87
mamlakatlarining birinchi navbatda Sobiq SSSR ning ta’siri kuchli bo’lgan.
Mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul (krizs) 1986 yildan boshlangan.
Bolgariya energetikasida sharqiy Marisa xavzasidan qazib olinadigan lignit yaxshi
o’rin tutadi. (Lignnum – daraxt ma’nosida, sifatli qo’ng’ir ko’mir bo’lib, 5-6 ming
kkal energiya beradigan yoqilg’i). Lekin toshko’mirni Ukrainadan (Donesk) Varna
Ilichechevsk paromi va Dunay orqali keltiradi. Neftni Rossiyadan Qora dengiz orqali
keltiradi. Tabiiy gazni gaz quvuri orqali Rossiyadan oladi.
Elektr energiyasini
Ukrainadan oladi.
Qora metallurgiya sanoati rivojlanmagan. Rangdor metallurgiya sanoati –
qo’rg’oshin, rux, mis ishlab chiqarish bilan ajralib turadi.
Bolgariya mashinasozligi ko’tarma transport mashinalari, elektrotexnika
buyumlari, EHM lar (Praves 8) va daryo kemalari ishlab chiqaradi.
Mashinasozlikning bosh markazi Sofiya, kemasozlikning markazi Varna.
Ximiya sanoatida azotli o’g’itlar va soda ishlab chiqarish ajralib turadi. Neft
kimyo sanoati Qora dengiz bo’ylarida joylashgan bo’lib, yirik markazi Burgasda.
Bolgariya uchun oziq – ovqat sanoatining kattaligi xarakterli. Meva sabzavot
konservalari, sharbatlar, uzum vinosi, tamaki mahsulotlarini (Bolgar tabak “Rodopi”,
Styuardessa, TU) ishlab chiqarish katta axamiyatga ega.
Qishloq xo’jaligida dehqonchilik ustun turadi. Haydaladigan
yerlarning asosiy
qismiga bug’doy va makkajo’xori ekiladi. O’zini don bilan ta’minlaydi. Asosiy
texnika ekini – tamaki. Bolgariya qadimdan moy olinadigan atirgul yetishtiradi. Bir
kg moy olish uchun 3 t. gul bargi kerak. Chorvachiligida qo’ychilik asosiy o’rin
tutadi.
Transporti. Mamlakat ichkarisida yuk va yo’lovchi tashishda temir yo’l transporti
katta rol o’ynaydi. Temir yo’llari asosan kenglik yo’nalishida joylashgan ularning
umumiy uzunligi 6430 km. Avtotransport yuk oboroti jihatidan 2 o’rinda turadi.
Avtoyo’llarning umumiy uzunligi 36000km.
Tashqi savdo aloqalarida Qoradengiz va Dunay daryosi xal qiluvchi ahamiyatga
ega.
Xalqaro turizm rivojlanib bormoqda yiliga Bolgariyaga 1 mln dan ortiq turist kelib
ketadi. “Oltin qum” sanatoriyasi.
Iqtisodiy geografik tafovutlari: Stara Planina tog’lari mamlakatni ikki qismga:
Shimoliy va Janubiy qismlarga bo’lib turadi. Shimoliy Bolgariyada qishloq xo’jaligi
intensiv rivojlangan, ayniqsa don rivojlangan.
Janubiy
Bolgariya industrial, lignitqazib olish, elektr energiyasi, rangli metallar,
o’g’itlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalarni asosan MDH va qo’shni davlatlar bilan olib boradi.
Asosiy eksporti: elektrotexnika
va elektronika buyumlari, ko’tarma transport
uskunalari, rangli metallar, tamaki mahsulotlari, vino, meva konservalar, parfyum.
Asosiy importi: toshko’mir, neft, tabiiy gaz, elektr energiyasi.
Pul birligi – Lev.