Ishlab chiqarishda havfli zararli holatlar va baxtsiz xodisalar


BAXTSIZ XODISALARDAN KELADIGAN MODDIY ZARAR



Yüklə 81,66 Kb.
səhifə4/4
tarix27.12.2023
ölçüsü81,66 Kb.
#199580
1   2   3   4
Maruza№2 (1)

BAXTSIZ XODISALARDAN KELADIGAN MODDIY ZARAR.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish jarayonlardagi jarohatlanish sanoat korxonasiga moddiy zarar ham keltiradi.
Bu moddiy zararni quydagicha xisoblash mumkin
Q z = P z + K z
bunda Q z – etkazilagan umumiy zarar.
P z – to’g’ridan to’g’ri etkazilgan zarar. (kasallik varaqasi bo’yicha to’plangan mablag’)
K z – bevosita keltiradigan zarar, uni quydagicha aniqlanadi.

K z = P D n/ D p


bunda D n – baxtsiz xodisa sababli yo’qotilgan ish kuni.


D p– yil davomidagi ishchi kuni.
P– baxtsiz xodisaga uchraganlar soni.
Yuqorida aytib o’tilganidek agar bu formula bilan xisoblangan zararni qo’shsak korxona bo’yicha yuz bergan yengil baxtsiz xodisalar xisobga kirmay qolgan bo’lar edi. Shuning uchun bu formulaga quydagicha aniqlik kiritamiz.
D n = q + 1,5 H + T
bunda q – 3 kundan ortiq baxtsiz xodisaga uchraganlar yig’indisi olinadi
H - mikrojarohatlanganlar soni.
T – o’lim bilan tugagan baxtsiz xodisalar yig’indisi olinadi


T = ( S –h) D p
bunda S – ishchining nafaqaga chiqishi
h – baxtsiz xodisa yuz bergan vaqtidagi yoshi
Bu keltirilgan formulalar asosida korxonaga baxtsiz xodisalar tufayli etkazilgan zararni xisoblab chiqish mumkin.



Q
Ish kоbiliya-ti



0,5 s



3,5 s

+ Vаqt





1. Rаsm. Ishlаsh qоbiliyati bilаn ish vаqti o’rtаsidаgi bоg’lаnish


“Hayot faoliyati xavfsizligini“ fanini o’rganishda boshqa ijtimoiy, texnikaviy, gumanitar fanlarning ma’lumotlari etiborga olinadi. Shular qatorida ergonomika ma’lumotlari ahamiyatlidir. Ergonomika insonni mehnat faoliyati jarayonida qulay, xavfsiz sharoitlarni yaratishga, mehnat unumdorligini oshirishga bog’liq bo’lgan imkoniyatlarni o’rganadi. Bu vazifani bajarishda inson va muhit tavsifnomalarini aniq yoki ma’lum darajada mos tushishi o’rganiladi va xavfsizlikka bog’liq ma’lum muhimvazifalar echiladi. Shunday qilib ergonomika (natijada) muhim vositalarni echadigan birlik sifatida texnikani insonga yaqinlashtirishga xarakat qiladi, “inson–texnika” tizimidagi mavjud muammolarni ko’rib chiqadi.


Ergonomika doirasida besh xil moslik-ma’lumot-axborot, biofizik, energetik, fazoviy-antropometrik va texnik-estetik moslanish mavjud bo’lib, ularni ta’minlash va amalga oshirish ishni-vazifani tizimlarini muvaffaqiyatli yakunlanishini ifodalaydi.
Bajarilayotgan turli jarayonlar va unga bog’liq bo’lgan uskuna, qurilmalar doirasida axborotni etkazuvchi-ko’rsatuvchi moslama-mashina modeli bo’lsa, operator murakkab tizimda bo’lsa ham boshqarish ishlarini amalga oshiradi. Bu vazifani bajarish uchun ergonomika nuqtai nazaridan shunday axborot modeli yaratilishi kerakki, model o’z vaqtida mashinaga ta’luqli ta’rifni bersin, natijada operator toliqmasdan, fikrlab va e’tibor bilan axborotni xatosiz qabul qilib qayta ishlasin.
Murakkab xisoblangan vazifani echish operatorni xavfsizligiga aniq-sifatli ishlashiga mehnat unimdorligiga, shuningdek insonni psixofiziologik imkoniyatlarini axborot modeliga mos tushishiga bog’liq bo’ladi.
Biofizik moslik operatorni tadbiq qiladagan ish qobiliyatini, normadagi fiziologik xolatini ta’minlaydigan atrof-muhitni yaratilishini ifodalaydi. Bu vazifa mehnat muxofazisi talablari bilan bog’langan. Atrof-muhitni ko’pgina omillari chegara miqdorlari qonuniyat bilan belgilangan va ular operatorni ish vazifasi bilan doimiy bog’lamangan bo’lishi mumkin. Shuning uchun mashinalarni yaratilishida shovqin, tebranish, yoritilish, havo muhiti va barcha birliklarni maxsus tekshirilishini talab qiladi.
Insonni kuchi va energetik birligi ma’lum chegaraga ega. Shuning uchun ish jarayonida boshqarish tizimida charchash va maqsadga muvofik bo’lmagan oqibatga olib kelishi mumkin yoki ish tizimidagi aniqlik pasayadi. Bunday cheklanish yoki atrof-muhitga bog’liq bo’lgan vaziyat, omillar e’tiborga olinishi kerak.
Energetik moslik operatorni optimal imkoniyatlari asosida talab qilinadigan kuch, sarflanadigan quvvat, xarakatni aniqligi va tezligi bilan mashinani boshqarilishidagi kelishuvni ifodalaydi.
Fazoviy-antropometrik moslik inson tanasi o’lchami, tashqi fazoni ta’sirli imkoniyatlari, ish jarayonida operatorni vaziyati, gavdani turishi xisobga olinishini ifodalaydi. Vazifani to’g’ri xal kilinishida ish joyi xajmi, operator xarakatlanadigan masofa, balandlik boshqaruv pultigacha oraliq va boshqa ko’rsatgichlar aniqlanadi.
Moslikni ta’minlashda insonlarda antropometrik ko’rsatgichlar xar xil bo’lishi murakkab xolatga olib keladi va bu vazifani echimida ergonomika yordam beradi.
Texnikaviy – estetik moslik mehnat jarayonida, insonni mashina bilan muloqotida qoniqarli sharoit bilan ta’minlashni aniqlanadi. Ko’p sonli va favqulodda muhimtexnik-estetik masalalarni xal qilishda san’atkorlar konstruktorlar, rassomlar va boshqalar jalb qilinadi.


Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyani ahamiyati.

Mehnatni muhofaza qilishdagi tadbir choralar tarkibida psixologiya muhimo’rinni egallaydi. Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat muhandislik uslublari bilan echilmaydi. Tajribalardan ma’lumki avariya va shikastlanishlar asosida muhandis-kostruktorlik kamchiliklari etadi, shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar masalan, kasb bo’yicha xavfsizlik savollariga past darajada tayyorgarlik, etarli bo’lmagan tarbiya, xavfsizlikka mutahasislarni e’tiborsizligi, xafi ishlarga yuqori shikastlanish qatori bilan shaxslarni jalb qilish, ishda odamlarni toliqqan va psixologik xolatda bo’lishi xisobga olinadi. Bular mutahasisni faoliyatida ishonichilikni (xavfsizlikni) pasaytiradi. Xalqaro tajriba, izlanishlar kursatdiki 60-90% maishiy va ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar zarar ko’rgan kishilarni aybi bilan sodir bo’ladi. Xavfsizlik psixologiyasi mehnatni muhofaza qilishda psixologik bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu erda mehnat faoliyati jarayonida ko’rinadigan psixologik xolatlar turlari to’liq tekshiriladi, psixologik jarayonlar, psixik xususiyatlar ko’rib chiqiladi.


Insonni psixik faoliyatida uchta asosiy gurux qism psixik jarayonlar, xossalari, xolatlari farqlanadi.
Psixik jarayonlar psixik faoliyatni asosini tashkil qiladi. Busiz bilimlarni jamlash hayotiy tajribaga ega bo’lish mumkin emas. Psixik jarayonlar bilish–sezish, xis-tuyg’u qabul qilish, iroda, xotira va b.q.ga farqlanadi.
Psixik xossalar (shaxsni sifati) o’ziga xos xususiyatini, fazilatini (yo’nalishi, xarakteri, temperamenti)ni ifodalaydi. Shaxsni sifatlari ichida zukkolik, zakovatlilik, xis-tuyg’u, iroda, odob-axloq, mehnat ajralib turadi, o’zgarmas va doimiydir.

Psixik xolatlar xilmaxilligi, vaqtincha xarakteri bilan farqlanadi va psixik faoliyatni xususiyatlarini aniqlaydi va psixik jarayonlarga foydali yoki foydasiz bog’lanishi mumkin.

Mehnat psixologiyasi vazifalari va xavfsizlik muammolaridan kelib chikib xolatlarni ishlab chiqarish va maxsus psixik xolatlarga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlab chiqarish shikastlanishi, avariyasini oldini olish choralarini tashkil etishda muhim o’rin tutadi.

Insonni ish, samarali mehnat faoliyati uni psixik (ruxiy) kuchlanish darajasiga bog’langan. Psixik kuchlanish insonni mehnatiga ma’lum daraja-chegaragacha ijobiy ta’sir etadi. Faollikni kritik nuqtadan yuqoriga ko’tarish va ishni yo’qotishgacha olib kelishi mumkin.


Normadagi xis, tuyg’u, jo’shqin mehnat operator uchun maksimal kuchlanishni yukni 40-60% dan oshmasligi kerak aks xolda ishni pasayishi namoyon bo’ladi.
Psixik kuchlanishi chegara miqdoridan yuqori formasida insonni shaxsiy xossalari-xususiyatlari pasayadi, xarakat kordinati o’zgaradi, xulqi samarasiz xolatga o’tadi yoki salbiy boshqa o’zgarishlar hayot faoliyatida namoyon bo’ladi.
Chegaradan yuqori psixik kuchlanishni xususiyatiga qarab tormozlovchi (to’xtatuvchi), ko’zg’otuvchi turga ajratish mumkin.
Tormozlash xili inson xarakatini pasayishi va cheklanishga olib kelishi bilan ifodalanadi. Kasb egasi avvalgidek shijoat bilan vazifani bajarishga qodir bulmaydi, javob berish xususiyati va tezligi pasayadi. Xotirlash, fikrlash jarayoni sekinlashadi, yomonlashadi va boshqa salbiy omillar kuzatiladi.
Qo’zg’otuvchi xil insonda faolikni pasayishi, ko’p gapirish (sergaplik), ko’p va ovozni titrashi sodir bo’lishi bilan baxolanadi. Natijada, ya’ni psixik kuchlanishni yuqori formasida odamlarda-operatorlarda murakkab sharoitlarda noto’g’ri xarakatlanish va xatolarga yo’l kuyish, taliqish sodir bo’ladi. Yuqoridagi xolatlarni xisobga olib inson psixik sharoitini nazoratiga katta e’tibor beriladi.
Insonni psixik xolatiga ta’sir etadigan omillar – umidsizlanish, kayfiyatni buzulishi, qo’pollik alomatlari, eqilib tushish, toliqish va boshqalar bo’lmasligi uchun tashkiliy tadbir choralar amalga oshiriladi.
Shu jumladan insonni salomatligiga, ish xolatiga, psixologik faoliyatiga ijobiy ta’sir etadigan psixofarmokologik vositalar ishlab chiqilgan va ular tavsiya etilgan taqdirda qo’llanadi.
Yengil stimulyatorlar (choy, kofe) ni qo’llash qisqa vaqtga insonni ishini oshiradi, uyqusi ketadi. Ayniqsa aktiv stimulyator (pervitin, fenamin) larni ist’emol qilish bilan xarakatchanlik, sezish, qobiliyat pasayadi.
Trankvilizatorlar (seduksen, elenium va b.k.)ni qo’llansa,inson biroz tinchlanadi, lekin nevroz kasalligi kelib chiqadi uyquga chaqiradi, faollik, psixik xolat pasayadi.
Insonni ishga, psixik xolatiga jiddiy ta’sir etadigan alkogol ichimliklarni istemol qilish tavsiya etilmaydi.
Xullas, maishiy va ishlab chiqarish sharoiti asosida insonni psixik xolatini barqaror bo’lishi uchun tadbir chora qo’llash takominlashgan nazorat usulini uyushtirish asosiy vazifalardan biri xisoblanadi.


Nazorat savollari:
1.Kasallanish zaxarlanish tushunchsi
2. Baxtsiz xodisa tushunchasi
3.Jaroxatlanishni tekshirish usullari
4. Jaroxatlanishni sabablari
5.Erganomika va psixalogiya xaqida tushunchangiz






Yüklə 81,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin