Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning maxsus va nomahsus himoya


Mikroorganizmlarda umumiy avlodga, oilaga va maxsus turga va tipga xos antigenlar tafovut qilinadi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə11/38
tarix03.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#171776
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Immunitet haqida tushuncha. Immunitet tijrlari. Organizmning max

Mikroorganizmlarda umumiy avlodga, oilaga va maxsus turga va tipga xos antigenlar tafovut qilinadi.
Bakteriyalarning ekzotoksinlari va endotoksinlari ham kuchli antigenlik xususiyatiga egadir. Mikroorganizmlarning antigenlik xususiyatini o'rganish mikrobiologiya amaliyotida muhim ahamiyatga egadir, chunki undan yuqumli kasalliklar diagnostikasida va davolashda foydalaniladi.
Antigenlar organizm uchun genetik begona moddalar bo'lgani uchun organizmga tushganda, uning ichki turg'unlik holatini buzib, quyidagi immun reaksiyalarini keltirib chiqaradi.

          1. Antitela ishlab chiqarish va organizmni gumoral immunitet bilan ta'minlash.

          2. Darhol yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar.

          3. Asta-sekin yuzaga chiqadigan allergik reaksiyalar.

          4. Immunologik tolerantlik.

          5. Immunologik xotira.

Antitelalar
Antitelalar deb makroorganizmlarga antigenlar yuborilganda shu antigenlar ta'siri ostida hosil bo'ladigan maxsus oqsil globulinlarga aytiladi. Antitelalarning xususiyatlari o'zining paydo bo'lishida ishtirok qilgan antigenlar bilan maxsus birikishidir. Antitelalar immunoglobulinlar deb ham ataladi, ularning qon zardobidagi globulinlardan farqi, antigenlar bilan maxsus birikishidir. Xalqaro klassifikatsiya bo'yicha immunoglobulinlar 5 sinfga bo'lingan: IgG, IgM, IgA, IgE, IgD.
Immunoglobulinlar molekulasi 2 ta og'ir va 2 ta yengil zanjirdan tarkib topgan. Og'ir - H (heavg-inglizcha) va yengil L (leght-inglizcha) zanjirlar bir-biri bilan disulfid bog'lari bilan birikkandir (52-rasm). Masalan, immunoglobulin M 5 ta alohida yuqorida ko'rsatilgan strukturial elementlardan tashkil topgan bo'lib, pentomer deb ataladi. Agar immunoglobulinlar molekulasiga papain ta'sir ettirilsa, ularning molekulasi papain ta'sirida 2 ta fragmentga (Fab-o'zgaruvchan va Fc- o'zgarmasga) bo'linadi.
Antitelalarning maxsusligi ularning aktivlik markaziga bog'liqdir. Aktivlik markazi immunoglobulinlarning og'ir va yengil zanjirlarini Fab -bo'lakchasida qaror topgan bo'lib, shakli va tuzilishi jihatidan antigenning determinant gruppasining aksidir (qo'Iqopni qo'lga, kalitni esa qulfga to'g'ri kelishiga o'xshash). Antitelalar antigenni biriktirib olishda asosan ularning aktivlik markazlari ishtirok etadi, bu birikish antitela va antigen molekulalarining o'zaro tortishish kuchiga bog'liqdir.
Ularning maxsus birikishi esa antitelalarning og'ir va yengil zanjirlarining aktivlik markazi qismidagi oxirgi aminokislotalarning joylashuv tartibiga bog'liqdir.
Antigen birinchi bor organizmga tushganda, organizm shu antigenga qarshi birinchi bo'lib IgM va 5-6 kundan boshlab IgG sintez qila boshlaydi. Bu immunoglobulin qon zardobidagi hamma immunoglobu­linlarning 80% ini tashkil qiladi. IgG yo'ldosh orqali chaqaloqqa o'tadi.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin