Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy – uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi


 Iqtisodiyot nazariyasi va aniq tarmoq iqtisodiy fanlar



Yüklə 45,86 Kb.
səhifə3/9
tarix04.10.2023
ölçüsü45,86 Kb.
#152126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi

2. Iqtisodiyot nazariyasi va aniq tarmoq iqtisodiy fanlar. 
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining 
shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan 
ham bog‘liqdir. Uslubiyat – bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, 
qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu ob’ektiv reallikni bilish dialektikasi
mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat 
umumilmiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, 
o‘zining ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy 
va ayni vaqtda xususiy bo‘ladi. 
Dialektik usul qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasida qo‘llaniladigan bu tamoyillar quyidagilardir: 
1. Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda
o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir 
jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o‘zgarib 
turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo‘ladi. 
2. Iqtisodiy jarayonning har bir bo‘lagini alohida olib, uning o‘ziga xos 
xususiyatlarini, kelib chiqish va yo‘q bo‘lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda o‘rganish.
3. Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, quyidan yuqorigacha 
rivojlanishda, deb qarash. Bu yerda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur. 
4. Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o‘zaro kurashiga 
rivojlanishning manbai deb yondashish. 
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va 
pul mablag‘lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o‘zaro 
chambarchas bog‘liq hamda ziddiyatda bo‘ladi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, ular 
doimo sifat va miqdor jihatdan o‘zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy 
shaklga ega bo‘ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o‘rniga yangilari paydo 
bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, bu fan uchun dialektika qoidalarini qo‘llashning 
qanchalik zarurligi va muhimligi darhol namoyon bo‘ladi. 
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham 
mavjuddir, ulardan eng muhimi ilmiy abstraksiyadir. Iqtisodiy jarayonlarning 
mohiyati o‘zgarishini o‘rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan 
foydalanib bo‘lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi. 
yordamida o‘rganilayotgan voqea va hodisaning ichki, ko‘zga ko‘rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. 

Yüklə 45,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin