Jiydagulnamolar qabilasi


MAGNOLIYATOIFA (YOPIQ URUG'LI) O'SIMLIKLAR BO'LIMI - MAGNOLIOPIIYTA, ANGYOSPERMAE



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə2/6
tarix02.01.2022
ölçüsü1,47 Mb.
#44070
1   2   3   4   5   6
Yo'ldasheva Dono jiydagullilar qabilasi

MAGNOLIYATOIFA (YOPIQ URUG'LI) O'SIMLIKLAR BO'LIMI - MAGNOLIOPIIYTA, ANGYOSPERMAE

M agnoliyatoifalar yoki gulli o'simliklar boshqa yuksak o'simliklardan vegetativ a'zolarining o'ta murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi. Ildizlari o'q ildiz, qo'shimcha ildizlaridan shakllangan popuk ildiz sistemasi, havodan nafas oluvchi va tayanch ildizlari bo'ladi. Ayrim hollarda ildizning tuganak bakteriyalari bilan birgalashib yashashi ham kuzatiladi (burchoqdoshlarda). Ildiz sistemasi o'zining asosiy funksiya- si — o'simlik yer usti qismlarini tuproqqa biriktirish, suv va mineral moddalarni so'rishdan tashqari ortiqcha zaxira moddalarni to'plash vazifasini ham bajaradi (ildizmevalarda).

Novdalari juda xilma-xil tuzilishga cga yog'ochlangan o't, ko'p yillik, bir yillik, o'sish shakliga ko'ra tik, yotib o'suvchi, sudraluvchi, chirmashuvchi, ilashuvchi, o'raluvchi; ko'ndalang kcsimi — doira, to'rt qirrali, uch qirrali, yassi va hokazo. Poya va novdalarida turli shakl o'zgarishlar kuzatiladi (tikanlar, ildizpoyalar, piyozboshlar, tuganaklar). Ba'zan poyalari rivojlanmagan va barglari ildiz bo'g'zi atrofida g'uj bo'lib o'rnashgan (qoqio't, zubturum).

B arglarining tuzilishi va shakllari nihoyatda xilma-xil. Ular bandli, o'troq, qinli, yonbargchali, oddiy, murakkab, butun, turli darajada kesilgan, bo'lakli; tomirlanishi patsimon, to'rsimon, parallel, yoysimon; silliq, tukli, tikanchalarga aylangan (zirk, bo'ztikan, kaktuslar, qushqo'nmas). Ba'zan barglar juda qisqargan tangachalar ko'rinishida yoki butunlay yo'q (saksovul, qandim, zag'oza va boshqalar). Bularning barchasi o'simlik turlarining yashash muhitiga moslashish uchun kurashining natijasi bo'lib, cvolutsion jarayonda paydo bo'lgan xususiyatlardir.

M agnoliyatoifalarning boshqa yuksak o'simliklardan farq qiladigan eng asosiy belgisi ularda maxsus jinsiy (generativ) ko'payish organi — gulning bo'lishidir. Barcha yuksak o'simliklardagidck ularning taraqqiyot siklida ham ikki faza (bosqich) mavjud: sporofit (diploid, jinssiz) va gametofit (gaploid, jinsiy). Tomchi suvli muhitga bog'liq bo'lmagan tarzda bu ikkala bosqich almashinib, gallanib sodir bo'ladi.

Gul — metamorfozlangan poya va barglar kombinatsiyalaridan iborat bo'lib, poyaning kurtagi — g'unchadan rivojlanadigan generativ organdir. Gul tuzilishidagi quyidagi o'ziga xos belgilar magnoliya- toifalarni boshqa yuksak o'simliklardan keskin ajratib turadi:



  1. Urug'kurtaklari bir necha mevabarg (karpella)lardan iborat bo'lib, urug'chi tugunchasining ichida yopiq holda joylashgan.

  2. Chang donachalari to'g'ridan-to'g'ri urug'kurtak mikropilcsiga emas, balki urug'chining tumshuqehasiga tushadi va o'rnashadi.

  3. Gametofitlar juda qisqargan, gametangiysi yo'q va gametofit bir necha marta bo'linish natijasida shakllanadi.

  4. Qo'shaloq urug'lanish sodir bo'ladi, spermiylardan biri urug'kurtak murtak xaltasi ichidagi tuxum hujayra bilan, ikkinchisi esa diploid xromosomali markaziy hujayra bilan qo'shiladi, natijada murtak va uni oziqlantiruvchi triploid endosperm to'qimasi hosil bo'ladi.

Aksariyat hollarda gul xuddi novda kabi qoplagich barg qo'ltig'ida hosil bo'lib, uning gulbandi, gulyonbarglari, gulo'rni mavjud. Gul- o'rniga gulkosachabarglar (kosacha), gultojibarglar (gultoj), changchilar va urug'chi (urug'chilar) joylashadi. Gul qo'rg'oni oddiy yoki ikki qavat (murakkab) crkin yoki tutash, to'g'ri (aktinomorf) yoki qiyshiq (zigomorf), ba'zan csa gul butunlay gulqo'rg'onsiz (bug'doydoshlar) bo'lishi ham mumkin.

C hanglari (androtscy) mikrosporofillar hisoblanib, changchi ipi va changdondan iborat. Changdon ichida changchalar bilan to'lgan 4 ta sporangiylar, ya'ni changdon uyalari mavjud. Gul markazida urug'chi bitta yoki ko'pchilik hollarda bir nccha mcvabargchalarning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Urug'chi tumshuqcha, ustuncha va tuguncha kabi uchta qismdan iborat.

Gullari bir jinsli, ikki jinsli, ba'zan jinssiz: bittadan, oddiy yoki murakkab to'pgullarda joylashadi. Gulning tuzilishi, qismlarning soni va o'rnashuvini gul formulasi va diagrammasi orqali ko'rsatish mumkin. Masalan, olma gulining formulasi: Ca5Co5A°°Gr

Gul qismlarining soni, shakli, rangi, o'rnashuvi magnoliyatoifa ajdodlari, qabilalari, oilalari, turkumlari va turlarining klassifikatsiyasida hal qiluvchi sistematik bclgilar hisoblanadi.

Changning urug'chi tumshug'iga kelib tushish jarayoni changlanish dcyiladi va u o'z-o'zidan, chetdan, hasharotlar, shamol va ba'zan qushlar yordamida sodir bo'ladi.

Chang urug'chi tumshug'iga tushgach unadi, uning vegetativ hujayrasi hisobiga chang naychasi shakllanadi, gcnerativ hujayrasidan csa ikkita spermiy hosil bo'ladi: chang yo'li urug'kurtakning murtak xaltasigacha borib yctadi. Spermiylardan biri tuxum hujayrani, ikkinchisi markaziy (diploid) hujayrani urug'lantiradi. Bu jarayonni 1898- yilda Kiyev universitctining profcssori S.Navashin o'rmon liliyasi (Lilium martagon) dan tayyorlangan prcparatda kashf ctgan va uni „qo'shaloq urug'lanish" deb atalgan.

O'sgan chang yo'li urug'li o'simliklarda chang gametofitdir, generativ hujayra csa anteridiyga gomologdir.

Urug'langan tuxum hujayradan bo'linish yo'li bilan murtak to'qimasi va keyinchalik murtak shakllanadi, undan murtak ildizcha, murtak poyacha, kurtakcha va ba'zi turlarda 2 ta bargchani kuzatish mumkin. Markaziy hujayraning urug'lanishidan hosil bo'lgan triploid yadroli oziqlantiruvchi to'qima ikkilamchi endospermni tashkil etadi, chunki u yadro moddasiga, oqsil, yog', uglevodlar va vitaminlarga juda boy bo'ladi. Bu esa murtakning bo'lajak yosh sporofitga aylanishida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, magnoliyatoifalarning gametofitlari doimo ikki uyli: changchi gametofit o'sgan chang yo'li va 2 ta spermiyni hosil qilgan chang; urug'chi onalik gametofit csa 7 hujayrali murtak xaltasidir.

Murtak va endosperm rivojlanib murtak xaltaning boshqa hujayralarini chetga siqib qo'yadi va urug'kurtakni to'ldiradi. Urug'kurtak to'lig'icha uruqqa, uning po'sti urug'ning po'stiga, tuguncha—mevaga, tugunning devori esa meva ctiga aylanadi. Shu sababdan magnoliyatoifalarni yopiq urug'li o'simliklar deb ham ataladi.

Gulli o'simliklarning urug'ida jamg'arma oziq moddalar nutsellus- dayoq to'planadi va perisperm deb ataladi (chinniguldoshlarda), agar 2 urug'pallalilarda to'planadigan bo'lsa (burchoqdoshlarda, qovoq- doshlarda, karamdoshlarda), u holda endosperm rivojlanmaydi.

Magnoliyatoifalarning ko'payishi va rivojlanish siklida sporofitning ustunligi aniq ko'rinadi, gametofit bo'g'in esa nihoyatda qisqargan. Bundan tashqari, uning yana bir muhim xususiyati shundaki, ayrim hollarda ularning sporofitlari ham ikki uylidir. Masalan, Toldoshlar, Nashadoshlar, Chinniguldoshlar, Jiydadoshlar, Zarangdoshlar, hatto qoqio'tdoshlar va Palmadoshlarning ayrim vakillarida bunday holat kuzatiladi. Qarag'aytoifalarda ikki uylilik nisbatan kamroq va uni sagovniklar, ginkgo, tiss, archalarda ko'rish mumkin. Gulli o'simliklarda ikki uylilikning ko'proq bo'lishi progressiv belgi, chunki chetdan changlanishning samaraliroq o'tishini ta'minlaydi, deb tushuntiriladi.

A natomik tuzilishiga ko'ra ham magnoliyatoifalar o'simliklar dunyosida eng yetuk va mutanosib murakkab tuzilishga ega o'simliklardir. To'qimalar liar xil (10 dan ortiq) va o'ta differensiyalashgan, ayniqsa ksilcma haqiqiy naylar (traxeya) dan iborat, ikkilamchi yo'g'onlashuv natijasida ikkilamchi to'qimalar ksilema, floema, pcriderma va po'stlar hosil bo'ladi. Bu xil tuzilish arxegonial o'simliklarning deyarli birontasida ham uchramaydi.

Yuksak murakkab anatomik va morfologik tuzilish magnoliyatoifalar (gulli o'simliklarning) ekologiyasi bilan bcvosita aloqadordir. Ularning deyarli barchasi quruqlikda o'suvchi o'simliklar hisoblanadi. Ammo o'ta sovuq, issiq va quruq, hatto suvli muhitda ham o'sishi gulli o'simliklar uchun ikkilamchi yashash muhitlaridir. H ammasi bo'lib sho'r suvlarda gulli o'simliklardan 30 tacha turning o'sishi aniqlangan. Hatto Arktika va Antarktikada (Aira antarctica), Himolay tog'larining dengiz yuzidan 6200 metr baland joylarida ham gulli o'simliklarning ayrim turlari topilgan (Arenaria musoiformis — chinniguldoshlar oilasidan).

Magnoliyatoifalarning klassiflkatsiyasi

Magnoliyatoifalarni klassifikatsiyalashning turli taksonlar orasidagi filogcnctik qimmatini olimlar turlicha talqin etishadi va o'z sistcmalarini qabila va oilalargacha yetkazishadi, xolos. Faqat A.Englerning filogcnctik sistemasi (tizimi) turkumlargacha, ba'zan hatto turlargacha aniqlik bilan tuzilgan. Ayrim noaniqliklari bo'lishiga qaramasdan bu sistcma hozirgacha ham o'z ilmiy qiymalini yo'qotgani yo'q. Ycr yuzidagi aksariyat mamlakatlardagi yirik gcrbariylar, shu jumladan O'zR FA „Botanika" ilmiy ishlab chiqarish markazidagi Gerbariy ham Englcr sistemasi asosida joylashtirilgan va u 1 million 400 mingga yaqin nusxadan iborat gerbariyni o'z ichiga oladi.

3-jadvalda bir qator muhim sistcmatik belgilarning filogenctik sxemasi keltirilgan (S.A. Shostakovskiy, 1971). Bunda A-primativ va qadimiy belgilar, B-murakkab va paydo bo'lishiga ko'ra nisbatan yosh belgilar.

Ammo sodda yoki murakkab, qadimiy yokipaydo bo'lishiga ko'ra yosh belgilarni ba'zan bir sistematik guruh yoki takson chegarasida, hatto bir tur doirasida ham kuzatish mumkin. Masalan, ko'pchilik Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasiga xos turlarning gullari aktinomorf, ammo isfarak (Delphinium) da, akonit (Aconitum) da, aksincha zigomorf; Nilufardoshlar (Nymphaeaceae) ning ayrim vakillarida tugunchasi ustki, shoxona viktoriya (Victoria regia) da esa tugunchasi ostki; Ra'nodoshlardan (Rosaceae) qulupnay (Fragaria) va maymunjon (Rubus) da tuguncha ustki, olma (Malus), nok (Pyrus), na'matak (Rosa) turkumlarida esa tuguncha ostkidir. Gavzabondoshlar (Boraginaceae) oilasining aksariyat turlarining gullari to'g'ri, ammo qiyagul (Lycopsis) da, ko'ztikan (Echium) ning gullari zigomorf va hokazo.

Bundan tashqari, ko'pchilik hollarda sodda tuzilganlik birlamchi yoki ikkilamchi bo'lishi mumkin va uni aniqlash ancha qiyin. Masalan, oddiy gulqo'rg'onning umuman bo'lmasligi A.Engler va R. Vettshteyn bo'yicha birlamchi belgi hisoblansa, G.Gallir va A.Taxtadjyanlar uni ikkilamchi belgi deb hisoblaydilar. Anemofiliya ham xuddi shunday, R.Vettshteyn, A.Engler, N.Bush uni birlamchi hisoblasalar, G.Gallir va A.Taxtadjyanlar fikricha bu ikkilamchi holdir. Ikki jinsli gullar va bir uyli o'simliklarning paydo bo'lishini A.Engler va R.Vettshteynlar ikkilamchi deb hisoblaydilar, ammo G.Gallir va A.Taxtadjyanlarning fikricha u birlamchi hisoblanadi.

Gulli o'simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistcmalari orasida rus olimi akademik A.L.Taxtadjyanning sistemasi o'zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so'nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ta atrofida turdan iborat ekanligi ko'rsatilgan.

1. Magnoliyasimonlarning urug'lari ikki urug'pallali, Lolasimon- larniki esa bir urug'pallali. Ammo Magnoliyasimonlardan ayrimlarining urug'lari bir urug'pallali ekanligi kuzatiladi. Masalan, Ayiqtovondoshlar




Hayotiy shakllari

A.

Ko'p yillik o'simliklar

B.

Ikki yillik, bir yillik o'simliklar

I'oya

A.

Yog'ochli (daraxllar va butalar)

B.

O'llar

A.

Oddiy (shoxlanmagan)

B.

Shoxlangan

A.

Tik turuvchi

B.

O'rluvchi, chirmashuvchi, ilashuvchi

A.

Naylari yo'q, faqat traxcidli (ko'p to'siqli narvonsimon)

B.

Naylari bor, oddiy perforatsiyali

Barg

A.

Oddiy (ko'pincha)

B.

Murakkab

A.

Spiral joylashgan (navbatlashib)

B.

Qarama-qarshi yoki halqa hosil qilib joylashgan

A.

Doimo yashil

B.

Bargini to'kuvchi

A.

To'rsimon lomirlangan

B.

Parallel tomirlangan

Gul

A.

Gullari bittadan joylashgan

B.

Gullari to'pgullarda joylashgan

A.

Gul qismlari (kosachadan unig'- chigacha) spiral (aisiklik) joylashgan

B.

Gul qismlari doira hosil qilib joylashgan (siklik)

A.

Gul qismlari (changchi va urug'chilar) noaniq sonda (ko'p)

B.

Gul qismlari doirada aniq sonda (3,4,5), gullari 3,4 va 5 a'zoli

A.

Gullari ikki qavatli gulqo'rg'onli (gclcroxlamid), ammo gulqo'rg'onining borligini primitiv belgi deb bo'lmaydi

B.

Gullari gulqo'rg'onsiz (axlamid) yoki oddiy gulqo'rg'onli (monoxlamid)

A.

Gul qismlari crkin (qo'shilib o'smagan)

B.

Gul qismlari asosida qo'shilib naycha hosil qilgan

A.

Gullari to'g'ri

B.

Gullari qiyshiq

A.

Changchilari ko'p va crkin

B.

Changchilari kam, aniq sonda (2,3,4,5....), aksariyati qo'shilib o'sgan

A.

Urug'chilari (ginctscy) арокаф (crkin), ko'p mcvabarglardan tashkil topgan

B.

Urug'chi (ginetscy)lari senkarp (qo'shilgan), mevabarglari kam (2,3,4,5)

A.

Tuguni usiki

B.

Tuguni ostki

A.

Entomofiliya

B.

Anemofiliya

A.

Changlarining yuzasi noickis, yopishqoq, bir egatchali

B.

Changlari quruq, yuzasi silliq, sochiluvchan, uch egatchali

A.

Gullari ikki jinsli

B.

Gullari bir jinsli

A.

Bir uyli o'simlik

B.

Ikki uyli o'simlik

A.

Gulda urug'kurtaklar ko'p

B.

Ikki uyli o'simlik

A.

Urug'kurtaklar ikki qoplagichli

B.

Urug'kurtaklar bir qoplagichli

N.Kuznctsov bo'yicha

A.

Urug' cndospermali

B.

Urug' endospermasiz

A.

Murlak kichik, to'g'ri, endospcrma bilan qoplangan ikki urug'pallali




Muitak cgilgan yoki buralgan, pcrispcrmali yoki pcrispcrmasiz, bir urug'pallali yoki urug'pallasiz

(Ranunculaceae) dan Fikariya (Ficaria) da, Navro'zguldosh (Prirnu- laccac) lardan siklamcn (Ceclamen) da va umuman 40 tacha misolda shunday tuzilishni kuzatish mumkin. Lolasimonlardan csa Agafantus (Agaphanthus) va sitxrantus (Cythranthus) da urug'larning ikki urug'pallali ckanligi aniqlangan. Ba'zi chetlanishlarga qaramasdan bu belgi ikkala ajdodni ajratuvchi cng muhim belgidir.



  1. Magnoliyasimonlarda urug'pallalar lateral (ikki yon tomonda), Lolasimonlarda csa terminal, ya'ni poyachaning uchida o'rnashgan.

  2. Magnoliyasimonlarning ildizi ikkilamchi yo'g'onlashishga ega, kambiy halqasi bor va o'q ildiz sistcmasi shakllanadi; Lolasimonlarda aksincha, asosiy ildiz nobud bo'ladi, kambiy halqasi yo'q, qo'shimcha ildizlardan popuk ildiz sistemasi shakllanadi.

  3. M agnoliyasimonlarning poyasida kambiy halqasi mavjud va shu sababdan ikkilamchi yo'g'onlashuv sodir bo'ladi; Lolasimonlarda esa kambiy yo'q, poya ikkilamchi yo'g'onlashishga ega emas. Ammo mustasno tarzda daraxtsimon liliyasimonlardan Dratsena (Dracaena) va Kordilina (Cordylinc) larda ikkilamchi yo'g'onlashuv mavjud, u poyaning perifcrik qismida yangi nay-tolali tutamlar hosil bo'lishi hisobiga sodir bo'ladi. Ammo ba'zi liliyalar (Lilium), makkajo'xori (Zea mays), qo'g'alar (Tupha) va boshqalarda dastlab kambiy bo'ladi, ammo tezda uning faoliyati to'xtaydi.

Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) dan podofillumda (ikki urug'pallalilar) kambiy butunlay yo'q.

  1. Magnoliyasimonlarning barglari juda xilma-xil: oddiy, murakkab bandli, o'troq; qinli, qinsiz, yonbargchali; butun, kesilgan, bo'lakli; asosan to'rsimon va patsimon lomirli, ba'zan bargsiz turlari ham mavjud. Lolasimonlarda esa barglari oddiy, bandsiz, qinli yoki qinsiz, parallel yoki yoysimon, tomirlangan, yonbargsiz yoki bir yonbargli. Patsimon bo'lakli barglarni faqat palma va aronniklardagina ko'rish mumkin. Ammo ikki urug'pallalilardan Chinniguldoshlar (Caryophyllaccae) va Zupturumdoshlar (Plantaginaceac) ning barglari ensiz, qinli, parallel yoki to'rsimon tomirlangan.

  2. M agnoliyasimonlarning gul qismlari asosan 5 tadan, qisman 4 tadan, ya'ni 4—5 doirali, changchilari ba'zan 2—3 doira hosil qilib o'rnashadi, umumiy gul formulasi: Ca5 Co5 A5+5 G(5). Lolasimonlarda esa gullari 4 doirali va 3 a'zoli, umumiy gul formulasi: Ca0 Co3 A3 G(3). Har bir oila va turkum doirasida gul qismlarining soni, doiralari soni qisman o'zgarishi mumkin. Masalan, Magnoliyasimonlardan zirklarda (Bcrbcris), lavrda (Laurus) gul qismlari har doirada uchtadan; Lolasimonlardan qarg'ako'z (Paris), rdest (Potamogeton) da esa gul qismlari 4 tadan.

7. Nihoyat bu ikkala ajdod vakillari changlarining hosil bo'lishi va joylashuv tartibiga ko'ra ham farq qiladi. Ikkala ajdod ajdod belgilarini taqqoslash, ularni ajratish uchun ayrim olingan bir bclgi cmas, balki bclgilar majmualaridan foydalanish va ularga asoslanish lo/imligini ko'rsatadi. Ayrim darsliklarning mualliflari (Kuznctsov, Bush, Lotsi) bir urug'pallalilar (Lolasimonlar)ni mustaqil sinf deb qaramaydi va bu o'simliklarning oilalarini ikki urug'pallali (magnoliyasimon) lar sistemasining turli qismlariga joylashtiradilar. Ammo bu tabiiy haqiqatni unchalik aks ettirmaydi, chunki bir urug'pallalilar o'ziga xos guruh bo'lib, ikki urug'pallalilardan ko'p jihatdan farq qiladi.

Magnoliyatoifalarni magnoliyasimonlar va lolasimonlar ajdodlariga ajratish eng yangi sistemalarda ham qabul qilingan va asosli deb hisoblangan (V.Simmetman, A.Taxtadjyan). Umuman olganda, magnoliyasimonlar va lolasimonlarni o'zaro farq qiladigan eng muhim belgi urug'pallalarining sonidir. Hozirgi vaqtda bir urug'pallalilarning kelib chiqishi to'g'risida 4 xil nazariya mavjud.



    1. Bir urug'pallalilardan ikkita urug'pallaning birlashib o'sishidan bitta urug'palla hosil bo'lgan.

    2. Urug'pallalardan biri cndospcrmdan oziq moddalarni so'rib oladigan organga (bug'doydoshlar urug'ida) aylangan, ikkinchisi esa reduksiyalangan (bug'doydoshlar urug'idagi cpiblast).

    3. Urug'pallalardan biri endospcrmdan oziq moddalarni so'rib oluvchi organga, ikkinchisi tuproq yuzasiga chiqib, dastlabki yashil bargga aylangan.

    4. U rug'pallaning poya uchida terminal joylashuvi va uchki kurtakning yon tomonida hosil bo'lishiga ko'ra ayrim olimlar ikkinchi urug'palla umuman bo'lmagan deb hisoblaydilar. Ammo A.Taxtadjyan buni inulalsion jarayonda paydo bo'lib, irsiy musiahkamlanish natijasida kelib chiqqan deb tushuntiradi.

Bu nazariyalarning birontasi ham to'liq isbotlangan emas, balki ikkinchi yoki to'rtinchi nuqtayi nazar haqiqatga yaqinroqdir. Bir urug'pallalik va ikki urug'pallalikni sistematik belgi sifatida dastlab Jon Rey (XVIII asr) qabul qilgan va kcyinchalik A.Braun o'zining tabiiy sistemasida, R.Varming, A.Engler, R.Vettshteyn, I.Gorojankin, M.Golenkin va A.Taxtadjyanlar Magnoliyatoifalarni bir urug'pallalilar (Lolasimonlar) va ikki urug'pallalilar (Magnoliyasimonlar) ajdodlariga bo'lishgan.

Uzoq yillar davomida oliy maktablarda o'qitilayotgan P.M.Jukovskiy, M.V.Kultiasov, M.Golenkin, B.M.Kozo-Polyanskiy, L.I.Kursanov va boshqalar, S.A. Shostakovskiy, S.S.Sahobiddinovlarning „Botanika" darsliklarida ham gulli o'simliklar bo'limi ikki urug'pallalilar va bir urug'pallalilar sinflariga bo'lib ta'riflangan.

Hozirgi vaqtda ko'pchilik sistematiklar ikki urug'pallalilarni birlamchi hisoblashib, bir urug'pallalilarni ularning ayrim qabilalaridan (Polycarpicac) kelib chiqqan deya fikr yuritishadi (R.Vcttshtcyn, A.Taxtadjyan). A.Engler esa ikkala ajdod parallel rivojlangan deb hisoblasa-da, o'z sistcmasida bir urug'pallalilarni ikki urug'pallalilardan oldin joylashtirgan. A.Engler, R.Vettshteynlar bir urug'pallalilarni monofiletik guruh deb hisoblashsa, G.Gallir va N.Kuznetsovlar polifiletik guruh deb tan olishadi.

So'nggi ma'lumotlarga qaraganda, hozir Yer yuzida magnoliya- toifalarning 2 ta ajdod, 533 oila va 13000 turkumga mansub 250000 taga yaqin turlari mavjud.




Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin