Bajardi: 3 1xs 13 guruh talabasi



Yüklə 70,7 Kb.
tarix24.08.2023
ölçüsü70,7 Kb.
#140313
Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarning yaratilishi, sotuvi va xaridi motivatsiyasi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IJTIMOIY -IQTISODIY FAKULTET
IQTISODIY TA’LIM VA TURIZM KAFEDRASI
«Servisda innovatsion faoliyat» fanidan
K U R S I S H I
Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyalarning yaratilishi, sotuvi va xaridi motivatsiyasi
Bajardi: 3 - 1XS - 13 guruh talabasi Xalilov Shaxriyor
Kurs ishi himoya qilingan sana “ ” 2015 y.
Baho “ ”
Ilmiy rahbar: i.f.n., dotsent Hamroyev H. R.
(imzo)
Komissiya a’zolari:
(imzo) (ismi sharifi)
(imzo) (ismi sharifi)
Buxoro - 2015 yil

KURS ISHI UCHUN TAQRIZ
Fakultet “Ijtimoiy - iqtisodiy”
Kafedra “Iqtisodiy ta'lim va turizm”
Fan “Servisda innovatsion faoliyat”
Guruh 3 - 1XS - 13
Talaba familiyasi va ismi-sharifi Xalilov Shaxriyor To’lqinovich
Kurs ishi mavzusi Bozor iqtisodiyoti
sharoitida innovatsiyalarning yaratilisi, sotuvi va xaridi motivatsiyasi
Kurs ishining tarkibi
Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati:
Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning
ko'rsatgichi)
Kurs ishining ijobiy tomonlari
Kurs ishining kamchiliklari
Kurs ishiga qo'yilgan baho
Kurs ishiga rahbarning familiyasi va ismi-sharifi Hamroyev H. R.,
BuxDU, “Iqtisodiy ta’lim va turizm” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent
M U N D A R I J A

K U R S I S H I 1
KURS ISHI UCHUN TAQRIZ 2
2.3Issiqlik-energetika majmuasining innovatsion strategiya ustuvorligi. 36
2.4.Xorij mamlakatlari amaliyotida innovatsion faoliyat 42

KIRISH
Qisqa muddat oralig'ida respublikani jahon bozoriga olib chiqish uchun umumiy ishlab chiqarish samaradorligini ko'tarish, boshqaruv apparatining yakuniy natijalariga qaratilganligi, bozor ehtiyojini to'laqonli qondirish kabi ishlarni bajarish lozim.
Milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish, joriy iqtisodiy siyosat bo'yicha yuqorida ko'rib o'tilgan masalalarni hal qilinishi bo'yicha qo'shimcha chora- tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Bular orasida birinchi o'rinda amalga oshirilishi lozim bo'lgan choralarga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • iqtisodiyotning xususiy sektorini rivojlanishini jadallashtirish, uning tarkibini yaxshilash, tranzaksion xarajatlarni kamaytirish, moddiy va moli- yaviy resurslarni taqsimlash va foydalanish samaradorligini oshirish, iqti- sodiy o'sishning ichki manbalarini faollashtirish uchun boshqa zaminlar- ni yaratishni ko'zda tutuvchi iqtisodiy rivojlanishning yangi, kapital sig'imi kam bo'lgan manbalar va omillarga tayanishda sarmoyador va tadbirkor- larni rag'batlantiruvchi makroiqtisodiy sharoitlarni yaratish;

  • o'sishni tarkibiy va sifat omillarini faollashtirishning milliy dasturini ilmiy- uslubiy jihatdan asoslash, milliy hisoblar tizimiga asoslangan «xara- jatlar — ishlab chiqarish» yillik hisobot jadvallari tizimini shakllantirish va undan foydalanish bo'yicha ishlarni jadallashtirish lozim. Dunyoning ilg'or rivojlanayotgan davlatlari va o'tish davri iqtisodiyotini o'tayotgan mam- lakatlar tajribasi va birinchi navbatda hamdo'stlik mamlakatlari tajribasi bundan dalolat beradi.

Respublikaning investitsiya dasturi sifat jihatdan yangicha yondoshuvlar bilan shakllantiriladi. Bu dasturni uch yillik davrga mo'ljallab ishlab chiqish nazarda tutilmoqdaki, u loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab inshootni foydalanishga topshirgunga qadar bo'lgan jarayonni e'tiborga olish, qurilishni uning real moliyalash manbalari bilan to'liqroq bog'lash imkoniyatini yaratadi, bu esa investitsiya loyihalarini ro'yobga chiqarish samaradorligini oshirishga ko'maklashadi.
Yangi jarayonlar va mahsulotlar, to'g'ri ishlab chiqarishga va uning rivojlanish taraqqiyotiga bog'liq bo'lgan yangiliklar hamohangligini aniq- laydi. Yangi bozorlar mahsulot realizatsiyasi jarayonini aniqlaydi, ba'zi hollarda esa yangi bozorlarni ochish harakatida bo'lgan texnologiyalar hayotini o'zgartirishga imkon beradi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko'ra, yangi tashkiliy firmalar (innovatsiya firmalari, texnoparklar, innovatsion inkubatorlar, investitsion fondlar va b.) iqtisodiyotning odatiy tashkil etish sharoitiga nisbatan katta foyda olishga imkon beradi. Undan tashqari, aniq texnologik yangilik realizatsiyasi uchun mazkur tashkiliy innovatsiyalar ham zarurdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion salohiyat va samarali innovatsion siyosat bilan bir qatorda innovatsiyalar motivatsiyasi muhim o'ringa ega. Motivatsiya bu belgilangan yo'nalishda faol harakatni yuzaga keltiruvchi ehtiyojlar va ularning motivlari to'plamidir. Innovatsiyalar motivatsiyasi produtsent va menejerni innovatsion faoliyat, fan-texnika taraqqiyoti va innovatsiyalar sotuvi yoki ularning xaridi va xo'jalik faoliyatida foydalanish yo'nalishida faol harakatiga undovchi ehtiyojlar va motivlar to'plami hisoblanadi.
Fanda motivatsiya qo'yilgan maqsadga erishish uchun undovchi kuchlar ta'siri borasidagi usullar va metodlar yig’indisi sifatida qaraladi.
Innovatsiyani yaratish va sotish motivatsiyasining maqsadi xo'jalik yurituvchi sub'yektning yangi mahsulotlar (jarayonlar) sotishdan tez foyda ko'rish hamda ushbu mablag’larni foydali tadbirkorlik yo'nalishlariga qo'yish, bozordagi mavqeini oshirish, raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi.
Motivlar muayyan harakatga sabab sifatida joriy davrda xo'jalik yurituvchi sub'yektning ehtiyoji bilan bog’liq. Raqobat bozor sharoitining ajralmas bo'lagi hisoblanadi. Raqobat muhitining kuchayishi xo'jalik yurituvchi sub'yektni raqobatbardoshligini oshirish, yangi bozorlarni egallash bo'yicha muayyan harakatlarga undaydi. Innovatsiyalar yaratilishining muhim omillaridan bo'lib, jahon bozoridagi yutuqlar hisoblanadi. Rivojlanish davrida investorlar qo'lida bo'sh pul mablag’lari paydo bo'ladi, bu esa xo'jalik yurituvchi sub'yektning ularga mahsulot va jarayonlarni taklif qilishiga zamin yaratadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyoti shuni ko'rsatdiki, kichik va o'rta biznes korxonalari iqtisodiy kon'yukturaning o'zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy ravishda talab qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bo'lgan xo'jalik subyektlari hisoblanadi. Chet el investitsiyalarini jalb qilish va ularni o'zlashtirish iqtisodiyotni rivojlantirishga yordamlashadi va ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar uchun kuchli rag'batlantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun imtiyozlarning keng tizimi vujudga keltirildi, xorijiy investorlar uchun imtiyozli soliq tizimi joriy etildi. Lekin mavjud huquqiy me'yorlarni shu asnoda qoldirmasdan, uni doimo takomillashtirib borish, ya'ni kafolat va imtiyozlarni kengaytirish, investitsiya faoliyati uchun qulay muhitni shakllantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo'yicha rag'batlantirishni kuchaytirish kerak.
Ushbu salohiyatlardan samarali foydalanish hisobiga mamlakat taraqqiyotiga erishish mumkin: tadbirkorlik subyektlariga turli konsalting xizmatlar ko'rsatuvchi bozor infratuzilmasi subyektlarining sonini orttirib borish; xususan, joylarda biznes- inkubatorlar tashkil etilib, ularni xorijiy investitsiya hisobiga zamonaviy uskunalar bilan jihozlashni jadallashtirish; tadbirkorlikka tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida ta'lim sifatini oshirish; tadbirkorlik subyektlarining investitsiya loyihalarini moliyalash maqsadida ularning kredit resurslaridan, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalaridan foydalanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish; tadbirkorlik subyektlari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish materiallari, yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qadoqlash kabi ishlarga zamonaviy uskuna hamda texnologiyalarni xarid qilishga ko'maklashish; tadbirkorlik subyektlarining innovatsiya faoliyatida faol ishtirok etishini rag'batlantirish va b.
I-bob. Innovatsiyalarning yaratilishi, sotuvi va xaridi motivatsiyasi nazariy
asoslari
1.1Fanni rivojlantirish innovatsion rivojlanishning asosi sifatida
Mustaqil O'zbekiston uchun dolzarb va, shak-shubhasiz, eng muhim masalalardan biri fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, milliy xo'jalikni texnik jihatdan qayta yangilash muammosidir. "Mamlakatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infratuzilmani rivojlantirish g'oyat muhim ahamiyatga ega"-deb ta'kidlaydi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

  1. A.Karimov o'zining "O'zbekiston XXl asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida.

Fan va ishlab chiqarishning uzviy bog'liqligi , ularni bir-birini taqazo etishi asosida fan-texnika taraqqiyoti yuzaga keldi. Ilm-fan ishlab chiqarishni olg'a suradi, shu bilan birga , ishlab chiqarishning taraqqiyoti ilmiy tadqiqotlarga bo'lgan talabni yuksak darajaga ko'taradi. Ilmiy faoliyat zamonaviy ishlab chiqarishning organik qismiga aylanadi. Bu fikrning tasdig'i sifatida quyidagi misolni keltirish mumkin:
Rivojlangan mamlakatlar ilm-fan taraqqiyotiga YalMning 3,5-4 foizini sarflamoqdalar. Natijada ilmiy infratuzilmada katta o'zgarishlar yuz bermoqda: ilmiy laboratoriyalar, institutlar va ulardagi ilmiy xodimlarni soni o'sib boradi; ilmiy markazlar, tadqiqotlar bilan ishlab chiqarish o'rtasidagi aloqa mustahkamlandi; ilmiy faoliyatining moddiy-texnik bazasi kuchayib bordi; mehnat unumdorligi uzluksiz o'sdi; mahsulotning assortimenti va sifati misli ko'rilmagan cho'qqilarga yetkazildi; olimlarning obro'si ortib bordi. Ishchi kuchining bilim darajasi , mehnatining mazmuni , uning ish sharoitining tashkil qilish borasida ham muhim sifat o'zgarishlari yuz berdi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko'rsatdiki , iqtisodiy islohotlarni o'tkazish jarayonida , boshqaruvning iqtisodiy usullariga o'tish davrida xo'jalik yuritishda beqaror, inqiroziy holat yuzaga kelib, ishlab- chiqarishning fan-texnika yangiliklariga ta'sirchanligi pasayadi, ishlab chiqarishning tezkor , harajatsiz foyda ketidan quvish faoliyatini kuchaytiradi. O'zbekiston Respublikasida 90-yillar boshida bozor munosabatlarini shakllantirish , iqtisodiy usullarni joriy qilish davrida yuzaga kelgan holatlar bu mulohazalarning asosli ekanligini to'la tasdiqlaydi.
Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi ahvolini tahlil qilish natijasida biz quyidagi xulosalarga keldik: yangi iqtisodiy tizimning shakllanishi davrida ishlab chiqarishning yangiliklarga chanqaqligini oshirish xo'jalikni boshqarishning ikki vazifasidan, ya'ni birinchidan, korxona, tashkilot, muassasalarning rivojlanishida iqtisodiy samaradorlikka erishishga yo'naltirilishi , bu maqsadning ustuvorligini ta'minlash: ikkinchidan, ilmiy-texnik faoliyatga O'zbekiston Respublikasining Prezidentining "Ilmiy faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida iqtisodiy shart-sharoit, ya'ni moddiy-texnik baza yaratishdan kelib chiqadi. Bu vazifalarni hal etilishida respublikamizda ilm-fanni rivojlanishi uni tashkil qilishning shakllari va tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy qilish borasidagi puxta o'langan , ilmiy asoslangan davlat siyosatini talab etadi.
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi sharoitda ilm-fanning mohiyatini, metodologik asoslarini, o'ziga xos rivojlanish yo'llarini, uning jamiyat taraqqiyotidagi o'rnini tahlil qilish va har tomonlama o'rganish eng dolzarb masala hisoblanadi. Bozor munosabatlari shakllanib kelayotgan bir sharoitda , iqtisodiy islohotlar , boshqarishning iqtisodiy usullariga keng yo'l ochib berilishi bilan, xo'jalikda
muayyan mutonosibliklar kuchayib, u fan-texnika taraqqiyotini sekinlashtiradi. Lekin bu jarayonlarning barchasi vaqtinchalik bo'lib, o'tish davrining qiyinchiliklari sifatida namoyon bo'ladi va ularni bartaraf etish respublika hukumatining doimiy O'zbekiston singari boy tarixga ega mamlakatda ilm-fan taraqqiyotining tahlili bir necha bosqichni alohida tavsiflashni taqazo etadi.
Ilm-fanning taraqqiyoti ishlab chiqarish va texnikaning talab ehtiyoji bilan belgilanadi. Jamiyatning texnika, yangi asbob-uskunalarga, ish qurollariga bo'lgan talabi, o'z navbatida , ilm-fanning tezkorlik bilan rivojlanishiga omil bo'ladi.
Demak, texnik taraqqiyot, ishlab chiqarishni rivojlantirish, ulardagi yutuqlar fan va texnika munosabatlarining shaklini o'zgartiradi. Jamiyat taraqqiyotining ilk davrlarida, J.Bernal ta'biri bilan aytganda, fan sanoat ortidan rivojlanib borgan, hozirgi davrda esa, u sanoatni boshqaradi, taraqqiyotning asosini yaratadi. Bu muammo rus olimi B.M.Kedrovning «Ilmiy va texnik tadqiqotlarni boshqarish, rivojlantirish va tashkil qilish» xalqaro ilmiy simpoziumida (1973 yil) «Fan va texnika munosabatining shakllari» mavzuidagi ma'ruzasida o'z ifodasini topgan.
Hozirgi davrda fan va texnika munosabatlari misli ko'rilmagan ravishda o'sib bormoqda. Ishlab chiqarish oldingi davrdagidek bir shaxs tomondan emas, balki ilmiy jamoalar olib borgan tadqiqotlar hisobiga rivojlanib bormoqda. Texnika va texnologiyani tobora rivojlantirishga ,yangi prinsiplarga asoslangan texnik yechimlarni topishga yo'naltirilgan izlanishlar moddiy resurs va moliya mablag'lari bilan to'la ta'minlana boshlandi. Kelajakda samara beradigan izlanishlarga keng yo'l ochildi.
Fanning asosiy funksiyasi - uzluksiz yangi ilmiy bilimlarni yaratish vazifasining muvaffaqiyatli bajarilishi ko'p jihatdan uning institusionalligi bilan belgilanadi. Jamiyat hayotidagi har qanday ijtimoiy , iqtisodiy o'zgarishlar fanning jamiyatdagi o'rnining o'zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga, fan va ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga xalaqit beradigan ijtimoiy, iqtisodiy , tashkiliy, siyosiy va boshqa to'siqlar yuzaga keladi. Bular fanning rivojlanish yo'lidagi institusional to'siqlar bo'lib, ularning yuzaga kelishini oldindan ko'ra bilish, bartaraf etishga tayyor turish ilm- fan boshqaruvini amalga oshiruvchi organlarning yangi va muhim vazifalaridir.
O'zbekistonda ilmiy tadqiqotlarni shakllantirish tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Qadimdan fan, ma'rifat va madaniyat olamining markazlari dastavval ilmparvar, odil, kelajakni ko'zlagan, xalq manfaatlarini o'ylagan shohlar saroylarida yuzaga kelgan. O'zbekistonning ilmiy salohiyati tarixi uning eng yorug' sarchasmasi bo'lgan «Avesto»ning yozilishidan boshlangan, desak xato bo'lmaydi.
XX asr oxirida ilm-fan taraqqiyotining eng muhim va o'ziga xos jihati uning tabiat sirlarini chuqur tanishib borishida, ularni o'rganish natijalarining insoniyat turmush darajasini yaxshilashga yo'llanganligidadir. Olimlar tabiat va materiyaning ishlab chiqarishda hali foydalanilmagan jihatlarini o'rganib, tamoman yangi mahsulotlar ishlab chiqarish ustida tinmay izlanishlar olib bormoqdalar, hozirgi davrdagi yutuqlar, ilmiy natijalar tabiatni, materiyani tadqiq qilishning natijasidir.
Davlatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, fundamental ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish milliy xo'jalik sanoatini yangi bosqichga olib chiquvchi muhim omildir.
Ilmiy-texnik siyosatning maqsadi davlatning ilm-fan sohasida tadbirkorlikni kuchaytirish, institut , universitetlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilmiy izlanish, loyiha konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtirish, ilmiy muassasa va laboratoriyalarda foydalanilayotgan asbob-uskunalarni yangilash, ilmiy va injener kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish ishlarini kuchaytirishdir.
Yangiliklarni joriy qilishni rag'batlantirishning muhim yo'nalishi davlat tomonidan ajratilgan moliyaviy resurslar emas, balki soliq- amortizatsiya imtiyozlaridir. Ulardan keng foydalanish milliy ilmiy-texnik taraqqiyot sohasidagi ustuvor yo'nalishlarni aniqlashga, moddiy va moliyaviy imkoniyatlarni safarbar etishga imkon beradi. Ustuvor yo'nalishlarni sanoatning rivojlanishi, raqobat kurashi va bozor mexanizmi belgilaydi.
Mamlakatda qisqa vaqt ichida ilmiy-texnik siyosatning tashkiliy va huquqiy asoslari yaratildi; yangiliklarni joriy qilish, xorijiy sarmoyalardan keng foydalanish yo'llari, ularning kafolatini ta'minlash choralari ishlab chiqildi va ular muvaffaqiyat bilan amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirishning o'ziga xos jihatlari shundaki, ularning aksariyati akademiyaning ilmiy tekshirish institutlarida o'tkaziladi. Oxirgi yillarda fundamental tadqiqotlar uchun ajratilgan moliyaviy resurslarning aksariyati akademiya institutlariga yuborilgan.
Universitetlarda ham fundamental tadqiqotlar olib boriladi, lekin ularning ko'lami bugungi kun talabiga umuman javob bermaydi. Oliy o'quv yurtlarida amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarda markaziy tadqiqotchi fan doktoridir. Ular ilmiy g'oyalarni ilgari suradilar, yuqori kurs talabalari, aspirant, yosh o'qituvchi ijtirok etayotgan guruhlarga rahbarlikni amalga oshiradilar. Afsuski, bu ishlarni samarasi ilmiy-texnik rivojlanishning talablariga javob bermaydi.
Fundamental tadqiqotlar universitetlarda byudjetdan ajratilgan moliyaviy mablag'lar hisobigagina amalga oshiriladi. Shu bilan birga , bu tadqiqotlarni moliyalashtirishning yana bir manbai bo'lgan shartnoma asosida sanoat korxonalaridan jalb qilingan mablag'lar hisobiga ham o'tkazish mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy izlanishlarni moliyalashtirish olimning obro'- e'tiboriga,uning ilmiy maktabning yutuqlari, «imijiga» hamda tadqiq qilinayotgan muammolarning dolzarbligiga bog'liq. Undan tashqari , universitetlar qoshida yosh pedagog olimlarni qo'llab- quvvatlaygan turli jamg'armalar tashkil qilinganligi, ular ham bu dargohdagi ilmiy izlanishlarning ko'lami va samarasiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Xorijiy mamlakatlarda ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirishning eng muhim va salmoqli manbai xususiy sanoat korxonalaridir. Ularning laboratoriya va ilmiy tadqiqot tashkilotlarida amaliy va tadqiqiy muammolar o'rganiladi. Kichik innovatsiya firmalari, ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot markazlari va korxonalari ilmiy izlanishlarni amalga oshirishda muhim o'rin tutadilar. Ana shu tajribadan biz ham foydalansak, ilmiy tadqiqotlar yanada jonlanar edi.
Bu ma'lumotlar Amerika sanoatida ilmiy izlanishlarga bo'lgan e'tiborning qay darjada ekanligini ko'rsatadi, hamda keskin raqobat kurashi sharoitida faqat kelajakni qo'zlab , ilmiy izlanishlarga moliyaviy, moddiy resurslarni ayamay sarf qiladigan firma va konsernlargina ishlab chiqarishning turli jabhalarida yutuqqa erishishlari mumkin, degan fikrni tasdiqlaydi.
Fanni rivojlantirishni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlardan tashqarida amalga oshirish mumkin emas. Uning maqsadi va vazifalari shu munosabatlarining o'ziga xosligi bilan belgilanadi, ya'ni fan sohasidagi siyosat davlat siyosatining ajralmas bir bo'lagi, asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy faoliyat sohasidagi siyosatda davlatning har bir tarixiy davrda amalga oshirilayotgan vazifalari va turli voqealiklar o'z ifodasini topadi.
O'zbekiston davlatining ilm-fan sohasidagi siyosatining asosiy prinsiplarining shakllanishi mustaqillikning dastlabki yillariga to'g'ri keldi. Bu davrda amalga oshirilayotgan siyosatda davlat mavqeini oshirish prinsipining ustunligi yaqqol namoyon bo'ldi.
Davlat tomonidan rejalashtirish, albatta, faqat uning tasarufidagi mahkamalar va institutlarga taalluqli bo'lib, boshqa shakldagi mulk munosabatlriga asoslangan tashkilotlar uchun tavsiya maqomiga ega. Bunday yondashish mamlakatimizda yangidan shakllanib kelayotgan ilmiy tadqiqotlar sohasidagi turli yo'nalishlarni hisobga olish asosida kelib chiqmoqda.
Uzoq yillar davomida O'zbekistonda ilmiy tadqiqotlarni moliyaviy ta'minlash faqat davlat ixtiyorida bo'lgan . Maxkama, vazirlik va korxonalarning ilmiy tadqiqotlar uchun ajratgan moliyaviy resurslari o'ta cheklangan bo'lib, umumiy hajmda respublika byudjetining 1-2 foizidan oshmagan. Xo'jalik hisobi prinsiplari asosida amalga oshiriladigan tadqiqotlar ko'lami ham katta foizni tashkil qilmagan.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, raqobat kurashi, yangiliklarning yaratilishi va ularni ishlab chiqarishga joriy qilinishi, ishlab chiqarishda tegishli fan-texnika bazasini boyishi, uning tizimiga ta'sir qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan , yangi tuzilgan kengashning, respublika metrologiya va standartlashtirish patent mahkamasi va boshqa tashkilotlarning faoliyati alohida e'tiborga loyiqdir.
Ishlab chiqrashning ilmiy-texnik asosini yaratish va uni rivojlantirishda uchta muhim yo'nalishni ko'rsatish mumkin:

  1. Umuman yangiliklarni yaratish;

  2. Yangiliklarni joriy etishda, ishlab chiqarishni rivojlantirishda «asosiy» texnologiya bo'lgan fundamental va amaliy bilimlarni rivojlantirish;

  3. Texnologik infratuzilmani , ya'ni tadqiqot va izlanishlarni amalga oshirishni, ishlab chiqarishni i njener-texnik nuqtai nazaridan ta'minlashni yaratish.

Texnologik infratuzilmaning muhim elementlari standartlar, metrologiya, sifatni nazorat qilish, o'lchov usullari va boshqalardir.
G'arbiy yevropa modeliga kapitalning asosiy qismining ilmiy tadqiqot va loyiha konstuktorlik sohasida jamlanganligi xosdir. Yangiliklarning uchdan ikki qismi yirik konsernlarda amaliyotga joriy etilishi , davlat sektorining muhim o'rin tutishi , ya'ni tadqiqotlarni o'tkazishga sarflangan mablag'larning yarmidan ko'p qismini davlatning o'z zimmasiga olishi kabi xususiyatlar yevropa modeli uchun xosdir. Shu bilan birga, yevropa Ittifoqi doirasida amalga oshirish bo'yicha yuqori darajadagi ilmiy kooperatsiyaning mavjudligini ham tan olish kerak.
Fan-texnika taraqqiyoti mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash uchun asos bo'lib, qudratli ilmiy-texnik salohiyatni vujudga keltiradi. Bu salohiyatdan qanchalik unumli foydalanilsa, chuqur ilm talab qiladigan yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishlar qanchalik ko'p yaratilsa , har tomonlama kasbiy tayyorgarlik darajasiga ega kadrlar ko'paysa, mamlakatning erishgan muvaffaqiyati ko'p, istiqboli porloq bo'ladi. Bu aksioma o'nlab mamlakatlar tajribasi sinovidan o'tgan, isbotlangan haqiqatdir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o'zining «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdidi, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ta'kidlaganidek, «Tarixan O'zbekiston Respublikasida shakllangan intellektual salohiyat XXI asr bo'sag'asida o'zining rivojlanish jihatdan, innovatsion kashfiyatlar, imkoniyatlari bilan hozirgi vaqtda jahondagi ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketgan.Ko'p jihatdan esa iqtisodiy rivojlangan mamlakatlardan qolishmaydi» .

  1. Tadqiqotlar dasturlari, innovatsiya ishlari dasturini shakllantirish va

innovatsion loyihalarga talablar
Ilmiy faoliyat uchun alohida ahamiyatga ega bo'lgan, ilmiy tadqiqot ishlarining saviyasini jahon andozalari darajasiga ko'tarishda muhim o'rin tutadigan hamda o'rnatilgan tartibda «Davlat noyob ilmiy obyektlar ro'yxati»ga kiritilgan ilmiy muassasalar, asbob-uskunalar, kolleksiyalar, kutubxonalar, muzeylar, nodir jamg'armalar va boshqa obyektlar noyob ilmiy obyekt, deb hisoblanadi.
Noyob ilmiy obyektlar bo'yicha ishlar quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • matbuotda hamda Fan va texnologiyalar Markazining internet saytida noyob ilmiy obyektlar bo'yicha takliflar berish to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish;

  • Fan va texnologiyalar Markaziga taqdim etilgan noyob obyektlar bo'yicha hujjatlarni ko'rib chiqish uchun qabul qilish;

  • qabul qilingan hujjatlarni tahlil qilish, ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim obyektlarni aniqlash va tanlab olingan har bir obyektga ajra- tiladigan bir yillik moliyaviy mablag' hajmini belgilash;

  • noyob ilmiy obyektlar bo'yicha tegishli tavsiyalar, hujjatlar va ma'lumotlarni tayyorlash;

  • noyob ilmiy obyektlar bo'yicha materiallarni komissiyada ko'rib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy- texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish;

  • har bir obyektga ajratiladigan moliyaviy mablag' hajmi ko'rsatilgan noyob obyektlar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy- texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan "Davlat noyob ilmiy obyektlar ro'yxati" sifatida tasdiqlangandan keyin bu obyektlar joylashgan ilmiy muassasa bilan Fan va texnologiyalar Markazi o'rtasida shartnoma tuziladi.

Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringi Komissiya tomoni- dan Ilmiy- texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari a'zolari, Fan va texnologiyalar Markazi, tasarrufida noyob obyektlar bo'lgan vazirlik va idoralar hamda Moliya vazirligining mas'ul xodimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Markazning Innovatsiya ishlari dasturi (keyingi o'rinlarda Dastur deb ataladi) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy- texnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish Kengashi (keyingi o'rinlarda Muvofiqlashtirish Kengashi deb ataladi) tomonidan belgilangan qisqa muddatli ilmiy-texnika rivojining davlat ustuvorligidan kelib chiqib, yangi texnologiyalarni amaliyotda keng qo'llashga, ijtimoiy va iqtisodiy rivoj- lanishning dolzarb masalalarini hal etishga, mavjud ilmiy-texnologik salo- hiyatdan samarali foydalanishga yo'naltirilgan innovatsiya faoliyatini, amaliy, ilmiy-texnik, tajriba-konstruktorlik, texnologik va boshqa ishlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashga mo'ljallangan.
Dasturni moliyalashtirish Muvofiqlashtirish Kengashi huzuridagi Innovatsiya ilmiy-texnika faoliyatini mablag' bilan ta'minlash jamg'armasi (keyingi o'rinlarda Jamg'arma deb ataladi) mablag'i hisobidan amalga oshiriladi.
Innovatsiya faoliyatining obyektlari quyidagilardir:

  1. ixtirolar, nou-xau, ilmiy-texnik ishlanmalar asosida yangi ilmiy hajmdor mahsulotlarning tajriba-sanoat namunalarini yaratish, sanoat si- novlaridan o'tkazish, yangi texnologiyalarni joriy etish, ularni ishlab chiqa- rish jarayoniga tayyorlash;

  2. mavjud texnologiyalarning raqobatbardoshligini oshirishga yo'naltirilgan, tijorat nuqtai nazaridan samarali bo'lgan, mahalliy xomashyo asosida yangi ilmiy hajmdor mahsulotlarni bozorga olib chiqish;

  1. inson va hayvonlar kasalliklarini davolashning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, yangi turdagi dori-darmonlarni, ularning substansiyalarini va tibbiy texnika mahsulotlarini ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiya- larni o'zlashtirish;

  2. tuproq unumdorligini oshirish, qishloq xo'jalik o'simliklarini yetish- tirish, ularning seleksiyasi va urug'chiligi sohasida va himoya preparat- larini ishlab chiqarishda samarali texnologiyalarini joriy etish;

  3. sanoat chiqindilarini, hamda ikkilamchi resurslarni qayta ishlash texnologiyalarini o'zlashtirish;

j) yangi axborot texnologiyalarini, dasturiy vositalarni yaratish va ish- lab chiqarishni kengaytirish;
h) ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlik bi- lan bog'liq bo'lgan huquqiy-tashkiliy, iqtisodiy va boshqaruv masalalarini hal qilish;
k) ilm-fanning zamonaviy natijalarini yorituvchi original monografi- yalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari va ilmiy-ommabop kitoblarni nashrga tayyorlash, chop etish va o'quv jarayoniga joriy etish;
l) innovatsiya faoliyatini kengaytirishga, intellektual faoliyat obyekt- larini amaliyotda qo'llashga yo'naltirilgan respublika va xalqaro seminar- lar, konferensiyalar, ko'rgazmalarni tashkil etish.
Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan ilmiy-texnika taraq- qiyotining qisqa muddatli ustuvor yo'nalishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar takliflari asosida Markaz har yili 1-maygacha respublikaning ijtimoiy-iqti- sodiy rivojlanishining dolzarb masalalarini hal etishga yo'naltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovini o'tkazish bo'yicha topshiriqlar ro'yxati loy- ihasini ishlab chiqadi.
Ro'yxat loyihasi Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan o'tkazish kengashi (keyingi o'rinlarda Ekspertiza kengashi deb ataladi) va Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari bilan kelishgan holda tasdiqlash uchun Muvofiqlashtirish Kengashiga kiritadi.
Innovatsiya loyihalari tanlovi topshiriqlari ro'yxati Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan tasdiqlangandan so'ng Davlat buyurtmasi maqomi- ga ega bo'ladi.
Markaz, har yili 1-iyulgacha ommaviy axborot vositalari orqali respub- likani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalarini hal etishga yo'naltirilgan innovatsiya loyihalari tanlovini e'lon qiladi, shuningdek, innovatsiya faoliyati ishtirokchilarini tanlovning muddatlari, talablari va loyihalarni tanlovga topshirish tartibi to'g'risidagi ma'lumotlar bilan ta- nishtiradi.
Markaz tanlovga taqdim etilgan loyihalarni tanlovning shartlari, maqsadlari va talablariga mosligini ko'rib chiqadi.
Loyihalar quyidagi hollarda tanlovga qabul qilinmaydi:

  • keltirilgan talab va qoidalarga javob bermasa;

  • loyihalarni qabul qilish muddati tugagandan so'ng.

Tanlovga yo'llangan loyihalar ro'yxati va ularga muvofiq tayyorlan- gan barcha hujjatlar Ekspertiza kengashiga Davlat ekspertizasidan o'tkazish uchun yo'llanadi.
Har bir loyihaga berilgan asoslangan ekspertlar xulosalari Muvofiqlash- tirish Kengashining tegishli seksiyalarida muhokama qilinadi. Muhoka- ma jarayonida innovatsiya loyihalarini bajarilishidan manfaatdor bo'lgan, hamda ularni hissadorlik asosida moliyalashtiradigan xo'jalik yurituvchi subyektlarning vakillari qatnashishlari mumkin.
Markaz va Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalarining yig'ilishi qarori bayonnoma ko'rinishida rasmiylashtiriladi, zaruriyat tug'ilgan hollarda yig'ilishga Ekspertiza kengashining rahbari va sohaning yetakchi olim va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Dasturga kiritiladigan loyihalar aniqlangandan so'ng Markaz loyiha- laming texnik-iqtisodiy asosnomalarini ko'rib chiqish maqsadida Moliya vazirligi vakillari, iqtisodchilar va Muvofiqlashtirish Kengashi a'zolaridan iborat Ishchi guruhini tuzadi.
Ishchi guruh loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomalarini o'rganib chiqib, ularning moliyaviy hajmlari bo'yicha tavsiyalar tayyorlab, Markazga topshiradi.
Dastur Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Dastur Muvofiqlashtirish Kengashi seksiyalari bilan kelishilgan holda, yil mobaynida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida belgilangan topshiriqlarni yechish, dolzarb ijtimoiy — iqtisodiy masalalarni hal qilishga yo'naltirilgan yangi innovatsiya loyihalari bilan to'ldirilib borishi mumkin.
Loyihalar tanlovini tashkil qilish va o'tkazish bilan bog'liq xarajatlar- ni (materiallarni ko'paytirish, jo'natish, tanlovga tegishli e'lonlar berish, jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq to'lash va boshqalar) qoplash maqsadida tanlovda ishtirok etuvchi yuridik shaxslar har bir loyiha uchun O'zbekiston Respublikasida belgilangan minimal oylik ish haqining 5 karra hajmidagi miqdorda badal to'laydilar.
Davlat ekspertizasidan ijobiy xulosa olmagan innovatsiya loyihalari bo'yicha mualliflarga va tashkilotlarga Markaz tomonidan ma'lumot va tushuntirish axborotlari berilmaydi.
Tanlovga taqdim etilgan loyihalar, materiallar va pul badali qayta- rilmaydi.
Innovatsiya loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish Muvofiqlashtirish Kengashi tomonidan belgilangan ilmiy-texnika taraqqiyotining ustuvor yo'nalishlari doirasida amalga oshiriladi.
Imtiyozli kreditlar zamonaviy texnologiyalar asosida yangi, raqobat- bardosh ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga, ularni hajmini ko'paytirishga, kichik va o'rta biznesda tijoratlashtirishga molik texnologik jarayonlarni takomillashtirishga yo'naltirilgan innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Imtiyozli kredit loyihaning rejalashtirilgan moliyaviy hajmining 50 foyizi miqdorida, kontrakt imzolangan kundan boshlab 5 yil muddat ichida qaytarish majburiyati bilan Jamg'arma hisobidan ajratiladi.
Innovatsiya obyektining tayyorlik darajasi: (texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning sanoat yoki tajriba namunasi mavjud) chizmasi yoki surati ilova qilinadi.
Innovatsiya obyektining texnologik ta'minlanganligi: (ishlab chiqarish bazasining, texnologik tizimning, asbob-uskunalarning va zarur infra- tuzilmaning mavjudligi) xatlar va boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Innovatsiya obyektining xomashyo bilan ta'minlanganligi: ta'minlovchi tashkilotlarning xatlari ilova qilinadi.
Loyihani amalga oshirish bosqichlari.
Rejalashtirilgan umumiy xarajatlar.
Loyihani bajarilish miqyosi: loyihani bajarilishidan manfaatdor vazirlik, idora va boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar ko'rsatilsin. Ishlab chiqari- lishi rejalashtirilayotgan ilmiy hajmdor mahsulot qancha miqdorda im- portni qisqartiradi (foizlarda), eksportga yo'naltirilgan yoki qanday muayyan soha talabini qondiradi?
Yakuniy natijalar tasnifi: Loyihani bajarilishi natijasida muayyan iqti- sodiyot tarmog'ida qanday texnologiya, texnologik tizim, sanoat-tajriba qurilmasi o'zlashtiriladi yoki mavjudining samaradorligi oshadi; qanday ilmiy hajmdor mahsulotlarni ishlab chiqarish boshlanadi (to'la ma'lumot keltiriladi).
Loyihani bajarilishi natijasida kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik: ishlab chiqarish hajmi; texnologiya yoki ilmiy hajmdor mahsulotning tannarhi; loyiha yakunlangandan so'ng 1—2—3 yil davomida erishiladigan iqtisodiy samaraning hisobi (loyihaga sarflangan mablag'larning qoplanish davri) (to'la ma'lumot keltiriladi).
Loyihaning budjeti va uning asosnomasi:

  • rejalashtirilgan xarajatlar va ularning asoslovi;

  • vaqtincha ijodiy jamoa tarkibi va ularning vazifalari;

  • sotib olinishi rejalashtirilgan xomashyo, asboblar va texnik vosita- larning asosnomasi;

  • xizmat safarlarining asosnomasi.

  1. Ilmiy va ishlab chiqarish korxonalarining nazariy va amaliy innovatsiya

faoliyati
Korxonalar boshqaruvi uning pul bilan bog'liq bo'lgan ko'rsatkichlari tahliliga asoslangan. Ammo bunday yondashish korxona faoliyatidagi boshqa muhim tomonlarini ochib berolmaydi. Amerikalik olimlar R. Kaplan va D. Norton 1990- yillarda 12 ta yirik kompaniya xo'jalik faoliyatining pul bilan bog'liq bo'lmagan ko'rsatkichlarini ham hisobga oladigan natijalarni baholash tizimini o'rgandilar va ko'rsatkichlarning muvofiqlashgan tizimining konsepsiyasini yaratdilar.
Bunday yangi tizim korxonaning pul bilan bog'liq ko'rsatkichlarini uning boshqa turdagi ko'rsatkichlari bilan bog'lashga yo'naltirilgan, boshqaruv tizimi ko'rsatkichlariga aylantirish masalalari hal qilingan. Buning uchun korxonaning erishgan ko'rsatkichlarini kelajakdagi olinishi mumkin bo'lgan natijalar bilan bog'lash zarur bo'ldi.
Ko'rsatkichlarning muvofiqlashtirilgan bunday tizimi avval korxona darajasida, keyinchalik korxonaning bo'limlari va hatto alohida xodimlari darajasidagi boshqaruv tizimiga aylandi va 1999-yildan boshlab dunyo- ning 300 dan ortiq (AQSH, Kanada, Germaniya, Shveytsariya) korxo- nalarida tatbiq etila boshladi. Banklar esa (Dentche Bank) bu tizimni o'zining hisobotiga indikator sifatida kiritdilar.
Iqtisodiy, ijtimoiy axborotlarni qayta ishlashdagi bu yangi yondashuv- ni nafaqat korxonalarning ko'rsatkichlari tizimi sifatida, balki loyihalar boshqaruvining hamma tomonlarini qamrab olgan tizim deb ham qara- lishi lozim. P. Xorvatning fikricha, axborotlarni yig'ish, tahlil qilish va baholash, ko'rsatkichlarning muvofiqlashtirilgan tizimida katta rol o'ynaydi, hozirgi kunda dunyoning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish bo'yicha eng kuchli kompaniyalari shu maqsadlar uchun dasturiy vositalarini yara- tish bo'yicha ish olib borishmoqda.
Ammo R. Kaplanning tan olishicha, bu nazariya takomil emas, chunki bunda eng asosiy narsa — baholash vositasi yo'q.
R. Kaplanning yuqorida ta'qidlangan usulini innovatsiya loyihalariga moslashtirilgan holda qo'llash maqsadida quyidagi chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi:

  • ilmiy ishlab chiqarish va kichik innovatsiya korxonalarining ko'rsatkichlari majmuasini ishlab chiqish;

  • ko'rsatkichlarni tashkilotning strategik maqsadlari, vazifalari bilan uzviy bog'liqligini taminlash, ularni ko'p funksiyali indikatorlarga o'tkazish, ularning o'lchov birliklarini aniqlash:

  • korxonaning ilmiy faoliyati ko'rsatkichlarining muvofiqlashtirilgan tizimini ishlab chiqish, ko'rsatkichlararo bog'liqlik darajasini aniqlash, ularni statistik — matematik qayta ishlash formulalarini hisoblash, baholash va boshqarish bo'yicha dasturiy vositalarini yaratish;

  • loyiha rivojlanishining qisqa va uzoq muddatga mo'ljallangan im- mitatsion modelini yaratish;

  • qaror qabul qilish jarayonini amalga oshirish — loyihaning amaliy natijalarini kompyuterda olingan natijalar bilan solishtirish, xatoliklarni tahlil qilish.

Quyida axborotlarni miqdoriy tahlil qilish, agregatsiyalash usuliga asos- langan korxonalarni innovatsiya faolligini, ilmiy-amaliy salohiyatini o'rganish metodologiyasi keltirilgan.
Korxonalarning ilmiy-texnik salohiyati — bu korxonaning yangi texnika va texnologiyalarni joriy etishga, modernizatsiyalashga yo'naltirilgan il- miy, ishlab chiqarish va axborot zaxiralarining majmuasidir.
Innovatsiya korxonasining ilmiy-amaliy faolligini baholash uchun birinchi bosqichda korxonaning o'tgan 5 yil davomidagi faoliyati haqidagi birlamchi axborotlar yig'ib olinadi.
Bozor munosabatlarining chuqurlashib borishi bilan yangi turdagi mahsulot va texnologiyalarning tarqalishi (ommaviy tus olishi) salohiyatli investorning tijoratli tavakkalchiligining o'sishi bilan ko'proq bog'liqdir. Tijoratli tavakkalchilikni kamaytirish uchun, oldingi mavzularda ta'kidlanganidek, tadqiqot va ishlab chiqilmalarni tanlov (konkurs) asosida bajarishga intlish lozim. Xo'jalik yuritishning bozoriy ko'rinishlariga mos keluvchi innovatsiyalarni boshqarishning yangi tizimi zarurdir.
Amaliy tadqiqotlar va ishlab chiqilmalarni moliyalashtiruvchi salohiyatli investor raqobatbardosh mahsulotni yaratishga mablag'larni sarf qilishning tijoratli tavakkalchilik darajasini bilish kerak. Bunday mahsulot bozorda yo yangi avloddagi texnikani ishlab chiqish, yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotni takomillashtirish (modernizatsiya)dan keyin paydo bo'lishi mumkin.
Bugungi kunda respublikada investitsiya — innovatsiya milliy Dasturi yagona maqsadga yo'naltirilgan holda, izchillik bilan amalga oshirilmoq- da. Mazkur Dasturda yaqin yillarga mo'ljallangan ustuvor va strategik ahamiyatga ega loyihalar belgilangan bo'lib, Dastur iqtisodiyotning yoqilg'i- energetika, mashinasozlik, tog'- konchilik, kimyo, yengil sanoat hamda qishloq xo'jaligi mahsulotini qayta ishlash sohasi kabi deyarli barcha so- halarini qamrab olgan.
Dasturni amalga oshirishda respublika hukumati huzuridagi Fan va texnologiyalar Markazi muammolar bo'yicha kengashi, tarmoq ilmiy-texni- ka markazlari, viloyatlar qoshidagi fan va texnika xalqaro markazlari hamda ilg'or texnologiyalar markazlari ishtirok etadilar. Xalqaro markazlarda amaliy (ishlab chiqarish tuzilmalarida tayyorlangan) va innovatsion (fan va ilmiy xizmat ko'rsatish sohasidagi) vazifa hamda muammolar shakl- lantirilib, konsalting va axborot xizmatlari ko'rsatiladi. Shu bilan birga bu sohada hali amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalar ko'p. Jumladan, innovatsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish zarur. Innovatsion faoliyat markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan turda moliyalashtiriladi. Birinchi usulda pul mablag'lari: davlat budjeti, ilmiy- texnik rivojlanish davlat Dasturiga kiritilgan loyihalarni maqsadli moliya- lashtirish: tanlov ishlarini bajarish bo'yicha jamg'armalar; muayyan loyi- ha uchun ajratilgan va qaytarilishi kutilmaydigan grantlar hamda subsidi- yalar; hokimiyatlar va boshqaruv organlari maxsus buyurtmalarini moliy­alashtirish; davlat banklarining kreditlari hisobidan taqdim etiladi.
O'zbekistonning Davlat investitsiya siyosati birinchi navbatda iqtisodi- yotda tuzilmaviy o'zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar investitsiya faoliyatini jadallashtirish hamda chet el investitsiyalarini keng miqyosda jalb qilish, shuningdek, investitsiya loyihalari tanlovi asosida ijtimoiy masalalarni hal etishga yo'naltirilgandir.
Bozor xo'jaligiga mos bo'lgan soliq tizimiga o'tish innovatsiya tuzil- masining moliyaviy jihatdan ta'minlanishi yaxshilanishiga ko'maklashadi. Mazkur tizimning mohiyati belgilanayotgan soliq miqdori mahsulotning yangi yaratilgan qiymati miqdori, olingan foyda hamda mavjud bo'lgan mulk qiymatiga bevosita bog'liqligidan iborat.
Salohiyatli sarmoyadorlar erkin pul mablag'larini jalb etishda eng muhim iqtisodiy instrument fond bozoridir. Aksiyalar likvidligi, firmaning reklama-axborot faoliyati, valyuta maydonchasida sotuvga qo'yilgan ak- siyalar harakatining tahlili va aksiyalar paketini chet el investorlariga so- tish Fond bozori holatining yanada yaxshilanishiga xizmat qiladi.
AQSH va Buyuk Britaniya mamlakatlari tajribasidan ravshan bo'ladiki, qulay innovatsion tadbirkorlikni tashkil qilish uchun imtiyozli aksiyador- lik opsionini qonun asosida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu opsionga ko'ra, innovatsion korxonalarning ma'lum bir qismini emissiyadan bir necha yil o'tganidan so'ng, opsion berilgan paytdagi nominal qiymatga teng bo'lgan narx asosida sotib olish huquqi taqdim etiladi. Natijada, yuqori malakali xodimlar va menejerlar uchun innovatsiya korxonalaridagi mehnat jozibadorligi oshadi, chunki kichik korxonalar yirik korporatsiyalar kabi yuqori ish haqini belgilay olmaydilar, biroq ularda kelgusi foydadan daro- mad olish imkoniyati mavjud.
O'zbekistonda innovatsiya faoliyatini tadbirkorlikning ustuvor yo'nalishiga aylantirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • uzoq muddatga (10 yil) hamda yaqin 2—3 yilga mo'ljallangan davlat innovatsiya siyosatining asosiy yo'nalishlarini qamrab olgan innovatsi- ya tuzilmasini rivojlantirish dasturini yaratish. Ushbu dasturda davlat or- ganlari va ilmiy birlashmalarning (O'zR Fanlar Akademiyasi, sohalar bo'yicha ilmiy-texnik va muhandislik jamiyatlari va boshqalar) vazifalari aniq ishlab chiqilishi lozim:

  • innovatsiya loyihalarini ekspertizadan o'tkazishning samarali tizimini tashkil qilish. Bu tizimda loyihalarga qo'yiladigan talablar: bosqichma- bosqich amalga oshirilishi, qaytarilmaslik, mualliflar bilan muloqot, ek- spertlarning javobgarligi, ularni rag'batlantirish muddati chizilganligi va boshqalar:

  • mualliflik huquqiga rioya qilish. Ilmiy-texnika va innovatsion fir- malar faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratish. Mazkur firmalarda asosiy texnik yechimlarning mualliflari bilan bir vaqtda korxona egalari ham hal qiluvchi rol o'ynaydi;

  • innovatsiya tashkilotlari sektoriga moliyaviy qo'yilmalar va real in- vestitsiyalar uyg'unlashuvini ta'minlaydigan innovatsiya loyihalarini moli­yalashtirishning venchur tizimini tashkil qilish;

  • innovatsiya loyihalari haqida ma'lumotga ega bo'lgan kuchli axborot tizimini tashkil qilish;

  • qonunchilik me'yoriy bazasini, soliq solish, hisoblash tartibi va undirilishini soddalashtirish hamda innovatsiya faoliyatini rag'batlantirish jihatlarini takomillashtirish:

  • innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishning nodavlat tizimini rag'batlantirish;

  • qaytarilish asosidagi loyihalar moliyalashtirilishining rivojlantirish, texnoparklar shaklidagi ilmiy tashkilotlar tuzilmasini shakllantirish;

  • lizingni rivojlantirish;

  • yirik loyihalarga birgalikda sarmoyalar qo'yish uchun moliyaviy uyushmalar faoliyatini rivojlantirish (banklar uyushmasi);

  • investitsiya, kredit va sug'urta moliya institutlarini rivojlantirish;

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish iqtisodiyot tuzilmasini tub- dan o'zgartirish, xomashyo jarayonidan tayyor raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga o'tish, O'zbekistonning jahon xo'jaligi aloqala- riga integratsiyalashuvini jadallashtirish vazifalariga muvofiq ilmiy-tad- qiqotlar, ishlanmalar va innovatsiya loyihalarining davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi mamlakatimizda investitsiya- innovatsiya milliy Dasturi asosidagi loyihalarning jadallik bilan amalga oshirilishida muhim omil hisoblanadi.
Innovatsion jarayonlarning moliyalashtirilishi. Innovatsion faoliyat- ning rivojlanishi alohida korxona darajasida ham integratsiyalashgan va davlat strukturasida ham umumiy hammasi bo'lib moliyalashning samarali sistemasini tashkil qiladi.
Xo'jalik yurituvchi subyektlar va innovatsion korxonalarning moliya- lari, uning boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlar va banklar bilan ilmiy- texnik mahsulotlar to'lovida hamkorlikda, material va qo'shimcha buyum- larni yetkazib berishda, mehnat jamoasi va davlat boshqaruv organlari hisob-kitoblarining pulli munosabatlarini o'z ichiga oladi.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitlarida innovatsion faoliyatni moliya sistemasi davlatning moliyaviy siyosatida tarkibiy element sifatida bir qancha masalalarni yechimini ta'minlashi zarur:

  • mamlakatning xalq xo'jaligi kompleksining barcha zvenolarida texnik yangiliklardan samarali va tez foydalanish uchun muhim ishlanmalarni yaratish va ularning strukturaviy-texnologik qayta qurilishini ta'minlash;

  • iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishida strategik ilmiy-texnik poten- sialning rivojlanishi va saqlanishi;

  • texnikaviy va ilmiy kadrlarning potensialini saqlab qolish uchun kerakli xomashyoli shart-sharoitlarni yaratish.

Ilimiy texnikaviy va innovatsion rivojlanishini moliyalash sistemasi doimiy rivojlanishdagi va juda murakkab mexanizm hisoblanadi. Bu yerda moliya- lashning asosiy vositalarining omillari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

  • davlat va hududiy darajalarda ajratiladigan budjet assignovaniyasi;

  • hududiy boshqaruv organlari va korxonalar bilan tashkil topuvchi, ITTKIni moliyalaydigan nobudjet fondlarning maxsus vositalari;

  • korxonalarning xususiy vositalari;

  • tijorat strukturalarining har xil turlarining moliyaviy resurslari;

  • davlat tomonidan maxsus vakolatli investitsion banklarning kredit resurslari;

  • sanoat va tijorat firma va kompaniyalarning chet el xorijiy investit- siyalari;

  • milliy va xorijiy ilmiy fondlarning vositalari;

—jismoniy shaxslarning shaxsiy boyliklari.
Innovatsion sohaning islohoti ITTKIni moliyalashda davlatning ish ustuvorligini aniqlamasdan ilmiy-texnik faoliyatini shakllanishi, xususiy sektorning innovatsion faolligi mumkin emas.
ITTKIning bozor iqtisodiyotida soliq rag'batlantirishi budjet subsidi- yalariga qaraganda bir qator imtiyozlarga ega. Chunki u:

  • xususiy sektorning avtonomligini va izlanishlar, qayta ishlatishlarni tanlashda va ularni realizatsiyasida iqtisodiy javobgarlikni saqlaydi;

  • maqsadga muvofiq bozor bilan tan olgan texnologik innovatsion- laming davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishini tahlil qiladi;

  • alohida kompaniya va tarmoqlar uchun sharoitlar yaratilmaganligi uchun raqobatning rivojlanishini rag'batlantiradi.

Rivojlangan davlatlarda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari mavjud:

  • ITTKIga xarajatlarning foyda summasidan soliqqa tortishni qisqartirish;

  • ITTKIga to'lanadigan soliq miqdorini chegirmalash, investitsion soliq kredit; soliqqa tortish vositalari bo'yicha alohida imtiyozlar, fundamental izlanishlarni moliyalashtirish, kichik va o'rta biznesni moliyalashtirish uchun soliq imtiyozlarini yaratish.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning malakalaridan iqti- sodiyotning ustuvor sohasida funksional bo'lgan tadbirlar uchun respub- likada qabul qilingan barcha imtiyozlarni innovatsion tadbirlarda ko'paytirish lozim.
O'zbekistonda innovatsionlarning shakllanishi, shuningdek, tadbirkor- likning innovatsion shaklining rivojlanishini ham shakllantiradi. Qimmatli qog'ozlar bozorini boshqaruv bo'yicha choralar ko'riladi, davlatning kredit asosida moliya va soliq imtiyozlari tadbirkorlarga kafolatlar beradi, amor- tizatsiyaning chiqarib tashlashning tezkor metodlari qo'llaniladi, tadbir- korlarni o'qitish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasining Fan va texnika bo'yicha davlat qo'mitasi ishlab chiqarish strukturasining tarmoqli va hududiy birlashtiruvchi innovatsion faoliyatning milliy dasturini ishlab chiqmoqda.
O'zbekistonning amaliy va innovatsion dasturlarni moliyalashning o'ziga xosligi shundaki, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlarni ilmiy-texnik muvaffaqiyatlarining tijorat realizatsiyasiga mo'ljallantiradigan vositalarning qaytarilib berilishini talab qilinishidadir.
Eksport salohiyatini oshirish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda jahon andozalariga muvofiq keluvchi yuqori sifatli sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, turli xil xizmatlar ko'rsatish dolzarb vazi- falardan sanaladi. Ushbu jarayonda 9000 seriyasidagi ISO xalqaro standartlariga muvofiq bo'lgan sifat menejmenti tizimi sertifikatsiyasi muhim ahamiyatga egadir.
Bugungi kunda O'zbekistonning qator korxonalari oldida sifat menejmenti tizimi (SMT)ni ishlab chiqish va tatbiq etish vazifasi turibdi. Xusu- san, hukumatimizning "Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo'lgan sifatni boshqarish tizimini tatbiq etish to'g'risida"gi qaroriga asosan SMTni joriy qilishi lozim bo'lgan 202 korxonani shular jumlasiga kiritish mumkin.
Korxonalar rahbarlariga SMTni tatbiq etish maqsadlarini aniqlashda prinsipial jihatdan o'zgacha yondoshuvga amal qilish tavsiya etiladi. Bun- day yondoshuv uchta oddiy qoidaga asoslangan, xususan:

  1. Korxonangizda qanday jarayon va yoki vazifalar korxonangizning «tor joyi», nozik tomoni hisoblanadi hamda tubdan qayta qurish va yax- shilashni talab qiladi.

  2. Qayta qurish — bu yangilik jarayoni, uni munosib kadrlar bilan mustahkamlang, qo'shimcha resurslar bilan ta'minlang, jarayonni tartib- ga soling va imkon qadar avtomatlashtiring.

  3. ISO 9000 seriyasi standartlari talablariga muvofiq bu jarayonni boshqaring.

Shunday qilib, korxonalar rahbarlari bir me'yorda ishlayotgan ja- rayonlarni
hujjatlashtirish uchun resurslar sarflamasligi, ammo butun e'tiborni aynan tez orada yaxshilashni talab qilayotgan amaliy jihatlarga qaratishi zarur.

II bob. Innovatsiyalarni amalda tadbiq etishning muhim omillari

  1. Tadbirkorlarning innovatsion salohiyati va davlatning innovatsion-

strategik funksiyasi
Agar mikroinnovatsiyalar va yaxshilovchi innovatsiyalar tadbirkorning tashabbusi bilan va uning mablag'lari hisobiga o'ylab chiqilishi va ijro etilishi mumkin bo'lsa, iqtisodiyotda chuqur o'zgarishlarga sabab bo'ladigan asosiy va muhim (epoxal) innovatsiyalar to'rtta asosiy kuch - davlat, fan, tadbirkorlar va jamiyatning o'zaro aloqa qilishi, hamkorligini ko'zda tutadi. Bu kuchlarning har biri o'z manfaatlariga ega bo'lib, bu hamkorlikda o'ziga xos funksiyalarni bajaradi va innovatsiyalardan olinadigan qo'shimcha foydadan, innovatsiyalar mahsulidan foydalanishda o'z ulushiga ega bo'lishi lozim.
Innovatsion faollik tadbirkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Tadbirkor oliy unvoniga bozor iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan tashkilot yoki korxonaning raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishish uchun doimiy ravishda yangiliklar izlash va qo'llashga moyil bo'lgan rahbargina munosib. Bu tadbirkorlarga yuqoridan berilgan qismat ham, ma'naviy burch ham emas. Bu qattiq raqobat kurashida jon saqlash ehtiyoji amr qiladigan jiddiy hayotiy (iqtisodiy) zaruratdir. Innovatsionlik bu - raqobat qonuni, bozor iqtisodiyotining zaruriy xususiyati bo'lib, u yoki bu bozor tizimi usiz turg'unlikka, boshqalar tomonidan siqib chiqarilishga va halokatga mahkumdir.
Istalgan mulkchilik shaklidagi tadbirkorlarning innovatsion salohiyatini baholashda quyidagilarni aniq farqlay olish zarur:

  • tadbirkorlarni innovatsiyalar riskli yo'liga turishga undaydigan stimullar;

  • tadbirkorlar uchun innovatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatlari;

  • tadbirkorlarning innovatsion faolligini to'xtatib turadigan cheklovlar.

Odatda tadbirkorlarni innovatsiyalarga undaydigan stimullar ularning bozorda
sifatliroq, raqobatbardoshligi balandroq va tamomila yangi mahsulot sotish yoki samaraliroq yangi yoki modifikatsiyalangan texnologiya qo'llash hisobiga olinadigan foydani oshirishga ishtiyoqi bilan bog'lanadi. Bu shunday, lekin hali haqiqatning hammasi emas. Muvaffaqiyatli innovatsiyalar haqiqatda foyda va hatto qo'shimcha foyda (innovatsion kvazirenta) ham keltiradi. Biroq bu qo'shimcha foyda innovatsion bo'sag'a yo'lida yotadi, uni bosib o'tish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi: yangi mahsulot va texnologiyani o'zlashtirish davrida yuqori xarajatlar (tamomila yangi mahsulot yoki texnologiya bo'yicha ayniqsa yuqori bo'lgan muqarrar o'zlashtirish xarajatlari). Bundan tashqari, yangi yoki yaxshilangan mahsulot (tovar yoki xizmat) xaridorlari o'zini qanday tutishi, bozor uni qanchalik qabul qilishi, xarajatlarning o'zini qoplashi va sotuv hajmidan umidlar o'zini oqlashi ma'lum emas. Buning ustiga, yangi mahsulot (texnologiya) oxiriga yetkazilmagan, doim har bartaraf etib bo'lmaydigan jiddiy kamchiliklarga ega bo'lishi va kutilgan samara chiroyli bir orzu, xomxayol bo'lib chiqishi mumkin. Shu sababli tadbirkor yetti o'lchab bir kesishiga, ya'ni bironta yangi ishni boshlashdan oldin yaxshilab o'ylab ko'rishiga to'g'ri keladi.
Biroq tadbirkorni baribir innovatsion risk tomon yurishga undaydigan kuch bor. Bu bozor raqobati kuchidir. Raqobat qonuni tadbirkorlarni foydaning pasayishi, raqobatbardoshlikni yo'qotish va bankrot xavfi ostida riskli innovatsion yo'l tutishga majbur qiladi. «Men bo'lmasam, boshqasi» qoidasi amal qiladi. Bozor nafaqat bozor «nisha»lari uchun, balki xaridorlar talabi va moyilligi uchun ham kurashadigan tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarga to'la. Kim xotirjam bo'lib, tortishuvlarda charchab qoladigan, bu musobaqada ortda qoladigan bo'lsa, ertami-kech bozordagi o'z o'rnini yo'qotadi va xonavayron bo'ladi. Bu xavf har bir tadbirkorga - xoh kichik, xoh yirik tadbirkor bo'lsin - tahdid solib turadi (jumladan, yaqinda xonavayron bo'lgan, yo'qotishlari milliardlab dollarni tashkil qilgan yirik amerika yoki italyan korporatsiyalari kabi TMKlar).
Davlat byudjeti mablag'lari hisobiga olingan ilmiy-texnik faoliyat natijalariga egalik qilish huquqini taqsimlashda bunday natijalarga egalik qilish alohida huquqlarini davlatga biriktirib qo'yish, ularning taqdirini amaldorlar ko'rib chiqishi uchun berish maqsadga muvofiq emas. Bu huquqlarni ijrochilarga (mamlakat xavsizligi va mudofaasiga tegishli bo'lgan ixtirolardan tashqari) bepul berish xaqidagi taklif asosliroq ko'rinadi. Bu ixtirolar va ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijalaridan innovatsion foydalanishda tadbirkorlarning tashabbuslari va mas'uliyati o'sishiga xizmat qiladi.
Biroq yangi tartibni joriy qilishda uchinchi va asosiy hamkorni - o'z g'oyalarini ixtirolar va ilmiy-texnik faoliyatning boshqa natijalarida mujassam etgan ijodkor shaxsni esdan chiqarmaslik kerak. Olimlar, konstruktorlar, muhandislar, yangi samarali texnik g'oyalarning boshqa mualliflari va ularni amalga oshirishga ko'maklashuvchi shaxslar bunda vujudga keladigan foyda va qo'shimcha foydadan kafolatlangan ulush olishlari lozim.
Davlat mahalliy intellektual mulklarni xorijda himoya qilishda ham faol rol o'ynashi lozim. Hozirda uning sezilarli ulushi xorija TMK va firmalariga deyarli bepul berib yuborilmoqda va ularga ko'plab daromad keltirmoqda. Dasturlar va boshqa intellektual mahsulotlar eksportidan, ofshor dasturlashni rivojlantirishdan ko'p milliardli daromad olayotgan Hindiston tajribasini hisobga olish lozim: axborot texnologiyalari ulushiga Hindiston eksporti umumiy hajmining 20%ga yaqini to'g'ri keladi.
Bu yerda gap tabiati bo'yicha innovatsion xarakterga ega bo'lgan bilimlar jamiyati, gumanistik-noosfera postindustrial sivilizatsiyasi shakllanishi davrida jamiyat rivojlanishi va iqtisodiyotda davlatning rolini qayta ko'rib chiqish xaqida boradi.
Bunday jamiyatda o'tmishda qolib ketayotgan industrial sivilizatsiyaga xos bo'lgan davlatning iqtisodiyotdagi roliga bo'lgan ikkala yondashuvi umuman maqbul emas. Jamiyatdagi asosiy boyliklar mulkdori va boshqaruvchisi, asosiy investor va innovator sifatida davlatning cheksiz hukmronlik konsepsiyasi iqtisodiyotning osoyishta rivojlanish, davr chaqiriqlariga to'g'ri javob berishga qodir bo'lmagan byurokrat- amaldorlar apparati zo'ravonligi sharoitlarida o'zining samarasiz ekanligini ko'rsatdi.
Intellektual mahsulot (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, EHM uchun dasturlar, integral mikrosxema topologiyalari, ma'lumotlar to'plami va h.k.) kimning tashabbusi bilan va qaysi mablag'lar hisobiga yaratilganligidan qat'i nazar mamlakat boyligining eng muhim qismidan samarali foydalanish haqida ketmoqda. Ixtirolarga arizanlarni baholar va ekspertizadan o'tkazar ekan, davlat patent idorasi ularning orasidan eng istiqbolli va samaralilarini tanlab olishi hamda ulardan mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar yangi mahsulot va texnologiyalar yaratishda foydalanishiga ko'maklashishi zarur.

  1. O’zbekiston sanoat tarmog’ida innovatsiya strategiyasini qo’llash va uni

amalga oshirish yo’llari
O'zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishishi sanoat taraqqiyoti, milliy ishlab chiqarishni sanoatlashtirish muammolariga butunlay yangicha yondashish imkonini berdi. Mamlakatning mavjud tabiiy - xom ashyo va mehnat resurslariga tayangan holda aholining iste'mol tovarlariga bo'lgan asosiy ehtiyojlarini qondirishga imkon beruvchi sanoat korxonalarini barpo etish uchun shart-sharoit yuzaga keldi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida yuqori inflyatsiya darajasi, ishsizlik va xo'jalik aloqalarining izdan chiqishi sharoitida iqtisodiyotning real sektorida, xususan, sanoatda ishlab chiqarish sur'atlarini saqlab qolish murakkab muammo bo'ldi. Davlat sanoat salohiyatini (avvalo moddiy- texnik) saqlab qolishga qaratilgan siyosat olib borib, o'zak tarmoqlar - yoqilg'i-energetika majmui va qishloq xo'jaligiga o'z tasarrufidagi resurslarni yo'naltirdi. Sanoat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab olinib, uni amalga oshirishga kirishildi. Bu yo'nalishlar yoqilg'i-energetika majmuini jadal rivojlantirish; hamda neft va gaz qazib olishni kengaytirish chora-tadbirlarini ko'rish; ishlab chiqarish va aholi uchun eng zarur investitsion va iste'mol tovarlarini chetdan olib kelishni qisqartirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab olish; qishloq xo'jaligi mahsulotlarini mahalliy sanoat imkoniyatlari negizida qayta ishlashni rivojlantirish; osh tuzi, spirt, gugurt kabi kundalik ehtiyoj tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishdan iborat bo'ldi.
Mustaqillikka erishgan dastlabki davridagi mamlakatimizning milliy xo'jaligi, jumladan, sanoat tarkibi yuqori texnologiyaga asoslanmaganligi, ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishga yetarli darajada yo'nalmaganligi va ekstensiv omillarga asoslanganligi bilan tavsiflansa, hozirda intensiv omillarga tayangan, qo'shilgan qiymat ulushi yuqori, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarayotgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan sanoat korxonalari ko'paydi.
Milliy sanoat va uning sohalari iqtisodiyotning dinamik o'zgarishda bo'lgan hamda ishlab chiqarish sur'atlari jadal oshayotgan tarmoqlari hisoblanadi. Ayniqsa, sanoatning qora metallurgiya, neft va neft kimyosi, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sohalarida ishlab chiqarish hajmi so'nggi yillarda tez o'smoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o'tishning ustuvor yo'nalishlaridan biri iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion islohotlar, tub yangilanishlarni modernizatsiya qilinishi hisoblanib, u makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, korxonalarni yangi texnologiyalar bilan jihozlash, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi. Ushbu jarayon, shubhasiz mamlakatning innovatsion, iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan bir paytda, undan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Binobarin, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek "Ushbu siyosat, avvalo, mamlakatning iqtisodiy qudratini yanada mustahkamlash, boy tabiiy, xom ashyo va mehnat resurslari, intelektual va ilmiy-texnikaviy salohiyatimizdan to'la va samarali foydalanishga yo'naltirilgan bo'lishi darkor. Shuni takror aytish joizki,bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan , har tomonla asosli va chuqur o'ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta'siridan himoya qiladigan kuchli to'siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini sratdi".
Darhaqiqat mamlakatning jahon xo'jalik tizimiga faol kirib borishi, iqtisodiyotning ochiqligini kengaytirish va erkinlashtirish, innovatsiya asosida modernizatsiya qilish sharoitida O'zbekistonda iqtisodiy o'sishni barqaror sur'atlarni ta'minlashga alohida ahamiyat berilishini taqazo etadi. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi O'zbekiston uchun hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotda sanoat- innovatsion rivojlanish strategiyasi iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va modernizatsiya qilish, mahsulotlarning raqobatli turlarini ishlab chiqarish va tovarlar eksportini o'stirish uchun sharoitlar yaratishni ta'minlashi hozirgi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion o'zgarishlarni amalga oshirish sur'atlarini jadalashtirishni talab etmoqda. Iqtisodiyoti rivojlangan mamalakatlar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki chuqur, samarali innovatsion strategiyani amal qilishi mamlakat iqtisodiy va tabiiy omillaridan oqilona foydalanish orqaligina amalga oshirish mumkin. Bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida iqtisodiyot innovatsion shakllanishi eng avvalo iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi tarmoqlar hisobiga yuz beradi, bu esa o'z navbatida mamlakat iqtisodiyotini xom ashyo eksport qilishini kamaytirish bilan birga uni qayta ishlashni rivojlantirishga, valyuta mablag'larining tejalishiga, aholi bandligining oshishiga sabab bo'ladi. Ushbu omillar o'z navbatida innovatsiya strategiyasini amalga oshirish mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi o'rnini mustahkamlanishiga olib keladi. Biroq, bugungi fan texnika taraqqiyoti, qolaversa jahon bozorida ro'y berayotgan innovatsion o'zgarishlar erishilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolishga imkon bermaydi.
Mazkur masalaning ijobiy hal qilinishi esa iqtisodiy mustaqillikka erishish va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash imkoniyatini yaratadi.
Mamlakatda iqtisodiyotning tashqi omillarga ta'sirchanligini kamaytirish uchun yuqori texnologiyali ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion jarayonni amalga oshrishdan maqsad investitsiyalashtirishning sifat o'zgarishini ta'minlagan holda sub'ektlar olayotgan foyda o'sib borishiga erishishdan iborat. Chunki har qanday iqtisodiy jarayon ishlab chiqarish jarayonidagi ishlab chiqarish resurslarini iqtisodiy mahsulotlarga aylantirish bilan bog'liq. Bozor iqtisodiyoti sharoitida erkin raqobatga sub'ektlar o'zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan bardoshli bo'lishlarini, mavjud resurslarni iqtisodiy mahsulotlarga aylantirishda ilg'or ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga asoslanishni talab etuvchi bu jaraen uchun ma'lum vakt zarur. Bu vaktni tejash ham innovatsion yutuqlarga va ularni qo'llash darajasiga bog'liq.
O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini erkinlashuvi globallashuv jarayonlarining tarkibiy qismi sifatida mamlakat mintaqalarida tovar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni sezilarli darajada jadallashtirish, erkin raqobat mexanizmlarini keng joriy etish asosida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va mahsulot sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi Iqtisodiy va tarkibiy siyosatni amalga oshirishning hozirgi bosqichida O'zbekistonning eksport salohiyatini yuksaltiradigan, uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlaydigan va mintaqalarning sanoat darajasini yanada taraqqiy ettirishning moddiy bazasini tashkil qiladigan tarmoqlar ustuvor ishlab chiqarish hisoblanadi. Mana shu tarmoqlarni rivojlantirish, albatta, mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Lekin, ayni paytda shuni ham ta'kidlash kerakki, mamlakat raqobatbardoshligi nafaqat tabiiy resurslar mavjudligi va ishlab chiqarish xarajatlaridagi ustunlik, xatto ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati bilangina emas, balki milliy iqtisodiyotning samaradorligi, uning barqarorligi, jahon texnik-iqtisodiy taraqqiyoti bilan birgalikda rivojlanishi bilan belgilanadi.
2003-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoat-innovatsion rivojlanish strategiyasida ko'zda tutilganidek, faol davlat siyosatining ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish bo'yicha tashabbuslar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bevosita tadbirkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga yo'naltirilishi mumkin: xaridorlarning ixtisoslashgan toifalari yangi bozor "nisha"larini shakllantiradi va mahsulot standarti bo'yicha axborot manbasi hisoblanadi; asbob-uskunalar ta'minotchilari u bilan birga ishlab chiqarish tajribasini ham uzatadilar; resurslar ta'minotchisi ishlab chiqarishning yangi usul va g'oyalarining paydo bo'lishiga xizmat qiladi, raqobatchilar esa yangi g'oyalarning boy manbasini taqdim etadilar. Bunda davlat rivojlanish institutlari orqali texnologik va iqtisodiy qo'shilgan qiymat zanjirini ketma-ketlikda rivojlantirgan holda raqobatbardosh mahsulot yaratuvchi to'laqonli ishlab chiqarish tizimini yaratishga yo'naltirilgan loyihalarda ishtirok etishi lozim. Bu raqobatbardosh mahsulotning barcha ko'rsatkichlariga javob beruvchi yakuniy mahsulotga ishlaydigan ko'p tarmoqli korxonalar yaratishga imkon beradi.
Respublikada sanoat-innovatsion siyosatida potensial raqobatbardosh, jumladan, iqtisodiyotning xomashyo yo'nalishidagi sektorlarida faoliyat ko'rsatuvchi eksportga yo'naltirilgan ishlab chiqarishlarni yaratish va rivojlantirish ustuvor ahamiyatga ega. Bunda davlat sanoat siyosatiga barcha yondashuvlar uch toifaga borib taqaladi: investitsiyalarni muvofiqlashtirish, ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish va bozorni egallash.
Sanoat tarmoqlarida innovatsion-texnologik ustuvorliklar texnologiyalar ro'yxatida aks etadi: bu ro'yxatlarni maksimal darajada kichraytirish, har 4-5 yilda qayta ko'rib chiqish hamda mamlakatning maqsadli ilmiy-texnik va innovatsion dasturlari tarkibini belgilashda asos qilib olish lozim.
Tanlab olingan ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish bo'yicha samarali tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim:

  • eng muhim bazaviy texnologiyalar bo'yicha ilmiy-texnik va innovatsion xarakterga ega maqsadli dasturlar;

  • sanoat tarmoqlarida bazaviy texnologiyalarning ayrim bo'g'inlarini amalga oshiruvchi davlat ahamiyatiga molik eng muhim innovatsion loyihalar.

Shuni qayd etish kerakki, iqtisodiy o'sishning tanlab olingan ustuvor yo'nalishlarini amalga oshirishni resurslar bilan to'liq ta'minlash ko'p kanalli asosda bajariladi:

  • noishlab chiqarish sohasida innovatsion loyiha va dasturlarni, shuningdek, eng muhim innovatsion loyihalar, maqsadli dasturlar, strategik rejalar va bashoratlarni ishlab chiqishni byudjetdan moliyalashtirish, byudjet mablag'larini dastur va loyihalar amalga oshiriluvchi butun muddat bo'yicha taqsimlash;

  • tanlab olingan ustuvor sanoat tarmoqlariga yo'naltirilgan innovatsion dastur va loyihalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etish;

  • investitsiyalarga innovatsion mazmun bag'ishlash uchun sanoat tarmoqlarida investitsion dastur va loyihalarning innovatsion-texnologik ekspertizasini tashkil qilish.

2003-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoat-innovatsion rivojlanish strategiyasida ko'zda tutilganidek, faol davlat siyosatining ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish bo'yicha tashabbuslar quyidagi yo'nalishlar bo'yicha bevosita tadbirkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga yo'naltirilishi mumkin: xaridorlarning ixtisoslashgan toifalari yangi bozor "nisha"larini shakllantiradi va mahsulot standarti bo'yicha axborot manbasi hisoblanadi; asbob-uskunalar ta'minotchilari u bilan birga ishlab chiqarish tajribasini ham uzatadilar; resurslar ta'minotchisi ishlab chiqarishning yangi usul va g'oyalarining paydo bo'lishiga xizmat qiladi, raqobatchilar esa yangi g'oyalarning boy manbasini taqdim etadilar. Bunda davlat rivojlanish institutlari orqali texnologik va iqtisodiy qo'shilgan qiymat zanjirini ketma-ketlikda rivojlantirgan holda raqobatbardosh mahsulot yaratuvchi to'laqonli ishlab chiqarish tizimini yaratishga yo'naltirilgan loyihalarda ishtirok etishi lozim. Bu raqobatbardosh mahsulotning barcha ko'rsatkichlariga javob beruvchi yakuniy mahsulotga ishlaydigan ko'p tarmoqli korxonalar yaratishga imkon beradi.
Shuni ta'kidlash joizki, 2005 yil sanoat-innovatsion rivojlanish Strategiyasini amalga oshirishning birinchi tayyorgarlik bosqichining yakunlovchi yili hisoblanadi.
Sanoat-innovatsion rivojlanish borasida davlat investitsion siyosatini amalga oshirish moliyalashtirish manbalari hamda xususiy sektor davlatning aralashuvisiz o'zlashtirishga qodir bo'lmagan bozor "nisha"lariga investitsiyalarni jalb etish mexanizmlarini aniqlashni talab qiladi. Davlat investitsion siyosatini amalga oshirish xomashyo bilan bog'liq bo'lmagan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish maqsadida davlat investitsiyalarini amalga oshirish va xususiy investitsiyalarni rag'batlantirish bo'yicha chora-tadbirrlar majmuini uyg'unlashtiradi.
Hozirda O'zbekiston sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun ishlab chiqilayotgan dasturlar loyihalari:

  1. Issiqlik-energetika majmuasining innovatsion strategiya ustuvorligi.

Innovatsion o'sish strategiyasining asosiy yo'nalishlaridan biri mamlakat energetika sektoridagi - jamiyatning energiyaga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlovchi tarmoqlar yig'inidisidagi o'zgarishlar hisoblanadi. Mamlakat uchun bu sektordagi innovatsion ustuvorliklarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi, chunki mineral yoqilg'i resurslari zaxirasining kattaligi va iqlim sharoitlarining qulayligi sababli yoqilg'i-energetika majmui YaIMning yirik manbasi hisoblanadi.
Iqtisodiyot tarixining o'tgan ming yilliklarida davrga xos energoinnovatsiyalar sifatida uy hayvonlarining mushak kuchidan foydalanish; oqayotgan suv va shamol energiyasidan foydalanish (tegirmonlar); bug' mashinasini yaratish; elektr energiyasini o'zlashtirish; XX asrda atom energiyasidan foydalanishni ko'rsatish mumkin. Ko'rib turibmizki, davrga xos energoinnovatsiyalar soni unchalik ham ko'p emas. Bazis innovatsiyalar soni esa bundan bir necha marta ko'p. Davrga xos va bazis energoinnovatsiyalar jamiyatning pog'onama-pog'ona rivojlanishi uchun energetik asos bo'lib mehnat mahsuldorligini ko'p karra oshirgan.
XX asr oxiriga kelib ma'lum bo'lib qoldiki, insoniyat o'z rivojlanish tarixida navbatdagi energetik (va ekologik) bosqichga qadam qo'ydi. Buni bir qator belgilar yordamida ifodalash mumkin.
2010 yilda iqtisodiyotimizning yetakchi o'rinlarga chiqishi uchun Toshkent, Navoiy va Tollimarjon issiqlik elektr stansiyalarida bug'-gaz moslamalarini qurish, Surgil koni bazasida polietilen va propilen ishlab chiqaradigan Ustyurt gaz-kimyo majmuasini barpo etish, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqaradigan yangi kompleks tashkil etishga qaratilgan yirik loyihalar amalga oshirilishi rej alashtirilmoqda.
Bular qatorida Muborak gazni qayta ishlash zavodi va Sho'rtanneftgaz majmuasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun propan-butan
aralashmasi moslamalarini qurish, Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi energiya bloklarini ko'mir yoqilg'isi bilan ishlash tizimiga o'tkazish, avtomobil kuchlanish agregatlarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va boshqa bir qator muhim strategik loyihalarni amalga oshirish alohida istiqbolli ahamiyatga ega ekanini ta'kidlash zarur.
Yagona elektr energetika tizimining xavfsiz va ishonchli ishlab turishini xamda iste'molchilarning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojlari kanoatlantirilishini ta'minlashda davlatning asosiy yo'nalishlari quyidagi 8.1-rasmda aks ettirilgan.
Quyida keltirilgan loyihalarning barchasi, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qaramasdan, 2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo'yicha muhim loyihalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturiga kiritilganligini qayd etish lozim (1-jadval).

1-jadval
2009-2014 yillarda elektr energetikani modemizatsiyalash, texnik va texnologik
qayta jihozlash loyihalari bo'yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar

Energetik sektor nomi

Amalga oshiriladigan loyihalar, dona

Ishga kiritiladigan quvvat

Narxi, mln. doll

Issiqlik elektr stansiyalari

8

2255 MVt

2309,6

Gidravlik
elektrostansiyalar

15

440 MVt

512,9

Noan'anaviy
energetika

1

0,5MVt

0,5

Elektr tarmoqlari

12

1418,2 km, 1754 MVA

681,4

Boshqalar

2

ASKUE (1 etap), ZShO- 2 Yangi- Angren IES - 7,5 mln. kub.m

70,7

Jami

38

2695,6 MVt ishlab
chiqaruvchi quvvatlar 1418,2 km elektr uzatish liniyalari 1754 MVA transformatorlar

3575,1

Ushbu dasturga umumiy qiymati 42,5 milliard dollardan ziyod 327 ta loyiha kiritilgan bo'lib, ularning ko'pchiligi bo'yicha moliyalash manbalari aniq belgilangan va investorlar konsorsiumlari shakllantirilgan.


Shunday qilib, energetika siyosati islohotlar davrida mamlakatdagi muayyan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda rivojlanishning real ehtiyojlariga to'liq mos keldi.
Uzoq muddatli istiqbolda energetika sektorining barqaror rivojlanish manfaatlarida O'zbekiston energoresurslar narxining bozor mexanizmlari tomonidan tartibga solib borilishiga intilishi lozimligini tan olish kerak. Bu birinchidan, jahon narxlarining barqaror o'sishi bilan asoslanadi. Ikkinchidan, narxlarni erkinlashtirmasdan turib xo'jalik sub'ektlari va aholini energiyani tejashga rag'batlantirishning iqtisodiy stimullarini ishga tushirish qiyin.
Mamlakatimizda qayta tiklanuvchi quyosh energetikasidan foydalanish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Shu sababli Materialshunoslik instituti va "Fizika- Quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli Fizika-texnika instituti yosh xodimlarining ishlanmalari Sh Respublika innovatsion g'oyalar , texnologiyalar va loyihalar yarmakasiga tashrif buyurgan fermerlarda katta qiziqish uyg'otdi. Ob-havo sharoitiga qarab, ham elektr, ham issiqlik energiyasini olish imkonini beradigan 5 klv.gacha quvvatga ega qurilma quyosh energiya moslamasi, kuniga 100 litergacha toza ichimlik suvini ishlab chiqaradigan suv tozalash qurilmasi shular jumlasidandir. Respublikamiz Prezidenti I.Karimov raxbarligida mamlakatimiz yoqilg'i- enernegika majmuida amalda oshirilgan islohotlar patijasida peft va gaz sanoatini rivojlantirishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishildi. Neft va gaz konlarini qidirib topish, qazib olish, qayta ishlash ishlari takomillashtirildi. Yangi konlarni topish, o'zlashtrish, qayta ishlash korxonalarini barpo etish, sohaga chet el sarmoyalarini jalb etishda yuksak natijalar qo'lga kiritilmoqda.
Ayni paytda jamiyatimizning kundan kunga oshib borayotgan ehtiyojini qoplpsh uchun ishlab chiqarish xajmi va miqdorini oshirish, mahsulot sifatini yanada yaxshilash, sohada samaradorlikni oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda tabiiy resurslarni tejash va ekologik muvozanatga yetkaziladigan salbiy ta'sirlarni oldini olish dolzarb vazifaga aylanmoqda. Bu masalani yechimini topishda ishlab chiqarishda atrof-muhitga bezarar usil va vositalardan foydalanish , ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarning yutuqlarini amalda tadbiq etish muhim ahamiyatga ega.
Davlatimiz rahbarligining 2008 yil 15 iyulida qabul qilingan "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishda tadbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori jamiyatimizning boshqa tarmoqlari kabi neft va gaz sanoatida ham ilm-fan va yangi texnologiyalarning yutuqlaridan keng foydalanish uchun yangi ufqlar ochdi.
"O'zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasining innovatsiya markazidan ma'lum qilishlaricha , o'tgan Sh Respublika innovatsion g'oyalar , texnologiyalar va loyihalar yarmakasida olimlarimiz va sohadagi ishlab chiqaruvchilar o'rtasida oltmishga yaqin shartnoma va kelishuvlar imzolangan .Neft va gazni qidirish, qazib olish, qayta ishlash kabi sohalarda ish yuritishning zamonaviy usullariga oid o'ttizga yaqin istiqbolli loyihalar tanlab olinib, hayotga tadbiq etish choralari ko'rilmoqda,
Bugungi kunda neft va gaz quduqlarini burg'ulash vaqtida sanoatchilar bir qator muammolarga duch keladi. Ba'zida qazilayotgan quduq devorlarining o'pirishili ishchi mexanizmlaring faoliyatiga ta'sir etadi. Olimlarimizning quduqlarni burg'ulash jarayonida uchraydigan bunday asoratlaring oldini olishga oid usul va vazifalarini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy izlanishlari natijasida suvda eruvchan polimer reagentlar va o'pirilishga qarshi eritmalar kashf etildi. Bu texnologiyalarning qo'llanilishi ish jarayonini tezlashtirish va mahsulotning hajmini oshirishga xizmat qiladi. Ushbu yangi ishlanmalarni amalga tadbiq etish bo'yicha "Surxonparmalash" va "Buxoroparmalash" korxonalari bilan shartnoma imzolandi.
Tadqiqotchilar ilmiy loyihalarning katta qismi qazib olingan neft va gaz mahsulotlarini turli zarali aralashmalar, suv va organik moddalardan tozalashda qo'llaniladigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga yo'naltirilgan .Zero, bunday innovatsion ishlanmalar iste'molchilarni sifatli mahsulot bilan ta'minlash barobarida tabiiy resurslarni tejash va atrof-muhitga salbiy ta'sirlaring oldini olishga ham xizmat qiladi. Misol uchun, xomashyoni oltingugurt organik birikmalaridan tozalashda ishlatiladigan yangi katalizator mahalliy xomashyodan olingan va amaldagilariga qaraganda tozalash samarasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bu ishlanma "O'zbekneftegaz" milliy xolding kompaniyasi korxonalarida sinovdan muvoffaqiyatli o'tdi. Neft va gaz xomashyosini tozalashda ishlatiladigan yangi faollashtirilgan ko'mir va benzinning sifatini oshiruvchi yangi qo'shimcha moddalar ham mutaxassislarning qiziqishiga sozovar bo'lmoqda. Bu yo'nalishga Farg'onadagi neft va gazni qayta ishlash korxonasi bilan hamkorlik qilishmoqda. Yangi ixtirolar amalda tadbiq etilsa, yoqilg'ining sifati yanada yaxshilanadi, havoga chiqadigan zararli gazlar kamayadi.
O'zbekiston nisbatan yirik tabiiy gaz zaxiralariga ega bo'lgan holda energoresurslar kuchli taqchilligini sezmaydi. Mamlakat rivojlangan energetika infratuzilmasiga ega — elektr va gaz tarmoqlari barcha aholi punktlarini qamrab olgan. Aholi va korxonalarga ancha arzon narxda energiya yetkazib beriladi. Energoresurslarga jahon narxlari o'sib borayotgan sharoitlarda quyosh energetikasi imkoniyatlaridan foydalanish umuman energiya iste'moli strukturasi samaradorligini oshirishi mumkin.
"O'zbekenergo" korxonalarida elekto energiyasi iste'molini hisobga olishning integratsiyalangan kompyuter tizimlarini joriy etish ko'zda tutilayotgan bo'lib, bu energiya iste'moli hajmini masofadan nazorat qilish, to'lovlarning o'z vaqtida va to'liq amalga oshirilishini ta'minlaydi. Kompaniya ob'ektlari va iste'molchilar orasida elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy uskunalarini joriy qilish dasturini amalga oshirish uchun 30 mlrd. so'mdan ortiq mablag' sarflanishi ko'zda tutilmoqda. Hozirda 90 mingdan ortiq zamonaviy elektr-hisoblagichlar o'rnatilgan, shuningdek, Navoiy va Toshkent IES, Chorvoq GESda elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini sinov tariqasida o'rnatish va ishga tushirish amalga oshirilmoqda, Toshkent shahrining Chilonzor va Mirobod tumanlaridagi ayrim mahallalarda maishiy iste'molchilar o'rtasida lokal hisobga olish tizimlarini joriy qilish bo'yicha ishlar boshlab yuborildi.
Uglevodorod xomashyosi zaxiralarining cheklanganligini hisobga olib, O'zbekiston oldida yaqin kelajakda ma'lum miqdorda import qilish yoki muqobil energiya turlarini rivojlantirishning birini tanlash muammosi paydo o'lishi mumkin.
Gaz o'rniga quyosh. quyosh energetikasi markazlashmagan energiya ta'minotini rivojlantirish vositalaridan biri bo'lishi, uning sifati va ishonchliligi muammolarini hal etishda ko'maklashishi, shuningdek, bilvosita energetika infratuzilmasiga yetishmayotgan investitsiyalarning o'rnini bosishi mumkin. Agar uzoq masofada joylashgan energiya kam iste'mol qiluvchi ob'ektlar haqida gapiradigan bo'lsak, bu yerda quyosh energetikasining jozibadorligi yaqqol ko'zga tashlanadi.

  1. Xorij mamlakatlari amaliyotida innovatsion faoliyat

Zamonaviy fan va texnologiya tobora raqobatli bozor kurashiga jalb qilib borilmoqda. Fundamental bilimlar va ularning yakuniy mahsuli - ilmiy-texnik mahsulot - iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida davlatlarning geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishning muhim omiliga aylanmoqda.
Hozirgi sharoitlarda iqtisodiyotning eng muhim tavsifnomasi fan, ilg'or texnologiyalar, texnologik bazalarning qanday holatda ekanligi bo'lib, bu o'z navbatida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.
Rivojlangan davlatlarning texnologik yutuqlaridan foydalanish, bu sohada avvalo, MDH mamlakatlari bilan hamkorlik o'rnatish, xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyadan imkon qadar keng foydalanishga intilish zarur. Bunday jarayonlar butun dunyoda ro'y bermoqda. Yuqorida qayd etib o'tildiki, texnologik jihatdan ilg'or mamlakatlar yagona texnologik makon tuzgan bo'lib, mamlakatimiz unga teng huquqli hamkor bo'lib kirishi, ayrim yo'nalishlarda esa yetakchilik uchun kurashishi lozim, buning uchun esa milliy texnologik darajada yetarlicha yuqori bo'lishi zarur.
Davlat va xususuiy tashkilotlar o'rtasida texnologiyalar ayirboshlash mexanizmini takomillashtirish harbiy-sanoat bazasi konsepsiyasidan fuqarolar ehtiyojlari uchun ham, mudofaa ehtiyojlari uchun ham foydalaniluvchi integratsiyalangan sanoat bazasiga asta-sekinlik bilan o'tish bo'yicha kompleksli tadbirlarning bir qismi hisoblanadi. Uning mohiyati mamlakatda mavjud ilmiy-ishlab chiqarish salohiyatidan maksimal darajada foydalanish, harbiy yo'naltirilgan korxonalarni boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga yo'naltirish hamda o'ziga xos va o'xshashi yo'q tarmoqlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Mamlakat bozorining xorijiy tovarlar uchun ochiqligi sharoitlarida mamlakat iqtisodiyotining muvaffaqiyatlarini raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish holati belgilab beradi. Mamlakatimz boy bo'lgan neft va boshqa tabiiy resurslarga hali uzoq vaqt davomida talab katta bo'ladi.
Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tarkibiy qismlaridan biri innovatsion faoliyat, iqtisodiy rivojlanishning mazkur yo'nalishida faollikni ta'minlovchi omillarni, shuningdek, innovatsion jarayonlarni qo'llab-quvvatlovchi va tartibga soluvchi tashkiliy tuzilmalar xususiyatlari o'rganish va ulardan foydalanish hisoblanadi.
Muvaffaqiyatga erishish uchun mamlakat korxonalari hamkorlar e'tiborini jalb qilish o'zaro raqobatlashishi lozim. Buning uchun nima sababdan xorijiy firmalar strategik ittifoq va hamkorlikka qadam qo'yishini aniq tasavvur etish lozim.
2007 yilda yevropa Ittifoqi Komissiyasining tashabbusi bilan "raqobatbardoshlikni oshirish va innovatsion chora-tadbirlar dasturi" qabul qilindi. Kichik va o'rta biznesga urg'u bergan holda, dastur asosida ularning innovatsion faoliyati moliyaviy resurslar bilan ta'minlanadi hamda tadbirkorlar uchun konsalting xizmatlari ko'rsatiladi. Dastur doirasida 2007-2013 yillar uchun jami 3,62 mlrd yevro miqdorida mablag' ajratish ko'zda tutilgan.
O'zbekistonda iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish istiqbollari: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan jahon moliyaviy-iktisodiy inqirozining oldini olish maqsadida kompleks choralarni o'z ichiga olgan 2009-2012 yillarga mo'ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi qabul qilindi hamda u O'zbekistonni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishi bo'lib qoldi. Dasturning asosiy vazifalari quyidagilardan tashkil topdi;

  • Korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnalogik qayta jihozlashni jadallashtirish

  • Eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo'lishini qo'llab-quvvatlash.

  • Elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, yenergiya iste'molini kamaytirish va yenergiya tejashning samarali tizimini joriy etish

Xar qanday iqtisodiy va ilmiy-innovatsion rivojlanish o'z-o'zidan bo'la olmaydi. Uning rivojlanishi uchun zarur bo'lgan qonunchilik asosi va tashkiliy-huquqiy shart- sharoitlar yaratilishi lozim. Mamlakatimizda "Innovatsion faoliyat to'g'risida" gi Qonunning va innovatsion faoliyatga oid boshqa normativ hujjatlarning qabul qilinishi iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishga kuchli asos yaratadi. Davlat tomonidan innovatsion faoliyatni moliyalashtirish nazarda tutilgan taqdirda ustuvor sohalar tanlab olinishi kerak. Bunday sohalar neft-kimyo sanoati, yengil sanoat va boshqa sohalar bo'lishi mumkin. Jumladan oziq-ovqat sanoati innovatsion siyosatni olib borish uchun ustuvor sohalardan biri sifatida tan olinishiga O'zbekistonda barcha qulay shart-sharoitlar, yetarli xom ashyo, mehnat va moliya resurslar mavjud.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish strategiyasining maqsadlari har bir mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy omillardan kelib chiqib, turli ko'rinishga ega bo'lishi mumkin. Shunday bo'lsada, umumiy innovatsion rivojlanish strategiyasining asosiy maqsadlari quyidagilarni o'z ichiga olishi lozim:

  • mamlakatning asosiy ishlab chiqarish fondlari innovatsion yangilanishini taminlash maqsadida investitsiyalarning asosiy qismini ularga yo'naltirish

  • fan-texnika yutuqlarini hayotga tadbiq etish, intellektual mulkdan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish

  • iqtisodiy-innovatsion munosabatlarning asosiy subektlari (davlat, ilmiy institutlar, korxonalar) orasida hamkorlik aloqalarini kuchaytirish

Dunyoning eng yirik konsalting tashkilotlaridan biri Boston Konsalting Grupp (BCG) hamda Sanoatchilar milliy assosiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan global innovatsiyalar indeksi (GII) bugungi kunda eng keng qamrovli indeks hisoblanib,
mamlakatning innovatsion faoliyatiga har tomonlama va hisob kitoblarga asoslangan holda baho berish imkoniyatini beradi. Gllning boshqa indekslarga nisbatan afzallik tomoni shundaki, unda innovatsion faoliyatdan kelgan biznes daromadlari bilan birgalikda hukumatning innovatsion siyosat orqali tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash uchun amalga oshirayotgan chora-tadbirlari ham hisobga olinadi.
Ushbu indeksni ishlab chiqishda 110 ta mamlakatning iqtisodiyoti chuqur o'rganib chiqilgan. Oxirgi GII 2014 yilning mart oyida chop etilgan bo'lib, birinchi o'ntalikdan Janubiy Koreya, AQSh, Yaponiya, Shvetsiya, Gollandiya, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, va Avstraliya davlatlari urin olishdi.
2-jadval
Global innovatsiyalar indeksi (2014 yil mart)

O'RNI

Mamlakatlar

Umumiy
GII

Innovatsiyalarga "xarajatlar" %

Innovatsiyalar "natijasi" %

1.

Janubiy Koreya

2.26

1.75

2.55

2.

AQSh

1.80

1.28

2.16

3.

Yaponiya

1.79

1.16

2.25

4.

Shvetsiya

1.64

1.25

1.88

5.

Gollandiya

1.55

1.40

1.55

6.

Kanada

1.42

1.39

1.32

7.

Buyuk Britaniya

1.42

1.33

1.37




8.

Germaniya

1.12

1.05

1.09

9.

Fransiya

1.12

1.17

0.96

10.

Avstraliya

1.02

0.89

1.05

11.

Ispaniya

0.93

0.83

0.95

12.

Belgiya

0.86

0.85

0.79

13.

Xitoy Xalq Respublikasi

0.73

0.07

1.32

14.

Italiya

0.21

0.16

0.24

15.

Hindiston

0.06

0.14

-0.02

16.

Rossiya Federatsiyasi

-0.09

-0.02

-0.16

17.

Meksika

-0.16

0.11

-0.42

18.

Turkiya

-0.21

0.15

-0.55

19.

Indoneziya

-0.57

-0.63

-0.46

20.

Braziliya

-0.59

-0.62

-0.51

Mamlakatlarni mazkur indeks asosida tasniflashda quyidagi 2 asosiy omil etiborga olindi:



  1. Innovatsiyalarga "xarajatlar"- yani, hukumatning soliq-byudjet siyosati , talim sohasidagi islohotlar, innovatsion muhitni shakllantirish va takomillashtirish xarajatlari va hokazolar.

  2. Innovatsiyalar "natijasi"- yani berilgan patentlar soni, texnalogiyalar transferi va biznes faoliyat natijalari, mehnat unumdorligining hamda daromadning oshishi, innovatsiyalarning biznes migratsiyatsi yasiga hamda iqtisodiy o'sishga tasiri va xk.

. AQShda innovatsion siyosatni amalga oshirishda davlat sektori yetakchi rol o'ynaydi. Amerika ilmiy jamg'armasi tomonidan faoliyati dastlabki 5 yil mobaynida qisman yoki to'liq federal byudjet tomonidan moliyalashtiriladigan tadqiqot markazlari va venchur fondlari tanlab olinib, Xukumatga taklif kiritiladi. Xukumat ularni 5yil mobaynida moliyaviy qo'llab-quvvatlaydi. 2014 yilda AQSh Kongressiga "Informatsion texnalogiyalar dasturlari uchun asossiz byudjet xarajatlarining oldini olish to'g'risida"gi qonun loyihasi kiritildi. Prezident Barak Obama tomonidan 2013 yilning sentyabr oyida "AQSh innovatsion strategiyasi: barqaror o'sish va sifatli ish
o'rinlari tomon"(norasmiy tilda Obamaning Innovatsiya dasturi" deb nomlashadi)deb qabul qilindi. AQSh hukumati innovatsion strategiyani amalga oshirish orqali ham an'anaviy, ham yuqori texnologiyaga asoslangan iqtisodiyot sektorlarida yangi ish o'rinlarini yaratish, mamlakat raqobatbardoshligini yanada oshirish, yuqoriroq yashash standartlariga erishish kabi maqsadlarga erishishni mo'ljallamoqda.

Xulosa
Fan mahsuli yoki intellektual mahsulot ikki xil yo'l bilan - bozorda va bozordan tashqarida sotish yo'li bilan foydalanilishi mumkin. Agarda intellektual faoliyat mahsuloti bozorda sotiladigan bo'lsa, bu holda u yangiliklar toifasidan innovatsiyalar toifasiga o'tadi.
«Yangilik kiritish» va «novatsiya» tushunchalari bilan «tadqiqot», «ixtiro» va «kashfiyot» tushunchalari chambarchas bog'liqdir. Ilgari ma'lum bo'lmagan ma'lumotlar olish yoki ilgari ma'lum bo'lmagan tabiat hodisalarini yoki insoniyat muhitini kuzatish jarayoni tadqiqot deb ataladi.
Ixtiro bu - yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va inson tomonidan yaratilgan boshqalarda o'z aksini topadigan tadqiqot natijasidir.
Kashfiyot bu - tadqiqotlarning, ehtimol, qo'shimcha natijasi hisoblanadi. Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko'ra, fundamental darajada yuzaga keladi va kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Ular tasodifan ro'y berishi va foyda olish maqsadini ko'zlamasligi ham mumkin.
Jarayon innovatsiyalari qatoriga resurslar belgilangan narxida mahsulot birligiga to'g'ri keladigan o'rtacha xarajatlarni kamaytiradigan tovar (xizmat) ishlab chiqarishning texnologik usulini har qanday takomillashtirish kiradi.
Mahsulot innovatsiyalari qatoriga esa tovarlar (xizmatlar) bozorida yangi mahsulot yaratishga olib keladigan ilmiy-texnik faoliyatning tijoratlashtirilgan natijalari kiradi.
Davlat siyosati maqsadlari uchun makrodarajada innovatsiyalarni bazis innovatsiyalar, yaxshilaydigan innovatsiyalar va soxta innovatsiyalarga ajratish maqsadga muvofiq.
Tabiiyki, bazis innovatsiyalarni birinchi navbatda qo'llab-quvvatlash maqsadga muvofiq. Resurslar chegaralangan holatlarda boshqaruv organi tashkilot imkoniyatlariga va tanlab olingan rivojlanish taktikasi va strategiyasiga ko'proq mos keladigan innovatsiyani tanlab oladi.
Innovatsion jarayonning mohiyati shunda namoyon bo'ladiki, u innovatsiyalar tashabbusi bilan chiqish, yangi mahsulot va operatsiyalar ishlab chiqish, ularni bozorda sotish va diffuziyalash bo'yicha maqsadli yo'naltirilgan harakatlar zanjirini ifodalaydi.
Innovatsion jarayon dinamikasida asosiy omillar sifatida birinchi navbatda, quyidagilarni ko'rib chiqish lozim: mehnat elementlari, uning motivatsiyasi, resurslar bilan ta'minlanganligi, tashkil qilish va boshqarish, raqobat, atrof-muhit sharoitlari. Bu ob'ektiv omillar yig'indisi bilan bir qatorda bir guruh sub'ektiv omillar ham amal qiladi: strategiya, siyosat, risk va h.k.
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratishni ta'minlashi ko'zda tutilgan.
Innovatsion faollik tadbirkorlik faoliyatining asosi hisoblanadi. Tadbirkor oliy unvoniga bozor iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan tashkilot yoki korxonaning raqobat kurashida muvaffaqiyatga erishish uchun doimiy ravishda yangiliklar izlash va qo'llashga moyil bo'lgan rahbargina munosib. Bu tadbirkorlarga yuqoridan berilgan qismat ham, ma'naviy burch ham emas. Bu qattiq raqobat kurashida jon saqlash ehtiyoji amr qiladigan jiddiy hayotiy (iqtisodiy) zaruratdir.
Ilmiy-texnik va ixtirochilik faoliyatining uzluksizligi, vaqti-vaqti bilan yangi, samaraliroq mahsulot va texnologiyalar paydo bo'lishi innovatsion riskning muhim omili hisoblanadi, bu oldinroq yaratilgan va o'zlashtirilgan innovatsiyalar samaradorligining muddatidan oldin pasayishiga olib keladi.
Davlat innovatsion jarayonning doimiy qatnashchilaridan biri hisoblanib, davlat rahbarlari, uning organlari va davlat xizmatchilaridan yuqori professionallik, strategik fikrlash va sa'y-harakatlar talab qiladigan eng muhim, mas'uliyatli va malakali fuknsiyalardan biri - innovatsion- strategik funksiyani bajaradi.
Davlat mahalliy intellektual mulklarni xorijda himoya qilishda ham faol rol o'ynashi lozim. Hozirda uning sezilarli ulushi xorija TMK va firmalariga deyarli bepul berib yuborilmoqda va ularga ko'plab daromad keltirmoqda.
Davlatning strategik-innovatsion funksiyasi innovatsion iqtisodiyot uning poydevori hisoblangan bilimlar jamiyati shakllanishi sharoitlarida juda muhim ahamiyat kasb etadi.
MIT yaratishdan maqsad - shu hujjatda e'lon qilingan fan va texnologiyalar sohasida davlat siyosati maqsadlarini amalga oshirish, ya'ni tanlab olingan ustuvorliklar asosida mamlakat rivojlanishining innovatsion yo'lini ta'minlash hisoblanadi.
Ilmiy-texnik ijodiyotda olimlar, ixtirochilar, konstruktorlar, texniklar, ishchilar, menejerlar, shuningdek, talabalar, aspirantlar ,maktab o'quvchisi, nafaqaxo'r va h.k. ishtirok etadi. Ijodkorlikka moyilligi bo'lgan shaxsda uni amalga oshirish istagi (daromad olish istagi ijodiyot romantikasidan ustun kelmasligi lozim), olingan natijani baholash va rasmiylashtirish uchun zaruriy bilimlar va ko'nikmalar, olingan natijaga egalik va undan iqtisodiyotda foydalanish natijasida olingan foydada ishtirok etish huquqining yuridik kuchga egaligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. -T.: O'zbekiston, 2008y. (yangi

nashriyot)

  1. «Muallliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 2006y.

  2. «Elektron raqamli imzo to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 2005y.

  3. «Elektoktron tijorat to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni,

2004y.

  1. «Axborotlashtirish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 2003y.

  2. "Innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag'batlantirishga doir

qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2008 y.

  1. "Innovatsiya ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish tartibi

to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida "gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 2007y.

  1. "Respublika loyiha-tadqiqot tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish

chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 2010

  1. «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni

rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori, 15.06 2008 , kuchga kirish sanasi 22 .02. 2009.

  1. "Fan va texnologiyalar rivojlanishining muvofiqlashtirish va boshqarishni

takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori 12.02.2009, kuchga kirish sanasi 12.02.2009

  1. I.A.Karimov. "Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini

yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi".- Toshkent, O'zbekiston, 2011.

  1. I.A.Karimov. "Asosiy vazifamiz-Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz

farovonligini yanada yuksaltirishdir". -Toshkent, O'zbekiston, 2010.

  1. I.A. Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. -Toshkent, O'zbekiston.

2010.

  1. I.A. Karimov. Mamlakatimizni modernizaAya qilish va kuchli fuqarolik

jamiyati barpo etish - ustuvor maqsadimizdir. Prezident I.A. Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy majlis senati va qonunchilik palatasi yig'ilishidagi ma'ruzasi. 2010 yil 27 yanvar.

  1. Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni

bartaraf etishning yo'llari va choralari. Toshkent, "O'zbekiston". 2009.

  1. R. I. Gimush, F. M. Matmurodov Innovatsion menejment Toshkent.2008

  2. Abdusattarova X.M. Innovatsiya strategiyasi. TDIU Toshkent. 2011

  3. Балабанов И.Т. «Инновационный менеджмент» М. «Питер» 2001

  4. Дурович А. Маркетинг в сервисе. -Минск: БГЭУ, 2001.

  5. Изотова М. А., Матюхина Ю. А. Инновации в социокультурном сервисе и сервисе. М. 2009 г.

  6. Ильенкова Л.Д. “Инновационный менеджмент” М. 2009 г.

  7. Инновации в социально-культурном сервисе и сервисе : метод. указ. / Л. В. Ковынева. - Хабаровск : Изд-во ДВГУПС, 2005. - 20 с.

  8. Котлер Филип, Боуэн Джон, Мейкенз Джеймс. Маркетинг: гостеприимство, сервис // учебник. -Москва: Юнити, 1998.

  9. Морозов Ю.П. Инновационный менеджмент. ЮНИТИ. Москва. 2000

  10. Управление исследованиями,разработками и инновационными проектами. Под ред. С.В.Валдейцева, Санкт -Петербург 1995 г.

  11. Фатхуддинов Р. А. “Инновационный менеджмент” М. ЗАО Бизнес школа «Интел-Синтез» 2000 г.

Tayanch iboralar
Fundamental ilmiy tadqiqotlar - inson, jamiyat va atrof-muhit tuzilishi, faoliyati va rivojlanishining asosiy qonuniyatlari haqida yangi bilimlar olishga yo'naltirilgan eksperimental yoki nazariy faoliyat;
Amaliy ilmiy tadqiqotlar - asosan amaliy maqsadlarga erishish va muayyan vazifalarni hal qilish uchun yangi bilimlar qo'llashga yo'naltirilgan tadqiqotlar.
Ilmiy-texnik faoliyat (ITF) - texnologik, muhandislik, iqtisodiy, ijtimoiy, gumanitar va boshqa muammolarni hal qilish, fan, texnika va ishlab chiqarishning umumiy (yaxlit) tizim sifatida faoliyat yuritishini ta'minlash uchun yo'naltirilgan faoliyat.
Yangilik kiritish (novshestvo) bu - biron-bir faoliyat sohasida uning samaradorligini oshirish bo'yicha fundamental va amaliy tadqiqotlarning rasmiylashtirilgan natijasidir.
Tadqiqot ilgari ma'lum bo'lmagan ma'lumotlar olish yoki ilgari ma'lum bo'lmagan tabiiat hodisalarini yoki insoniyat muhitini kuzatish jarayonidir.
Ixtiro bu - yangi uskuna, mexanizm, vosita, texnologiya, usul va inson tomonidan yaratilgan boshqalarda o'z aksini topadigan tadqiqot natijasidir.
Kashfiyot bu - tadqiqotlarning, ehtimol, qo'shimcha natijasi hisoblanadi. Kashfiyotlar va ixtirolar qoidaga ko'ra, fundamental darajada yuzaga keladi va kamdan-kam hollarda yakka shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Innovatsiya (yangiliklar kiritish) - yangi mahsulot turlari, texnologiyalar ishlab chiqish, yaratish va tarqatishga, yangi tashkiliy shakllar joriy qilishga yo'naltirilgan ijodiy faoliyat natijasi.
Innovatsiyalarning hayotiylik davri innovatsiya faol hayotiy kuchga ega bo'ladigan va ishlab chiqaruvchiga (sotuvchiga) foyda yoki boshqa real naf keltiradigan ma'lum bir vaqt davrini ifodalaydi.
Jarayon innovatsiyalari qatoriga resurslar belgilangan narxida mahsulot birligiga to'g'ri keladigan o'rtacha xarajatlarni kamaytiradigan tovar (xizmat) ishlab chiqarishning texnologik usulini har qanday takomillashtirish kiradi.
Innovatsion faoliyat - yakunlangan ilmiy tadqiqot va loyihalar natijalari yoki boshqa ilmiy-texnik yutuqlarni (fan-texnika yutuqlarini) yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga; bozorda sotiladigan, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, shu bilan bog'liq qo'shimcha ilmiy tadqiqot va loyihalarga joriy qilishga yo'naltirilgan j arayondir
Innovatsion jarayon biron-bir iqtisodiyot sub'ektining innovatsion faoliyatini, ya'ni yakunlangan ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar yoki boshqa fan- texnika yutuqlarining natijalarini bozorda sotiladigan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotga, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonga, shuningdek, bu bilan bog'liq qo'shimcha tadqiqot va ishlanmalarga joriy qilishga yo'naltirilgan jarayondir.
Innovatsion faoliyat infratuzilmasi - innovatsion faoliyat sub'ektlariga innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan xizmatlar ko'rsatuvchi tashkilotlar
Texnologiyalar transferi markazlari (TTM) ilmiy-texnik natijalarning tijoratlashuvini tezlatishi, kichik innovatsion korxonalar, jumladan, texnoparklar va innovatsion-texnologik markazlar tarkibida yaratishni ta'minlashi ko'zda tutilgan
Davlat innovatsion siyosati - ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar, tajriba- konstruktorlik ishlari yoki fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda iqtisodiy aylanmaga kiritiladigan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon, yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot yaratish tushuniladigan innovatsion faoliyatni rivojlantirish va rag'batlantirishga yo'naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismidir.
Innovatsion strategiya bu - jamiyat rivojlanishi yo'nalishiga muvofiq texnologiyalarda ham, texnologiyalarni boshqarishda ham yangiliklar kiritishni tanlash va amalga oshirish tizimlarini o'zgartirish jarayonini belgilab beradigan qoidalar va me'yorlar to'plamidir.






Yüklə 70,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin