Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]


-modda. Qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishini cheklash



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə51/238
tarix25.12.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#195034
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   238
mehnat kodeksi

121-modda. Qarindoshlarning davlat tashkilotida birga xizmat qilishini cheklash
O‘zaro yaqin qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslarning (ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotin, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat tashkilotida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘lishiga bog‘liq bo‘lsa taqiqlanadi. Ushbu qoidadan istisnolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi mumkin.
122-modda. Ishga qabul qilish bosqichlari
Ishga qabul qilish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
ishga qabul qilish chog‘idagi tanishtirish tartib-taomilini;
mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha taraflarning kelishuvga erishishini hamda shartnomani xodim va ish beruvchi tomonidan imzolashni;
ish beruvchi tomonidan xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilishni hamda ishga qabul qilish haqidagi ma’lumotlarni xodimning mehnat daftarchasiga va “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni.
123-modda. Ishga qabul qilish chog‘idagi tanishtirish tartib-taomili
Ishga qabul qilish chog‘ida ish beruvchi ishga kirayotgan shaxsni oldindan (mehnat shartnomasi imzolanguniga qadar) quyidagilar bilan tanishtirishi shart:
ushbu shaxs qaysi ishni bajarish uchun ishga qabul qilinayotgan bo‘lsa, o‘sha ishning mazmuni;
mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ish bajariladigan mehnat sharoitlari;
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa shartnomasi, uning mehnat faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ichki hujjatlar.
O‘z kasbiy va ishchanlik sifatlari bo‘yicha tegishli ishni bajarish (tegishli lavozimni egallash) uchun zarur bo‘lgan malaka talablariga muvofiq keladigan xodimni tanlab olish maqsadida ish beruvchi quyidagilarga haqli:
ishga kirayotgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazishga;
kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida yoxud, agar tanlov asosida saralash va uning tartibi qonunchilikda belgilangan bo‘lsa, ishga qabul qilishning tanlovga oid tartibini nazarda tutishga. Ish beruvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Ishga qabul qilish chog‘ida tanlov o‘tkazish to‘g‘risidagi namunaviy nizomni Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Qonunchilikda ayrim toifadagi xodimlarni ishga qabul qilish uchun tanlovga oid tartib belgilangan hollarda tanlov o‘tkazish shart.
Ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs oldindan (mehnat shartnomasi imzolanguniga qadar):
ish beruvchiga ushbu Kodeksning 124-moddasi birinchi qismida sanab o‘tilgan, ishga qabul qilish chog‘ida talab etiladigan hujjatlarni taqdim etishi;
ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladigan suhbatda ishtirok etishi;
ishga qabul qilish chog‘ida o‘tkaziladigan tanlovda ishtirok etishi shart.
Ish beruvchi tanlov o‘tkaziladigan sana haqida tegishli ishga (lavozimga) kirayotgan shaxsga kamida bir hafta oldin xabar qiladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin