Kichik maktab yoshdagi o’quvchilarning aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish jarayonining o’rni


   Boshlang`ich sinf o’quvchilarning aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish



Yüklə 411,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix29.12.2021
ölçüsü411,59 Kb.
#48360
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
boshlangich sinf oquvchilarida aqliy taraqqiyot shakllanishining psixologik xususiyatlari

1.2.   Boshlang`ich sinf o’quvchilarning aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish 

jarayonlarining o`rni. 

 

Ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish  va  barkamol  insonni  shakllantirish, ertangi 



taqdirimizni belgilab beruvchi dolzarb masalalardan biriga aylandi. Hayotga ziyrak ko`z bilan 

qaraydigan,  teran  fikrlovchi,  mustaqil  dunyoqarashga  ega  iqtidorli  shaxslarni  kamol  toptirish 

va  tarbiyalash  davlatimiz  siyosatining  ustuvor  yo`nalishlaridan  biridir.  Shuning  uchun  biz 

boshlang`ich  sinf  o`quvchilarini  mustaqil  fikrlovchi  aqliy  jihatdan  kamol  toptirish  lozimligini 

o`rganishga ahamiyat qaratdik.  

Boshlang`ich  sinf  o’quvchilari  6-10  yoshli  bo`lgan  (I-IV)  sinflarning  o’quvchilari 

kiradi.  Bola  maktab  ta’limiga  bog’chada  tarbiyalanayotganda  tayyorlanadi.  Talabalar  bilan 

tanishadi. Bunda u maktabda o’quvchilarga quyiladigan xar xil talabalar bilan tanishadi. Fon, 

asoslarini o’rganish uchun biologich va psixologik jihatdan tayyor bo’ladi.  

Ta’limga  psixologik  tayyorgarlik  deganda  bolaning  obektib  va  subektiv  jihatdan 

maktab  talabiga  ta’limiga  munosibligi  nazarda  tutiladi.  U  maktab  ta’limiga  avval  psixologik 

jihatdan  tayyorlanadi.  Binobarin  ,  uning  psixikasi  bilim  olishga  yetarli  darajada  rivojlanadi. 

Shu yoshdagi bola idrokining o’tkirligi rvshanligi, sog’ligi , aniqligi, o’zining qiziquvchanligi 

dikkashligi  xayrixoxoligi  ,  ishonuvchnaligi  xayolning  yaqqolligi,  tafakkurining  yaqqolligi 

xotirasining  kuchliligi,  tafakkurning  yorqinligi  bilan  boshqa  yoshdagi  bolalardan  ajralib 

turadi.Maktab  ta’limiga  tayyorlanayotgan  bolaga  diqqat  nisbatan  uzoq  muddati  va  shartli 

barqaror  bo’ladi.  Bola  diqqatining  xususiyatlari  rolli  va  syujetli  o’yinlarda  rasm  chizish  va 

qurish-  yashash  mashg’ulotlarida loy hamda plastilindan o’yinchoqlar tayyorlashda matematik 

amallarni  yeshichda,  hikoya  tinglash  va  tuzishda  ko’rinadi.  Bola  o’z    diqqatini  muayyan 

obyektga  yo’naltirish,  to’plash  taqsimlash  bo’yicha  ma’lum  darajada  ko’nikmaga  ega  bo’lib 

o’z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to’plashga intiladi. Uning xotirasi qiziqarli, ajoyib- 



 

15 


qarayib kishini tajjubga soladi gap ma’lumot va xodisalarni puxta esa olib qolish esda saqlash 

esga  turush  imkoniyatiga  ega  bo’ladi.  Shu  davrgacha  bevosita  kattalar  rahbarligida  u  yoki  bu 

axborotni  o’zlashtirib  kelgan  bo’lsa  endi  o’z  xoxish  –irodasi  bilan  zarur  ma’lumotlar 

to’plashga  o’z  oldiga  aniq  maqsad  va  vazifa  qo’yishga  harakat  qilinadi.  Bolaning  ana  shu 

faolligi  xotirasining  muayyan  darajada  rivojlanganini  bildiradi.  U  she’r  hikoya  va  ertaklarni 

esda qoldirish uchun ko’p takrorlash yod, olishning eng qulay yo’l va usullaridan foydalanish 

ta’lim.    Jarayonida  unga  juda  qo’l  keladi.  Birinchi  sinf  o’quvchisi  ko’pincha  yaqqol  obrazli 

xotiraga  suyanib  bilish  faoliyatini  tashkil  etsa  ham  ,  bu  ish  xotiraning  boshqa  turlarini  inkor 

qilmaydi  aksincha  ta’lim  so’z-mantiq  xotirasini  taqozo        etadi.So’z  –  mantiq  xotirasining 

mavjudligi  ma’nosi  tushunib  esda  olib  qo’lish  jarayonining  samaradorligi  ortishiga  keng 

imkoniyat  yaratadi.  Tajribadan  ma’lumki,bola  ma’nosiz  so’zlardan  ko’ra  manodor 

tushunchalarni  birmuncha  tez  va  mustahkam  eslab  qolish  xususiyatiga  ega.  Uning  nutqi 

maktab ta’limga tayyorgarlik bosqichiga kattalar bilan muloqotda kirishish kishilarning fikrini 

uqib olish va to’g’ri idrok qilish, darajasida , nutqining tuzilishi esa gramatika qoidalariga mos 

mantiqdan izchil ifodali miqdor va ko’lam jihatdan fikr almashinish  yetarli bo’ladi.U eshitgan 

va ko’rganlari to’g’risi dagi ma’lumotlarni tushuna oladi. Ozidagi axbrotlarni muayyan tartibda 

bayon  qila  oladi,aqliy  saloyihat  operatsiyalaridan  o’rinli  foydalanadi.  (ularni  taqqoslaydi 

oydinlashtiradi  guruhlarga  ajratadi,  umumlashtiradi  xukm  va  xulosa  chiqarishga  xarakat 

qiladi). 

Yirik  psixologlarning  tadqiqotlari  oqilona  tashkil  qilingan  ta’lim  jarayoni  mazkur 

yoshdai  bolalarning  taffakurini  jadal  rivojlantiradi.  Masalan:  ular  lingviztika  ,  fizika 

matematikaga  doir  ilmiy  tushunchalarni  o’zlashtiradilar,  soddaroq  masalalar  tuzadilar, 

o’zlashtiradilar, soddaroq engil mashqlarni bajara oladilar, ijodiy va maxsuldor fikr yuritishga 

intiladilar. 

Olti  yoshli  bolaning  psixik  tayyorgarligi  to’g’risida  gapirilganda  ko’pincha  muayyan 

reja  asosida  tartibli  ko’p  qirrali  maqsadga  yo’naltirilgan  o’zaro  mantiqiy  bog’liq,  izchil 

boshlang’ich  ta’limga  zamin  vazifasi  o’tovchi  psixik  o’sish  darajasini  nazarda  tutamz. 

Shuningdek  ta’lim  uning  psixik  o’shish  darajasidan  tashqari,  bola  turmushi  va  faoliyatining 

tavofutlari  sharoitlari  o’ziga  xosligi  ,  uning  sixat  –salomatligi  uslubiy  jihatdan 

tayorgarligi,oddiy  ko’nikmalarning  o’zlashtirgani  kabi  omillarni  xisobga  olish  maqsadiga 

muvofiqdir. Yuqorida aytilganlarning hammasi bolaning maktab ta’limiga psixologik jihatdan 

tayyorgarligining obyektiv tomonlarini ifodalaydi.  

Bola  maktab  ta’limiga  psixologik  tayyorlanishning  sub’yektib  tomoni  xam  muvjudir. 

Uning makabga o’qish hohishi intilishi, kata yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagi 

mazkur tayyorgarlik bilan uzviy bog’liqdir. Bolada shu davrga kelib, o’qish bilim olish, haqida 



 

16 


to’g’ri tasavvur shakllanadi. U maktab jamoasi azolarining masuliyati vazifalarini anqlaydi va 

ularga  itoat  qilishiga  ularning  ko’rsatmalarini  boshqarishga  moyil  bo’ladi.  Lekin  bolalar 

hammasi  bir  xil  emasligi  sababli  ular  o’rasida  muhim  farqlar  vujudga  keladi.  Ba’zi  bola 

maktanga  butun  vujudi  bilan  talpinadi.  O’qishga  qancha  qolganini  uzluksiz  sanaydi.  O’quv 

ashyolarini oldinroq tayyorlab qo’yishga xarakat qiladi. Boshqa bir bola esa maktabdan qatiy, 

voz  kechishgacha  borib  yetadi.  O’qishga  salbiy  munosabat  ko’pincha  kattalarning 

qo’rqitishlari  oqibatida  vujudga  keladi.  Shunigdek  aka  va  opalarning  maktadagi  qiyin 

kechinma  va  vaziyatlar  to’g’risidagi  gaplar  yuda  bolalarni  ko’proq  dars  tayyolashga  majbur 

qilish xam o’qishga salbiy munosabat uyg’otadi. O’qishga salbiy munosabatdagi bolalar ta’lim 

muxitida kirishga qiynaladilar. 

Maktabda ta’lim tarbiya ishlarini tashkil qilishda boshlang`ich sinf bolalrning anamotik 

fiziologik xususiyatlari jismoniy kamolot darajasini xisobga olish muvaffaqiyat qarovidir.  

Boshlang’ich sinf o’quvchisi biologich jihatdan nisbatan uyg’un o’sadi. Uning bo’yi va 

og’irligi  o’pkasining  xajmi  mutanosib  rivojlanadi.  Biroq   bolaning  suyaklari  ko’krak  qafasi  , 

tos,  qo’l  suyaklari  umurtqa  pog’onasida  xali  tag’aysimon  to’qmolar  uchraydi.  Bu  esa  uning 

suyak  takomillashib  bo’lmaganini  ko’rsatadi.  Yurak  muskullari  tez  o’sadi  qon  tomirlarining 

deamtri  sal  kattaroq  bo’ladi.  Miyaning  og’irligi  boshlangich  sinflarda  1250-1400  grammni 

tashkil  etadi.  Miya  po’stining  anamotik  -sintetik  faoliyati  takomilahshadi  qo’zg’alish  bilan 

tormozlanish  o’rtasidagi  munosabat  o’zgaradi,  lekin  qo’zg’alish  nisbatan  ustunlikka  ega 

bo’ladi. Shuning uchun  bolaning to’g’ri oshishiga g’amxo’rlik  ilish toliqishining oldini olish, 

o’qish va dam o`tish rejimga qatiy rioya etish zarur . 

Maktab ta’limi o’quvchining turmush tarzini  ijtimoiy  mavjudini , sinf  jamoasi  va oila 

muhitidagi  ahvolini  o’zgartiradi,  uning  asosiy  vazifasi  o’qishdan  bilim  olish  ko’nikma  va 

malakalarini  egallash  tabiat  va  jamiyat  tog’risda  qonuniyatlarni  o’zlashtirishdan  iborat  bo’lib 

qoladi. Ta’lim muayyan darajada shoshqoqlik intilish, idoraviy zo’r berish faollik va maqsadga 

muvofiq  faoliyatni  talab  iladi.  Ixtiyorsiz  xatti-xarakat  o’rnini  aniqlashilgan  ,  rejali,  aqliy 

mehnat  egallay  boshlaydi.  O’quvchi  doimo  tengdoshlari  bilan  birga  muayyan  sinf  jamoasida 

bo’ladi. Demak uning oldida hamma vaqt sinf jamoasining manfaatini ximoya qilish shaxsiy, 

istaklarini  umumjamoa  intilishiga  bo’ysundirish  o’zaro  yordam  o’zaro  talabchanlik,  ijtimoiy 

javobgarlik  va  burch  masalalarini  egallash  vazifasi    turadi.  Ta’lim  jarayonida  esa  o’quvchi 

oldida qo’yiladigan talablar toboro ko’payib va murakkablashib boraveradi.  

O’qishning  dastlabki  kunidanoq  kichik  maktab  yoshdagi  bolaning  o’shishini  qarama- 

qrashiliklar ichki ixtiloqlar  vujudga keladi. Ana shular zamirida bolodagi psixik kamolotning 

darajasi  va  ijobiy  xislatlar  bilan  talablar  o’rtasidagi  qarama  qarshiliklar  yotadi.   Talablarning 




 

17 


tobora  ortishi  bolaning  psixik  jihatdan  to’xtovsiz  o’shishi  toqazo  va  shu  berk  zanjirning 

uzluksiz harakati natijasida insonning kamoloti amalga oshadi.  

Boshlang`ich  sinfbolaning  muhim  xususiyatlardan  biri  unda  o’ziga  xos  ehtiyojlar  o’z 

mohiyati bilan muayyan bilim ko’nikma atrofidagi voqealikni o’zlashtirishga qaratilmay , balki 

faqat o’quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. Shu ehtiyojlar o’z so`mka qo’yish javonida 

ega  bo’lish  istagi  kattalardek  har  kuni  maktabga  qatnashish  tuyg’usi  yotadi  xolos.  Bundan 

tashqari  bilimlar,  kunidagi  shodiyona  ayyom,  o’quvchilik  safiga  qabul  payti,  maktab 

ma’muriyati va o’qituvchilarning unga bildirgan samiymiy tilaklar yuqori sinf o’quvchilarining 

tabriklari  bolaning  xis-tuyg’usiga  ijobiy-  ta’sir  etadi.  Sinfdagi  o’rtoqlari  bilan  qatorlashib  saf 

tortib  yurishlar,  birgalashib  o’ynash    oshxonaga  boorish  o’quvchilarning  og’itlari  xam  bolani 

o’ziga  rom  etadi.  Umuman  boshlang`ich  sinf    bolalar  o’qishning  tub  mohiyati  va  vazifasini 

tushunib yetmaydi. Balki hamma maktabga borishi kerak deb tushunadi. Ammo u kattalarning 

ko’rsatmalariga amal qilib tirishqoqlik bilan mashg’ulotlarga kirishib ketadi.  

Oradan  ma’lum  vaqt  o’tgach  shodiyona  lahzalarning    ta’suroti  namoyishi  bilan 

maktabning tashqi belgilari o’z ahamiyatini yoqota boradi va o’qishning kundalik qatiy mehnat 

irodaviy  zo’r  berish  yoqtirmagan  narsa  bilan  shug’ullanish  diqqatini  taqsimlash  o’z  xulqini 

idora  qilish  ekanligini  aniqlaydi.  Shunday  aqliy  mehnat  ko’nikmasiga  ega    bo’lmasa  uning 

o;qishdan ko’ngli soviydi, unda umidsizlik xissi vujudga keladi. O’qituvchi esa bunday holatni 

oldini olish uchun bolaga ta’limning o’yindan farqi qiziqarliligi haiqda ma’lumotlar berish va 

uni shu faoliyatga tayyorlash kerak.  

Birinchi sinf o’quvchisida o’qish faoliyatining aynan o’ziga qiziqish ko;zga tashlanadi. 

Maxsus tadqiqotlar bolalar bilan keraksiz mashqlar o’tkazilgan va ularga oldindan bu mashqlar 

keyinchalik  keak  bo’lmasligi  aytilgan,  lekin  bolalar  ularni  bajonidil  bajarishga  kirishganlar 

o`quvchi shaxsiy faoliyatidagi birinchi mehnat maxsuli shodlik va quvonch xis-tuyg’u yoki bu 

matnni bir necha marta o’qishga harakat qiladi. O’qish faoliyatiga qiziqish uning mazmuniga 

ham qiziqishini vujudga keltiradi. Bilim olish ehtiyojini tug’diradi va o’qish motivlarini tarkib 

topadi.  

Ta’limning  mazmuniga  bilimni  egallashga  qiziqish  o’quvchilarning  o’z  aqliy  mehnati 

natijasidan  qanoatlanish  xissi  bilan  uzviy  boqliqdir.  Bu  xis  o’qituvchining  rag’batlantirishi 

bilan  namoyon  bo’ladi.  Va  o’quvchida  samaraliroq  ishlash  mayli  eslatadi,  ishtiyoji  

shakllantiradi  Bolada paydo bo’lgan faxrlanish  va malakalarni  mustahkamlash uchun xizmat 

qiladi. Raqobatlashtirish va jazolash meyorida bo’lsgina, ularning tarbiyaviy ta’siri ortadi.  

Boshlang`ich  sinf  o’quvchilari  faoliyatini  baxolash  unda  o’qishga  ijobiy  munosabatni 

shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.  




 

18 


Ma’lumki  maktablarda  bolalarni  og’zaki  baholash  odat  tusiga  kirib  qolgan  chunki 

birinchi  sinf  o’quvchisi  ana  shu  baho  ta’sirida  o’z  faoliyatini  kuchaytiradi.  Ijodiy  izlanishga 

harakat  qiladi.  Xatto  o’quvchi  dastlabki  paytlarda  “yaxshi”  yoki  “yomon”  bahoning  farqiga 

ham bormaydi. Ko’proq nechta baho olgani qiziqtiradi. O’qituvchining rag’batlantiirishi uning 

uchun eng muhim rol o’ynaydi.  

Ko’pchilik  mutaxassis  olimlar  boshlang`ich  sinfidagi  o’quvchilarni  baxolash  salbiya 

oqibatlarga  olib  keladi,  deb  hisonblamoqdalar.  Ma’lumki  faqat  baxo  uchun  o’qish  bilimning 

ijtimoiy  ahamiyatini  pasaytirishi  mumkin.  Shunga  ko’ra  bilimini  tekshirisning  boshqa 

usullarini  topish  hamda  qo’llash  hozirgi  kunning  dolzarb  vazifalaridan  biridir.  Negaki 

baxolashning bola kamoloti uchun ahamiyatini mutloqo inkor qilish ham tog’ri emas. Bundan 

maslahat yo’llanma tavsiya ko’rsatma sifatida foydalanish ma’qul. 

Boshlang`ich  sinf  o’quvchilarning  muhi  xususiyatlaridan  biri  ulardagi  o’qituvchi 

shaxsiga  ishonch  xissi  va  yuksak  ehtiromdir.  Shuning  uchun  ham  o’quvchilarning  bolaga 

tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish imkoniyati juda kattadir.  

Bola o’qituvchini aqli idrok soxibi, ziyrak sezgir mehribon hatto donishmand inson deb 

biladi.  O’qituvchi  siymosida  o’zining  ezgu  niyati orzu  istagi  ajoyib,  xis-tuyg’ularini  ruyobga 

chiqaruvchi  ma’tabar  shaxsni  ko’radi.  O’qituvchining  obro’si  oldida  ota-onalar  oilaning 

boshqa  a`zolari,  qarindosh  –urug`lari  tanish-bilishlarning  nufuzi  keskin  pasayadi.  Shu  sababli 

bolalar o’qituvchining har bir so’zini qonun sifatida qabul qiladilar.  

Bola  psixik  jihatdan  o’shishi  natijasida  uning  o’qituvchi  mavzusiga  munosabati 

o’zgaradi chunki  unda ongli xatti-harakat ehtiyoji tug’iladi.  

O’quvchida bir talay muammolar savollar vujudga keladi. U hayotda hamma narsa o’zi 

o’ylagandek  oson  emasligini  tushuna  boshlaydi.  Mazkur  savollarga  shaxsan  o’zi  javob 

topishga intiladi. Shu savollarni boshqa odamlarga ham beradi.  

Ta’lim  jarayonida  o’qituvchi  o`zining  obrasidan  oqilona  va  bilan  foydalanib 

o’quvchilarga uyushqoqlik mehnatsevarlik o’qishga ijobiy munosabat o’z diqqatini boshqarish 

xulqini  idora  etish  o’zini  tuta  bilish  qiyinchiliklarni  yengish  kabi  fazilatlarni  shakllantirishi 

lozim.  Buning  uchun  har  tomonlama  ta’sir  ko’rsatish  usulini  qo’llash  kerak.  Maqsadga 

muvofiq  o’qish  faoliyati  boshlang`ich  sinf  o`quvchiarning  aql-idroki  sezgirligini  kuzatuv 

changligi  uquvliligi  esda  olib  qolish  esga  tushiirish  imkoniyatlarini  rivojlantitrish  uchun 

muhim shart-sharoitlar yaratadi, bolalarda o`qish , yozish hisoblash malakalarini shakllantiradi. 

Bundan  tashqari  mazkur  ta’lim  jarayonida  ularning  bilimlari  ko’lami  kengayadi  bilishga 

qiziqishlari ortadi. Ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi ularda taffakurning faolligi mustaqilligi 

maxsuldorligi  ortadi.  Aqliy  imkoniyatni  ishga  olish  vujudga  keladi.  O’quv  fanlarga  ijobiy 




 

19 


munosabat qatiy sug’ullanish hiyati jamoatchilik oldida ma’suliyati xis qilish, bilim olishning 

ijtimoiy ahamiyati anglash tuyg’ulari tarkib topadi.  

Quyida  mazkur  yoshdagi  o’quvchilardagi  sezgi,  idrok,  xotira  tafakkur  kabi  bilish 

jarayonlarning xususiyatlari va rivojlanishi tog’risida qishqacha to’xtayman.  

Mazkur  yoshdagi  bolalar  o’z  idroklarning  aniqligi  rovonligi  sofligi  o’tkirlii  bilan 

boshqa  yosh  davridagi  insonlardan  keskin  farqlanadi.  Ular  har  bir  narsaga  berilib,  ota 

sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xusisiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga 

ega  bo’ladilar.  Buning  sababini  ularning  oily  nerv  faoliyatida  birnchi  saignal  sistemasi 

ustunligi  bilan  izohlash  mumkin. Boshlang’ich  sinf o’quvchisi  har qanday obekt subyekt  va 

voqealikdagi  yangilikni  yaqqol  idrok qilishga  intiladi. Uni atrof  muhitning sirli olamini sexrli 

jozibasi o’ziga tortadi. Lekin ta’limning dastlabki boshqichida idrokning ayrim zaif tomonlari 

ko’zga  tashlanadi.  Boshlang`ich  sinfidagi  o`quvchilar  idrokining  salbiy  hususiyati  obektlarni 

bir-  biridan  farqlashdagi          ulap  kopincha  o`rganiladigan  matepialni  noaniq  ,hatto,noto`g`ri 

idrok qiladilar  buning oqibatida aynan o`xshash harflar so`zlar narsalar tasviri , shakli  fazoviy 

joylashuvning  farqini to’la tasavvur qila olmaydilar. Masalan  “g” bilan  “k” xarflarni  “o’qish” 

bilan  “uqish”  so’zlarini  aylana  bilan  “to’g’ri  chiziq”  alomatlarini  bir-biridan  farqlamaydilar. 

Ba’zan esa ular kattalarning idrok ko’lami qamrab olmaydigan narsalarni payqamaydilar.  

Bolalarda  tartibli  maqsadga  muvofiq  serqirra  tahlil  qilish  faoliyati  uchun  ular  ta’lim 

jarayonida ko’pincha xatoga yo’l qo’yadilar. Odatda zarur va muhim alomatlar bir yoqda qolib, 

tasadifiy  belgilarga  e’tibor  beradilar.  Psixolog  N.  F  Davrinin  tasviriy  san’at  darsida 

o’quvchilarga  rangli  qilib  ishlangan  olmaxonning  rasmini  ko’rsatgan,  so’ng  uni  chizishni 

tavsiya  qilgan.  Surat  olib  qo’yilgandan  keyin  bolalarga  olmaxonning  mo’ylov  ko’zi 

mo’ynasining rangi to’g`risida qator savollar paydo bo’lgan.  

Keltirilgan  misoldan  ko’rinib  turibdiki  boshlang`ich  sinf  aniq  idrok  qilish  imkoniyati 

juda chegaralangandir. 

Mazkur yoshdagi o’quvchining idroki o’zining xatti harakati o’yin va mehnat faoliyati 

bilan bevosita bog’liqdir. Qandaydir narsani idrok etish o’sha narsa bilan mashg’ul bo’lishini. 

Anglatib keladi. O’quvchi o’zining ehtiyoji mayli qiziqish intilishi va turmush faoliyatiga mos, 

shuningdek, o’qituvchi tavsiya etgan. Savollar tug’iladi. Bolalarning vaqti idrok qilish ham tor 

ma’nodagi tushunchalardan iborat bo’ladi  va ular asr eramizdan avvalgi  davr kabi  atamalarni 

nimaligini tushunmaydilar.  

Harakat  deganda  bola  ko’pincha  jismoniy  mexanik  harakatini  nazarda  tutadi,  lekin 

uning  biologik  ijtimoiy  kimyoviy  xarakatlarni  bilishi  to’g’risida  gap  ham  bo’lishi  mumkin 

emas.  



 

20 


Bola  hatto  samolyot  qush,  reketa  va  o’qing  tezligini  ham  noto’g’ri  idrok  qiladi. 

Masalan  u  –  doirasida  qirilib  bitgan  bayahbat  kaltakesaklar  haqidagi  ma’lumiotni  eshitgan 

bo’lsa, uyda kelib buvisidan uni ko’rgan yoki ko’rsatmaganligi so’raydi. Ta’lim jarayonida va 

kattalarning  yordami  bilan  turmush  tajribasining  o’rtishi  tufayli  bolalarda  jazo  vaqt  va 

harakatni idrok qilish ko’lami kengayadi. Ular vujudga kelgan savollarga javob to’pa beradilar. 

Bundan  tashqari  ularning  nazariy  bilimlari  amaliy  faoliyatda  sinab  ko’rish  orqali  ham  boyib 

boradi.  

Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarda  diqqatni  irodaviy  zo’r  berish  bilan  boshqarish  va 

favqulotda  moslash  imkoniyati  yaxshi  bo’lmaydi.  Buning  asosiy  sababi  ularda  ixtiyoriy 

diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Shu bilan birga boshlang`ich sinf bolalarning ixtiyorli 

ongli  diqqati  o’qish  motivlari  bilan  uzviy  bog’liq  holda  namoyon  bo’ladi.  Odatda  ularning 

o’qish  motivlarning  uzoqni  ko’zlagan  va  maqsad  bilan  bog’liq  motivlarga  ajratiladi.  Yuqori 

motivlari  uzoqni  ko’zlagan  motivlarga  kirsa,  boshlang’ich  sinf  o’quvchilarning  motivlari 

voqelikka va realikka bog’liq motivlardir.  

Tajribadan  ma’lumki  bolarga  extiyorsizlik  diqqat  durustgina  rivojlangan  bo`ladi. 

Chunki  ta’lim  jarayonida  ixtiyorsiz  diqqatining  o’sishi  uchun  muhim  shart-sharoitlar 

mavjuddir.  Boshlang’ich  sinf  o’quv  materiallarning  yaqqolligi  yorqinligi  jozibadorligi 

o’quvchida beixtiyor his- tuyg’ular uyg’ota oladi. Irodaviy zo’riqishsiz osongina fan asoslarini 

egallash  imkonini  yaratadi.  O’quv  materiallaining  turli-tumanligi  ixtiyorsiz  diqqatining 

to’planishi    markazlashuvi  va  barqarorligiga  ijobiy  ta’sir  etadi.  Boshlang`ich  sinf  bolalrni 

o’qitishga  ko’rasatmalilikdan  keng  foydalaniladi.  Bu  tadbir  birinchidan  bolalar  faolligini 

oshirsa  ikkinchidan  materialni  mantiqiy  jihatdan  o’zlashtirishga  uni  tahlil  etish 

mavhumlashtirish  va  umumlashtirishga  to’sqinlik  qiladi.  Ularga  ko’rsatmalilikka  asoslangan 

dinamik  streotip  paydo  bo’lishi  ham  mumkin.  Sun’iy  to’siqlar  halol  beruvchi  alomatlardan 

qutilish  uchun  yaqqol  va  mavhum  materiallardan  aralash  holda  foydalanish  yaxshi  natija 

beradi.    Bolaning  ko’rsatmalikka  berilib  ketishi  uni  asosiy  maqsaddan  uzoqlashtiradi.  Bola 

tashqi belgilarga e’tibor berishga odatlanib, ichki muhim belgilardan chetlasha boradi.  

Ma’lumki  ixtiyorsiz  diqqat  ta’lim  jarayonida  o’quvchilarning  qiziqish  bilan  bevosita 

bog’lanib  ketsa,  tabiiyki  ular  faqat  maroqli  quvonchli  axborot  va  matnlar  bilan  tanishishga 

intiladigan  bo’lib  qoladilar.  Natijada  o’ta  nozik  ya’ni  tashqi  qo’zg’atuvchilar  ta’siriga 

beriluvchi    diqqat  ularning  psixikasida  mustahkamlanadi.  Odatlanish  murakkab  o’quv 

materiallarini egallashda qiyinchiliklar tug’diradi. Shuning uchun K. D Ushkinskiy bolani faqat 

o’zini  qiziqtirgan  narsa  bilan  emas  balki  uni  qiziqtirmagan  narsa  bilan  ham  mustahkamroq 

eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari ta’limiy 

materiallarning  ichki  bog’lanishlarga  ahamiyat  bermay  ma’nosida  tushunmay  quruq  eslab 



 

21 


qo’ladilar.  O’rganilayotgan  materiallarni  mantiqiy  tahlil  qilmay  yoddaki  o’zlashtiradilar 

buning sabablari  

1)ularning  mexanik  xotirasi  boshqa  xotira turlariga qaraganda durustroq rivojlangani, 

ma’lumotlarni aynan o’zgarishsiz eslab qolish imkoniyatini yaratadi.  

2) O’quvchilar o’qituvchi  qo’ygon vazifani anglab  yetmaydilar natijada uning  to’g’ri 

tushuntirib ber  degan talabini so’zma-so’z takrorlash  deb biladilar  

3)  ularning  nutq  boyligi  etishmasligi  (ilmiy  atamalar  va  til  qonuniyatlarini  bilmasligi) 

materialni    ijodiy  to’ldirish  unga  qo’shimcha  qilish  imkoniyati  yo’qligi  uni  soz’ma-so’z 

qaytarishni osonlashtiradi.  

4)  O’quvchilar  matni  to’g’ri  usullar  yordamida  eslab  qo’lishni  bilmaydilar  A.A 

Smirnov  eslab  qolishning  tog’ri  usuli  sifatida  matndagi  ma’nodosh  soz’lardan  guruhlarga 

ajratish  ,  tayanch    nuqtani  toppish,  soz’lab  berish  uchun  reja  tuzish  va  o’tilgan  mavzularni 

idrok etgan holda yangi mavzuni takrorlashni tavsiya mohiyatini turli mulohazalarni dalillarni 

ilmiy  asoslarini  eslab  qolish  va  esga  tushirish  orqlai  o’quvchialarda  mantiqiy  xotira 

takomillashadi.  Ularni  A.A  Smirnov  tavsiya  qilgan  usul  va  vositalar  bilan  qurollanadi.  Aqliy 

mehnatda mustaqillikni vujudga keltirmay bilishga intilish qobiliyatini o’stirish mumkin emas. 

Shuning  uchun  boalarga  izohli  oq’ish  masalaning  shartini  sharxlash  muammoli  vaziyatlarni 

yaratish  va  hal  qilishni  o’rgaish  muhim  ahamiyatga  ega.  Ixtiyoriy  eslab  qolish    va  ixtiyoriy 

esga tushirishning mahsuldorligi ko’p jihatdan o’quvchilar aqliy faolligining darajasiga bog’liq 

.  Aqliy  faoliyat  darajasi  ularning  eslab  qolishni  tashkil  qilish  va  boshqarish  usullarini 

egallashiga  uzviy  aloqadordir.  Mnemik  xotira  usullarga  ta’rif  yoki  qoidani  so’zma-so’z  eslab 

qo’lish  birlamchi  va  ikkilamchi  qismlarga  ajratish  raqamlarni  bir  joyda  to’plash,  eng  zarur 

tushunchalarga  alohida  e’tibor    qiladi.  Eslab  qolish  ,  esda  saqlash  esga  tushirishning 

samaradorligi  maqsadni  aniqlash  va  unga  intilish  negizida  vujudga  keladi.  Xotaraning 

samaradorligi  o’qish  motivlariga  bevosita  bog’liqdir  T.N  Bajovich  o’z  tajribasida  bir  guruh 

o’quvchilarga o’quv  matnini  bundan keyin  sira kerak bo’lmasligini ,  ikkinchi guruhga undan 

tez kunda foydalanilishini aytib o’zlashtirishni tavsiya qilgan.  

Olingan natijalarga ko’ra birinchi faoliyatda qo’llash ustanovkasi yuqori samara bergan 

matn, tez  eslab  qolingan  va  uzoq  vaqt  esda  saqlangan  I.V  Zankovning  tadqiqotida  ham  eslab 

qolishga  intilishning  roli  o`rganilgan  uzoq,  vaqt  eslab  qolishga  intilish  ham  yaxshi  samara 

berishi  isbotlangan  shunga  asoslanib  psixologiya  faniga  uzoq  “  vaqt  eslab  qolish”  ,  “hamma 

vaqt esda saqlash” iboralari kiritilgan.  

Umuman  kattalarning  xususan  o’qituvchining  muhim  vazifalardan  biri  o’quvchilarda 

materiallarni  eslab  qolish  uchun  muayyan  intilishni  tarkib  topishi  ularga  eslab  qolishning 

usullarini fikr yuritish jarayonlari taqqoslash  tahlil qilishni   o’rgatishdan iboratdir.  



 

22 


Xotiraning  mahsuldorligini  oshirish  uchun  ta’lim  jarayonida  o’zini  o’zi  nazorat  qilish 

materaini  takrorlashda  tekshirish  esga  tushirish  mashq  qilishdan  unumli  foydalanish  zarur 

.Agar  kchik  maktab  yoshda  o’quvchilaga  eslab  qolish  va  eslash  usullari  o’rgatilmasa  ular 

materiallarni bevosita takrorlashdagi uzoq vaqt to’xtalib qoladilar. Shuning uchun ham eslash 

qiyin  mehnat  (Q  D  Ushinskiy0  hisoblanadi.  Lekin  o’quvchilar  materiallarni  eslashni  xush 

ko’rmaydilar.  Mateiallarni  eslab  qo’lish    esda,  saqlash  ,  esga  tushirish    va  eslash  usullarini 

o’rgatish mantiqiy xotira o’sishining garovidir.  

Boshlang`ich sinfo’quvchining hayoli o’z o’quv faoliyatning ta’siri talabi  imkoniyat va  

shart –sharoitlari orqali tarkib topadi.  

Bolaning  hayoli  tevarak-atrof  taasurotlari  dunyo  ajoyibotlari  ko’rsatmalilik,  tasviriy 

san’at asarlarini yetarli darajada aks ettirish bilan vujudga keladi. Obrazlar, sur’atlar chizmalar 

shartli  belgilar  noma’lum  narsalarning  alomatlari  tabiat  manzaralari  fazoviy  tasavvurlar 

jamlanib o’quvchilarning  hayoli paydo bo’ladi. Tanish obrazlar yaratish  bilan uzviy bog’liq 

bo’lgan  tiklovchi  hayol  bolaning  ruhiy  dunyodagi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi.  Ta’lim 

jarayonida bolalarning  yorqin aniq, tiniq  yaqqol, tasavvur obrazlar hayol  yordamida  muayyan 

voqealikka  aylanadi.  Organilayotgan    fan  materiallar  eshitilgan  obrazlar  tartibga  solinadi  , 

yaxlit obrazlar tizimi  yaratiladi.  O’qish davomida turmush tajribasida to’plangan tassurotlarni 

qayta  tiklash  ularni,  o’zaro  birlashgan  holatda  izlanishning  eng  muhim  omili  ijodiy  hayolni 

takomillashtiradi.  Ijodiy    hayolning  eng  muhim  xusussiyatlaridan  biri  yaratilgan  tasvirlarning 

yaqqolligi  mantiqiy  qonunlarga  uzviy  bog’liqligi  g’ayri  tabiiy  ajoyib-  g’aroyib    istaklardan 

uzoqligidir.  

Shuning  uchun  o’quvchi  xayolida  turmushga  voqealikka  zid  kelmaydigan  tasvirlar 

timsollar  ko’lami  tobora  kengayadi.  Bu  esa  o’quvchida  hodisalarni  tanqidiy  baholash 

ko’nikmasi paydo bo’liganini  bildiradi. Natijada uning  hayoli tasurot qurshovidan  bo’shaydi, 

yaratilgan  obrazlarni  tabiat  va  jamiyatning  ob’ektiv  qonunlarga  suyangan  holda  baxolash 

ko’nikma yanada takomillashadi.  

Boshlang`ich  sinf  yoshdagi  o’quvchilar  hayolningning  xususiyatlaridan  yana  biri 

hayotiy  voqealik  bilan  hayotning  o’zaro  aralashib  ketishidir  .  Ma’lumki  o’quvchi  yaqqol 

voqealik  yoki  hodisasi  o’zi  yaratgan  qo’shimcha  obrazlar,  tafsilotlar  bilan  boyitib 

boshqalarning  diqqat  –  e’tboriga  uzatadi.  Bu  uning  yo’lg’onchiligi  emas,  balki  hayolning 

xususiyatidir. Ayrim bolalar haqorat bilan hayolning aralash  holatiga chindan ham ishonadilar 

,  unda  soddallik  bilan  ishonuvchanlik  uzviy  bog’lanib  ketgan  bo’ladi.  Ba’zi  hollarda  mazkur 

yoshdagi  o’quvchi  boshqalarning  diqqatini  o’z  axborotiga  qo’shish  madsadida  ham  unumli 

foydalanadi  .  Bunday  holat  birinchidan  bola  o’zining  sinfdagi  o’rtoqlari  orasida  yoki  oilada 

allaqanday kamsitilganda , ikkinchidan kattalar ko’z o’ngida o’zini uddaburon qilib ko’rsatish 



 

23 


istagi tug’ilganda , uchinchidan haqiqiqy ijodiy obrazlar yaratish jarayonida namoyon bo’lishi 

mumkin.  Biroq  o’quvchilar  hayolparastlikka  berilishning  oldini  olishga  pedagoglar  umuman 

kattalar doimo ahamiyat berishlari kerak.  

Boshlang`ich sinf o’quvchilar tafakkurining xususisytlarini o’rgangan olimlar bolaning 

tafakkurni  quyidagi  uch  yo’nalishda  tadqiq  qilganlar.  Tafakkurning  yosh  davriga  xos 

xusussiyati  uning rivojlanish tushunhalarni shakllantirish omillari.  

Bolalar  narsalarning  o’zgarmaydigan  ba’zi  belgilari  doimiyligi  payqay  olmasligi 

ulardagi  tafakkurlarning  eng  muhim  xususiyatlaridan  biridir.  Buni  J.  Piaje  o’z  tajribasidan 

biridir.  Unda  7-8  yoshli  bolalarga  ikkita  bir  hil  hajmdagi  hamirdan  ularning  ko`z  oldida  shu 

hamirlardan  biridan  kulcha  yasalsa  ,  hamirning  miqdori  bir  xil  bo’lmay  qoladi,  degan  xulosa 

chiqanganlar  Ma’lumki  ta’limning  dastlabki  bosqichida  bolaning  umumlashtirish  juda  soda 

bo’ladi va faqat o’xshashlik belgisiga asoslanadi. Keyinchalik esa, bola narsa va hodisalarning 

tashqi  sifat  va  xususiyati  belgilarini  asoslanadi.  Keyinchalik  esa  bola  narsa  va  hodisalarning 

tashqi sifat va xusussiyati belgilarini ajratish va tasniflashga , narsa va xodisalarning xossalari 

qonuniyatlarining  murakkab  ichki  bog’linish  va  munosabatlarning  muhim  belgilari  bo’yicha 

umumlashtirishga o’tadi.  

Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari o’quv faoliyatarini buyumlarning jozibador tashqi 

belgilariga tayanib tashkil qiladilar. Quyosh momaqaldiroq sigir, avtomobil qush va hokazolar 

tog’risida  fikr  yurtishga  “quyosh  isitadi”  yoritadi  “momaqaldiroq  guldiraydi”  “sigir  sut 

beradi”, “avtomobil yuk tashiydi”  “qush sayraydi” kabi hukmlar chiqaradilar, shuning uchun 

agar  o’rganilayogan  materiallarning  muhim  belgi  va  alomatlarini  bevosita  aniqlash  zarurrati 

tug’ilsa  darrov  ko’rinadigan  misolga  murojat  qiladilar.  R.G  Natadzening  tajribasida 

boshlang`ich  sinf  imkoniyati  yo’qligi  ma’lum  bo’lgan  va  ular  ikkilovchini  ham  baliq  deb 

ataganlar.  Bu  hol  umumlashtirib  ko’zga  tashlanuvchi  tashqi  belgi  va  alomatlarga  qarab 

amalgam oshirishni istaydi.  

O’quvchilari  ichunchi  sinfga  o’tganidan  so’ng  umumlashtirishda  moddiy  dunyodagi 

voqelikning  eng  muhim  munosabat  va  bog’lanishlarini  aks  etuvchi  ichki  belgilariga 

tayanadilar.  Jumladan  suv,  havo  metal  va  boshqa  narsalarning  issiqdan  kengayishini  umumiy 

muhim  alomatiga  asoslanib  umumlashtira  oladilar.  Bundan  tashqari  o’simliklar  dunyosi 

ularning  rivojlanishi  ko’payishi,  chonqlanishi  kabi  belgilarga    tayanib  “jonli  tabiat”  iborasini 

ataydilar. Bolalarning  mulohazalaridan “paxta dalada” o’sadi, uni paxtakorlar  yetishtiradilar 

zavodda tozalanadi so’ng  fabrikada to’qiladi.  Kiyim-kechak tayyorlanadi (2-sinf  o’quvchisi) 

“Bodom  daraxti  issiq  iqlimli”  o’lkalarga  osadi    (1-sinf  o;quvchisi)  “tulki  yovvoyi  yirtqich 

hayvon u o’rmonda yashaydi.  




 

24 


Jonivorlarni turib yeb  tiirkchilik qiladi. Mo’ynasi qimmatbaho shuning uchun ovchilar 

uni ovlaydilar. Unig mo’ynasidan palto yoqalar telpak , po’stin tikiladi. (3-sinf o’quvchisi) 

Bolalarning  mulohazalaridan ko’rinib turibdiki, ularda  muhim  belgilar  miqdori  yetarli 

darajada  emas.  Ular  o’simliklarni  tariflaganlarda  faqat  daraxtlarning  qaysi  turga  mansubligi 

qayerlarda o’sishi inson va hayvonlar uchun qanchalik foydalangani ta`kidlaydilar. Hayvonlar 

to’g’risida  mulohaza  yuritganlarda  ham  birmuncha  kamchiliklarga  yo’l  qo’yadilar.  Masalan 

birlamchi  xususiyatlar va hossalarga e’tibor bermaydilar. Boshlang`ich  sinfo’quvchilar ta’lim 

jarayonida  anchagina  ilmiy  tushunchalarni  o’zlashtirsalarda  oldingi  darslarda  o’zlashtirislgan 

turli  alomatlar  belgilar  kashtirib  ham  yuboradilar.  Chunki  ularda  tushunchalar  tarkibiga 

kiradigan  narsa  va  hodisalar  bilan  ularning  belgilari  o’rtasida  bog’lanish  tarkib  topmagan 

bo’ladi. Ko’p tushunchalarni chunonchi  baland  – past, uzoq, yaqin, kam-ko’p va hokazolarni 

avval voqealikdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi fazoviy munosabatlarni bevosita idrok  qilish 

asosida o’zlshtiradilar . Keyinroq esa, umumlashtirish jarayoni son tushunchasida ifodalangan 

bilimning  miqdori  munosabatiga  asoslana  boshlaydi.  Shu  sababdan  ularga  fazoviy 

munosabatlar  haiqdagi  tushunchalarni    o’zlashtirish  juda  qiyindir.  Birinchi  va  ikkicha    sinf 

o’quvchilari uzunlik o’lchovibirliklarini o’zlashtirishda ham qiynaladilar, chunki ular uzunlik 

o’lchovining  asosiy  belgisi-  uning  uzunligini  ajratishni  bilmaydilar.  Ko’p  hollarda  bolalar 

“metr”  “kilometr”  tushunchalarini    buymning  shakli  bilan  tasavvur  etishga  harakat  qiladilar. 

Uchunchi  sinfga  o’tganlaridan  keyin  murakkab  fazoviy  munosabatlarni  egallashga  kuchlari 

yetadi.  Chunki  ta’lim  jarayonida  ularning  fazo  tog’risidagi  tasavvurlari,  tushunchalari  kun 

sayin plan, mashtab, yer shari va qator  shartli belgilar haiqdagi bilimlar bilan boyib boradi.  

Boshlang`ich sinf o’quvchilari “vaqt” tushunchasi bilan tanishadi lekin kundalik hayot 

tajribasi  dosirasidan  chiqmaydi.  Uchinchi  sinf  o’quvchilarida  tarixiy  ma’lumotlar  xabarlar, 

axborotlarni  o’qish  va  eshitish  tufayli  “soat”,    “yil”  “o’n  ming  yilalr  burun”,  “eramizdan” 

oldingi  uchinchi  asr    “yerda  hayotining”  paydo  bo’lishi”    kabi  tushunchalar  shakllana 

boshlaydi.  Lekin  ularda  ham  katta  vaqt  o’lchovi  miqdorini  kichik  vaqt  miqdorida  o’tgan 

zamonni  hozirgi  zamonga  almashtirib  yuborish  hollari  tez-tez  uchrab  turadi.  Shuning  uchun 

ikki  xil tarixiy  voqea to’g’risida  fikr  yuritishda  sanadagi tavovutni  “sal undan keyin  yoki sal 

ilgariroq” deya izohladilar. Xolos.  

O’quvchilarning  bilim,  doirasi  kengaygani  sayin  ular  qat’iy    hukmdordan  taxminiy 

hukmlararo  ko’cha  boshlaydilar.  Ya’ni  narsa  va  hodisalarning  turli  xususiyatlarga  egaligini  , 

voqealik  atigi  bir  harakatdan  bir  sababdan  emas,  balki  ko’p  sabablardan  paydo  bo’lishligini 

aniqlash  boshqichiga    ko’trariladilar.  Taxminiy  xukmlar  ikkinchi  sinfdan  boshlab,  namoyon 

bo’ladi. O’quvchilar  “Nega  bugun  falnchi darsga ko’rinmaydi ,  balki kasal  bo’lib qolgandir” 




 

25 


uxlab  qolgandir.  Dars  tayyorlab  almay  uyaganidan  kelmagandir.  Deb  gumonsirab  taxminiy 

mulohazalar yurita boshlaydilar, natijada taxminiy mulohazalar yurita boshlaydilar.  

Uchinchi  sinfdan  boshlab  turli  vaziyatlarni  holatlani  aniq  dalillar    bilan    isbotlab 

berishga o’tadilar. Buning sababi bolalarning bilimi kundan-kunga osha borishi ma’lum tuzim 

hosil  qilishdir.  Ular  bu  paytda  o’z  hukmining  chin  yoki  chin  emasligining  aniqlab  yetadilar. 

Bevosita  muhokama  qilish  dalil  keltirish  isbotlashnin  shartlariga  asoslanib  fikr  yurtiish 

jarayoniga  o’ta  boshlaydilar.  Boalalr  narsa  va  hodisalarning  paydo  bo’lishi  sabablarini 

aniqlashda muammo masala va savolalr qo’yishdan tashqari ularni hal qilishga yechishga ham 

odatlanadilar.  

Biroq ularning hukmi moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ichki qonuniyuatlarini 

ob’ektiv bog’lanishlari va munosabatlarini to’liq ifodalay olmaydi.  

Uchinchi  sinfdan  boshlab  o’quvchiarga  tushuncha  va  hukmlar  rivojlanishi  bilan  birga 

turli narsa va hodidalar haqida yuritilgan muhokamalar asosida xulosa chiqarish ham o’zgarib 

boradi.  

Boshlang’ich  sinf  o’quvchialrida  induktiv  diduktik  xulosa  chiqarish  alohida  ahamiyat 

kasb etadi. Xulosa chiqarish avval bevosita idrok qillinayotgan narsalar asosida vujudga keladi. 

U  bevosita    kuzatish,  idrok    idrok  ilish  jarayonida  narsa  va  hodisalarning  munosabarni 

bog’lanishini  aks  ettiradigan  xulosa  chiqarish,  bo’lib  bo’laning  tafakkuriga  tayanib  xulosa 

chiqariladi.  Keyinchalik  mavhum  shart-sharoitlardan  vujudga  keladigan  xulosa  chiqarish  turi 

paydo bo’ladi. 

Ko`satmalilik  sxemalar  chizmalar  tanish  misol  va  masalalar  hodisalarga  asoslanishda 

ko’rinadi.  

Boshlang`ich sinf o’quvchilar uchun sabab natija munosabatlarini ifodalovchi narsa va 

hodisalarni  ta’riflash  juda  murakkabdir  M.N  Shardokovning  tajribasida  uchinchi  sinf 

o’quvchilari  jismlarning  kengayishi  isitishga  bog’liqligini  anglab  yetmaganlar  va  barcha 

jismlar  issiqdan  kengayadi,  deb  xulosa  chiqara  olmaganlar.  Umimiy  xulosasini  esa 

ekspertmenttator yordamida chiqarganlar. 

Ta’lim  jarayonida  tafakkurning  kundalik  sistetik  faoliyati  muhim  rol  o’ynaydi. 

O’quvchi tahlil qilish jarayonida yaxlit munosabatni yoki narsasi bo’laklarga ajratib, ularning 

uzviy boglanishni aniqlayotgan sintezda esa.Buning aksini bajaradi,  ya’ni  bo’laklarning yaxlit 

buyumga bog’lanishning aniqlaydi.  

O’quvchilar  tahlilva  sintezni  taqqoslagani  mashq  qilish  orqali  narsa  tasodifiy 

belgilardan  ajratishni  o’rganadilar  va  shu  tariqa  oz’larining  mavxumlashtirish  faoliyatlarini 

takomillashtiradilar.  




 

26 


 Bolalarning    bilimlar tizimini  o’zlashtirishga tushunchalarni qonuniyatarini  noma’lum 

belgisiga binoan o’rganishlari tez-tez uchrab turadi va bu xol o’quv materiallarini o’zlashtirishi 

qiyinlashtiradi.Shuning  uchung  o’quvchilarga  tushunchani  to’g’ri  umumlashtirish  usullarini 

o’rgatish lozim.  

Boshlan’ich  sinf  o’quvchilarning  umumlashtirish  faoliyaini  rivojlantiruish  maqsadida 

amalgam  oshirilgan  taqdiddotlardan  o’zlari  mustaqi  ravishda  narsalarni  muhim  belgilalriga 

asosan  umumlashtirish  imkoniyatiga  ega  bo’ladilar.  Ularda  mahaliy  tushunchalar  ataalar, 

tushunchalar miqdori keskin kamayadi.  

Boshlangich  sinflardagi  ta’lim  jarayonida  ba’zan  hissiy-  yaqqol  yoki  empirik 

umumlashtirish    imoniyatiga  ega  bo’ladilar,  Ularda  mahaliy  tushunchalar  atamalar, 

trushunchalar miqdori keskin kamayadi.  

Boshlang’ich  sinflardagi  ta’lim  jarayonida  ba’zan  hissiy-  yaqqol    yoki  empiric 

umumlashtirish  usuli  qo’llanadi  va  bu  ish  albatta  topshiriqning  talabiga  binoan  amalga 

oshiriladi. Narsa va hodisalarni guruhlarga ajratish va tasniflash lozim bo’lib qolsa, ko’pincha 

shu usulalrdan ham foydaanish tavsiya qilinadi.  

Bayon  etilganlardan  boshlang’ich  snf  o’quvchilari  ta’lim  jarayonida  turli 

umumlashtirish va mavhum lashtirish usullaridan foydalanish ma’lum bo’ladi.  

Ularning  mavhumlashtirish  va umumlashtirish  faoliyati to’rtinchi sinfgacha asta sekin 

murakkablashib miqdori vasifati jihatdan o’zgarib boradi.  

Shunday  qilib,  maxsus  tashkil  etilgan  mavxumlashtirish  va  umumlashtirish  usulalrini 

o’rgatish  bolalar  taffakurining  rivojlanishi  maktab  yoshidagi  o’quvchialrning  taffakuri 

mantiqiy fikrlash mulohaza yuritish hukm va xulosa chiqarish taqqoslash tahlil qilishning turli 

usulalrini  qo’llashdek  o’ziga  xos  xususiyatlari  bilan  maktabgacha  yoshdagi  bolalrdan  va 

o’smirlar tafakuridan keskin far qiladi. Boalar taffakurida yaqqol obrazlarga suyanib   mulohza 

yuritish  ya’ni  yaqqol  taffakur  muhim  taffakurdan  ma’lum  aerajada  ustun  turadi.  Va  ualrning 

taffakuri  yosh  xususiyatiga  mutloqo  mosligini  ko’rsatadi.  Ta’lim  jarayonida  taffakur 

operatsiyalarini mustaqil fikrlashni o`rgatish boshlang`ich sinf o’quvchilari maqol topish orqali 

rivojlanadi. 




Yüklə 411,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin