Ishlab chiqarishda havfli zararli holatlar va baxtsiz xodisalar



Yüklə 81,66 Kb.
səhifə1/4
tarix27.12.2023
ölçüsü81,66 Kb.
#199580
  1   2   3   4
Maruza№2 (1)


2-MAVZU
ISHLAB CHIQARISHDA HAVFLI ZARARLI HOLATLAR VA BAXTSIZ XODISALAR
Reja :
1.Kasallanish, zaxarlanish jarohatlanish haqida tushuncha.
2.Baxtsiz xodisa , kasb kasalliklarini tekshirish va xisobga olish.
3.Korxona mehnat sharoitini baholash.
4.Ergonomika va psixologiyaning ahamiyati.

Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasini. sanoat sanitariyasi va yong’in xavfsizligi qoida, norma va yo’riqnomalariga rioya qilmaslik jarohatlanishga, zaxarlanishga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.


Inson tanasining teri yoki ayrim qismlarini tashqi mexanik, kimyoviy, issiqliq va elektr ta’siri natijasi shikastlanish deb tushuniladi.
Urilish natijasida lat eyish, terini kesilishi, suyak sinishi va chiqishi, kuyish, sovuq urish, elektr toki urishi va boshqa inson hayoti faoliyati buzilishiga olib keladigan cheklanishlar misol bo’ladi.
Jarohatlanishni baxtsiz xodisa deb ham yuritiladi va uch turga bo’lib qaraladi, baxolanadi:
1. Ishlab chiqarishda, ish joiyda jarohatlanish,
2. Ish bilan bog’langan, lekin ishlab chiqarish bilan bog’lanmagan,
3. Ishlab chiqarish va ish bilan bog’lanmagan jarohatlanish.
Birinchi turdagiga ishchi ma’muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish davomida, ish joyida, tsexda, korxona maydonida, yuk ortish va tushirish yoki yuklarni boshqa joyda ko’chirish vaqtida olgan jaroxatlanish kiradi.
Ikkinchi tur jaroxatlanishiga ishga borib kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida, korxona ma’muriyati topshirigi bilan boshqa joylarda ishlarni bajarganda olingan jarohatlanish kiradi.
Uchinchi tur jarohatlanishiga maishiy xolatlarda, mast bo’lish natijasida, davlat mulkini o’g’irlash vaqtida, uy sharoitida vujudga kelgan jaroxatlanishlar kiradi.
Birinchi ikki turdagi baxtsiz xodisa – jarohatlanish agar ishlab chiqarish bilan bog’langan bo’lsa, ma’muriyat javobgar xisoblanadi va jarohatlanish vaqtida yo’qotilgan ish kunlari uchun xaq to’lanadi. agar jarohatlanish ishchini mehnatni muhofaza qilish qoida va me’yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo’lsa, unda ishchi ma’muriyat xodimi bilan birga javobgar xisoblanadi. Moddiy to’lov miqdori ma’muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi.
Sanoat sanitariyasi me’yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish zonalaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta’siridan ishchi zaxarlanishi yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin.
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o’tkir zaxarlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida odam tanasida zaxarli moddalar yig’ilsa uni surunkali zaxarlanish deyiladi. u kelajakda kasb kasalliklariga olib keladi.
Ishlab chiqarishda jarohatlanish, zaxarlanish yoki kasb kasalligi jamiyatimizga kerak bo’lmagan xolat deb xisoblanadi. Bunday xodisa yoki vaziyatni yuz berishi sanoat korxonalarida yo’l qo’yilgan tashkiliy va texnik xatolar natijasi deb karaladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan xar qanday baxtsiz xodisa xar tomonlama tekshiriladi va xisobga olinadi. Tekshirish va xisobga olish natijalari baxtsiz xodisa kelib chiqish sabablarini aniqlab, kelajakda jarohatlanish, kasallanish qaytarilmasligi uchun chora-tadbirlar ko’rish imkoniyatini yaratadi.
Baxtsiz xodisa ish boshlanishidan oldin, ish davomida, ishdan keyin, ish joyida, korxona maydonida, ma’muriyat topshirigi bilan korxona maydonidan chetda yuz bo’lishidan qa’tiy nazar tekshirilishi lozim.
Tekshirish, xisobga olish ishlarini kasaba uyushma federatsiyasini «Nizomiga», asosan tsex boshlig’i, xavfsizlik texnikasini muhandisi, jamoat inspektori va bosh muhandis ishtirokida tuziladigan komissiya olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286 son qarori bilan tasdiqlangan «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va xisobga olish» to’g’risidagi nizomda O’zbekiston Respublikasi xududida mulkchilikning barcha shakllardagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo’yicha ishlayotgan ayrim fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog’liq xolda yuz bergan xodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishni tekshirish va xisobga olishning yagona tartibi belgilangan. Ushbu nizomda Ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisani va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarni tekshirish va xisobga olishning umumiy qoidalari va tartibi ko’rsatilgan.
Bir kundan kam bo’lmagan ish kuni yo’qotgan baxtsiz xodisalar 3 kun davomida tekshilib maxsus forma (N – 1) bo’yicha 4 nusxa akt tuziladi. Aktda baxtsiz xodisaga uchragan kishi xaqidagi axborotdan tashqari aniqlangan baxtsiz xodisa sabablari, bunday xodisalar takrorlanmasligi uchun qanday tadbir-choralar qo’llanishi xaqidagi ma’lumotlar beriladi.
Aktni bosh muhandis tasdiqlaydi. Bir nusxa aktni tsex boshlig’iga yuboriladi, ikkinchi nusxasi kasaba uyushma qo’mitasiga, uchinchi nusxasi tarmoq kasaba uyushma markaziy qo’mitasiga-texnik inspektoriga, to’rtinchi nusxasi korxona mehnatni muhofaza qilish bo’limiga nazorat o’rnatish uchun beriladi. Baxtsiz xodisani asoratlari keyin ham kelib chikishini xisobga olib tuzilgan aktlar 45 yilgacha saqlashni tavsiya etiladi. Tekshirishdan so’ng korxona ma’muriyati yo’l qo’yilgan xatolarning qaytarilmasligini ta’minlashga qaratilgan buyruq e’lon qiladi, baxtsiz xodisani kelib chiqishiga aybdor kishilarni javobgarligi aniqlanadi va ta’kidlanadi.
O’lim bilan tugagan, gurux bilan baxtsiz xodisaga uchragan, og’ir jarohatlangan xollarni maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi.
Komissiya tarkibiga kasaba uyushma texnik inspektori, yuqori tashkilotning vakili, davlat nazorat organlari xodimlari va boshqalar kiradi. Tekshirish materiallari 15 kunda tayyor bo’lishi kerak. Bunday baxtsiz xodisalar korxona kasaba uyushma qo’mitasida, yuqori tashkilot kasaba uyushma qo’mitasida batafsil ko’rib chiqilishi kerak.



Yüklə 81,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin