Probirkadagi suyuqliklararalashtiriladi, 37°Cda 30 daqiqa davomida termostatda saqlanadi, keyin Romanovskiy-Gimza usuli bilan bo'yaladi. Surtmada 25 ta neytrofillarning har biri qamrab olgan bakteriyalar soni hisoblanadi. Olingan natijalarga ko'ra, quyidagi fagotsitar ko'rsatkichlar topiladi: fagotsitar ko'rsatkich (indeks) - fagotsitlovchi neytrofillar foizi, fagotsit soni bir neytrofilga fagotsitlangan bakteriyalarning o'rtacha soniga to'g'ri keladi. Opsonfagotsitar reaksiyasining ko'rsatkichi (OFRK) quyidagi formula bilan aniqlanadi: OOPK+3a + 2b + lc+Od, bu yerda a - tarkibida 41 dan ko'p bakteriyalar saqlaydigan neytrofillar soni; b - 21- 40 bakteriyalar saqlaydigan neytrofillar soni; с - 1 dan 20 gacha bakteriyalar soniga ega bo'lgan neytrofillar soni; d - tarkibida bakteriyalari bo'lmagan neytrofillar soni. Bu sistemada hisoblanganda, eng yuqori ko'rsatkich 75 ni tashkil etadi. Taxminan, ko'rsatkich 10-24 ni tashkil etsa, reaksiya kuchsiz musbat, 25-49 bo'lsa aniq, 50-75 bo'lsa kuchli musbat reaksiya hisoblanadi. Aniq, sezilarli va kuchli musbat reaksiyalar bemor zardobidagi opsoninlar va fagotsitlar faoliyatining aktivligini belgilaydi. 15-MA VZU. ANTIGEN VA ANTITELALAR. SEROLOGIK REAKSIYALAR HAQIDATUSHUNCHA. AGGLYUTINATSIYA REAKSIYASI, QO'YILISHI, AHAMIYATI Mashg'ulot rcjasi Antigenlar haqida tushuncha, ularning xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va maxsusligi.