Kalit so‘zlar: Metod, innovatsiya, innovatsion faoliyat, innovatsion muhit, texnologiya, pedagogik yangilik, integratsiya, sifat, samara. The role and advantages of teaching methods and innovative methods in pedagogical activity



Yüklə 374,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix11.05.2023
ölçüsü374,37 Kb.
#111058
1   2   3   4   5   6   7
pedagogik-faoliyatda-ta-lim-metodlari-va-innovatsion-metodlarning-o-rni-va-afzallik-tomonlari

KIRISH
 
Pedagog innovatsion faoliyatining eng muhum va markaziy masalasi o`quv 
jarayonini samarali va sifatli tashkil etishdan iborat. Ta‘lim berishda turfa xil usullar 
ya‘ni metodlar mavjud. O‗qituvchi qay uslubda dars bermasin maqsadiga yetish 
imkonini izlaydi, bu borada, ta‘lim metodlari va innovatsion metodlardan 
foydalanadi. Ta‘lim metodlari shu vaqtga qadar o‗zining samarasini ko‗rsatib 
kelmoqda va zamon muallimlari yangicha uslubda dars o‗tib yanada yaxshi natijalar 
olishga 
intilmoqdalar. 
Shuningdek 
innovatsion 
metodlardan 
foydalanib 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-679-685 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 680 www.ares.uz 
kelishmoqdalar. Innovatsion faoliyatda pedagogik yangiliklar: o‗qitishning yangi usul 
va metodlarining yaratilishi va qo‗llanishi o‗quv jarayonining samarali va sifatli 
tashkil etilishini yaratib beradi. Pedagogik yangilik-pedagogik faoliyatda ilgari ta‘lim 
jarayonida noma‘lum bo‗lgan o‗zgarishlarni kiritish orqali ta‘lim va tarbiyaning 
nazariya va amaliyotini boyitish va uni rivojlantiruvchi omilidir. 
Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta‘lim jarayonining 
samarasini oshiradi, o‗quvchilarning erkin fikrlash jarayonini shakllantiradi, 
o‗quvchilarda bilim olishga ishtiyoqi va zavqini oshiradi, bilimlarini mustahkam
o‗zlashtirish, ulardan amaliyotda mustaqil foydalanish ko‗nikma va malakalarini 
shakllantiradi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
 
«Metod» — yunoncha «metodos» - «yo‗l» degan so‗zdan paydo bo‗lib, u 
tadqiq qilish ma‘nosini anglatadi. Ta‘lim metodi ta‘lim jarayonida o‗qituvchi va 
o‗quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatdir. 
Ta‘lim metodlari – o‗qitishning o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlariga erishish 
usullarini hamda o‗quv materialini nazariy va amaliy yo‗naltirish yo‗llarini bildiradi. 
O‗qitish metodlari ta‘lim jarayonida ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyatining 
qanday bo‗lishi, o‗qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini 
hamda shu jarayonda ta‘lim oluvchilar qanday ish-harakatlarini bajarishlari 
kerakligini belgilab beradi. Shuningdek, ta‘lim metodi o‗qituvchi va ta‘lim 
oluvchilarning o‗qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish 
faoliyati yo‗lidir. Ta‘lim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy 
qonuniyatlarini tushunishga bog‗liqdir, ya‘ni ular falsafiy metodologik asosga ega va 
ta'lim jarayonidagi qarama-qarshiliklarni, ta‘lim jarayonining mohiyatini va 
tamoyillarini to‗g‗ri anglash natijasidir. Ta‘lim materiali ta‘lim mazmunida 
ifodalangan ilmiy fikr mantig‗iga bog‗liq. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha 
kam ifodalangan bo‗lsa, ta‘lim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog‗liq bo‗ladi. 
Pedagogika fani maktablar va ta‘lim beruvchilarning ilg‗or ish tajribalarini 
umumlashtiradi, an‘anaviy ta‘limning ilmiy asoslarini ko‗rsatib beradi, o‗qitishning 
zamonaviy hamda samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab topishga yordam beradi. 
Metodlar bir qancha asosiy guruhlardan iborat bo‗lib, ularning har biri o‗z 
navbatida kichik guruhlar va ularga kiruvchi alohida metodlarga bo‗linadi. O'quv-
biluv faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonining o'zi esa axborot 
uzatish, qabul qilish, anglash va o'quv axborotlarini esda saqlashni hamda olinadigan 



Yüklə 374,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin