Inklyuziv ta’limning mohiyati sh. N. Ibadullayeva



Yüklə 56,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü56,36 Kb.
#190985
  1   2   3   4
Sh.N.Ibadullayeva



Международный
научный
журнал

5
(100), 
часть
1
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
142 
INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI 
 
Sh.N.Ibadullayeva

Ch.D.P.U.Maxsus pedagogika kafedra o‘qituvchisi
M.O‘.Nuriddinova 
Tiflopedagogika yo‘nalishi talabasi 
Tayanch so’zlar:
inklyuziv ta’lim, maxsus ta’lim, uydagi ta’lim, resurs o’qituvchi, 
integratsion ta’lim. 
 
"Inklyuziv taʻlim" atamasi inglizcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga 
oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni 
sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlim — 
davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, 
maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar 
rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy 
hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim 
tizimidir. 
Inklyuziv ta’lim—hamkorlikdagi ta’lim bo’lib, butun hamjamiyati tomonidan eng 
insonparvar va samarali ta’lim sifatida tan olingan.Inklyuziv ta’lim bu shunday ta’lim-
tarbiya jarayoniki, unda jismoniy, ruhiy, aqliy va boshqa muammolaridan qat’iy nazar 
barcha bolalar umumiy tarzda, o’z uyi va hududida, ehtiyojlariga mos barcha sharoitlar 
yaratilgan maktablarda, o’z tengqurlari bilan birga ta’lim olishi demakdir. 
Inklyuziv ta’limning maqsadi—alohida ehtiyojli bolalarning imkoniyatlaridan kelib 
chiqib, umumta’lim muassasalarida to’laqonli ta’lim olishlarini ta’minlash, ta’lim 
muassasalarida har bir bola uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish.Imkoniyati cheklangan 
bolalar uchun ta’limning turli shakllari tashkil etilgan:maxsus ta’lim, uydagi ta’lim, inklyuziv, 
integratsion ta’lim va muruvvat uylari. Maxsus ta’lim - bolalarning muammolari bo’yicha 
maxsus tashkil etilgan maktab-internatlari, maktablar; uydagi ta’lim- ta’lim muassasalarida 
o’qish imkoniyatiga ega bo’lmagan 
bolalar uchun oilada tashkil etiluvchi 
ta’lim;inklyuziv,integratsion ta’lim - umumta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi uyg’un 
ta’lim; muruvvat uylari - rivojlanishida og’ir nuqsonlarga ega bolalar uchun internat tipida 
maxsus tashkil etiluvchi ta’lim hisoblanadi.
Inklyuziv ta’limning huquqiy-me’yoriy asoslari ikki xil bo’ladi:xorijiy va milliy.Xorijiy 
asoslar “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”(1948-yil),”Bolalar huquqlari 
to’g’risida”gi konvensiya(1989-yil),”Nogironlar huquqlari to’g’risida”gi deklaratsiya(1975-
yil),”Ta’lim nima uchun”umumjahon deklaratsiyasi(1990-yil),Salamanka bayonoti(1994-
yil),Dakar deklaratsiyasi(2000-yil) ga tayanadi.Milliy asoslarni esa O’zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi(1992-yil), “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi qonun (1991-
yil), “Ta’lim to’g’risida”gi qonun(1997-yil),”Bola huquqlari kafolatlari to’g’risida”gi qonun 


Международный
научный
журнал

5
(100), 

Yüklə 56,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin