Jizzax davlat pedagogika universiteti


SO‘Z YASALISH STRUKTURASI



Yüklə 44,66 Kb.
səhifə2/6
tarix05.06.2023
ölçüsü44,66 Kb.
#125191
1   2   3   4   5   6
ona tili marfalogiya kurs ishi

SO‘Z YASALISH STRUKTURASI
So'zning yasalish strukturasi(tarkibi) so‘zning morfem strukturasidan ham, so‘zning morfologik strukturasidan ham farq qiladi. So'zni morfem strukturasiga ko'ra tahlil qilinganda, uning (so'zning) umuman tarkibi - morfemalari • ma’noli qismlari
aniqlanadi. Masalan: ter-im-chi-lar, o'ai- t-nv-chi-lik-ni, paxta-zor-lar-ning kabi. So'zning morfologik strukturasi tahlil qilinganda esa, uning (so'zning) shakl yasash asosi va shakl yasovchi vosita ajratiladi. Bu vositalar esa so'z tarkibida ikkatadan oshmaydi: shakl yasovchi asos, shakl yasovchi affiks.Masalan: paxtakorlarning so'zining shakl yasovchi asosi paxtakorlar, shakl yasovchi affiksi -ning, paxtakorlar so'zining shakl yasovchi asosi - paxta kor, shakl yasovchi affiksi -lar, paxtakor - so'z. So'z yasash tarkibida esa so(zyasovchi asos va so‘z yasovchi affiks ajratiladi. Ya’ni so'zda yasovchi qismlar ham ikkitadan oshmaydi (garchi so'z tarkibida birdan ortiq o'zak va so'z yasaydigan birdan ortiq affiks bo'lsa-da). Masalan, bilimdonlik so'zining so'z yasovchi asosi bilimdon, so'z yasovchi affiksi -lik, bilimdon so'zining so'z yasovchi asosi biiim, so'z yasovchi affiksi-don, bilim so'zining so'z yasovchi asosi - bil, so'z yasovchi affiksi - im. Yasama so'zning asosi (so'z yasalish. asosi) qo'shma so'z yoki so'z birikmasiga teng bo'lishi mumkin. Bunday holatda ham yasovchi qismlar ikkitadan oshmaydi. Masalan, belbog‘li so'zining yasovchi asosi - belbog', yasovchi affiks-li; besh qavatli (bino) yasovchi asos - besh qavat, yasovchi affiks - li; ikki xonali (uy) - ikki xona - yasovchi asos, -li yasovchi affiks.Ammo yasovchi affiks qatnashmagan qo'shma so'zlarda yasovchi
komponentlar (qismlar)ning hammasi yasovchi asos deb yuritiladi. Masalan, toshko ‘mir tosh - yasovchi asos, ko‘mir-yasovchi asos - toshko‘mir - yasalma; oqqush - oq - yasovchi asos, qush - yasovchi asos - oqqush - yasalma kabi. So‘zning yasalish tarkibini aniqlashda faqat yasama so‘zlar(sodda yasama va qo‘shma so‘zlar) tahlil qilinadi. Ya’ni sodda tub so‘zlar e’tibordan chetda qoladi. Bunday so‘zlar so‘zning morfem va morfologik strukturasiga ko‘ra tahlil etiladi. Boshqacha aytganda, so‘zning yasama qismigina tahlil etiladi. Masalan, o‘quvchilarning so‘zining o'quvchi qismi, olmazorlar so‘zining olmazor qismi, tinchlikni so‘zining tinchlik qismi va boshqalar.
So‘z tarkibida morfemalami to‘g‘ri ajratish yasash asosining va yasovchi vositaning tarkibini, chegarasini to‘g‘ri hisobga olish katta ahamiyatga ega. Masalan, gulchilik, temir chi lik, baliqchilik kabi yasama leksemalarda gulchi, temir chi, haliqchi yasash asosi hisoblanadi. Ammo kopchilik, ozchilik, dehqonchilik, yog'ingar chilik kabilarda esa yasash asosi ko‘p, oz, dehqon, yog'in leksemalaridir. Shunki o‘zbek tilida ko'pchi, ozchi, dehqonchi, yog ingar shaklidagi leksemalar yo‘q. Demak, bu o‘rinda shu so'zlar tarkibidagi-chilikgarchilik qismlari yasovchi affikslar hisoblanadi.


Yüklə 44,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin