Kashandalik davr vabosi


ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix08.09.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#142115
1   2   3   4   5
87-90

 
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
 

 

http://www.newjournal.org/

Выпуск журнала № – 16
Часть–3_ Март–2023
 
88 
2181-3187 
bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy, keyin Hindiston va Indoneziya turadi. Chekish 
oqibatida kelib chiqadigan yillik iqtisodiy zarar 200 milliard AQSH dollaridan oshib 
ketmoqda [6]. 
E’tibor bersangiz, chekish nafakat inson salomatligiga, balki moliyaviy axvoliga 
ham putur etkazishi mumkin.Bu illatdan forig‘ bo‘lish maqsadida, ko‘plab salmoqli 
ishlar olib borilmokda.Bu esa albatta kuvonarlidir. 31 may – Butun jaxonda chekishga 
qarshi kurash kuni ekanligi xam fikrimiz isbotidir. Xattoki,bir kun davomida bir 
donadan sigareta chekayotgan shaxslar xam chekuvchi hisoblanadilar. Statistik 
ma’lumotlarga ko‘ra, tamaki va uning tutuni tarkibida odam organizmiga zararli ta’sir 
etuvchi 400 dan ortiq har xil birikmalar bo‘lib, ulardan eng zaharlisi nikotin, is gazi va 
shularga o‘xshash ko‘pgina zararli moddalardir.Nikotin – eng kuchli zaharlardan biri. 
O‘pka to‘qimasiga kirgan nikotin 7 sekunddan keyin bosh miyaga etib boradi.Inson 
uchun nikotinning o‘lim dozasi 50-100 mg yoki 2-3 tomchi. Aynan shunday doza har 
kuni qonga 20-25 ta sigaret chekkandan keyin tushadi.Bir kunda 1 quti sigaret chekish 
– bu 1 yilda 500 rentgen nurlanishni olgan bilan barobar. 
Tibbiyot tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, tamaki yurak – qon tomir, nafas olish, 
ovqat hazm qilish, asab, ichki sekretsiya, jinsiy bezlar kabi a’zolariga zaharli ta’sir qilib 
miokard infarkti, xafaqon kasalligi, bronxlarning surunkali yallig‘lanishi, yara va 
saraton singari ko‘pgina xavfli kasalliklarga sabab bo‘ladi.[6]. Shuningdek, tamaki 
naslga ham salbiy ta’sir qilib, farzandsizlikka, tug‘iladigan bolalarni zaif, nogiron, 
jismoniy nuqsonlar bilan tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.Bu esa nasllar davomiyligiga 
o‘zining salbiy tasirini ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Mamlakatimizda kashandalik va 
illatlarga qarshi chiquvchi ko‘plab qonunlar tasdiqlangan.Ulardan ko‘zlangan asosiy 
maqsad fuqarolar, xususan yoshlar sog‘ligini, jismoniy va ma’naviy rivojlanishini 
ta’minlashdan iborat. 
Hozirgi vaqtda tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va tarqatishni cheklash 
“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda istemol qilinishini cheklash 
to‘g‘risida” gi qonun va boshqa shu kabi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga 
solingan. 
Mazkur qonunda tamaki mahsulotlarini balog‘at yoshiga etmagan shaxslarga 
sotishni taqiqlash, tamaki va alkogol mahsulotlarining inson salomatligiga salbiy ta’siri 
to‘g‘risidagi ogohlantiruvchi yozuvning bo‘lishi, bunday mahsulotlarda inson sog‘lig‘i 
va hayotiga zararlilik darajasiga ruxsat beruvchi normaning kiritilishi, tamaki 
mahsulotlarini iste’mol qilishni reklama va targ‘ibot qilishga yo‘l qo‘ymaslik, jamoat 
joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni taqiqlash to‘g‘risidagi talablar 
mavjud. Shuningdek, “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida” gi Kodeks tamaki 
mahsulotlarini jamoat va transportning ruxsat etilmagan joylarida iste’mol qilishni man 
etadi [1]. 



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin