Kirish; Asosiy qism; Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish



Yüklə 51,8 Kb.
səhifə1/8
tarix02.12.2023
ölçüsü51,8 Kb.
#171508
  1   2   3   4   5   6   7   8
Kirish; Asosiy qism; Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish-fayllar.org


Kirish; Asosiy qism; Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish

Mavzu;Aholi statistikasi
Reja:


  1. Kirish;


  2. Asosiy qism;


  1. Aholi soni va tarkibini statistik o’rganish.


  2. Aholining xarakat ko‘rsatkichlari


  3. Aholi soni statistikasi.


4. Aholi - statistikaning o‘rganish ob’ekti.
5. Aholi tarkibi statistikasi


  1. Xulosa;


  2. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish


Aholi soni va tarkibi statistikasi Aholi bu – ma’lum hududda yashovchi va uzluksiz tabiiy ko’payish orqali yangilanib boradigan odamlar to’plami. Aholi statistikasining birinchi va muhim vazifalaridan biri bu aholi sonini aniqlash va uning hududlar, yashash joylari bo’yicha joylashishini o’rganishdir. Aholi sonini aniqlashda aholi ro’yxati boshlang’ich manba hisoblanadi. Sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda 1926, 1939, 1959, 1970 va 1989 yilda aholi ro’yxati o’tkazilgan. Aholi ro’yxatining natijalari ma’lum bir sanaga va aniq bir momentga aholi soni to’g’risida ma’lumot beradi. Aholi ro’yxati o’tkaziladigan davrlar oralig’ida so’nggi aholi ro’yxatiga va aholi tabiiy hamda mexanik xarakatiga asoslanib, hisob yo’li bilan aniqlanadi: Aholi soni aniqlanayotganda ikki xil kategoriyadagi aholi soni hisobga olinadi: Doimiy aholi – bu hisob o’tkazilayotgan vaqtda mazkur hudda bo’lish, bo’lmasligidan qat’iy nazar istiqomat qiluvchilar soni. Mavjud aholi – mazkur hududda doimiy istiqomat qilish yoki qilmasligidan qat’iy nazar hisob o’tkazilayotgan vaqtda hududda mavjud bo’lgan aholi
Doimiy yashovchilar :
Mavjud aholi:

Bunda:DA – doimiy aholi soni: MA – mavjud aholi soni; VY – vaqtincha yo’q bo’lgan aholi soni; VYa – vaqtincha yashayotgan aholi soni. Aholi soni o’zgaruvchan bo’lganligi sababli, bir qator ko’rsatkichlarni hisoblanda aholining o’rtacha soni aniqlanadi. Aholining o’rtacha sonini aniqlashda turlicha metodlardan foydalanish mumkin. O’zbekiston Respublikasi aholisining yosh-jins piramidasi keltirilgan. Keltirilgan chizmadan shuni ko’rish mumkinki,2013 yili respublikada aholining yosh-jinsi tarkibida 0-7 yosh guruhidagi ayollar salmog’i erkaklarga nisbatan 6,2 % ga 8-15 yosh guruhida 5,1 % ga va 16-29 yosh guruhida 2,9 % ga kam bo’lsa, 30-60 yosh guruhida ayollar 3,0 % ; 60-74 yosh guruhidagilar 13,1 % ga; 75 yoshdan yuqorilari 51 ,0 % ko’p bo’lishgan. Aholi statistikasida yosh-jins piramidalardan foydalanishning eng muhim jihatlaridan biri – bu aholini takror barpo bo’lishi va yosh tarkibining o’zaro aloqadorlikdagi tahlilidir. Aholining yosh tarkibini iqtisodiy baholash nihoyatda muhim, sababi aholining iqtisodiy farovonligi mehnatga qobilyatli yoshdagi ishdagi band bo’lgan aholining sonei bilan bog’liq. Shunga ko’ra mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga tushadigan yuklamani o’rganish lozim. Demografik yuklama har ming nafar mehnat resurslariga nisbatan (15-59 yoshdagilar), 15-55 yoshdagi aholiga to’g’ri keladigan bolalar, qariyalar soniga nisbati bilan ifodalanadi: 2. Aholi harakati statistikasi Aholining harakati ko’rsatkichlari mazmunan bir-biridan farq qiluvchi ikki guruh ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. Birinchi guruhga aholining tabiiy harakatini, tug’ilishi va o’lishini, nikohdan o’tganlar va ajralganlar sonini, ikkinchi guruhga esa aholining migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar kiradi. Ma’lumki, aholi soni muntazam o’zgarib turadi. Bu o’zgarishlar tabiiy va mexanik harakat hisobiga to’g’ri keladi. Aholi sonining tug’ilish va o’limlar hisobiga o’zgarishini aholining tabiiy harakati deb ataladi. Aholining tabiiy harakatiga ta’sir etuvchi ko’rsatkichlar qatoriga aholi nikohdan o’tish va ajralish ham kiradi.Aholi sonini o’zgarishni ifodalashda mutloq va nisbiy sonlar yordamida olib boriladi. Nisbiy sonlar o`lchov birligi koeffitsiyent protsent va promilleda hisoblanadi. Aholning tabiiy harakatining asosiy ko`rsatkichi aholining tug’lish darajasi hisoblanadi. Tug’ilish darajasi –turli xil ko`rsatkichlar yordamida o’rganiladi, ya’ni tug’ulishning umumiy, maxsus, xususiy va tug’ilishning yig’indi (summarniy) koeffitsentlari asosida o’rganiladi. Umumiy tug’ilish koeffitsenti har 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar sonini ifodalaydi va quyidagi formula yordamida aniqlanadi.





Yüklə 51,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin