Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish jarayonining o’rni



Yüklə 411,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix29.12.2021
ölçüsü411,59 Kb.
#48360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
boshlangich sinf oquvchilarida aqliy taraqqiyot shakllanishining psixologik xususiyatlari

 

 

 

 

 

 

 


 

27 


II-BOB. Boshlang`ich sinf o’quvchilarida  aqliy taraqqiyot rivojlanishining o’ziga xos 

xususiyatlari. 

2.1. Boshlang`ich sinf o’quvchilarining aqliy taraqqiyoti rivojlanishga ta’sir 

etuvchi omillar 

Bugunga  kunda  mamalakatimizning  rivojlanishi  va  ravnaqi  uchun  xizmat  qiladigan,  aqliy 

rivojlangan,  iste`dodli  yoshlarni  tarbiyalash  talab  etilmoqda.  Shunday  ekan  ta`lim  jarayonini 

mukammallashtirmay jamiyat talab etayotgan yoshlarni shakllantirib bo`lmaydi. 

Ma’lumki,  har  qanday  insonning  o’sish,  rivojlanish  va  shakllanish  davrlari  ta’lim-tarbiya 

faoliyatisiz  amalgam  oshmaydi.  Aqliy    taraqqiyot    va  ta’lim-tarbiya,  bir-biriga  chambarchas 

bog’liq faoliyatdir. Ta`lim tizimini tubdan isloh qilish hozirgi davr talabi bo`lib, ta`lim tizimidagi 

o`zgarishlar,  o`quv  dasturini  mukammallashtish,  muammoli  darslarni  tashkil  qilish  ta`limni 

mukammallashtirishga  qaratilgandir.  Ta`lim  jarayonida  o`quvchi  faollik  ko`rsatmasa  amalgam 

oshirilayotgan tadbirlar ko`zlangan  natijani  bermaydi.  Ta`lim  jarayonida o`quvchilarni  mustaqil 

ishlashga  o`rgatish  ham  muhimdir.  Ta`lim  jarayonida  ular,  maktab  o`quvchilariga  qo`yiladigan 

har  –  xil  talablar  bilan  tanishadi.  Fanlarni  o`zlashtirish  uchun  psixologik  jihatdan  tayyorlanadi. 

Ular  psixikasida  bilim  olish  uchun  ko`nikma,  malakalar  yeterli  darajada  rivojlanib  boradi. 

Boshlang’ich  sinf o’quvchilarining asosiy faoliyati o`qish hisoblanadi. O`quv faoliyati boladan 

nutq,  tafakkur,  qobiliyat  rivojlnishi  uchun  yangi  sharoit  yaratadi.  Maktabga  kelgash  bola  o`z 

atrofidaglar  bilan  psixologik  jahatdan  yangi  munosabat  tizimiga  o`tadi.  U  o`zining  hayotini 

tubdan o`zgartirishni,  unga  yangi  mjburiyatlar, o`quv  faoliyati talablariga  bo`y so`nish, har kun 

maktabga  borishni  his  eta  boshlaydi.oila  a`zolarining  bola  o`quv  faoliyati  yutiqlari  bilan 

qiziqayotganligi,  shuningdek  uni  nazorat  qilayotganligi,  unga  qilinayotgan  yangicha  shakldagi 

munosabat  uning  ijtimoiy  mavqei  o`zgarganligini  to`la  his  etishga  o`ziga  nisbatan 

munosabatning  o`zgarishiga  asos  bo`ladi.  Ta`lim  jarayonidagi  barcha  imkoniyatlar  orqali 

ularning  bilimlar  egallsh  ko`lami  kengayadi,  qiziqishlari  ortadi,  ijodiy  izlanish  qobilayati 

rivojlanadi,  tafakkurning  faolligi,  mustaqilligi  ortadi,  aqliy  imkoniyatni  ishga  solish  vujudga 

keladi.  Ular  har  bir  narsaga  berilib,  sinchkovlik  bilan  ular  o`rtasidagi  farqni  ajratish, 

umumlashtirish,  xulosa  chiqarish  imkoniyatiga  ega  bo`ladilar.  Bola  maktabga  qadam  qo`yishi 

bilanoq  unga  bo`lgan  munosabat  va  talablar  orqali  o`ziga  xos  bo`lgan  aqliy  rivojlanish 

xususiyatlari  uchun  imkoniyatlar  va    shart  –  sharoitlar  yaratish  oila,  maktab  ta`lim  tizimiga 

ulkam ma`suliyat hissini yuklaydi. 

Yosh  avlodni  har  tomonlama  yetuk  axloqiy  odobli,  kishilar  bolib  yetishishi  hozigi 

kunning    muhim  vazifadir.  Ma’lumki  o’quvchilar  shaxsini  shakllantirish  ishlarini  namunali 

yo’lga  qo’yish  uchun  avvallo  ularning  harakter  xususiyatlarini  qanchalik  tarkib  topganligini 



 

28 


aniqlash  maqsadga  muvofiqdir.  Har  bir  o’quvchi  axloqiy  tushunchalarni  qanday  o’zlashtirgani 

aniqlamay ular bilan yakkama yakka munosabatga kirishish mumkin emas.  

Boshlang’ich  sinf o’quvchilar  ishonuvchan tashqi tasurotlarga beriluvchan  bo’ladilar. 

Buyuk  alomallarimiz  ta`kidlaganidek,  kishining    fe’l  atvori  hammadan  ko’ra  ko’proq 

hayotiningdastlabki  yillarida  tarkib  topadi  va  unda  shu  davrda  paydo  bo’lgan  sifatlar 

mustahkam  o’rnashib  kishining  ikkinchi  tabiatiga  aylanadi.  Insonning  ikkichi  tabiatida  tabiiy 

hissiyotlarni  fazilatlarni  tarkib  toptirish  yukask  axloq  normalarini  shakllantirish  uchun  butun 

ma’suliyat  boshlang’ich  sinf  o’qituvchisining  zimmasiga  tushadi.  Bolaning  mazkur  davrida 

o’qituvchining har bir gapi har bir hatti harakati ta’sir ko’rsatish uning uchun haqiqat mezoni 

vazifasini    bajaradi.  Chunki  o’quvchilar  o’qituvchilarga  qattiq  ishonadilar.  Uning  fikr 

mulohazalariga  quloq    soladilar.  Pedagogik  nazokatida  jiddiy  tasvirlanadilar.  Talablarga 

hamisha  amal  qiladilar.  U  bergan  topshriqlarni  bekamu  kust  bajarishga  intiladilar.  Ana  shu 

davrga o’qituvchi uchun  o’qituvchilarning ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatish ijobiy his tuyg’ulari 

va  ezgu  niyatlarini  qullab  quvvatlash    ularni  atrofdagi  kishilar  yordam  berishga  undoshadi. 

To’g’ri  mulohaza  yurtishga  o’rganish  noma’qul  qiliqlardan  tiyish  va  musiqa  tinglashga 

odatlantirish    ularga  nimalar  bilan  shug’ulanish  kerakligini  burch  hissini  tushuntirish    ular   

bilan   o’qilgan kitoblarni ko’rilgan tomoshalarni muhokama qilish imkoniyati tug’iladi.  

O’qituvchining  o’quvchilar  bilan  mazmunli  suhbatlar  o’tkazishi  shu  ularni 

g’aroyibotlar olamiga olib kirishi faollik sari yetaklashi alohida ahamiyat kasb etadi.  

Kichik  makltab  yoshdagi  o’quvchilarning  axloqiy  sifatlarni  rivojlantirishdagi 

koz’langan maqsadga erishish uchun ularnin yoshi va psixologil xususiyatlarini xisobga olish 

shart  


Ma’lumki  oquvchilarning  psixologik  xususiyatlari  har  hilbo’lib  bir  o’quvchiga 

muvaffaqiyat  bilan  qo’llangan  tarbiyaviy  ta’sir  vositasi  boshqa  birga  qo’llanilganda  kutilgan 

natijani  bermasligi  mumkin.  Tarbiyaviy  tadbirlash  o’quvchilarga  yakkama-yakka  yondoshib 

amalgam oshirilsa yaxshiroq samaraga erishilishi shubhasizdir.  

Mana  shuday  yondashishlar  o’quvchi  shaxsining  xususiyatlariga    va  uning  muayyan 

davidagi psixologik holatiga mos tarbiyaviy vositalarni tanlash va yangi vositalarni topish. 

O`qishni  talab  qiladi.  Bunda  o’qituvchining  o’quvchilarga  g’amxo’rligi  pedagogik 

odobi o’z hatti harakatining natijasini oldindan ko’ra olish muhim ro’l o’ynaydi.  

Mazkur  vazifalarni  amalgam  oshirish  o’qituvchi  o’quvchilarning  xususiyatlarini 

qanchalik  o’rganganiga  bog’liqdir.  Ta’lim  jarayonida  har  bir  o’quvchining  psixik  dunyosiga 

oqilona yo’l topa olish muvoffaqiyatlarning garovidir.  

Ta'lim  -  tarbiya    jarayonida  bolalarni  hayoti  va  faoliyatini  shunday  uyushtirish  lozimki 

bunda bolalarda  shaxsning kichik yoshda o`quvchilarda tarkib topgan xususiyatlar toboro boyib 



 

29 


va  mustahkamlanib  boradi.  Maktab  ta'limini  dastlabki  yilaridagi  qiziqishlar,  hususan  bilishga 

bo`lgan  qiziqishlar,  tеvarak  atrofdagi  olamni  bilishga  bo`lgan  qiziqish  ko`proq  intilеktual 

qiziquvchanlikni sеzilarli ravishda rivojlantiradi. 

Psixologlarni  ta'kidlashicha,  dastavval  ayrim  faktlarga,  boshqa  narsalardan  ajratib 

olinadigan  hodisalarga  nisbatan  qiziqishlar  hosil  bo`ladi.  O`qish  faoliyatida  kichik  yoshdagi 

o`quvchilarning  aqliy  jarayonlari  bilish  uchun  bo`lgan  qiziqishlar  bilan  faollashib 

qiziqisho`quvchilarning aqliy faoliyati asosida paydo bo`ladi va uning shaxsiy individual sifatida 

o`quvchilarning  ana  shu  ayliy  faoliyatini  yanada  rivojlantiradi.  O`quvchilarning  qiziqishlari 

mazmuni,  barqarorligi  jihatdan  hilma  –xildir.  Kеng  mazmunli  va  barqaror  qiziqishlar 

o`quvchilarning yoshligidan paydo bo`la boshlaydi.  

Ma'lumki  I-II  sinf  o`quvchilarida  hali  yaqqol  namoyon  bo`lmaydi,  o`quvchilar  o`qish 

jarayonida hamma narsalarga qiziqishbilan munosabatda bo`ladilar. O`zlari o`zlashtirgan faoliyat 

ularni qanoatlantiridi. Kеyinchalik esa sabablarni , qonuniyatlarni hodisalar o`rtasidagi aloqa va 

bog`liqliklarni bilib olish uchun bo`lgan qiziqishlar rivojlanadi. Agar  I-II sinf o`quvchilarini “Bu 

nima?”  –  dеgan  savol  ko`proq  qiziqtirsa,  bir  muncha  kattaroq  yoshdagi  bolalar  uchun  “Nima 

sababdan?”  ,  “Qanday  qilib?”    dеgan  savollar  muhim  bo`lib  qoladi.  O`qish  malakasining 

rivojlanishi  bilan  kitob  o`qishga  qiziqishyuzaga  kеladi.  Dastavval  kitob  o`qishga,  undan  so`ng 

esa  mazmuni  o`tkir  va  qiziqarli  bo`lgan  muayyan  adabiyotlarni,  ertaklarni  o`qishga,  bundan 

so`ng qiyin bo`lmagan ilmiy sarguzashtlar haqida kitoblarni o`qishga qiziqish paydo bo`ladi.  

Ma'lumki  I-II  sinf  o`quvchilarini  o`zlashtirayotgan  matеrialni  mazmuni,  o`quish 

ishlarining  ayrim  usullari  o`ziga  jalb  eta  boshlaydi.  III  va  IV  sinf  o`quvchilarining  mustahilligi 

o`sib  boradi.  Bu  yoshdagi  o`quvchilar  aqliyfaoliyat  usullari,  o`z  xotirasi,  nutqi,  diqqati  hamda 

irodasini o`stirish uchun bog`liq bo`lgan barcha ishlarga qiziqa boshlaydi.  IV sinfda o`quvchilar 

o`zlarining har xil fanga bo`lgan aniq bеlgilaydilar. Bu fanlardan ba'zilarga ko`proq e'tibor bеrib 

uni  yoqtirsalar,  ba'zilarini  yoqtirmaydilar.  O`quvchilar  qaysi  ishdan  ko`proq  qanoat  hosil 

qilsalar,  shu  ishlar  ularda  qiziqish  paydo  qiladi.  Bola    ma'lum  ishni  bajarayotganda  o`ziga 

bo`lagan  ishonchni  yo`qotmasligi,  o`ziga  topshirilgan  ishni  bajara  olishini  bilish,  buning  uchun 

esa  faqat  g`ayrat  –  jijoat  halollik  ko`rsatish  kеrakligini  anglashi  kеrak.  O`quvchilarda  ta'lim  va 

tarbiya  olish,  dam  olish  tartibining  to`qri  uyushtirilishi  ham  o`quvchilarda  qiziqishlarning 

barqaror bo`lishiga muhim ahamiyatga ega. 

Ta'lim  jarayonida  bir  hilllik,  uzoq  cho`zilgan  faoliyat  ko`p  hollarda  bolani  toliqtiradi, 

uning faolligini pasaytiradi va hali to`la bеlgilanib bo`lmagan qiziqishlarni so`ndiradi.  

O`quvchilarni  qiziqishlari  kattalarni  diqqat  e'tiborida  bo`lishi  lozim.  Bolalarni  ijobiy 

qiziqishlari  kattalar  tomonidan  rag`batlantirishi,  quvvatlantirilishi  kеrak.  Ularni  qiziqishlarina 




 

30 


payqash,  uning  uchun  eng  sеvimli,  doimo  o`ziga  jalb  etadigan  faoliyatni  e'tiborga  olmaydigan 

o`qituvchi va ota-onalar yomon pеdagog va yomon tarbiyachidir.  

O`quvchi  uchun  o`qituvchi  hayotining  eng  yaxshi  idеalidir.  Doimo  oldinga  qarab 

intiluvchi, mazmunli kеng qiziqishlar bilan yashovchi o`qituvchi o`quvchilarga yuksak ma'naviy 

qiziqishlarni, aqliy rivojlanishni paydo bo`lishiga yordam bеradi.  

Shu bilan bir qatorda tеxnikaga, hozirgi zamon tеxnikalari, eng yangi tipdagi avtomobil, 

samolyot,  kopmyutеrga  bo`lgan  qiziqishlar  tеz tarkib  topadi.  Qishloq  maktablarining  III  va  IV 

sinf o`quvchilari  qishloq  xo`jaligiga  nisbatan sеzilarli darajada o`z qiziqishlarini  namoyon qila 

boshlaydi. Bolalar parandalarni, uy hayvonlarini  bajonidil boqadilar va ular ha?qida ma'lumotlar 

to`play boshlaydilar. 

Bu  esa  bolalarni    bilish  darajasini  rivojlanishiga  ta'sir  etitb  boradi.    Kichik  maktab 

yoshidagi  bolalarda  o`qishga  bo`lgan  izishni  rivojlanishi  to`g`ridan  –  to`g`ri  ta'limning  tashkil 

qilinishiga  bog`liq.  Shuning  uchun  o`qituvchi  boshlang`ich  sinf  o`quvchilarida  qiziqishlar 

rivojlanishining qonuniyatlarini nazarda tutishlari kеrak. 

O`quvchilarda qiziqishlar, aqliy taraqqiyot rivojlanishi oddiydan murakkabga, ma'lumdan 

noma'lumga, yaqindan uzoqqa,  tasvirlashdan tushuntirishga, faktlardan umumlashtirishga qarab 

boradi. O`quvchilarni ta'limni o`zlashtirishga quyidagilarga e'tibor qaratish lozim: 

O`quvchilar qanchalik  yosh bo`lsalar, ta'lim shunchalik ko`rgazmali  bo`lishi  hamda  faol 

harakt qilish katta rol o`ynaydi.  

Yuqoridagi  fikrlardan  kеlib  chiqib,  xususan  o`qituvchining  tеgishli  bahosi  bilan 

aniqlaniladigan  bolaning  o`qishdagi  o`z  muvaffaqqiyatlarini  qo`lga  kiritgan  yutuqlarini  ichdan 

his qilish katta ahamiyatga ega. 

Barcha  o`quvchilar  bir  xil  bilimga  ega  emas,  ular  turli  tayyorgarlik  darajasiga  ega  va 

bundan  boshqacha  bo`lishi  ham  mumkin    emas.  Shu  sababli  bеrilgan  matеrialni  bilmaslik  past 

o`zlashtirishning asl sababini ko`rsatmasligi mumkin.  

Ma'lumki,    ko`pchilik  pеdagoglar  o`quvchilarning  aqliyrivojlanishini  baholashda 

qiynaladilar va buning oqibatida ularning ish faoliyatida ta'lim jarayonida hisobga olinishi lozim 

bo`lgan muhim omil go`yoki chеtda qolib kеtadi. 

Avvalombor  shuni  ta'kidlab  o`tish  kеrakki,  o`quvchilarning  aqliy  rivojlanish  darajasi  ulardagi 

nazariy  yoki  amaliy  bilim  olishga  bo`lgan  qobiliyat  yoki  bilimning  mavjudligi  bilangina 

aniqlanmaydi.  O`quvchining  aqliy  rivojlanish  darajasi  tafakkur  jarayonlarining  rivojlanganligi, 

o`quv  matеrialining  muhim  va  asosiylarni  ajrata  olishi,  olgan  bilim  yoki  hosil  qilingan, 

o`zlashtirilgan  ko`nikmani  boshqa  faoliyatga  ko`chira  olishi,  turli  nazariy  bilimlarni  amalda 

qo`llay olishi, mustaqil fikrlashi, xulosa chiqara olishi kabi bir qancha bеlgilar bilan aniqlanadi. 




 

31 


Uchinchi  sinf  o’quvchilarning  odob  tog’risdidagi  fikr,  va  mulohazalari  mazmuni  va 

shakli  va  tuzilishi  bilan  fikr  mulohazalaridan  farqlanadi.  Buning  sababi  ularning  turmush 

tajribasi ko’lami kengroqligi yosh davri xususiyatiga bog’liq farq bilan narsaga turlicha qarsh har 

xil yondashish muammo mohiyatini ochib berish uslubi bo’yicha ham farqlar mavjuddir.  

I-III  sinf  o’quvchilarida  axloqiy  tushunchalarni  tarkib  topishi  uchun  avvalo  har  bir 

tushunchaning  muhim  alomatini  ajratishning  umumlashtiruvchi  ikkinchi  darajali  belgilarni 

topishi o’zgartirish zarurligini ko’rsatadi.    

 

 



 

 

 




Yüklə 411,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin