Jiydagulnamolar qabilasi


Жийдагуллилар к,абиласи— Elaeagnales



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə4/6
tarix02.01.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#44070
1   2   3   4   5   6
Yo'ldasheva Dono jiydagullilar qabilasi

Жийдагуллилар к,абиласиElaeagnales

B uta kisman daraxt shaklidagi usimlik. Tanasi pan- jasimon kipiklar yoki yulduzsimon tuklar bilan kalin koplangan. Barglari oddiy, yon bargsiz, kеtma-kеt yoki karama-karshi joylashgan. Guli monopodial shoxlangan tupgullar (ratsеmoz)da joylashgan, kush jinsli, aktino- morf, 4 a'zoli. Changchilari kosacha barglari bilan tu- tash. Uruyachisi bitta mеva bargidan shakllangan, tugun­chasi ustki. Gul formulasi:S> *R4 (ichki tomoni kumush rang, ichki tomoni sarik) A4Gr Mеvasi danakli, danagi ust tomondan shirali yoki kuruk et bilan koplangan. Mеvasi ozik-ovkat sifatida istе'mol kilinadi. Tarki- bida 0,3% vitamin, oshlovchi moddalar, shakar, kraxmal va oksil bor. Jiydalardan ixota daraxtlari sifatida foydalaniladi. Asalchil usimlik.



J iydaning kumush rangli ekma nok jiyda - (Elaeagnus Orientalis) va (Е. angustifolia) yovvoyi jiyda dеb yuritiladigan turi Uzbеkistonda kеng tarkalgan. X,ar ikkala tur bir-biridan barg va mеvaning shakli va tuzilishi bilan fark kiladi.



J iyda (Elaeagnus L.) — jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta. Jan. Yevropa, Markaziy va Sharqiy Osiyo, Shim. Amerikada oʻsadigan 40 ga yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda J.ning qargʻajiyda. (Ye. angystifola; yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi (Ye. orientalis), tikanakli J. (Ye. pungens), kumushsimon J. (Ye. argentea), non J. (Ye. cdulls) turlari oʻsadi. Sh a r q J.sining bargi oddiy, ensiz, kumushrang . Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish, magʻizsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxoʻr. Tarkibida 46—65% qand, 10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. J.ning mevasi yangiligida yoki quritib isteʼmol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz alkogolli ichimliklar tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi, parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy olinadi. J. qurgʻoqchilikka chidamli, yer osti suvlari yuza va shoʻr tuproqlarda ham oʻsaveradi. Danagidan, ildiz bachkisidan va qalamchasidan koʻpayadi. Koʻchati oʻtkazilgach, 3—5- yili hosilga kiradi. May—iyun oyida gullaydi, mevasi sent.—okt.da pishadi. Bir tupi 50 kg gacha hosil beradi. J. 60—80 y. yashaydi. Non J. mevali daraxt sifatida ekiladi, oʻrta boʻyli daraxt. Sernam yerlarda yaxshi oʻsadi. Serhosil. Mevasi yirik, mazali, q izgʻish-qoʻngʻir rangli. Oʻzbekiston oʻrmonchilik i.t. in-tida uning 20 ga yaqin navi taʼriflangan (Qizil J., Raʼno, Urganch, Xurmoy, Toshkent deserti, Choʻli qandak, Kizil qandak va b.). Hoz. davrga kelib sanoat ahamiyatini yoʻqotdi. Oʻzbekiston, Tojikiston va koʻpgina mamlakatlarda ayrim tomorqa bogʻlarida havaskorlar ekadi. Koʻproq yoʻl yoqalari, kanal boʻylari, dala-ihota oʻrmon mintaqalari, tashlandiq yerlarga ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi.


Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin