Iste'dodli bolalarni aniqlash va ularni tarbiyalash



Yüklə 202,5 Kb.
səhifə5/11
tarix02.06.2023
ölçüsü202,5 Kb.
#122662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8-ISTE\'DODLI BOLALARNI ANIQLASH VA ULARNI TARBIYALASH

Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta‘sirini ham yo’qotish
yoki bartaraf qilish mumkin.
To‘rtinchidan, tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Shu
tufayli, u shaxsning kamolga yetishini tezlashtiruvchi rol o’ynaydi. Shaxsni kamol topishida maktabning ahamiyati katta. Bolalar maktabga qadam qo’yar ekan, ular o’quv mehnati bilan band bo’ladilar. Bolalar maktabda fan asoslarni egallab olishi bilan birga ularda sekin-asta ilmiy dunyoqarash shakllanib boradi. O’qituvchi-tarbiyachilarning rahbarligida shaxsga xos bo’lgan yuksak fazilatlarni egallaydilar. Reja asosida tarbiyaviy ishlarni tashkil etib, bolani tarbiyalashda oilaga har vaqt yordam ko’rsatadi. Tarbiyachi o’z tarbiyalanuvchisining oila sharoitidan xabardor bo’lishi, pedagogik maslahatlarga, yordamga muhtoj bo’lgan oilalarga yordam berishi muhim. Tarbiyachi uchun bola bo’sh vaqtini kimlar bilan va nimalar bilan mashg’ul bo’lib o’tkazayotgani ahamiyatsiz emas. Chunki o’z holiga tashlab qo’yilgan bola ko’chaning salbiy ta‘siriga berilib ketishi mumkin.
Psixologik-pedagogik eksperiment- o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini tabiiy
sharoitda maxsus usullar yordamida o’rganishdir.Mazkur eksperiment o’quvchilarni maxsus uyushtirilgan ta‘lim sharoitida maqsadga muvofiq ulardan o’zgarishlarni ko’zatishni taqozo etadi. Bu eksperiment aniqlovchi va tarkib toptiruvchi bosqichlardan iborat bo’lib, maxsus uyushtirilgan ta‘lim tarkib toptiruvchi eksperiment jarayonida olib boriladi, U quyidagi
to’zilyashga ega: eksperimentator yoki tadqiqot olib boruvchi, sinaluvchilar, faraz, reja, yo’l-yuriq, tajribaning bir-biriga bog’liq bo’lgan va bog’liq bo’lmagan, o’zgaruvchan, nazorat qilinadigan va qilinmaydigan qismlardan iborat. Eksperimental tadqiqotning asosiy bosqichlari: farazni ilgari surish, metodikani tanlash, eksperimentni rejalashtirish, olingan ma‘lumotlarni ishlab chiqish, taxlil etish va izohlashdan iboratdir.
Anketa metodi. Kishilar psixikasini ommaviy so’roq asosida o’rganish demakdir.
metod yordamida turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va
hodisalarning munosabatlari o’rganiladi. Anketa odatda uch turda o’tkaziladi.
Ularning birinchn turi anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan to’ziladi.

Yüklə 202,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin