Iqtisodiyot nazariyasi barcha iqtisod fanlarining nazariy – uslubiy poydevori va davlat iqtisodiy siyosatining ilmiy asosi


Iqtisodiy fanlar va ularning tarkibi



Yüklə 45,86 Kb.
səhifə2/9
tarix04.10.2023
ölçüsü45,86 Kb.
#152126
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iqtisodiyot nazariyasi

Iqtisodiy fanlar va ularning tarkibi.

Iqtisodiy fan o’z ichiga bir butun fanlar tizimini oladi. Mazkur tizimda fanlar 
differenstiastiyasi (tabaqalanishi) va integrastiyasining uzluksiz jarayoni boradi
ilmiy muassasa va olimlarning ixtisoslashuvi ro’y beradi. 
Iqtisodiy fanlar tizimida markaziy o’rinni barcha boshqa iqtisodiy fanlarning 
nazariy va metodologik asosi hisoblangan iqtisodiyot nazariyasi egallaydi. Bu 
fanlar iqtisodiyot nazariyasining xulosa va qoidalaridan iqtisodiyot va tarmoq 
muammolarini hal etishga tatbiqan foydalanadilar. O’z navbatida, boshqa iqtisodiy 
fanlarning natijalaridan foydalangan holda, iqtisodiyot nazariyasi nazariy 
xulosalarning to’g’riligini tekshiradi va o’zining yanada rivojlanishi uchun zarur 
materiallarga ega bo’ladi. 
Hozirda iqtisodiy fanlarni to’rtta guruhga ajratish mumkin: 
1. Iqtisodiyot nazariyasi va uning asosiy yo’nalishlari: siyosiy iqtisodiyot, 
ekonomiks, umumiy (universal) iqtisodiyot nazariyasi. 
2. Umumiy iqtisodiy fanlar: jamiyat iqtisodiy rivojlanishi tarixi, iqtisodiy 
geografiya (yoki ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish), iqtisodiy statistika, 
shuningdek, integrastiyalashgan fanlar – boshqarish va tartibga solish nazariyasi, 
demografiya (nufus to’g’risidagi fan). 
3. Funkstional fanlarmehnat iqtisodiyoti, prognozlashtirish, moliya, pul 
muomalasi, kredit, marketing. 
4. Tarmoq fanlari: sanoat, transporta, qurilish, aloqa, qishloq xo’jaligi va h.k. 
iqtisodiyoti. Shuningdek, bu fanlar qatoriga nisbatan yangi hisoblangan quyidagi 
fanlarni ham kiritish mumkin: ta’lim, maishiy xizmat ko’rsatish, turizm 
iqtisodiyoti va boshqalar. 

Siyosiy iqtisod rivojlanishi hali past darajada bo’lgan, sostial ixtiloflar kuchli o’rin 
egallagan jamiyatlar uchun zarur. Ekonomiks esa boy, postindustrial, sostial-sinfiy 
tuzilma doirasidan chiqib bo’lgan jamiyat uchun ko’proq foydalidir. Universal 
iqtisodiy nazariya jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarini qamrab oladi va 
ifodalaydi. 
Iqtisodiyot nazariyasi ta’riflab o’tilgan fanlar, 
shuningdek sostiologiya

psixologiya, taix va boshqa fanlarning yutuqlarini hisobga oladi. 
Iqtisodiy fanlar tizimi va ularning turkumlanishi ilmiy bilimlarning vujudga 
kelishi, rivojlanishi va takomillashib borishi jarayonini aks ettiradi, jamiyat 
iqtisodiy munosabatlarining turli-tumanligi to’g’risida guvohlik beradi. Iqtisodiy 
fan tabaqalashuvining jadallashuvchi jarayoni ham iqtisodiyot nazariyasi, ham 
boshqa iqtisodiy fanlarga taalluqli bo’lgan bir qator metodologik muammolarni 
ilgari suradi. Ular qatoriga iqtisodiyot nazariyasi va tarmoq iqtisodiyoti fanlari 
predmetining farqlanishi, ularning mazmunini tashkil etuvchi iqtisodiy 
munosabatlarni aniqlash masalasi kiradi. 
Har qanday fan singari iqtisodiy fan ham o’z vazifasi, predmeti va 
mazmuniga 
ega: vazifasi – 
tizimni 
modellashtirish; predmeti – 
tadqiqot 
ob’ekti; mazmuni – tadqiqot ob’ektining ichki tuzilishi. Iqtisodiyot nazariyasining 
predmetini o’rganishda quyidagilarni belgilab olish maqsadga muvofiqdir: tadqiqot 
sohasi – iqtisodiy hayot yoki xo’jalik faoliyati amalga oshiriluvchi muhit
tadqiqot ob’ekti – iqtisodiy hodisa; tadqiqot sub’ekti – inson, kishilar guruhi, 
davlat; tadqiqot predmeti – «iqtisodiy odam», kishilar guruhi va davlatning hayotiy 
faoliyati, ularning o’zlari mavjud bo’lgan iqtisodiy muhit bilan bog’liq holdagi 
iqtisodiy xulq-atvorlari. Bunda iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi iqtisodiy 
hodisalarni shunchaki bayon etish emas, balki ularning o’zaro bog’liqligi va o’zaro 
bir-birini taqozo etishini, o’zaro shartlanganligini ko’rsatib berish, ya’ni iqtisodiy 
hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini ochib berishdan iborat. Uning aniq 
iqtisodiy fanlardan farqi shunda namoyon bo’ladi. 
K.Makkonnell va S.Bryuning «Ekonomiks» darsligida iqtisodiy tahlilning 
pirovard natijasi bo’lib prinstip (asosiy qoida) va nazariyalarning ishlab chiqilishi 
hisoblanishi ko’rsatib berilgan. Iqtisodiyot nazariyasining vazifasi bo’lib dalil 
(fakt)larni izohlash va umumlashtirish, ma’lum tizimga keltirish, ya’ni ular 
o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatib, yaxlit holga keltirish orqali dalillar 
to’plamiga tartib va mazmun baxsh etish hisoblanadi. 
Shu nuqtai nazardan iqtisodiyot nazariyasi yaxlit fanni namoyon etadi. 
Biroq, u X1X asrning oxiriga kelib ikki oqimga – siyosiy iqtisod va ekonomiksga 
ajralib, ular tadqiqot vazifalarining qo’yilish xususiyatlari, predmeti va mazmuniga 
ko’ra farqlanadi. 
Bu erda anatomiya i fiziologiya kabi tabiiy fanlar bilan taqqoslash o’rinlidir 
(Marks kapitalizm siyosiy iqtisodini burjua jamiyatining anatomiyasi va 
fiziologiyasi deb ataganini yodga olish mumkin). Anatomiya yagona predmetga 
(ichki tuzilish, tirik organizm tarkibiy tuzilmasi), yagona tadqiqot usuliga ega 
bo’lgan yaxlit fanni namoyon etadi. Shu bilan birga yaxlit fan bo’lgan anatomiya 
o’simliklar anatomiyasi va hayvonot olami anatomiyasiga ajralib, undan maxsus 
bo’lim – odam anatomiyasi ajratib berilgan. Bundan tashqari, bu fanning boshqa 
belgilar bo’yicha, masalan, tizimiy yoki tavsifiy anatomiya, turli hayvonlarning 
o’zaro va insonga nisbatan o’xshashlik va farqlarini ko’rsatib beruvchi qiyosiy 
anatomiya kabi bo’limlari ham mavjud. O’simliklar, hayvonlar va odam 
anatomiyasi bir xil predmet va usulga ega bo’lgan yagona fanni tashkil etsa ham, 
uning har bir yirik bo’limining predmeti va usuli, unda o’simlik, hayvonot yoki 
odam anatomiyasi to’g’risida so’z borishiga qarab, o’z xususiyatiga ega bo’ladi. 
Shunga o’xshab, tirik organizmdagi funkstiyalar va jarayonlar to’g’risidagi hamda 
tirik organizmning hayotiy faoliyati qonunlarini ochib beruvchi yaxlit fanni 
namoyon etuvchi fiziologiya ham hayvonlar fiziologiyasi va odam fiziologiyasiga 
bo’linadi. Anatomiya va fiziologiyaning predmeti va usulidagi tafovutlar har bir 
aniq fan o’rganuvchi tabiiy tizimlarning tafovutidan kelib chiqadi. 
Xuddi shu kabi iqtisodiy fan ham iqtisodiy tizimning turli jihatlarini 
o’rganadi: 
a) siyosiy iqtisod – ishlab chiqarish munosabatlari tizimini
b) ekonomiks – ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etishning bozor tizimini; 
v) umumiy iqtisodiy nazariya iqtisodiy tizimni «tabiat – jamiyat» oqimi 
ko’rinishida tadqiq etadi. Uning «kirish» tomonidan tabiiy va mehnat resurslari 
kelib tushadi, «chiqish» tomonidan esa ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq keluvchi 
mahsulotlar chiqadi. Shuning uchun iqtisodiyot, bir tomondan, unda tabiiy 
jarayonlarning maqsadga muvofiq joylashtirilishi ro’y bergani sababli tabiat 
tizimining bir qismi hisoblansa, boshqa tomondan u ijtimoiy tizining bir qismi 
hisoblanadi. Chunki iqtisodiyot ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq amal qilib, inson 
stivilizastiyasining rivojlanishi uchun moddiy sharoitlar yaratadi. Har qanday 
jamiyatda iqtisodiy tizimning mohiyati tabiiy resurslarni jamiyat tomonidan 
iste’mol qilishga yaroqli bo’lgan moddiy ne’matlarga aylantirishdan iborat bo’ladi. 
Iqtisodiy fanning turli yo’nalishlari tomonidan hal etiluvchi vazifalarning 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiqot predmetining xususiyati belgilanadi: 
a) siyosiy iqtisodning predmeti bo’lib moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, 
taqsimot, ayirboshlash va iste’mol jarayonida kishilar o’rtasidagi munosabatlar 
hisoblanadi; 
b) ekonomiksning predmeti bo’lib ishlab chiqarishni bozor jihatidan tashkil 
etish asosida resurslarni samarali 
taqsimlash maydonga tushadi

v) umumiy iqtisodiy nazariyaning predmeti bo’lib resurslarning 
cheklanganligi sharoitida inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy 
ne’matlarni ishlab chiqarishning rastional va samarali shakllarini tadqiq etish 
hisoblanadi, ya’ni har qanday «izm»lardan xoli bo’lgan jamiyatdagi dolzarb 
muammolarni hal etadi. 
Bu uchta yo’nalish bir-biriga zid kelmasligi ma’lum. Ular o’rtasidagi farq 
yagona vazifa – iqtisodiy tizimni ochib berish vazifasi doirasida mavjud bo’ladi. 
Iqtisodiy fanning turli yo’nalishlari predmetining xususiyatlari ularning 
quyidagi mazmunlari orqali yanada aniq namoyon bo’ladi: 
1. Siyosiy iqtisod ishlab chiqarish munosabatlarini: 
a) mulkchilik munosabatlarini; 
b) ijtimoiy ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlarni; 
v) jamiyat iqtisodiy rivojlanishi qonunlarini tadqiq etish orqaliochib beradi. 
2. Ekonomiks: 
a) tovarning bozor narxini belgilab beruvchi qonuniyatlar, sabab va 
omillarni; 
b) narx tashkil topishining bozor mexanizmini; 
v) o’zini o’zi tartibga soluvchi tizim sifatidagi bozorni tadqiq etish orqali 
asosiy masalani hal etadi, uni tashkil etishning asosiy prinstiplarini ishlab chiqadi. 
3. Umumiy iqtisodiy nazariya o’z predmetini: 
a) cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini; 
b) moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish 
jarayonida kishilarning iqtisodiy xulq-atvorini; 
v) iqtisodiy o’sishning qonuniyatlari va omillarini tadqiq etish orqali 
o’rganadi. 
Iqtisodiy nazariyaning umumiy vazifalari, predmet iva mazmuni doirasida 
har bir aniq iqtisodiy fan o’zining ma’lum vazifalarini hal etadi. 
Iqtisodiy fanning vazifasi, boshqa har qanday fanniki singari faktlarni 
to’plash, ularni tizimga solish va ulardan xulosa chiqarishdan iborat. «Kuzatish va 
bayon etish, aniqlash va turkumlash, deb yozadi Shmoller, bular faqat tayyorgarlik 
ishlari xolos. Biroq biz bular orqali erishishga intilayotgan narsa iqtisodiy 
hodisalarning o’zaro aloqadorliklarini bilishni namoyon etadi» (A.Marshall. 
«Prinstipы politicheskoy ekonomii», t.1, kn.1, s.85, «Progress» 1983g.). 
Boshqacha aytganda, iqtisodiy fanning vazifasi bo’lib iqtisodiy qonunlarni ochib 
berish hisoblanadi. 
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat 
aloqalarini, ularning o’zaro bog’liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv 
bo’lib, bu ularning kishilar ongi va erkiga bog’liq emasligini anglatadi. Iqtisodiy 
fan tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar ob’ektiv mavjud bo’lgan iqtisodiy 
qonunlarning nazariy ifodasini namoyon etadi. Demak, ular o’rtasidagi farq 
qonunlarning ob’ektiv reallikni ilmiy ong prizmasi orqali sub’ektiv ifoda etilishida 
namoyon bo’ladi. 
Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularning 
amal qilishi faqat jamiyatga taalluqli bo’lib, ularning aksariyat qismi vaqtinchalik, 
o’tish tavsifiga ega bo’ladi. 
Siyosiy iqtisod va ekonomiksdagi qonunlarni tushunishda tafovut mavjud. 
Agar siyosiy iqtisod iqtisodiy qonunlar yordamida ishlab chiqarish munosabatlarining mohiyatli jihatlarini ochib bersa (ya’ni, tadqiqot chuqur 
mohiyat darajasida amalga oshirilsa), ekonomiks yuzaki iqtisodiy jarayonlar bilan 
ish olib borib, qonunlarning o’zini emas, balki ularning namoyon bo’lish 
shakllarini tahlil qiladi, ya’ni rivojlanishning ma’lum tendenstiyalari va 
qonuniyatlarini aniqlab beradi. Jumladan, P.Samuelson shunday yozadi: «Bizning 
qonunlarimiz faqat o’rtacha holatda amal qiladi, bu o’rtacha atrofida ahamiyatli 
darajada tebranadi, ular ehtimollar qonuni hisoblanadi».
1
Bu erda so’z mohiyatiga 
ko’ra qonuniyatlar va tendenstiyalar haqida boradi. 
K.Makkonnell ham «qonunlar», «prinstiplar», «nazariyalar» va «modellar» 
singari tushunchalar sinonim sifatida qo’llanilishi, chunki ular individ va 
institutlarning iqtisodiy xulq-atvoridagi qonuniyatlarni umumlashtirilishi va qayd 
qilinishini aks ettiradilar. Ekonomiks kamyoblik qonuni, samaraning pasayib 
borishi qonuni, talab qonuni, daromadning pasayib borishi qonuni, so’nggi 
qo’shilgan naflilikning pasayib borishi qonuni va shu kabi qonunlar bilan 
ishlaydiki, bularning barchasi tendenstiya sifatida namoyonbo’ladi. Iqtisodiyotning chuqur jarayonlari bilan yuzaki jarayonlari tahlilining uyg’unlashuvi iqtisodiyot nazariyasini faqat boyitadi. Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlarni quyidagi ko’rinishlari bo’yicha tizimga 
ajratadi: 
1. Umumiy qonunlar – kishilik jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida 
amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuni, 
takror ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab 
chiqaruvchi kuchlar tavsifi va rivojlanish darajasiga muvofiq kelishi qonuni va h.k. 
2. Xususiy qonunlar – jamiyat taraqqiyotining bir necha bosqichlarida amal 
qiladi. Masalan, qiymat qonuni. 
3. Maxsus qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. 
Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni. 
4. Jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiluvchi qonunlar. 
Masalan, erkin raqobat qonunlari monopolistik raqobat qonunlaridan farq qiladi. 
Bu qonunlar ichida tizimni tashkil etuvchi sifatida muayyan ishlab chiqarish 
munosabatlaridagi asosiy prinstipni aks ettiruvchi A.Marshall: «Fan o’z qonunlarining soni va aniqligini oshira borib, ularni 
tobora qattiq tekshiruv ostiga olib, oldinga intiladi. Bu holat to yagonaasosiy 
qonun uning qisman namoyon bo’lishini ifodalovchi bir qator nisbatan tor 
qonunlarni to’liq qamrab olgungiga va almashtirgunga qadar davom etadi»
2deb yozadi. Iqtisodiy fan iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy kategoriyalarni, ya’ni iqtisodiy hodisalarning alohida tomonlarini tavsiflovchi ilmiy tushunchalarni ishlab chiqadi. Masalan, qiymat qonunining amal qilishi qiymat, pul, tovar, kredit, moliya h.k. singari bir qator iqtisodiy kategoriyalarorqali namoyon bo’ladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni bilish va ulardan foydalanishiqtisodiyot nazariyasining tub muammosi hisoblanadi. Bu ko’p qirrali muammolar bir qator 
murakkab masalalarning hal etilishini taqozo etadi: 
1. Jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi alohida iqtisodiy qonunlarning 
ochib berilishi va tadqiq etilishi, ular tizimining aniqlanishi. Iqtisodiy qonunlarni 
bilish jarayoni, har qanday boshqa bilish jarayoni singari, cheksizdir. U yangi 
qonunlarni ochib berish, aniqlangan qonunlar doirasini kengaytirish bilan birga 
ularning mazmunini yanada chuqurroq ochib berishga yo’naltirilgan. Ayniqsa, 
ularning ichki mantiqini, koordinastiya va subordinastiyasini ochib berilishi katta 
ahamiyat kasb etadi. 
2. Iqtisodiy qonunlarning namoyon bo’lish shakli, ularning o’zaro aloqasi, 
harakati va o’zaro ta’sirining namoyon bo’lish shakllarini tadqiq etish. Busiz 
iqtisodiy qonunlar tizimini ochib berish, ulardan foydalanish yo’llari, shakllari va 
usullarini aniqlash mumkin emas. Bu, xususan, umumiy va maxsus qonunlarning 
nisbati to’g’risidagi masalaning aniqlab berilishini talab etadi. 
3. Iqtisodiy jarayonlarda ob’ektivlik va sub’ektivlikning nisbatini to’g’ri 
tushunishni taqozo etuvchi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning amal qilishi, ulardan 
ongli ravishda foydalanish mexanizmini ochib berish. 
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar o’rtasidagi to’g’ri va teskari 
aloqalar qonunlarning amal qilish mexanizmi yoki iqtisodiy mexanizmni tashkil 
etadi. Iqtisodiy mexanizm iqtisodiy tizim tomonidan yaratilganligi sababli ob’ektiv 
hisoblanadi. Uning asosida ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilarining empirik 
yoki ongli ravishdagi harakatining natijasi sifatida jamiyatning xo’jalik mexanizmi 
tarkib topadi. 
Iqtisodiy kategoriya sifatidagi xo’jalik mexanizmining asosiy mazmunini 
tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi. Biroq, bu kategoriya ishlab chiqarish 
munosabatlari doirasidan tashqariga chiqib, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab 
chiqarish munosabatlarining o’zaro ta’sirida hosil bo’luvchi munosabatlarni 
(kooperastiya, mehnatning ixtisoslashuvi va taqsimoti va h.k.), shuningdek, 
iqtisodiy ustqurma (iqtisodiy ong; iqtisodiy vazifalarni bajaruvchi muassasalar; xo’jalik huquqi; iqtisodiy siyosat)ni ham o’z ichiga oladi. Jamiyat uchun samarali amal qiluvchi xo’jalik mexanizmi zarur. Buning mezoni sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar resurslaridan tejamli foydalanish maydonga tushadi. Iqtisodiyot nazariyasi rastional xo’jalik munosabatlarini tarkib toptirishga ko’maklashishga qaratilgan. 
Buni u individlar va jamoat tashkilotlari iqtisodiy xulq-atvori prinstiplarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiradi. 


Yüklə 45,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin