Kalit so‘zlar: Metod, innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit, texnologiya, pedagogik yangilik, integratsiya, sifat, samara. The role and advantages of teaching methods and innovative methods in pedagogical activity


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 374,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix11.05.2023
ölçüsü374,37 Kb.
#111058
1   2   3   4   5   6   7
pedagogik-faoliyatda-ta-lim-metodlari-va-innovatsion-metodlarning-o-rni-va-afzallik-tomonlari

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 682 www.ares.uz 
qilgan. Barcha mutafakkirlar kabi u ham ko'rgazma-tajriba metodlari, savol-javob 
metodlari, malaka va ko'nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash 
metodlaridan keng foydalanilgan. Al-Xorazmiy matematika fanining amaliy 
ahamiyatini yuksak cho'qqilarga ko'tara oldi. Uning buyuk ixtirolaridan biri - «0» 
(nol) sonini yaratishi va bu orqali uning fanga kiritgan buyuk kashfiyoti o'nli 
pozitsion sanoq sistemasining iste'molga kiritilishidir. 
Abu Nasr Forobiy ta'limda barcha fanlarning nazariy asoslari o'rganilsa, 
tarbiyada ma'naviy-axloqiy qoidalar, odob me'yorlari o'rganiladi, kasb-hunarga oid 
malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Bular tarbiyachilar va murabbiylar tomonidan 
turli metodlar yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta'lim-tarbiya ishlarini nazariy 
yo'l bilan amalga oshirishga ko'proq e'tibor beradi. Shuning bilan birga u ta'lim-
tarbiyada rag'batlantirish, odatlantirish va vaqti kelganda majbur etish metodlaridan 
foydalanish g'oyalarini ham ilgari surgan. U matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi 
nujum, musiqa, huquq, tilshunoslik, poetika kabi sohalar bilan shug'ullangan, turli 
tillarni o'rgangan. Manbalarda yozilishicha, u 70 dan ortiq tilni bilgan. 
Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi 
fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Uning fikricha, ta'lim oluvchilarga ta'lim 
berishda quyidagilarga e'tibor berish kerak: 
-ta`lim oluvchilarni zeriktirmaslik; 
-bilim berishda bir xil narsani yoki fanni o`rgatavermaslik shart, bu dars 
jadvaliga qo`yilgan talablardan biri; 
-uzviylik va izchillik; 
-taxlil qilish va taqqoslash; 
-takrorlash; 
-materialni ko`rgazmali bayon etish va shu kabilar. 
Abu Ali ibn Sino ta`lim oluvchilarni jamoa qilib o`qitishni ta`kidlaydi. U 
o`quvchilarni o`qitishda ularni birdaniga kitob bilan band qilib qo`ymaslik kerak, deb 
ta`kidlaydi. 
Shuningdek, 
olimning 
fikricha, 
olib 
boriladigan 
o`quv
mashg`ulotlarining mazmun-mohiyati o`quvchilarning yosh xususiyatlariga ham mos 
keladi va unda turli xil metodlardan foydalanib o`quvchi yoshlarni fanga nisbatan 
qiziqishlarini rivojlantirish ko`zda tutiladi. Ibn Sino ta`limoti bo`yicha bilishda qaysi 
metodlardan foydalansa ham og`zaki ifodalash, bilimlarni tushuntirish, turli usuldagi 
suhbatlarni tashkil etish bilan bolalarda mustaqil fikrlash qobilyatini va og`zaki 
bayon qilish qobilyatini rivojlanishini ta`minlash maqsad bo`lgan. 



Yüklə 374,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin