Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar


Yuvuvchi disperslovchi qo’shilmalar



Yüklə 46,78 Kb.
səhifə5/6
tarix19.10.2023
ölçüsü46,78 Kb.
#157371
1   2   3   4   5   6
10-ma\'ruza TVQM

Yuvuvchi disperslovchi qo’shilmalar. Moyning oksidlanish mahsulotlari va iflosliklarni erimagan holda tutib, dvigatel detallarining kerakli tozaligini ta’minlash xususiyati yuvish xossalari deb ataladi. Qo’shilmalar qo’shilmagan motor moylarining bu xossasi taxminan bir xil va yetarli darajada emas. Dvigatel detallari harorati yuqori bo’lganligi tufayli ular bunday moyda ishlay olmaydi: moyning oksidlanishi natijasida zarralari o’zaro birikib yiriklashib, silindr-porshen guruhining issiq detallariga o’tiradi, ya’ni lok va qurum hosil bo’lishi natijasida ular tezda ishdan chiqadi, shuning uchun buning oldini olish maqsadida moylarga yuvish qo’shilmalari qo’shiladi.
Yuvish xususiyatiga ega bo’lgan qo’shilmalar oksidlanish mahsulotlarining yiriklashishiga to’sqinlik qiladi. Qo’shilma molekulalari zarralarni o’rab olib, ularning sirtida bir xil ishorali zaryadlar hosil qiladi. Bu zaryadlar bir-birini itarishi natijasida zarralar o’zaro yopishmaydi. Keyinchalik ular dvigatelning filtrlovchi qurilmalarida ushlanib qoladi. Samaradorligi yuqori bo’lgan qo’shilmalar hosil bo’lgan qurumni ma’lum darajada yo’qotish xususiyatiga ega.
Yuvuvchi qo’shilmalar sifatida har xil sulfokarbon kislotalarning tuzlari, shuningdek, alkilfenolatlar, kukunsiz va kam kukunli polimerli qo’shilmalar, ko’p kukunli, yuqori ishqoriy sulfonatlar va boshqalar ishlatiladi. Dastlab moylash materialiga yuvuvchi va korroziyaga qarshi komponentlardan tashkil topgan sulfonat qo’shilma AZNII-4 dan foydalanilgan. Bu qo’shilma dizel moylariga 3-5 foiz miqdorida qo’shilgan.
Yeyilishga va tirnalishga qarshi qo’shilmalar. Detallarning ishchi yuzalarida mustahkam moy pardasini hosil bo’lishini ta’minlash uchun moy yuqori moylash xususiyatiga va sirt aktivligiga ega bo’lishi lozim. Moyning bu xususiyatini yaxshilashda foydalaniladigan qo’shilmalar quyidagi turlarga bo’iinadi: antifriksion, yeyilishga qarshi va tirnalishga qarshi. Antifriksion qo’shilmalar sifatida quyidagi sirt-aktiv moddalar ishlatiladi: tabiiy yog’lar, yog’li kislotalar, ularning efirlari va smolalari.
Yeyilishga qarshi qo’shilmalar tarkibida harorat oshishi bilan ishqalanuvchi sirtlarning yopishib qolishiga qarshilik ko’rsatuvchi pardalar hosil qiluvchi sirt-aktiv moddalar bo’ladi. Bunday qo’shilmalar jumlasiga tarkibida passiv oltingugurt va fosfor kislotasi efiri bo’lgan birikmalar kiradi.
Tirnalishga qarshi qo ‘shilmalar ishlatilganida, ularning parchalanishidan hosil bo’lgan mahsulot yuqori ishqalanish haroratida metallga ta’sir etadi. Natijada sof metallga nisbatan yemirilishga qarshiligi kam, erish harorati past birikmalar hosil bo’ladi va ishqalanayotgan sirtlaming bir-biriga yopishishining oldini oladi. Tirnalishga qarshi qo’shilma sifatida oltingugurt, fosfor va xlordan foydalanish mumkin.
Moyning qovushqoqligini oshiradigan qo’shilmalar. Surkov moylarining qovushqoqlik-harorat xususiyatlariga, yuqori qovushqoqlik xususiyatiga ega bo’lishi va past haroratlarda oquvchanligi yaxshi bo’lishini ta’minlash maqsadida ular yuqori molekular birikmalar yordamida quyultiriladi. Bunday qo’shilmalar jumlasiga poliizobutilenlar, polivinilalkilli efirlar, polimetakrilatlar va boshqalar kiradi. Poliizobutilenlar moyning qovushqoqligi va qovushqoqlik indeksini oshirish bilan bir paytda moyning moylash xususiyatini ham yaxshilaydi. Moy qovushqoqligini oshirishda polimetakrilatlardan keng foydalaniladi. Ular yordamida quyultirilgan moyning qovushqoqligi turli xil haroratlarda yaxshi bo’ladi va past haroratlarda dvigatelni ishga tushirishni yengillashtiradi. Shu bilan birga, bu moylami barcha mavsumlarda ishlatish mumkin.Quyultirilgan moylaming kamchiligi shundaki, ular 100°C dan yuqori haroratlarda polimerisizlantiriladi, ammo ularga antifriksion qo’shilmalar qo’shib bu jarayon to’xtatiladi.

Yüklə 46,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin