Individual va guruh bilan ijtimoiy ish olib borish texnologiyalari


Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari



Yüklə 24,46 Kb.
səhifə4/8
tarix14.12.2023
ölçüsü24,46 Kb.
#179914
1   2   3   4   5   6   7   8
INDIVIDUAL VA GURUH BILAN IJTIMOIY ISH OLIB BORISH

Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari:

  • Kichik guruhlar bilan ishlash qoidalari:
  • 1. Kichik guruhlarga bo‘lishda o‘yin orqali bo‘lish usulidan foydalanish lozim.
  • 2. Guruhlarga bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni aniq va tushunarli qilib berish kerak.
  • 3. Mikroguruhlarga topshiriq berayotganingizda instruksiyani ularning hammasiga birvarakayiga tushuntirish kerak. Negaki, agar trener bitta guruhga ko‘rsatma berib, qolganlariga ham birma-bir tushuntirmoqchi bo‘lsa, u holda topshiriqni olgan guruhlar darhol muhokamani boshlab yuborishadi va sinfda shovqin-suron ko‘tariladi, trener esa qolgan guruhlarga ko‘rsatma berishga qiynalib qoladi.
  • Topshiriq bajarilgandan keyin uni albatta umumiy guruhda muhokama qilish kerak, bunda har bir mikro guruhdan bittadan vakil chiqib, uz guruhining fikri bilan tanishtiradi.

Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki ekspert rollarini trenerning o‘zi taqsimlab berishi kerak.

  • Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchi yoki ekspert rollarini trenerning o‘zi taqsimlab berishi kerak.
  • Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketish kerak emas, bu narsa treningni samaradorligi va rivojlanishiga halakit berishi xam mumkin. Shuning uchun 2 soatlik treningda 3 kishilik guruhga bo‘linadigan topshiriqlardan ikkita, 7-8 kishilik guruhga bo‘linadigan topshiriqlardan bittadan ortiq bajartirmaslikka harakat qilish lozim.
  • Trener mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak.
  • - ishtirokchilarga hech qachon kamsituvchi ohangda ogohlantirish bermaslik kerak;
  • - guruhdagi biror ishtirokchi gapirayotganda uning so‘zini bo‘lmasdan eshitishi va qolganlarni ham shunga o‘rgatish kerak;
  • - mavzu doirasidan chetga chiqmaslikni so‘rash kerak;
  • - hammaning so‘zga chiqishini ta’minlash kerak;
  • - munozaralarda qaysidir shaxs hayotiga aloqador fikrlar shu yerda qolishga guruhni odatlantirish kerak.

Yüklə 24,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin