Intellektual kapital, intelluktual mulkni shakllantirish va uni boshqarish


Patent huquqining rivojlanish tarixi



Yüklə 62,74 Kb.
səhifə7/8
tarix16.12.2022
ölçüsü62,74 Kb.
#75688
1   2   3   4   5   6   7   8
Intellektual kapital, intelluktual mulkni shakllantirish va uni

Patent huquqining rivojlanish tarixi
Patent huquqi. U dastlab feodalizmning so`ngi davrlarida feodal jamiyat negizida xo`jalik yoritishning kapitalistik usuli vujudga kelib, rivojlana boshlashi
bilan yozaga keldi. Patent huquqi – ishlab chiqarishning kapitalistik usuli ustun kelishi va hokimiyatning burjuaziya yo`liga o`tishi natijasida shakllandi (1-jadval). 

Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali “Ixtiroga patent olish”



interaktiv xizmatini ko‟rsatish reglamenti. Xizmat tavsifi (pasporti) 

1.Xizmat nomi 


2.Arizalarni qabul qilishni O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk Agentligi amalga oshiradi.
Manzil: O‘zbekistonRespublikasi, 100000, Toshkentsh., Mustaqilliksh/k, 59. Telefonlar: +998(71) 252-50-33, +998 (71) 232-50-33
Veb-sayt: www.ima.uz E-mail: info@ima.uz 
3,Xizmatni ko‘rsatadigan tashkilotlar va blanklarni olish joyi 
3. 1.O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, 1997 yil 1 mart, № 257-1 
3.2.O‘zbekiston Respublikasining ―Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida‖giQonuni; 
3.3.Ixtiroga O‘zbekiston Respublikasi patentini berish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari; Huquqiy asoslar 
3.4.Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tgan barcha yuridik va jismoniy shaxslar 
Xizmatdan foydalanuvchilar 
3.5.Bajarish muddati 
Xizmat 3-5 yil davomida taqdim etiladi 
3.6.Tasdiqlovchi hujjatni berish muddati 

IntellektualmulkAgentligi bir ish kuni davomida talabnoma kelib tushganligini tasdiqlaydi
Innovatsion musobaqa patentlar poygasini o`z ichiga olib, firmalararo innovatsiyada birinchilikka sazovor bo`lish deganidir. Patentlar poygasida

Intellektual mulkni O`zbekistonda muhofazalash


O'zbekistonda Milliy patent tizimi yaratilish tarixiga nazar soladigan bo'lsak, 1992-2011 yillar - intellektual mulk ob'ektlari muhofazasi bilan shug'ullanuvchi vakolatli organlar Davlat patent idorasi va Mualliflik huquqi agentligi tashkil etildi, jahon patent tizimi amaliy ish tajribasini o'rganish va iqtisodiy oyoqqa turish yillari bo'ldi. Ushbu davrda bevosita intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi qonunlar qabul qilindi, bular: Tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to'g'risida"gi, "Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida", "EHM uchun dasturlar va ma'lumotlar bazalari to'g'risida", "Seleksiya yutuqlari to'g'risida", "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida", "Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to'g'risida".
Shuningdek, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) ga va intellektual mulk sohasidagi 10 dan ortiq xalqaro shartnomalarga a'zo bo'ldi, hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirdi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 24 maydagi "O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish to'g'risida"gi Qarori bilan Davlat patent idorasi va Mualliflik huquqi bazalarida O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tashkil etildi. Natijada xalqimizning ilmiy-texnikaviy ijod erkinligidan samarali foydalanishi uchun yanada kengroq sharoitlar yaratildi. Intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, yagona yondashuvni ta'minlash, mamlakatimizning ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash va hayotga tatbiq etish bo'yicha yaxlit tizim vujudga keldi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 oktyabrdagi PQ-2637-sonli "O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq O'zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi tarkibiy tuzilmasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 noyabrdagi 394-sonli qarori bilan O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi to'g'risidagi Nizomi tasdiqlandi.
Ushbu qarorning asosiy maqsadi intellektual mulk ob'ektlarini xalqaro norma va standartlarga muvofiq huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, unga xos bo'lmagan va umrini o'tab bo'lgan vazifalarni bekor qilish, shuningdek O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi faoliyatiga zamonaviy interfaol davlat xizmatlarini joriy etishdan iborat bo'lib, quyidagilar O'zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari etib belgilandi:
intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishni ta'minlash, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari hamda boshqa intellektual mulk ob'ektlarini huquqiy himoya qilish;
ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, tovar belgilari va boshqa intellektual mulk ob'ektlarini ekspertizadan o'tkazish, ro'yxatga olish va hisobga qo'yishni tashkillashtirish;
Davlat patent fondi va intellektual mulkning rasmiy ro'yxatga olinganligi to'g'risida ma'lumotlar bazasini shakllantirish va olib borish, iqtisodiyotning real sektorining xo'jalik yurituvchi sub'ektlari, ilmiy tashkilotlar, olim va mutaxassislarning ma'lumotlardan samarali foydalanishi uchun ularning saqlanishi va foydalanish qulayligini ta'minlash;
intellektual mulk sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik sub'ektlari va aholiga "bir darcha" tamoyili asosida interfaol davlat xizmatlarini ko'rsatish;
milliy intellektual mulk ob'ektlarini chet elda huquqiy himoya qilishni ta'minlash bo'yicha korxonalar va tashkilotlarga konsultativ va amaliy ko'mak berish, shuningdek intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
intellektual mulk sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. 

Yüklə 62,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin