Ingliz tili


I, II gaplar to’g’ri bo’lsa, III gap to’g’ri, xato yoki aniqlab bo’lmasligini toping. I



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix14.12.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#177207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
PM diagnostika test

9.
I, II gaplar to’g’ri bo’lsa, III gap to’g’ri, xato yoki aniqlab bo’lmasligini toping.
I.
Faqat bitta kimyoviy elementdan tashkil topgan yagona qimmatbaho tosh bu olmos. 
II.
Oltin tosh emas, ammo qimmatbaho. 
III.
Oltin bitta kimyoviy elementdan tashkil topgan. 
A) to’g’ri 
B) xato 
C) aniqlab bo’lmaydi. 
10.
Insonlar odatda biror narsani eslamoqchi bo’lganlarida ko’zlarini yumib olishadi. Chunki, 
ko’zlarni yumish natijasida odam ko’zlari bilan axborotlarni qabul qilmay qo’yadi va ko’zlar 
orqali axborotni qabul qilish o’rniga xotiradagi eslamoqchi bo’lgan ma’lumotlarni qidirish 
jarayoni tezlashadi.
Yuqoridagi dalil asosida quyidagi qaysi fikrni aytish mantiqan to’g’ri bo’ladi? 
A) Ko’zlarni yumganda insonning yozish jarayoni ham tezlashadi. 
B) Ko’zlarni yumib gapirganda inson yanada tezroq gapirishi mumkin. 
C) Ko’zlarni yumish hamma ishlarning bajarish tezligini oshirishi mumkin. 
D) Ko’zlarni yumganda insonning fikrlashi ham yaxshiroq bo’ladi.


Prezident maktabi testlari kanali
http://t.me/pmtests
 
Prezident maktabi ingliz tili testlari kanali
http://t.me/pmtests_english
 
19-mart 2023-yil 
A daraja 
“ASSESSMENT DEVELOPMENT" LC,
 
“CURIOSITY” LC, 
 
“PERFECTO ACADEMIA” LC

11.
Mis eshik ruchkalari taxminan 8 soat ichida oʻzlarini dezinfeksiya qiladi. Mis 
bakteriyalar, zamburugʻlar, viruslar va boshqa mikroorganizmlar uchun zaharli hisoblanadi. 
Demak, eshik ruchkalarini misdan tayyorlash orqali biz bakteriyalarning tarqalishini 
kamaytirishimiz mumkin. 
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi xulosani kuchaytiradi? 
A) Boshqa turdagi moddalardan tayyorlangan eshik ruchkalari bakteriyalarni tezroq yo’q 
qiladi. Shuning uchun eshik tutqichlarini misdan tayyorlamaslik kerak. 
B) Mis arzon mahsulot sifatida qaralgani uchun ko’pchilik misdan foydalanmaydi. 
C) Eshik tutqichlari misdan yasalgan bo’lsa ham uni tozalab turish lozim. Aks holda yomon 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
D) Mis tutqichlarda qolib ketgan bakteriyalar 8 soatdan so’ng aniq yo’q bo’ladi va undan 
keyin odamlarga xavf tug’dirmaydi. 
12.
O’yin o’ynash ko’pincha yoqimli mashg’ulot sifatida ko’riladi. Ammo, bu har doim ham 
zavqli emas. Ayniqsa, o’yin o’ynash vaqtidagi charchoq hosil bo’lishi juda yomon. Ba’zan 
o’yin o’ynashni jazo sifatida qo’llash mumkin. Gap shundaki, bu jarayon dastlab 
jazolanuvchiga yoqishi mumkin. Ammo, kuchli charchoq hosil bo’la boshlagach bu holat 
jazolanuvchiga xuddi og’ir mehnat qilayotganday ta’sir o’tkaza boshlaydi. Shuning uchun 
ham hamma narsaning me’yorini bilish juda muhim. Hatto, hamma sevimli deb bilgan 
telefon o’yinlarini o’ynash ham og’ir jazo bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi xulosani kuchaytiradi? 
A) Hamma narsaning me’yorini bilgan odamlar ularga amal qiladilar. 
B) Me’yordan ozgina chetga chiqish unchalik yomon oqibatlarga olib kelmaydi. 
C) Me’yoridan ortiqcha ovqatlanish ham odamga kuchli og’riq berishi mumkin. 
D) Odamlar hamma narsaning me’yorini o’zlari belgilaydi va agar ular uchun ko’proq o’yin 
o’ynash me’yor bo’lsa, demak bu tabiiy holat. 
13.
Mobil telefonlar birinchi marta ishlab chiqarilishni boshlaganida, yirik telefon 
kompaniyalari ushbu yangi texnologiyani deyarli reklama qilmadilar. Aloqa kompaniyalari 
tomonidan kuchli reklamalar bo'lmaganiga qaramay, mobil telefonlar sotuvi boshqa har 
qanday iste'mol tovarlari sotuvidan ko'ra tezroq o'sdi. Demak, biz biror tovarni sotib olsak, 
biz buni reklamadan ta’sirlanganimiz uchun emas, balki ularni xohlaganimiz uchun sotib 
olamiz. 
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi argumentdagi nuqsonni bildiradi? 
A) Argumentda odamlar mobil telefonlardan foydalanishi muhimligi aytilmoqda. 
B) Matnda birgina mobil telefonlar misolidan umumiy xulosa chiqarilmoqda. 
C) Matnda mobil telefonlarning inson sog'lig'iga mumkin bo'lgan xavf-xatarlari e'tiborsiz 
qoldirilgan. 
D) Matnda telefon kompaniyalari yomon marketing qo’llagani aytilmoqda. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin