Keli shild I


Maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologning asosiy faoliyati



Yüklə 119,81 Kb.
səhifə4/6
tarix27.09.2023
ölçüsü119,81 Kb.
#149624
1   2   3   4   5   6
MTT psixologi yillil ish rejasi

Maktabgacha ta’lim tashkilotida psixologning asosiy faoliyati:

I) Psixologik profilaktika
Maqsadlar

  1. Ta’lim jarayoni sharoitida bolalarning ruhiy salomatligini ta’minlash va ularning to‘liq va o‘z vaqtida rivojlanishiga ko‘maklashish.

  2. Pedagoglarning psixologik kompetensiyasini shakllantirish, ularning kasbiy malakalarini va hissiy barqarorligini rivojlantirish.

  3. Bolaning rivojlanish qonuniyatlarida, shuningdek ta’lim va tarbiya masalalarida ota-onalarning psixologik bilimini oshirishga ko‘maklashish.

Vazifalar

  1. Pedagoglarni o‘qitish sohasidagi psixologik nazariyalar va tadqiqotlar hamda bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish

  2. Psixosomatik kasalliklarning oldini olishda hissiy va psixologik qulaylikni yaratish.

  3. Tarbiyachilarni psixologik jihatdan o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatlari bilan tanishtirish.

  4. Tarbiyachilarning o‘z-o‘zini takomillashtirish uchun barqaror motivatsiyasini rivojlantirish hamda namoyon qilishi uchun sharoit yaratish va aloqa to‘siqlarini yengib o‘tish.

  5. Bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish bo‘yicha ota-onalarning psixologik malakalarini oshirish.

  6. O‘quv jarayoniga sog‘liqni saqlash texnologiyalarini joriy etish.



II) Psixodiagnostika
Maqsadlar:

  1. Ta’lim-tarbiyaning mumkin bo‘lgan natijalarini aniqlash maqsadida bolalarning individual xususiyatlari, shaxsiyatini rivojlantirish imkoniyatlari va istiqbollari to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish.

  2. Pedagoglarga o‘zlarining kuchli va zaif tomonlarini tushunishga imkon berish.

  3. Kasbiy so‘nishning oldini olish maqsadida pedagoglarning individual va shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish.

  4. Ota-onalarga bola, uning shaxsiy, oilaviy munosabatlarning xususiyatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berish.

  5. Tuzatish va rivojlantirish ishlarini istiqbolli shakllantirish uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning differensial diagnostikasi.

Vazifalar:

  1. Pedagog tomonidan bolalarga ta’lim berish uslublarini tushunishiga yordam berish.

  2. Bolalarning tafakkurini o‘rganish, rivojlanish darajasini, xavf omillarini aniqlash va shu asosda maktabga tayyorgarlikning maqbul tizimini ishlab chiqish.

  3. Bolalarning aqliy rivojlanishining individual xususiyatlarini aniqlash (o‘zini o‘zi qadrlash, da’vo qilish darajasi, shaxsiy xususiyatlar va fazilatlar, hissiy ko‘rinishlarning xususiyatlari; barqarorlik, e’tiborni anglash)

  4. Pedagoglarning individual va shaxsiy xususiyatlarini aniqlash.




Yüklə 119,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin