘rsatadigan bunday hududlar respublika umumiy maydonining atiga 7-8 % ni tashkil qiladi. O‘rtacha balandliga 3000 m dan yuqori bo‘lgai hududlar esa jami maydonining yarmidan ko‘pini egallaydi. Tabiiyki, ana shu blandlikda aholi deyarli yashamaydi. Geologik holatiga bog‘liq muhim xususiyatlaridan biri undagi intensiv seysmiklik darajasidir. Tez-tez bo‘lib turadigan zilzilalar, surilma va tog‘ ko‘chishlari iqtosidiyotga ancha zarar keltiradi.
Janubiy Tojikistonning tekisliklarida asosan iliq. Yozi issiq va davomli, o‘rtacha t° +28° -30°, qishi esa +1° atrofida tebranadi. Quruq subtropik iqlimli hududlardan hisoblanadigan bu qismida eng issiqsevar dehqonchilik ekinlari ekiladi. Tog‘larda esa balandlikka ko‘tarilgan sari yozu - qishda 1° pasayib, yog‘in miqdori esa kamayib boradi. Jumladan, yog‘in miqdori baland adirliklarda 400-600 mm dan Sharqiy Pomirning yuqori balandliklarida 60 mm gacha boradi. Shu sababli, ko‘p sonli yirik doimiy tog‘ muzliklari, bular orasida dunyoda eng yirik Fedchenko muzligi, shu tog‘larda joylashgan. O‘z navbatida, ular nafaqat Tojikistonda, balki Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida obi-hayot vositasi hisoblanadigan asosiy darëlar (Amudaryo va uniig irmoqlari)ning manbailari hisoblanadi.




    1. Yüklə 343,5 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin