Ichki yonuv dvigatellari uchun moylar


Moylarning ishchi haroratdagi qovushqoqligi



Yüklə 46,78 Kb.
səhifə2/6
tarix19.10.2023
ölçüsü46,78 Kb.
#157371
1   2   3   4   5   6
10-ma\'ruza TVQM

Moylarning ishchi haroratdagi qovushqoqligi. Moylash materiallariga qo’yiladigan muhim talablardan biri moyning qovushqoqlik xususiyatiga bo’lgan talablardir. Turli uzellarda suyuqlikning ishqalanish hosil qilishi, ulami sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina yurgizib yuborish va boshqalar qovushqoqlikka bog’liq bo’ladi.
Moy ishchi haroratda ma’lum qovushqoqlikka ega bo’lishi va harorat ta’sirida moy qovushqoqligi imkoniyat qadar kam o’zgarishi lozim. Moylarning qovushqoqligi mexanizmlar ishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Har bir konkret hol uchun qovushqoqlikni to’g’ri tanlash lozim. Qovushqoqligi juda ham past bo’lgan moylar detallar orasidagi tirqishdan osongina oqib chiqib ketadi, natijada detallarning yeyilishi jadallashadi va moylash materialining sarfi ortadi. Aksincha, moy qovushqoqligi juda ham yuqori bo’lganida, o’zaro ishqalanuvchi detallar orasidagi tirqishga moy yetkazib berish qiyinlashadi, buning natijasida ham detallarning yeyilishi jadallashadi. Shu bilan birga, moylangan yoki moy vannasiga cho’ktirilgan detallarni harakatlantirish uchun energiya sarfi ortib ketadi
Moyning qovushqoqligi harorat pasayishi bilan keskin ortadi, shuning uchun uning qiymati qizigan dvigatel uzoq muddat ishlaganda ham past haroratlarda sovuq holatdagi dvigatelni ishga tushirganda ham suyuq ishqalanishi ta’minlaydigan darajada optimal bo’lishi kerak. Turli uzellarda suyuqlikli ishqalanishni hosil qilish, ularni sovitish, zichlikni ta’minlash, osongina yurgizib yuborish qovushqoqlikka bog’liq bo’ladi. Moy qatlamining mustahkamligi ishqalanuvchi juftlarning ish sharoitiga (harorat, bosim, sirtlaming o’zaro harakatlanish tezligiga) qarab tanlanadigan moyning qovushqoqligi bilan belgalanadi. Qovushqoqligi qancha yuqori bo’lsa, moy pardasining ishonchliligi shuncha yuqori bo’ladi. Lekin qovushqoqlik ortishi bilan moy qatlamlarini harakatga keltirish uchun kuch ko’proq sarflanadi, ichki ishqalanish koeffitsiyenti ortadi, quvvat esa kamayadi. Shuning uchun moylar yuqori haroratda dvigatelni oson yurgizib yuborishni ta’minlaydigan qovushqoqlikka ega bo’lishi kerak.
Turli maqsadlarda ishlatiladigan mexanizm va agregatlarni moylashda ishlatiladigan moy laming ishchi harorati bir xil bo’lmaydi. Sanoatda ishlatiladigan jihozlarda foydalaniladigan moylarning ish harorati taxminan 50°C bo’ladi, shuning uchun standartlarda sanoat moylari uchun 50°C dagi qovushqoqlik beriladi. Motor moylarining ishchi harorati 100°C deb qabul qilingan, ya’ni ichki yonuv dvigatellarining past haroratli zonasidagi (karter, tirsakli val) moy haroratining o’rtacha qiymati. Ko’pchilik avtomobillarning transmissiyasida ishlatiladigan moylarning maksimal harorati 100°C ga yaqin bo’lganligi uchun transmission moylarning qovushqoqlik xususiyatlari ham 100°C dagi qovushqoqlikka nisbatan beriladi.
Barcha turdagi motor moylarini va bir qator transmission moylarni markalashda moyning 100°C haroratdagi qovushqoqligi o’z aksini topadi. Masalan, M8Bj markali moy da 8 raqami moyning 100°C dagi qovushqoqligini bildiradi.

Yüklə 46,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin