Sana:__________ 19-Mavzu: Qon ketishda birinchi yordam ko‘rsatish. (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat amaliy mashg‘ulot) Kun shiori: Birinchi yordam
Mashg;ulotning maqsadi: Jamoa bo’lib,birgalikda ishlash tuyg’ularini rivojlantirish ,jamoa bo’lib ishlash maqsadlari va vazifalari haqida tushuncha berish; tarixga nazar solish orqali jamoaviylik haqida ko’proq ma’lumolar berish Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Darsning tashkiliy qismi: Salomlashish, davomatni aniqlash, darsga tayyorgarlik ko’rish tozalikni tekshirish. Asosiy tushuncha va ma’lumotlar Qon — odam va umurtqali hayvonlarning qon aylanish sistemasida aylanib yuradigan suyuq toʻqima; hujayra va toʻqimalarga yetib borib, ularning hayot faoliyatini hamda fiziologik funksiyalarining bajarilishini taʼminlaydi. Eritrotsitlarning tarkibidagi gemoglobin Q.ga qizil rang beradi. Q.ning tarkibi, osmotik bosimi va aktiv reaksiyasi (rN) deyarli oʻzgarmaydi. Q. organizmda xilma-xil vazifalarni bajaradi: u hujayralarga kislorod yetkazib beradi va karbonat angidrid gazini olib ketadi (nafas funksiyasi); ovqat hazm qilish aʼzolaridan oziq moddalarni butun organizmga tarqatadi (oziq moddalarni tashish funksiyasi); moddalar almashinuvi mahsulotini chiqarish aʼzolariga (buyrakka) olib boradi. Q. aʼzolarning gumoral aloqasini yuzaga chiqaradi, u gaz almashinuvi, nafas, suvtuz almashinuvi, kislota-ishqor muvozanatida ishtirok etadi. Q.da antitoksinlar, lizinlar va antitelolar borligi, shuningdek, leykotsitlar mikroorganizmlar va yot jismlarni qamrab yutish xususiyatiga ega boʻlganligi tufayli Q. organizmni zararli moddalar va yot jismlardan himoya qiladi. U gavda trasini doim bir maromda saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Asosiy qism: O’rtacha statistik odamning qon tomirlari bo’ylab taxminan 4-5 litr qon aylanib yuradi. Agar qon tomirlarining devorlariga zarar yetsa, ulardan qon sizib chiqa boshlaydi. 2-2,5 litr qon yo’qotilishi inson uchun o’lim xavfini tug’diradi. Qon tomirlarida qon bosimining pasayishi insonning barcha hayotiy funktsiyalarini boshqarishda muhim rol o’ynaydigan miyaga kislorod yetkazib berishning buzilishiga olib keladi. Shuning uchun, har bir kishi zarurat tug’ilsa, qon ketishida birinchi yordam ko’rsatishni bilishi kerak.
Qon ketganda to’g’ri ko’rsatiladigan birinchi yordam jabrlanuvchining omon qolishiga yordam beradi.