85
Mashinasozlik ko’p miqdorda malakali mehnat resurslarini talab qiluvchi murakkab
buyumlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan.
Vengriyada ishlab chiqarishning joylashuvidagi asosiy hususiyat barcha
sanoatning urushga qadar ½ qismini, hozirgshi vaqtda 1/3
qismini Budapeshtda
to’plangshanligidir. Budapeshtda hozirda 0,5 mln dan ortiq aholi sanoatda bant.
Vengriya tabiiy resurslarga kambag’al. Ko’mir, ayniqsa toshko’mir, neft, tabiiy
gaz juda oz miqdorda qazib olinadi. Temir rudasi deyarli yo’q. Gidroenergiya
resurslari ham kam.
Faqat boksit zapasi katta. Vengriya respublikasi neftni “Do’stlik - 2” orqali MDH
dan, tabiiy gazni “Soyuz” gaz quvuri orqali MDH dan va Ruminiyadan, toshko’mirni
MDH, Chexiya va Polshadan, temir rudasini MDH dan (temir yo’l va Dunay orqali),
elektr energiyasini “Mir” MDH dan oladi.1990 yillari sosialistik tuzimning emirilishi
va sobiq SSSR ning parchalanishi oqibatida Vengriya respublikasi sanoati bir qator
qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Vengriya respublikasining yirik boksit –
alyuminiy sanoati bor. Mamlakatda alyuminiy ishlab chiqarish jarayonining barcha 4
bosqichi rivojlangan. Bu bosqichlar boksit qazib chiqarish ,
glinyozm ishlab
chiqarish, alyuminiy eritish va undan buyumlar yasash. Lekin alyuminiy eritishga
elektr energiyaisni etishmasligi va tannarxning yuqoriligi to’sqinlik qilmoqda. Bu
sanoat korxonalari mamlakatning g’arbiy qismida joylashgan.
Qora metallurgiya sanoati deyarli butunlay chet el xom-ashyosi va yoqilg’isi
hisobiga ishlaydi. Mashinasozlik Vengriya sanoatining asosiy tarmog’i bo’lib, u ikki
yo’nalishda ixtisoslashmoqda.
1-yo’nalish – transportmashinasozligi bo’lib, bu tarmoq korxonalari : elektrovozlar,
yo’lovchi vagonlari, metal kesuvchi
stanoklar, daryo kemalari (Meteor),
dizel
poezdlar, avtobuslar chiqaradi.
2-yo’nalish – elektrotexnika, elektronika va proborsozlikdir. Vengriya 1986 yil 13,4
ming avtobus, 417 ming televizor, 388 ming xolodelnik ishlab chiqargan.
Ximiya sanoati qishloq xo’jaligi uchun mineral o’g’itlar, organik ximiya mahsulotlari
ishlab chiqarishga va farmasevtikaga ixtisoslashmoqda. “Geoden Rixter”.
Qishloq xo’jaligi. Mamlakat hududining asosiy qismi pasttekisliklardan iborat
bo’lib, mamlakat maydonining 55 % i haydaladigan erlardir. Qishloq xo’jaligida
asosiy tarmoq dehqonchilik bo’lib, asosan donli ekinlar avvalo makkajo’xori va
bug’doy yetishtirishga ixtisoslashgan. 1986-yil mamlakat 7,2 mln t. makka, 5,8 mln t.
bug’doy yetishtirgan.
Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar ko’p ekiladi. Chorvachilikda
cho’chqa (8,7 mln) va qoramol (1,7 mln) asosiy o’rinda turadi. Aholi jon boshiga
don (1,4 t.) va go’sht (165 kg.) yetishtirish jixatidan dunyoda oldingi o’rinlarda
turadi.
Transporti. Temir yo’llarning umumiy uzunligi 7,8 ming km, shundan 1,9 ming
km elektrlashtirilgan. Ichki va xalqaro yuk tashishda temir yo’llar transporti asosiy
o’rinda turadi (yuklarning 54 % ini tashiydi). Avtotransport salmog’i
oshib
bormoqda. Vengriya respublikasi transporti uchun Budapeshtdan turli tomonga radial
yo’nalishda ketgan yo’llar xarakterlidir. Dunay Vengriya respublikasini taxminan
teng ikki qismga bo’lib turadi. G’arbiy qismi Dunantul, bu erda sanoat ko’proq,
sharqiy qismi Alfyold asosan don etishtirishga ixtisoslashgan.
86
Asosiy eksporti boksit, glinozyom, stanoklar, yo’lovchi vagonlari, dizel
dvigatellari,
avtobuslar,
elektrolampalar,
farmasevtika
tovarlari,
sabzavot
konservalari.
Asosiy importi elektr energiyasi, koks, temir rudasi,
engil avtomobillar, sun’iy
o’g’itlar, yog’och – taxta, paxta.
Vengriya jahonning 150 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini olib boradi. Pul
birligi – ferint.
Dostları ilə paylaş: