«iqtisodiyot» kafedrasi malakaviy tanishuv amaliyot


Pul muomalasi va kassa amaliyotlari bo’limi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə6/14
tarix14.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#155022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
K2-19 Abduraxim

Pul muomalasi va kassa amaliyotlari bo’limi. vazifalari : Bank tizimida pul muomalasini yanada mustahkamlash va milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, naqd pul aylanishini tezlashtirish, naqd pul mablag’larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, naqd pul mablag’larining kelib tushishi va xarajatlari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish, pul-kredit munosabatlari va kassa amaliyotlarini tashkil etish va monitoring qilish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ko’maklashish, tartibga solish, iqtisodiy tahlil etish va ularning joylarda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o’rnatish.
Yuridik bo’lim. vazifalari : Bank va uning tarkibiy bo’linmalari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashda qatnashish, uning tarkibiy bo’linmalari xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirishda qatnashish va uning tarkibiy bo’linmalari mulkining saqlanishini huquqiy vositalar orqali ta’minlash ishlarini tashkil qilish, bankning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritishda qatnashish hamda sudlarda va boshqa idoralarda bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish.
Kadrlar bo’limi. Bank tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirish, bugungi kun talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlash, bank xodimlari madaniyati va javobgarligini oshirish, bank muassasalarida kadrlarni to’g’ri tanlash, joy-joyiga qo’yish va ularni tarbiyalash, kadrlar zahirasini tayyorlab borish, kadrlar sifat tarkibini yaxshilash hamda kadrlar qo’nimsizligini oldini olish.
Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash bo’limi. Vazifalar: Jismoniy shaxslarni kreditlash va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida kredit resusrlariga va boshqa kredit vositalariga bo’lgan talab va taklifni hisobga olgan holda Bankning kredit siyosatini amalga oshirilishini ta’minlash; bankning tarkibiy bo’linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, Bankning strategiyasi va O’zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq qisqa va uzoq muddatli kreditlash masalalari bo’yicha ishlash; Filiallar tarmog’i (filiallarning vakolatlari darajadagi) va hududiy ofis mijozlarining qisqa va uzoq muddatli kredit so’rovnomalarini ko’rib chiqish, salohiyatli qarz oluvchilarning kredit layoqatligini baholash, shuningdek filiallarda xizmat ko’rsatiladigan mijozlarga ajratilgan kreditlarni monitoring qilish; Qisqa va uzoq muddatli kreditlash jarayoniga tegishli bo’lgan me’yoriy hujjatlar, nizomlar va texnik tartiblarni ishlab chiqishda ishtirok etish; aholini xususiy tadbirkorlik sohasiga optimal shartlar asosida mikrokreditlar ajratish orqali jalb qilish.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin