Individual va guruh bilan ijtimoiy ish olib borish texnologiyalari



Yüklə 24,46 Kb.
səhifə3/8
tarix14.12.2023
ölçüsü24,46 Kb.
#179914
1   2   3   4   5   6   7   8
INDIVIDUAL VA GURUH BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISH

Bahslarda ko‘pchilik ishtirokchilar har doim xam o‘z fikrlarini muloyim bayon eta olmaydilar va nizolarni hal etish yo‘l-yo‘riqlarini bilmaydilar. Boshlovchi nima qilishi kerak: bahski munozaraga aylantirish kerak, ishtirokchi qo‘pol ravishda bayon etgan fikrni qaytadan to‘g‘rilab aytish kerak, ishtirokchilar o‘z fikrlarini ochiq bayon etishlarini so‘rash va shundan so‘ng boshqalardan biron tomonning fikriga qo‘shilishlarini so‘rash yoki shaxsiy fikrlarini aytishga undash kerak.

  • Bahslarda ko‘pchilik ishtirokchilar har doim xam o‘z fikrlarini muloyim bayon eta olmaydilar va nizolarni hal etish yo‘l-yo‘riqlarini bilmaydilar. Boshlovchi nima qilishi kerak: bahski munozaraga aylantirish kerak, ishtirokchi qo‘pol ravishda bayon etgan fikrni qaytadan to‘g‘rilab aytish kerak, ishtirokchilar o‘z fikrlarini ochiq bayon etishlarini so‘rash va shundan so‘ng boshqalardan biron tomonning fikriga qo‘shilishlarini so‘rash yoki shaxsiy fikrlarini aytishga undash kerak.

Guruh a’zolari o‘rtasida, kichik guruhlar orasida yoki boshlovchi va ishtirokchi munosabatlarida nizoning paydo bo‘lishi.

  • Boshlovchi nima qilishi kerak: agar guruhdagi ishtirokchilar yoki kichik guruhlar o‘rtasida o‘zaro nizolar kelib chiqsa, nizoni konstruktiv yo‘l bilan hal etish lozim; agar boshlovchi va ishtirokchi o‘rtasida nizo paydo bulsa, boshlovchi o‘z hissiyotlarini bayon etib ishtirokchi bilan gaplashishga urinib ko‘rishi, kompromissga kelishga urinishi va kezi kelganda o‘z xatosini tan olishi kerak. U quyidagi qoidani esda tutishi kerak: "Boshlovchi hamma ishtirokchilarga albatta yoqishi va o‘zi ham hammani yaxshi ko‘rishi shart emas, ular bir-birlarini yaxshi ko‘rishga ham majbur emaslar!"

Trening jarayonida kichik guruhlar bilan ishlash. Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari

  • Trening jarayonida guruhni tez-gez kichik guruhlarga bo‘lib ishlash maqsadga muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning ishtirokini ta’minlab bo‘lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman chetda qolishiga sabab bo‘ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muxitni yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doyr nozik savollar muhokama etilganda ba’zi ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yo‘qotishi mumkin. Guruh soni qancha kichik bo‘lsa, undagi ishtirokchilarda qo‘rkuv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq namoyon bo‘ladi.

Yüklə 24,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin