Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati


)Agrokimyodan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlar



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə10/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
KSTI

4)Agrokimyodan o’tkaziladigan sinfdan tashqari ishlar. Agrokimyo asoslari umumiy o‘rta maktab kimyo o‘quv kursini amaliylashtirishning eng muhim qismidir. Agrokimyo ba’zi masalalari, albatta, sinfda- kimyo kursini o‘rganish jarayonida ko‘rib chiqiladi. Ammo buning o‘zi kifoya qilmaydi.O‘quvchilarning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining kimyoviy asoslariga bo‘lgan amaliy va nazariy havasini sinf mashg‘ulotlarining o‘zigina qondira olmaydi. Agrokimyodan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tahminan quyidagi sohalarda olib boriladi: A) Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning kimyoviy asoslari. Mineral va organik moddalar (ularni bilib olish usullari). O‘simliklarning kimyoviy tarkibi. Tuproq va uning tarkibi; tuproq reaksiyasini universal indikator yordami bilan aniqlashning kolorimetrik (rangdor) usuli. O‘simliklarning tuproqdan oziqlanishi va ayrim kimyoviy elementlarning o‘simliklar hayotidagi roli. Kislorodning, uglerodning, azotning, fosforning va boshqa kimyoviy elementlarning tabiatda aylanishi. Suv, uning qattiqligi va qattiq suvni yumshatish. Tuproqdagi erimaydigan kalsiy karbonatning yuvilib ketishi va tuproqning ohaklash. Havo va uning tarkibi; o‘simliklarning havodan oziqlanishi. Tuproqda, qumda va suvda o‘sadigan ekinlar, ularning ilmiy va amaliy ahamiyati (bu ekinlar bilan qilinadigan tajribalar). B) Hosilni oshirish uchun kimyo. Mineral o‘g‘itlar, ularning tarkibi, xossalari va ularni bilib olish usullari, ularning o‘simliklar hayotidagi roli; ishlatilish usuli va texnikasi. Mikroo‘g‘itlar. Qishloq xo‘jalik ekinlarining kasalliklari va zararkurandalariga qarshi ishlatiladigan moddalar; ularning tarkibi va xossalari; ishlatilish usuli va texnikasi. O‘simliklarning o‘sishini va rivojlanishini boshqarish uchun ishlatiladigan kimyoviy vositalar (o‘quv-tajriba maydonchasida qilinadigan tajribalar).
5)O’quv ekskursiyalari o’tkizishga tayyorgarlik ekskursiya abektini tanlash. Ekskursiyalar nazariya bilan amaliyotni bir-biri bilan chambarchas bog'laydi. O'quvchilarda mehnatga bo'lgan va kasbga moyillik bor-yo'qligini aniqlashda yordam beradi. Ekskursiya uchun ob'yekt sifatida faqat yirik va faqat kimyoviy ishlab chiqarishlardan emas, balki, kimyoviy bo'lmagan kichiqroq ishlab chiqarishlardan ham foydalanish mumkin. Ekskursiya o'tkaziladigan bu ishlab chiqarishlarda o'quv dasturida ko'rsatilgan jarayonlar bo'lishi kerak. O'tilgan va o'tiladigan o'quv materiali unda qo'llanilgan ko'p ko'rgazmali va kimyoviy tajribalar yordamida kimyoviy moddalar va kimyoviy jarayonlar sanoatda qo'llanishini faqatgina ekskursiya vaqtida o'quvchilarga aniq dalillar bilan tushuntirish mumkin. Ekskursiya davomida o'quvchilar sanoatdagi xom ashyo va undan olingan mahsulotlar, asosiy va qo'shimcha apparatlarning ishi va tuzilishi, texnologik jarayonlar bilan tanishib kimyoviy sanoat haqida aniq tushunchaga ega bo'ladi. Bunda dars davomida ko'rilmagan ayrim tajribalarni, muhandislik inshootlarni o'z ko'zi bilan ko'radi. Bu ekskursiyalar davomida aniq misollarda xom ashyoni kompleks qayta ishlash yo'llari, qo'shimcha mahsulotlardan to'g'ri foydalanish hamda sanoat texnologiyasini yanada mukamallashtirish yo'llarini hozirgi zamon fan yutuqlari orqali tushuntirish mumkin. Ekskursiya davomida o'quvchilar kuchi bilan kimyodan ko'rgazmali qurollar, kollekziyalar, sxema, maketlar, modellar yasash, shu davr ichida ularni grafik ma'lumotini oshirish, apparatlarni sxemasini chizishni o'rgatish mumkin. O'quv ekskursiyalarni o'tkazishga tayyorgarlik ekskursiya ob’yektini tanlashdan boshlanadi.

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin