35
holda avvaldan ko’ra bilishini ifodalaydi. U yuzaga kelayotgan yoki kelajakda
yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
iqtisodiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy holatlarni
baholash va tahlil qilish asosida yaratiladi hamda muqobil
qarorlarni tanlashga
imkon yaratadi.
Bashoratning maqsadi
– bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga,
xo’jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika
taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko’rsatishi, an’anaviy
mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va
raqobatbardoshligiga olib
keluvchi «pioner» (yangi) mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan holatlarini belgilashdadir.
Korxonalar uchun talabni
prognozlashtirish muhim ahamiyatga ega bo’lib, u ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar turi va miqdorining o’zgarishini avvaldan aniqlab beradi.
Umuman
olganda, prognoz rejalashtirishning ilmiy asosidir.
Zamonaviy sharoitlarda rejalashtirishning quyidagi vazifalari alohida
ahamiyatga ega hisoblanadi:
bashoratlash- ishlab chiqarish faoliyatini
tahlil qilish asosida hamda
barcha omillarni e’tiborga olgan holda ob’ektning kelgusidagi istalgan
holatini asoslash;
initsiatsiyalash-ko’zda
tutilgan
harakatlarni,loyihalarni
va
kelishuvlarni faollashtirish hamda rag’batlantirish;
optimallashtirish-aniq
ijtimoiy-iqtisodiy
muhitda
korxonani
rivojlantirishning tanlangan eng samarali va maqbul variantini
ta’minlash;
koordinatsiyalash va integratsiyalash-korxonaning barcha bo’limlari
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni hamda hamkorligini ta’minlash
asosida
ular faoliyatini yagona maqsadga yo’naltirish;
tartiblashtirish- yagona tartibni shakllantirish asosida ma’suliyali va
samarali faoliyatni tashkil etish;
36
nazorat- rejani bajarilishini kuzatish va o’rganish asosida
kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish yo’llarini
aniqlash;
tarbiyalash va o’qitish- rejalashtirilgan
harakatlar orqali xodimlar
hulqiga ijobiy ta’sir qilishga erishish hamda ularda o’rganish va
izlanishga bo’lgan moyillikni shakllantirish;
hujjatlashtirish-harakatlarni hujjatlar shaklida rasmiylashtirish orqali
samarali faoliyat yoki kamchiliklarni,xatolarni isbotlash va asoslashga
qaratilgan sharoitni yaratish.
Dostları ilə paylaş: