Informatika-6



Yüklə 25,5 Kb.
tarix01.02.2023
ölçüsü25,5 Kb.
#82171
6 8-dars


Informatika-6. 8-dars
Mavzu: Hujjatlarni tahrirlash va formatlashga oid mashqlar
Maqsad:
1) ta’;imiy: o`quvchilarga tahrirlash va formatlash o`rgatish;
2) tarbiyaviy: o`quvchilarga estetik tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: o`quvchilarning worddda hujjatlar tayyorlash ko`nikmalarnini rivojlantirish.
DTS: hujjatlarni tahrirlash va formatlashga oid amallarni bilish.
Darsning borishi
I. Tashkiliy davr
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
II. Takrorlash

  1. matnni tahrir qilish deganda nima tushiniladi?

  2. matnni tahrir qilishda ishlatiladigan amallarni aytib bering;

  3. matndagi ortiqcha belgi qanday o`chiriladi?

  4. matnga “tushib qolgan” belgi qanday qo`yiladi?

  5. “Blok” deganda nima tushiniladi?

  6. matnning biror qismi qanday qilib blokka olinadi?

  7. matnning belgilangan qismi ustida qanday amallarni bajarish mumkin?

III. Yangi mavzuni o`rganish
Bugungi darsimizda hujjatlarni tahrirlash va formatlashga oid mashqlar bajaramiz:

Sinf o`quvchilari uch guruhga b`olinadilar.


I guruh uchun topshiriq:


1. Word matn protsessorida Respublikamiz Davlat bayrog`ini tavsiflovchi matn tayyorlang. Matnni diskka saqlab qoying. Uni tahrirlang va formatini o`zgartiring.

II guruh uchun topshiriq:


2. Word matn protsessorida “Mening maktabim” nomli kichik hikoya tayyorlang. Matnni diskka saqlab qoying. Uni tahrirlang va formatini o`zgartiring.

III guruh uchun topshiriq:


3. Word matn protsessorida “Kitob — bilim bulog`i” nomli matn tayyorlang. Matnni diskka saqlab qoying. Uni tahrirlang va formatini o`zgartiring.

Guruhlar o`z topshiriqlarni bajarib bo`lganlaridan so`ng, matnlar mazmuni, xatolari soni va formatiga ko`ra taqqoslanib, eng yaxshilari aniqlanadi.


Eng yaxshi matnlarning mualliflari baholanadi va ragqbatlantiriladi.


IV. Uyga vazifa.
“Hujjatlarni tahrirlash” va “Hujjatlarni formatlash” mavzularni takrorlash.
Yüklə 25,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin