37
oldindan dasturlashning zarurligini inkor etib bo’lmaydi. Ushbu prinsip ayniqsa
erkin bozor munosabatlari sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki ularga
amal qilish cheklangan resurslardan samarali foydalanishga qo’yiladigan iqtisodiy
talablarga javob beradi.
2.
Yagonalik tamoyili korxonani sotsial–iqtisodiy rivojlantirish yima reja
yoki umumiy reja tuzishni ko’zda tutadi. Ushbu rejalar bilan bir qatorda mahsulot
ishlab
chiqarish va sotish, xarajat va daromadlar rejalari, korxonani texnik,
tashkiliy va moliyaviy rivojlantirish umumiy rejalari yoki ishlab chiqarish
bo’linmalari va funksional xizmatlar rejalari ham qo’llaniladi. Lekin ushbu rejalar
o’z aro hamda korxonani iqtisodiy rivojlantirish kompleks rejasi bilan uzviy
bog’langan bo’lishi lozimki, toki har bir bo’lim yoki iqtisodiy ko’rsatkichdagi
o’zgarish ana shu umumiy rejada aks etsin. Rejalarning
birligi iqtisodiy
maqsadlarning umumiyligini ko’zda tutadi.
3.
Uzluksizlik tamoyili rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish
jarayonlarining o’z aro bog’liqligi hamda uzluksiz, to’xtovsiz amalga oshirilishini
ko’zda tutadi. Ishlab chiqarish jarayonida uzilishlar, tanaffuslar bo’lmasligi uchun,
nafaqat rejalashtirishning uzluksizligiga erishish, balki ishlab chiqarilayotgan
mahsulot va xizmatlarni ham o’z vaqtida o’zgartirib, yangilab turish talab etiladi.
Ya’ni bir ishlab chiqarish rejasi o’rniga ikkinchisi keladi; bir tovar bozor talabidan
kelib chiqib ikkinchisiga almashtiriladi.
Bundan tashqari, rejalashtirishning
uzluksizligi strategik rejalardan taktik rejalarga, ulardan operativ rejalarga o’tib
borishni ko’zda tutadi. Uzluksiz rejalashtirish jarayonida haqiqiy va reja
ko’rsatkichlarining o’z aro yaqinlashuvi yuzaga keladi.
4. Rejalarning moslashuvchanligi tamoyili uzluksizlik prinsipi bilan boliq
bo’lib, belgilangan texnik–iqtisodiy ko’rsatkichlar
korrektirovka qilish
imkoniyatini ko’zda tutadi.
Texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish borasidagi
muntazam o’zgarishlar rejalashtirilgan resurslar sarfining kamayishiga va
boshlang’ich rejalarni korrektirovka qilish, aniqlashtirishni talab etadi. Talab
hamda amaldagi narx va ta`riflarning o’zgarib turishi tabiiy hol.
Shu sababdan
38
korxonadagi barcha rejalar tarkibida mavjud rezervlar albatta e’tiborga olinishi
lozim. Ushbu talablarga amal qilishda imkoniyatlar darajasi ham rejalashtirilishi
lozim. Chunki ularning asoslanmaganligi rejalashtirish natijalariga ham ta’sir
ko’rsatadi.
5.
Aniqlilik tamoyili ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Erkin bozor
munosabatlari sharoitida rejalarning aniqligiga aniq talablar qo’yilmaydi. Har bir
reja korxonaning moliyaviy holati va bozorda tutgan
mavqeidan kelib chiqqan
holda, ishlab chiqarish samaradorligini ta’minlash orqali tuzilishi lozim.
Rejalarning aniqligi qo’llaniladigan tizimlar va usullari bilan belgilanadi.
Operativ yoki qisqa muddatli rejalashtirishda yuqori aniqlik talab etiladi,
uzoq muddatli rejalashtirishda umumiy maqsadni tanlash bilan chegaralanish
mumkin.
Zamonaviy rejalashtirish fani va amaliyotida yuqorida ko’rib chiqilgan
klassik prinsiplar bilan bir qatorda umumiqtisodiy prinsiplar ham keng tarqalgan:
komplekslilik;
optimallik;
samaradorlik;
ishtirok etish tamoyillari.
Dostları ilə paylaş: