Inson nima uchun hammadan kuchli?



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə4/9
tarix18.09.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#145003
1   2   3   4   5   6   7   8   9
mashq daftari

Do‘stlik
“Abduqodir Vovaga yozayotgan xatini boshidan o‘qib chiqqan edi, o‘ziga yoqmadi: nuqul keraksiz so‘zlarni yozibdi-yu, muhimlari qolib ketibdi. Yangidan yozmoqchi bo‘lib, “Esingdami, Vova”, deb boshladi. Boshladi – yu, yana yoza olmay, derazadan olmazorga tikilganicha, xayolidan o‘tgan davr kecha boshladi.
Bir kuni kosadagi sutni to‘kib qo‘yib oyisidan qochib chiqqan edi. Ko‘chalarda bekor aylanish joniga tegdi. Keyin nima gaplar bo‘layotganini bilish uchun maktab hovlisiga kirgan edi, yangi ko‘chib kelgan rus tili o‘qituvchisining eshigi oldida loy qorib turgan malla sochli bolaga ko‘zi tushib qoldi. Abduqodir yaqinroq borib begona bolaning kurakchasini oldi-da, ura qochdi.
– Kerak bo‘lsa, olaver, – dedi to‘satdan o‘zbekchalab Vova, –menda ko‘p.
O‘sha kuni Abduqodir Vova bilan durustgina tanishib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Vovalar “Katta dovon” qishlog‘idan ko‘chib kelayotganlarida ularning yettita quyonlari o‘sha yerda qolib ketibdi. Bitta ona quyonni olib qaytishibdi. Hademay o‘qishlar ham boshlanib ketdi. Ikkovlari bir sinfda o‘qiy boshladilar. Endi ular birga dars tayyorlashar, birga o‘ynashar, bo‘sh vaqtlarida esa Vovaning quyonlariga o‘t keltirish uchun dalalarga chiqishar edi. Bir kun ikkovlari adir tomonda adashib ham qolishgan. Bu voqea 4-sinfda o‘qiyotganlarida yuz bergan edi.
Ular olma keltirish uchun bog‘ga borishdi. Erta bahor, daraxtlar kurtak yoza boshlagan, hammayoqda o‘t-o‘lanlar ko‘karib, zilol suvli ariqlar bo‘yida chuchmomalar ochilgan payt... Ishlarini bitirib, endigina orqaga qaytamiz deb turganlarida, Vovaning yonginasida bir quyon bolasi sakrab, o‘ynoqlab qoldi:
– Quyon! – deya qichqirdi Vova va ortidan quvlay boshadi. Abduqodir ham yugurdi. Quyon bolasi o‘ynoqlab, oyoqlarini osmonga otib yugurar edi. Qorong‘i tushib, ko‘z ko‘rmay qolguncha quyonni quvlashdi. Shu payt yaqinginada chiyabo‘rining chaqaloqning ingalashiga o‘xshash ovozi eshitilib, ikkovlarini ham cho‘chitib yubordi...
– Vova, – dedi Abduqodir o‘zidagi qo‘rquvni bosish uchun ataylab qattiq tovushda, – sen katta bo‘lsang quyonchi bo‘lmoqchimisan?
– Albatta, – dedi Vova tovushini undan ham baland qilib.
– Men bobomga o‘xshab bog‘bon bo‘lsam kerak, bobom: “Qarib qoldim, o‘rnimga seni qoldirmoqchiman”, – deydilar.
Bir nafasdan so‘ng xat ham tayyor bo‘lgan edi.
Abduqodir pochta tomon yo‘l oldi.

Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin