Kimyodan sinfdan tashqari ishlarning talim tarbiya jarayonidagi o’rni va ahamiyati


)Kimyodan o’tkaziladigan kechalar ularni ish mazmuni tashkiliy yo’llarni o’tkazish va tugatish



Yüklə 33,88 Kb.
səhifə4/12
tarix30.03.2023
ölçüsü33,88 Kb.
#91656
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
KSTI

2)Kimyodan o’tkaziladigan kechalar ularni ish mazmuni tashkiliy yo’llarni o’tkazish va tugatish. Sinfdan tashki mashg‘ulotlar o‘quvchilarning umumiy saviyasiga va tayyorgarligiga qarab o‘tkaziladi.O‘kuvchilar xilma-xil narsalarga qiziqadi, ammo kuzatishlarning ko‘rsatishicha, o‘quvchilarning nimalarga qiziqishiga qarab, ularni uch guruxga bo‘lish mumin. Birinchi gurux ukuvchilarni moddalarning uzgarishi, kizikarli kimyo tajribalari, moddalarni tozalash va moddalar ajratib olish, kristallar xosil kilish va kristallarni ustirish, oddiy moddalardan va kimyoviy birikmalardan kolleksiyalar tuzish, shuningdek, buyuk kimyogarlarning xayoti va faoliyatiga oid eng yorkin dalillar kuprok kiziktiradi. Ikkinchi gurux ukuvchilarni moddalarning ancha murakkab uzgarishlari, moddalarning sanoatda olinish usullari, kimyo sanoati masalalari, gazlar bilan kilinadigan tajribalar kimyoviy usullarin jumladan, eng mu'im ‘ozirgi zamon kimyoviy ishlab chikarish usullarini kursatish uchun kerak buladigan asboblar va ishlaydigan materiallar yasash, kundalik xayot kimyosi, agrokimyo va kimyoviy masalalarni, ayniksa eksperimental masalalarni mustakil suratda echish kiziktiradi. Kimyodan sinfdan tashqari ishlar fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Qadimda ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘pi mexanik, issiqlik va qattiq modadalarni suvda erishiga asoslangan. Egipt va Xitoy olimlari amaliy kimyoga eng ko‘p xissa qo‘shdilar. Egiptda birinchi bo‘lib shisha, sopol maxsulotlari ishlab chiqarilgan. Osiyo va Kavkazda kulolchilik taraqqiy etgan bo‘lib, maxsulotlar turli ranglarga bo‘yalgan, bundan tashqari mis va bronza taqinchoqlar yasalgan. Eramizdan oldingi 11-asrda Xitoyda qog‘oz, V1-asr boshida yuqori sifatli chinni ishlab chiqarilgan.
4)Kimyodan maruzachilar seminari o’tkazish metodikasi. Pedagogik texnologiya talabalarning tayyorgarlik darajasiga, ularning axborotlar bilan tanishganlik va amaliy tayyorgarligiga moslangan bo’lishi lozim. Kasbiy ta’lim tizimida o’qitish texnologiyalari fundamental va amaliy bilimlarning o’zlashtirilishini, harakatlarning reflektivligini aks ettiradi va o’z kasbiy faoliyatini shakllantiradi.Pedagogik texnologiya o’qituvchi va talaba faoliyati bilan belgilanadi. Faoliyatning bunday turlariga ko’ra pedagogik texnologiyaning. tuzilmasi aniqlanadi. Pedagogik texnologiyaning tuzilmasi. U konseptual asos, ta’lim jarayoni maztnuni va texnologik jarayondan iborat bo’ladi. Har bir pedagogik texnologiya muayyan ilmiy konsepsiyaga asoslanadi. Pedagogik texnologiyaning ilmiy konsepsiyasi ta’lim maqsadlariga erishishning falsafiy, psixologik, ijtimoiy-pedagogik va didaktik asoslashlarni qamrab oladi. Ta’lim jarayoni mazmuni ta’lim jarayonining umumiy va aniq maqsadlari, o’quv materiali mazmunidan iborat bo’ladi. Texnologik jarayon o’quv jarayonini tashkil etish, o’qituvchi faoliyati, talaba faoliyati, o’quv jarayonini boshqarish usullari, o’quv jarayoni diagnostikasini qamrab oladi. Tadqiqotchilar har qanday pedagogik texnologiyalarni qanoatlantiradigan mezonlarni belgilaydilar. Izchillik pedagogik texnologiyaning mezoni sifatida jarayonning mantiqiyligi, pedagogic texnologiyaning barcha qismlarining o’zaro bog’likligi, yaxlitligani o’z ichiga oladi. Pedagogik texnologiyaning mezonlaridan biri, uning boshqaruvga asoslanganligidir. U o’quv jarayoni diagnostikasi, uni rejalashtirish va amalga oshirishni loyihalash, undagi o’qitish metodlari va vositalari bilan o’zgartirib turishdan iborat bo’ladi.
5)Kimyo sanoati mavzusida kimyo kechasi o’tkazish. Atrofimizda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni kuzatishda bizning tushunchalarimiz tabiatni bilish va modda tarkibini tasavvur qila olishimizga bog‘liq. Muzning erishi, yog‘ochning yonishi kabi hodisalarni tushuntira olish uchun biz ularning nimadan tashkil topganligini bilishimiz zarur. Atrofdagi moddalarni ko‘plab turli toza moddalarga ajratishimiz mumkin. Sof modda nima? Tarkibi va xossalari butun hajmi bo‘yicha bir xil bo‘lgan modda — sof, toza modda deb ataladi Aralashma o‘zgaravchan tarkibga ega va fizik usullar bilan toza moddalarga ajratilishi mumkin.Aralashmalarni toza moddalarga ajratish mumkin, bunda tindirish, filtrlash, haydash, ekstraksiya qilish, magnit bilan ta’sir etish, sublimatlash, xromatografiya qilish, zonali suyuqlantirish kabi bir qancha maxsus usullardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek sof modda butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkib va xossaga ega bo‘ladi. Bunday moddani gomogen (bir xil) deb aytiladi. Osh tuzi yoki shakarni suvda eritsak, tiniq eritma hosil bo‘ladi, bu aralashma ham butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkibiy qism va xossaga ega, lekin sof moddadan farqi tarkibiy qism miqdori o‘zgarishiga qarab, xossalari ham o‘zgarishidadir (bir stakan suvda 1 choy qoshiq tuz eritilsa-2°C da, 1 osh qoshiq tuz eritilsa,-4°C da muzlaydi). Bunday aralashmalarni gomogen aralashma deyiladi.

Yüklə 33,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin