Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja


Kim birinchi bо‘lib sо‘rashishi lozim? Buning ham etiketda о‘ziga yarasha qoidalari mavjud



Yüklə 69,27 Kb.
səhifə3/17
tarix07.01.2024
ölçüsü69,27 Kb.
#205838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Iv bo’lim Muomala madaniyati reja-fayllar.org

Kim birinchi bо‘lib sо‘rashishi lozim? Buning ham etiketda о‘ziga yarasha qoidalari mavjud:
  • yoshi kichiklar yoshi kattalarga;


  • erkaklar ayollarga;


  • xonaga kirgan inson u erdagi barchaga umumiy;


  • zinadan chiqayotgan inson yuqori pag‘onadagilarga;


  • agar ikki oila uchrashib qolsa, ayollar birinchi bо‘lib sо‘rashishlari keyin esa erkaklar sо‘rashishlari lozim;


  • qanday jamoat joylarida fikr bildirilishizdan qat’iy nazar, salomdan boshlash kerak;


  • yoshi va xizmat pog‘onasi teng insonlar uchrashib qolganlarida birinchi bо‘lib tarbiyali inson sо‘rashadi;


  • uyga kelgan mehmon eshikni ochgan insonga salom berishi, keyin uyning kattalari va boshqa mehmonlar bilan sо‘rashishi kerak;


  • uy egalari hamma о‘tirganlar bilan bir xil sо‘rashishlari lozim. Ulardan kimgadir alohida munosabat bilan sо‘rashish odobsizlik hisoblanadi.


  • biror bir insonga yuzlanishdan avval salomlashish lozim.


  • kechga qolib kelgan inson jamoatga birinchi bо‘lib salom beradi.




Qо‘l berib sо‘rashish qoidalari
Qо‘l berib sо‘rashish asosan tanishish va tanishtirish marosimida, shartnoma va bitim imzolaganda, g‘oliblik va mag‘lublikni tan olganda, minnatdorchilik izhor etganda, tabriklaganda, xayrlashganda va hokazo xolatlarda qо‘llaniladi.
Qо‘yida e’tiboringizga havola qilinadigan tavsiyalar qо‘l berib sо‘rashishning odobiga tegishlidir:
  • uzatilgan qо‘l albatta muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni erga urish bilan barobar bо‘lib qoladi.


  • ikki qо‘l bilan qо‘lni siqib sо‘rashish haddan tashqari xursand holatda, minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi.


  • ikki qо‘l berib sо‘rashish paytida albatta sо‘z bilan ifodalanadi, bunda minnatdorchilik sо‘zlari va boshqa iliq sо‘zlar qо‘llash mumkin.


  • qо‘l berib sо‘rashish tez va qisqa bо‘lishi lozim.


  • qо‘l berib sо‘rashish davomida ozgina egilib qо‘yish, sо‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatni belgilaydi.


  • ostonada, stol ustidan qо‘l berib sо‘rashish xunuk kо‘rinadi.


  • tanishini kо‘rib qolgan taqdirda ham binoning boshidan bu boshiga qо‘lni chо‘zib kelish insonni kulgili xolatga solib qо‘yadi.


  • ayol kishi bilan uchrashib qolganda, ayol birinchi bо‘lib qо‘l uzatmaguncha erkak qо‘l uzatmaydi.


  • ayol kishini qо‘lini kо‘p ushlab turish mumkin emas, bu uni noqulay vaziyatga solib qо‘yishi mumkin.


Salomlashganda jargon, kо‘cha sо‘zlarini, buzib talaffuz etiladigan “privetik”, “salyutik”, “chao”, “poka”kabi sо‘zlarni ishlatmaslik maqsadga muvofiq. Odatda, rо‘paradan keluvchi kishiga u etib kelguncha, ya’ni orada 3-4 qadam qolgach salom beriladi.


Salomlashuv, tanishuv yoki suhbatdoshlik uchun eng qulay madaniyatli usuli hisoblanadi.



Yüklə 69,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin