Tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 19,5 Kb.
səhifə1/3
tarix06.05.2023
ölçüsü19,5 Kb.
#108761
  1   2   3

1-topshiriq.



  1. Tabiatni muhofaza qilishda jamoat tashkilotlarinng roli.




  1. Ozuqa zanjiri.


  1. Qayta tiklanuvchan energiya manbalari.


  1. Tabiatni muhofaza qilish - tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish., iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.

Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish. usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish. teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishq.ga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar", deb koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" tashkil qilingan (1996 y. 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.
Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993 y. mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye, vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.


Yüklə 19,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin