1992-yilgi Konstitutsiyada birinchi o`ringa davlat emas, balki inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati qo`yildi. Konstitutsiyaning kirish qismi Muqaddima.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari 1-bo`limi 4 bob: 17 ta moddadan iborat.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari 2-bo`limi 7 bob: 35 ta moddadan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Jamiyat va shaxs 3-bo`limi 4 bob: 15 ta moddadan iborat. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi 4-bo`limi 2 bob: 8 ta moddadan iborat.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Davlat hokimiyatining tashkil etilishi 5-bo`limi 9 bob: 51 ta moddadan iborat.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish tartibi 6-bo`limi 2 modda: 127-128- moddalardan iborat.Topshiriq: O`quvchilardan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-6-7-moddalarini sharhlash.Izoh:O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.