Kenjayev Zuhriddin



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə27/42
tarix24.10.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#160487
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
8-sinf soati 2023-2024 oʻquv yili uchun toʻliq

Alisher Navoiy
O`qituvchi:

  • Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom yuzasidan bugun Navoiy bobomiz nomi bilan Navoiy viloyati, Navoiy kutubxonasi, Navoiy nomidagi teatr, Navoiy nomidagi stependiya, Navoiy nomi bilan ko`chalar, maktablar atalmoqda.

  • O`zbek xalqimiz Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom, ixlos va havas qilib o`z farzandlariga Alisher ismlarini qo`ymoqdalar. Bu ham xalqimizning yuksak ma’rifat va ma’naviyat sohiblari ekanligidan dalolat.

  • Navoiy ruhi madadkor bo`lg`ay!

O`zbekiston Milliy bog`ida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan barpo etilgan haykalning tantanali ochilish marosimida Yurtboshimiz so`zlagan nutqidan:
Mana, salkam bir yildirki, O`zbekistonimizda, O`rta Osiyoda, barcha Sharq xalqlari tomonidan nishonlanayotgan Alisher Navoiyning umr va ijod to`ylari- qutlug` ma’raka davom etmoqda. Bu to`y millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor ulug`laydigan bayramdir.
Bu to`y xalqimiz, O`zbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi.
Alisher Navoiy yili deb e’lon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz tarixida qutlug` keldi, unutilmas sana bo`lib qoldi.
Bu yil xalqimizning asriy orzu-umidlari amalga oshdi. O`zbekistonimiz davlat mustaqilligini e’lon qildi va o`z taqdirini endi o`zi hal qiladigan bo`lib qoldi.

  • Biz bugun unutilmas, tarixiy voqeaning guvohi bo`lib turibmiz.

  • Mustaqil O`zbekistonning poytaxti-aziz va jonajon Toshkentimiz bag`rida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va ulkan xalq milliy bog`ining ochilishida qatnashmoqdamiz.

  • Mana shu fursatdan foydalanib, Alisher Navoiy haykalini yaratgan haykaltarosh, me’mor va quruvchilarimizni, bog`ni bezatuvchi qo`li oltin mehnatchilarimizni sizlarning, aziz do`stlar, nomingizdan qutlashga va minnatdorlik bildirishga ruxsat bergaysiz.

  • Chindan ham, quruvchilar samarali mehnat qildilar, to`rt-besh oy mobaynida to`rt-besh yillik olijanob ishni ado etdilar.

  • Bunda men xalqimizning o`z ulug` farzandiga bo`lgan ulkan mehr-oqibatini ko`raman.

  • Alisher Navoiy yurtni, diyorni ko`rkam, hosildor bog`lar og`ushida ko`rishni orzu qilar edi:

Kim bu bog` ichra xiromon erur,
Barchasi bir-biriga mehmon erur,-deb
Odamlarni bir-biriga mehribonu shafiq bo`lishga, umr, hayot qadrini bilishga, do`st-birodarlikka chaqirgan edi..
Navoiy haykali, Navoiy bog`i shahrimizning, diyorimizning eng go`zal va asosiy ziyoratgohi bo`lib qoladi.

  • Bu yer yillar, asrlar davomida katta xalq tantanalari, qariyalarimizga, yosh avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad beradigan sevimli va maroqli bir oromgohga aylanadi.

  • bugun bu bog` ijod ahli uchun ilhom va kamolot maskaniga aylanib ketgan.

Alisher Navoiy bobomizga atab asarlar, she’rlar, kinolar, spektakllar va videofilmlar xalqimizga taqdim etilib bormoqda

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin