Inson nima uchun hammadan kuchli?


Antarktida matni asosida berilgan savollarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə6/9
tarix18.09.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#145003
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mashq daftari

Antarktida matni asosida berilgan savollarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash.






Ma’lumotlar

Ha/Yo‘q

1

Qit’aning deyarli hamma joyi muz bilan qoplangan.

Ha

2

Antarktida sayyoramizning eng ko‘p o‘rganilgan qismi hisoblanadi.

Yo‘q

3

Xalqaro shartnomaga ko‘ra, uning hududida harbiy harakatlar o‘tkazish mumkin

Yo‘q

4

Antarktida hech bir davlatga tegishli emas.

Ha

Savol-javobdan iborat namunaviy senariy (vaziyat) asosida matnga oid savollarga javob topiladi. Savollar matn mazmunini o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘ladi.


Antarktida matni mazmunini o‘zlashtirishga qaratilgan savollar.



1

Antarktidaga birinchi bo‘lib kim yetib borgan?

Antarktidaga birinchi bo‘lib, 1899-yilda norvegiyalik Karsten Borxgrevink qadam qo‘ygan.

2

Qadimda Antarktida qanday o‘lka bo‘lgandi?

Bundan million yillar avval Antarktida issiq o‘lka bo‘lgan. Undagi o‘rmonlarda bahaybat hayvonlar yashagan. Ammo asrlar o‘tib, Antarktida sekin-asta muz saltanatiga aylana boshlaydi.

3

Antarktida muzliklari ostida qanday boyliklar bor?

Olimlarning aniqlashicha, qalinligi ming metrdan baland muz tog‘lari ostida temir, oltin, olmos, rangli metallar, ko‘mir singari foydali qazilmalar ko‘p ekan.

4

Muz holatidagi ichimlik suvi haqida nimalarni bilib oldingiz?

Dunyodagi barcha ichimlik suvining asosiy qismi ham shu muzliklarda jam bo‘lgan. Hisob-kitoblarga qaraganda, Antarktidadagi barcha muz erib ketsa, dunyo okeanlarining suvi 62 metrga ko‘tariladi.

5

Antarktidaning iqlimi haqida nimalarni o‘rgandingiz?

Antarktidada havo juda sovuq, ayrim joylar quyosh nurini deyarli ko‘rmaydi. Qish oylarida o‘rtacha harorat 60 daraja sovuq bo‘ladi. Qit’ada doimiy kuchli shamol, izg‘irin bo‘ronlar kuzatiladi.

6

Antarktidada tadqiqotchilar qanday yashaydi?

Tadqiqotchilar yaxshi isitilgan uychalarda jon saqlashadi. Tashqariga chiqqanda ichidan elektr grelka isitib turadigan kiyim va himoya niqobi kiyib olishadi. Ular niqob ichiga o‘rnatilgan maxsus fi ltr orqali nafas oladi.

7

Xalqaro shartnomaga ko‘ra, Antarktida qanday hudud?

Antarktida hech bir davlatga tegishli emas. Xalqaro shartnomaga ko‘ra, uning hududida harbiy harakatlar o‘tkazish ma’n etilgan. Antarktida tinchlik qit’asidir.

Berilgan vaziyatda, o‘quvchilardan uch xil manbalarni o‘qish so‘raladi. Bu manbalar blog post, izohlar bo‘limi va sharhlovchilardan biri tomonidan ilova qilingan maqola. Maqolalar va izohlarda bugun va kelajak muhokama qilinadi. O‘quvchilardan turlicha o‘qish tarziga doir savollarga javob berish so‘raladi.



Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin