Iv bo’lim: Muomala madaniyati reja


Muomalada gapning ohangi har–xil bо‘lishi mumkin bular



Yüklə 69,27 Kb.
səhifə9/17
tarix07.01.2024
ölçüsü69,27 Kb.
#205838
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Iv bo’lim Muomala madaniyati reja-fayllar.org

Muomalada gapning ohangi har–xil bо‘lishi mumkin bular: takabburlik bilan, sovuq, о‘ziga qaratgan xolda, achchiq-tirziq tarzdagi ohanglar. Bir xil ya’ni monotonli gapirish ham boshqalar nazdida zerikarli bо‘lib, qiziqarli ma’lumotni ham xazm qilish qiyin bо‘ladi.
Muomala madaniyatining yana asosiy tavsifnomasi shundan iboratki, bu insonning manerasi, ya’ni xatti–harakatining ohang bilan uyg‘unligi. Bularga qomatni turishi, qо‘l harakati, yuzdagi imolalar kirib ketadi.
Hayotimizni kо‘p qismini bizga notanish bо‘lgan odamlar bilan birga – kо‘cha-kuy, transport, turli xil jamoat joylarida о‘tkazamiz. Nafaqat о‘zimizning kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda о‘zimizni qanday tutishimizga bog‘liqdir.
Uydan kо‘chaga chiqayotganingizda kerakli bо‘lgan narsalarni: hujjatlar, dastrо‘molcha, pul solingan karmon, taroq va boshqa zarur bо‘lgan mayda-chuyda narsalarni о‘zingiz bilan olganingizga ishonch hosil qilib olganingiz ma’qul.
Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq о‘zimizga razm solib, sо‘ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni kо‘tarib, uyda tashqarida о‘zimizga bо‘lgan ishonchni yanada kuchaytiradi. Kо‘chada о‘zini tutishning eng asosiy qoidasi – bu atrofdagilarning о‘zini noqulay va noxush sezishiga sabab bо‘lmasligidir.
Davrada erkak kishi ayol kishi bilan yumshoq munosabatda bо‘lishi shart, ammo oshirib yubormasligi lozim. Haddan ziyod mulozamatlarga vaqtliroq va bosiqroq javob bermoq lozim. Bunday vaziyatlarda «Kechirasiz, hazillarga unchalik xushim yо‘q», «Qaytaryapsiz», «Kо‘rsatuvni oxirigacha kо‘rib olmaymizmi?»a – taxminan shu asnoda javob bergan ma’qul.
Gapirayotganda munozaraga berilmasdan, aniq, baland bо‘lmagan ohangda, hotirjamlikni ushlab turmoq zarur. Mulozamatga «rahmat» deb qisqacha javob beriladi. Odatda, о‘zini haddan tashqari erkin, aqlli qilib kо‘rsatishga intilgan va diqqat markazida bо‘lishini istagida qattiq uringanlar, aksincha noqulay vaziyatga tushib qoladilar.
Bunday odamlarga, boshqalarining ismisharifiga, bо‘yiga, millati va turar joyiga, sochining rangi, ma’lumoti va avtomobil halokatiga doir hazillar qilish mumkin emasligini hamisha yodda tutishlari kerak.
О‘xshamagan mutoyiba hazilga, dilxiralikka qanday javob berish kerak? Omadsiz bunday tarzdagi ifodadan sо‘ng, jim bо‘lib qolishdek hech qanday holat kuchli ta’sirga ega emas. Keyin kimdir biron boshqa mavzuda gap boshlagani yaxshi.
Agar «о‘tkir fikrli» shaxsning tinglovchilarni g‘ashiga tegishida davom etishi tо‘xtamasa, unda uy egasi unga qarab: «Bugun sen negadir о‘zingdamassan» deb tо‘xtatishi lozim. Odamlarni о‘ziga kelmasdan avval hazillarga kо‘mib tashlash kerakmas. Hazil joyida bо‘lgani yaxshi. Hozirjavob hazilning ma’nosiga etib borishda sо‘zlovchining qattiq kulgusi halaqit beradi.
Davrada achchiq sо‘zlarni suiste’mol qilmagan ma’qul. О‘zini aqlli deb biladigan bunday odamlar davrada «qurbon» topib olib, uni mazax ostiga olish maqsadida turli savollar yoki vaziyatlarga solishga intilishi о‘zini axmoq qilib kо‘rsatishdan о‘zga narsani bermaydi. Bunda tinglovchilar gapirayotgan odamning aybini qidirishga kо‘proq e’tibor beradilar.

Yüklə 69,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin